| Abdulaziz Muhammad |
11.10.2010 21:56 |
Suv - nonday aziz!
Assalomu alaykum muhtaram Forumdoshlar,
'Suv nonday aziz', gohida 'suv nondan ham aziz', 'suvni isrof qilma' deb bizlarga yoshligimizdan aytib kelishgan. Bu so'zlarning nechog'lik haqiqat va uzoqni o'ylab gapirilgani haqida bir o'ylab ko'rganmizmi?! Shunga qaramay, kundalikda, bilib-bilmay suvga nisbatan ehtiyotsizlik qilamiz, uni isrof qilamiz.
Maktabda o'qib yurgan chog'imda, maktab oldida toza ichimlik suvi naysimon quvurlardan, ta'lim kuni davomida beto'htov oqib yotganini ko'radim. Qiziq bunday holatlar bugungi kunda ham uchraydimi? Ba'zi hovlilarda ekinlarga ham ichimlik suvidan ishlatiladi. Shunday paytlarda ekinga kerakligidan ortiq suv ishlatilganini ham ko'p ko'rganmiz.
Hurmatli Forumdoshlar, suvni nima uchun shunchalik qadrlash, e'zozlash, asrab-avaylash, uni isrof qilmaslik muhimligi haqida fikrlaringizni bildirsangiz.
P.S. Albatta, bu borada suhbatlarning, islohotlarning va amallarning doimiy olib borilishi nafaqat bizning hayotga, balki kelajak avlodlarimiz hayotiga ham foydasi juda katta.
|