| Bekmirzo |
27.07.2010 21:35 |
Цитата:
Сообщение от Kimsan Birov
(Сообщение 425646)
Гапингизда жон бор, қора фонда оқ ҳарфлар билан ёзилганида ўқиб тез кўз толиқади, дейишади, лекин жуда кўп сайтлар бир бирига ўхшаб кетгани туфайли иложи борича бундай қолипдан қочишга ҳаракат қилганмиз
|
Aslida esa, sayt mehmonlarining fikrini inobatga olmasligingizni bildirib turibsiz. Bu - katta minus.
Цитата:
Сообщение от Kimsan Birov
(Сообщение 425646)
ва ўзига хос қиёфа беришга интилганмиз. Менимча, буинг уддасидан ҳам чиқдик.
|
Aksincha, uddasidan chiqa olmagansiz. Saytning nomi - "Orzu" ekan. Ijobiy so'z. Ijobiy hissiyot uyg'otadigan so'z. Ammo, saytingizning tashqi ko'rinishi kishida na ijobiy taassurot uyg'otadi (shaxsan menda bunday taassurot uyg'otmadi), na o'zidan optimizm taratadi... Saytning designi uchun tanlangan ranglar "Orzu" so'zining mohiyatiga mos kelmaydi.
- Tepadagi rasmdagi yigit va qizning egnidagi kiyimda mavjud och havorangdan hozirgi qora rangning o'rnida foydalanilsa, ancha yaxshiroq bo'lardi.
- Linklar va matnlar uchun ishlatilgan qizil rangdan imkon qadar butunlay voz kechish kerak.
- Sayt mehmonining saytingizda ko'proq qolishini istasangiz, unda kishining ko'zini toliqtirmaydigan ranglardan va designdan foydalanishingiz kerak.
Keyin, yuqorida Lutfillo Tursunov aytganidek, saytning yo'nalishi umuman noma'lum. Xulosa: saytning nomi na uning designi, na undagi maqolalarning mazmunida uyg'unlashgan...
Цитата:
Сообщение от Kimsan Birov
(Сообщение 425646)
Агар янги, бетакрор ва боридан афзал дизайн қила олсак, вачти келиб уни алмаштирамиз, албатта
|
Saytning tuzilishidan tushunishimcha, siz internetdan tayyor shablonni ko'chirib, biroz o'zgartirish kiritgansiz, xolos. Yana biroz harakat qilsangiz, saytni ranglar borasida ancha optimal darajaga keltirib olsangiz bo'ladi. Saytingizning kelajagi uchun bu ishni imkon qadar tez orada amalga oshirishingizni tilab qolaman sizga.
Tepadagi tanqidiy fikrlarimning barchasi samimiy. To'g'ri qabul qilasiz, degan umiddaman.
|