![]() |
Tanqid kelajak mevasi ... mi?
Xo'sh, haqiqatan tanqid kelajak mevasimi? Balki u "hasadning bir ko'rinishi"dir.Hayotimizda bu tushuncha ne chog'lik zarur?
Keling bu bo'limda shu haqda fikrlashaylik? |
Цитата:
|
Цитата:
Адабий асар танқидига келсак, асарни танқид қилиш аслида мутахассисларнинг иши бўлиши керак. Сиз ва биз оддий ўқувчи сифатида асар яхши бўлса мириқиб ўқишимиз, агар ёмон бўлса секин чеккага суриб қўйишимиз лозим. Эски советлар давридагидай бугунги кунда агар фалончи бир китоб чиқарса унга "Асаринг ёмон экан, нашр қилишдан олдин уюшмада муҳокама қилиш керак эди" деб муаллифнинг пўстагини қоқиш, бугунги ва умуман эркинлик даври адабиёти учун тўғри келмайдиган ҳолат. Менинг бу фикримга "Ўрганган кўнгил ўртанса қўймаслар" жиддий қарши туришини биламан. Нима ҳам дердим. Мен мана шундай фикрдаман. |
"Tanqidchi ijod bog'iga bolta bilan emas,tokqaychi bilan kirishi kerak".
Ozod Sharafiddinov. |
Tanqid qilishdan oldin "shu tanqid o'rinlimi" degan fikrni ham bir o'ylab ko'rish kerak.Kimdir hasaddan tanqid qilsa kimdir xatosini ko'rsatish uchun tanqid qiladi.
|
Tanqid ba'zida salbiy juhatlarni ham namoyon etadi. O'z mehnati tanqidga duch kelgan ayrim insonlar "qilgan mehnatlarim "bir pul" ekan" degan fikr bilan o'z ishlarini to'xtatib qo'yishgacha boradi. Ammo bu oqibatlarga yo'liqmaslik uchun tanqidlarni (agar u o'rinli bo'lsa) o'z xatoliklarini ko'rsatish uchun aytilganligini inobatga olgan holda mehnatlarini kamchiliklarini tuzatib , bundan to'g'ri xulosa chiqarib olmog'i lozim. Keling shu o'rinda Buyuk hikmat sohiblarini tanqid haqidagi fikrlari bilan tanishsak:
* * * O’zgalarning ishi to‘g‘risida qattiq gapirgan odam o‘zining ishi ham boshqalarnikidan yaxshiroq bo‘lishini o‘z zimmasiga yuklaydi. * * * Illatning sababini topish — deyarli unga qarshi davoni topish degan so‘z. V. G. Belinskiy * * * Tanqid yangilishishlikning, garchi inqilobiy bo‘lsa ham quruq gapning dushmanidir, ammo u haqiqatning eng muhim tayanchi. U haqiqatning onaizori va doyasidir; u haqiqatning rizq beruvchi do‘stidir. Haqiqat tanqid bilan tirik. G. V. Plexanov * * * Men umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi do‘stlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va do‘stona suxan bilan izhor etilganda, ko‘proq foyda olganman. M. Gandi. |
Цитата:
Va tanqidning ham o'z o'rni, vaqti; kimlarga joiz bo'ladi degan tomoni ham bor. Lekin bilasizmi, tanqid agar yaxshi niyatda qilinayotgan ekan, ba'zi hollarda tanbehni tushunmaydigan kishilar uchun tanqid qilish zarur bo'lib qoladi. Ammo tanqidni hammaga ham qilish har holda unchalik unumli emas deb hisoblardim. Tanqidning zamirida bir oz bo'lsa-da yumor yotadi. Tanqidga uchragan shaxs odatda, xijolatda qoladi, kamchiligi ommada yengil mutoyiba uyg'otishi ham mumkin. U har qanday sohada bo'lishidan qat'i nazar. Shu bois tanqid qilgandan ko'ra to'g'ri ma'noda tanbeh bergan yoki insonning o'zi boshqalarga namuna bo'lgan yaxshidir. Tanqidni hamma qila oladi, bu hozirda juda oson ishga aylanib bormoqda. Ammo tanbehning yukini ko'tarish qiyin, hamma ham tanbeh bera olmaydi. Tanbeh beruvchi aytgan gapiga mas'uliyat yuklanadi. Tanqid esa, "bu mening shaxsiy fikrim" deyish bilan cheklanganlikka o'xshab ketadi. Shu bois tanbeh va tanqid tushunchalarining o'zaro farqiga borishimiz, adashtirmasligimiz; har birini o'z o'rnida qo'llay olishimiz kerak deb hisoblayman. Savolga kelsak, menimcha tanqid kerakli narsa, ammo juda zarurat tug'ilgandagina undan foydalanish kerak. "Kelajak mevasi" shiori ostida huda-behuda tanqid qilishlik kishi ruhini sindiradi, bundan ehtiyot bo'lish lozim. "Kelajak mevasi" qachon bo'la oladi, qachonki siz tanqid etgan shaxsning hayoti ijobiyga yo'nalsa, agar buning aksi bo'lsa-chi? Demak o'sha odamga qilingan tanqid noo'rin bo'lgan ekan. Eng ma'qul yo'l - inson o'zi ibrat bo'lishi kerak, hech bo'lmaganda namuna bo'ladigan boshqa bir yaxshi insonning sifatlari bilan o'sha odamni tanishtirishi kerak. Shundagina yaxshi samara kutish mumkin menimcha. (IMXO) |
Цитата:
O`sib , yetuklikka intiluvchi insonga tanqid zarur. Tanqid asosli bo`lsa, qanday shaklda bo`lishidan qat`iy nazar , oxir oqibat foydadan holi emas. Faqat ijodiy ishingizni bepulga, xolis , atroflicha chuqur tanqid qiladigan odam bormikan? |
Текущее время: 09:57. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»