| Alisher Asror |
03.04.2011 10:04 |
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim
(Сообщение 535374)
Мавзуни давом этамиз...
|
Mening fikrimcha umuminsoniy adabiyot bor, ya`ni davr sinovlaridan o`tgan va o`z qadrini yo`qotmagan. Yana milliy adabiyot bor , u ko`proq shu millat, shu davr , shu zamon uchun aktual.Ikkinchisi ham qandaydir ma`noda kerak.Istiqlol adabiyoti - qaytadan shakillanayotgan milliy adabiyotimizning debochasi.
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim
(Сообщение 535374)
Совет адабиётининг ҳам "Ўтган кунлар"га ўхшаш асарлари борми?
|
"O`tkan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlari lirik-tarihiy romanlar deb o`ylayman. Ularning tarihiyligi avvalo asarda 19-asr oxiri, 20-asr boshlaridagi o`zbek aristokratiyasining hayoti , bir-birlari bilan munosabati juda go`zal andozalarda tasvirlangan.1937- yillardagi qatag`ondan so`ng qaytib bunday asarlar yaratish juda mushkil edi, lekin bir necha tarihiy pomanlar yaratilgan-ki ("Me`mor" (Mirmuhsin),"Yulduzli tunlar" (P. Qodirov)... ) ular adabiyotimizning go`zal sahifalari bo`lib qolaveradi.
|