uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Умумий бўлим (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=605)
-   -   Qirg'izistonlik o'zbeklarga yordam (https://uforum.uz/showthread.php?t=13153)

Masud Mahsudov 16.06.2010 10:44

Qirg'izistonlik o'zbeklarga yordam
 
Assalomu alaykum, do'stlar. Qo'shni mamlakatdagi ahvol yurtimizga bir qancha millatdoshlarimizni o'tishlariga olib keldi. Ommaviy axborot vositalarida aytilishicha, yurtimiz ularga imkon qadar yordam berib, yegulik va kiyim bilan ta'minlamoqda ekan. Shunga yordam tarzda, biz ham baholiqudrat yordam aksiyasini uyushtirsak. Kim qanday yordam berish mumkinligini yozsa, shunga qarab uni lagerlarga jo'natish yo'llarini o'ylab ko'ramiz. Faqat bunga befarq qaramay, tezroq harakat qilishimiz kerak. Toshkentdagi do'stlar, iltimos, mumkin bo'lsa shu borada boshqalar tashkil qilayotgan aksiyalar bilan bog'lansangizlar.
Qanday taklif va mulohazalar bo'lsa, kutib qolaman

Nigora Umarova 16.06.2010 10:50

Mas'udbek!
Biror bir xalqaro tashkilot yoki beg'araz yordam tashkilotlarining kontaktlarini bilsangiz, yozib qoldirsangiz yaxshi bo'lardi.
Shunga ko'ra narsalarni to'plab uforum jamoasi nomidan eltib berardik.

Bekmirzo 16.06.2010 10:56

Arbuzchi forumdoshlar bugun kechqurun soat 7 da yig'ilishib, Hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan muvofiqlashtirilayotgan yordam akciyalariga hissa qo'shish borasida maslahatlashamiz.
Qo'shiluvchilar bo'lsa, bemalol!

Kecha arbuzchi forumdoshlarimiz yig'ib qo'ygan 500$ ga yaqin mablag'ga hamda USdagi hamyurtlarimizdan kelgan 2000$ dan oshiq mablag'ga eng zarur narsalar olinib, boshqa ko'ngilli tashkilotchilar bilan hamkorlikda Andijonga jo'natilgan.

Husen 16.06.2010 11:09

Бу борада пойтахатдаги водийлик форумдошларимиз ташаббусни ўз қўлларига олсалар яхши бўларди. Хусусан, моддий ёрдамни пойтахтдан водийга элтиш, у ерда ёрдамни кутиб олиш ва тарқатиш масаласини ташкиллаштириб беришса бўлгани!
Ҳар доимгидек, Нигора опамиз маблағларни йиғишни бошласалар ва бу учун манзилни, пул йиғиш муддатларини кўрсатсалар кифоя. Бирон кун келишиб бозор-ўчарни қилардик.

Форумдошларимизни ушбу хайрли тадбирда фаол бўлишга чақирамиз!

Masud Mahsudov 16.06.2010 11:11

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 412472)
Mas'udbek!
Biror bir xalqaro tashkilot yoki beg'araz yordam tashkilotlarining kontaktlarini bilsangiz, yozib qoldirsangiz yaxshi bo'lardi.
Shunga ko'ra narsalarni to'plab uforum jamoasi nomidan eltib berardik.

Men qidirib ko'raman, opa. Ungacha esa, imkon qadar yordamimizni tashkil qilib tursak va biror forumdoshimiz qarshi bo'lmasalar, shu to'planadigan moddiy narsalarni to'plashga mas'ul bo'lsalar, juda yaxshi ish bo'lar edi.

OmoN 16.06.2010 11:15

Керакли нарсаларни сотиб олмасдан пулнинг ўзини жўнатиш менимча осонроқ бўлса керак. Акцияда мен ҳам қатнашаман.

Masud Mahsudov 16.06.2010 11:16

Ko'proq odamni jalb qilaylik, iltimos... Men lagerga yetkazish yo'lini gaplashib ko'raman, bundan havotir olmanglar. Faqat to'playdigan narsalar (kiyim kechak, oziq ovqat va hk) ko'zga ko'rinarli bo'lib, biror yengil mashinaga to'ladigan darajada bo'lsa, o'shandan keyin jo'natamiz... Men surishtiruv ishlarini boshladim... Boshqa tanish-bilishlar bo'lsa ham jalb qilinglar, zaero sal tez harakat qilishimiz bir insonning hayotini saqlab qolishga sabab bo'lishi mumkin.

Masud Mahsudov 16.06.2010 11:19

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 412486)
Керакли нарсаларни сотиб олмасдан пулнинг ўзини жўнатиш менимча осонроқ бўлса керак. Акцияда мен ҳам қатнашаман.

Nigora opa, Omon aka! Mumkin bo'lsa, menga ism-shariflaringizni to'liq yozib yuborsangiz. Men ozroq pul jo'natmoqchi edim. Qolaversa, mne bu yerdagi do'stlardan ham yig'ishga harakat qilaman. Qancha pul yig'ilishiga qarab bozor qilar edik. Bozorlikning ro'yxatini Sizlarning taklifingiz bilan tuzib chiqamiz, pul yig'ilgandan so'ng

Aka, lagerga pulni jo'natib bo'lmaydi-ku. Ular qayerdan yegulik-kiyim olishadi? Biz kerakli narsalarni sotib olgandan so'ng, u yerga yetkazsih uchun mashina va shunga imkoni bor odamni topib ko'raman, bundan havotir olmanglar

Masud Mahsudov 16.06.2010 11:22

Men O'zbeksiton bilan kech soat 8 lardan keyin kiraman endi forumga. Ungacha, iltimos, shu aksiyani tashkillashtirishga ko'proq odamni chorlaylik.

Nigora Tursunova 16.06.2010 11:22

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 412486)
Керакли нарсаларни сотиб олмасдан пулнинг ўзини жўнатиш менимча осонроқ бўлса керак.

Pul yetib bormaydimi deb o'ylayman. Manimcha kiyim - kechak va yog', don mahsulotlari olsak yaxshi. Man xam imkon qadar yordam berishga tayyorman.


Текущее время: 00:11. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»