![]() |
uzrecept.com - o'zbek tilida taomlar tayyorlash texnologiyalarini yoritib beruvchi sayt
Hozir netda ovqatlani qidira turib, o'zbek tilida yangi ochilgan sayt va forumiga duch keldim, yangi ochilgani bois, kamchiliklari hali bor, taklif maslahatlar bo'lsa, forumda kirib fikrilani bildirib qo'yila, bollani saytiyam azgina raskrutit' qilib berila
http://www.uzrecept.com/index.php?op...sion&Itemid=56 sayti www.uzrecept.com |
Цитата:
Forumimizga marhabo. Sizni usta oshpaz sifatida yaxshi taniymiz. Iltimos, forumimizning ushbu bo'limida o'z ijodingiz namunalaridan qo'yib borsangiz hamda tayyorlash texnologiyalari haqida ham ma'lumot berib o'tsangiz. Taklifingizga ko'ra siz aytgan forum faoliyati bilan tanishib fikr almashishga harakat qilamiz. Оффтоп: Bizning forumda ham usta oshpazlar bor. Har bir mavzuning yakuni oxiri osh tayyorlash bilan tugaydi. :) |
uzrecept.com - o'zbek tilida taomlar tayyorlash texnologiyalarini yoritib beruvchi sayt
Muhtaram pazanda xonim va janob forumdoshlar!
Yangilikni eshitdingizmi, o'zbek tilida www.uzrecept.com degan sayt ochilibdi. Anamish-u, manamish, buning nimasi mish-mish, dersiz. Gapning indaallosi shundaki, saytning forumi ham bor. Forumimizga endigina a'zo bo'lgan mavlano Chustiyning xabarlarini o'qib shuni bilib qoldikki, saytning muhokama maydonchasi mavjud bo'lib, taom tayyorlanishi haqida bemalol o'z savollaringizni berishingiz mumkin ekan. Mavlono Chustiy janoblari kim dersiz? Ul kishi dovrug'lari yetti iqlimga ketgan buyog'i Ovro'po, buyog'i Amriqo, buyog'i Italiyo, buyog'i... qolaversa oshpazlar tanlovida qatnashib g'olibliklarni qo'lga kiritib, o'zbek pazandachiligining dovrug'ini dunyoga taratayotgan mashhur oshpazlarning oshpazidurlar. Xullasi kalom, ushbu mavzuda ushbu sayt va umuman pazandachilik haqida fikr yuritsak... |
Sayt bosh sahifasining tepasidagi yozuvda "Nafis taomlar sayti" deb yozishibdi.
Nega "nafis taomlar"? Antiqa taomlar sayti deb yozilsa bo'lmasmikan? |
Хороший старт. Посоветовал бы почистить лишние теги, которые остались, наверное, от Ворда. Тем более, что стоит кнопка валидации хтмл.
Код:
<p><span lang="RU">1. Қовоқ бўлакларга бўлиб (қанча кичик<span> </span>тўгралса шунча тез пишади) кайнаб турган сувда тезгина пишриб олинади.</span></p> |
Taomlarga ovoz berish jarayonidagi so'rovnoma rus tilida ekan. Vaqt o'tgach bu juz'iy kamchilik bartaraf etilar degan umiddamiz
|
Nigora opa, yo'q obruniyam ko'tarib yuboribsizu :D
Rahmat katta... Jaa siz tariflagandek emasmiz opashka... ;) Sizi gaplarizdan keyin parishtala omiyin divorgan bo'lsa ajab emas shunaqa bo'p qolsa... :D Mana bo'lmasama.. Boshqa forumlagayam qo'ygandim, bo'ttayam bir offtop, iyy uzr maqtanib qilib qo'yi :P Ko'rgazmaga tayyorlangandi... Uch kun turdi, o'tgan ketgani nigohi shunda edi, pressasiniyam, boshqasiniyam :D Ishtirokchilar qachon endi tarvuzni yimiz deb turishdi... Uchinchi kuni degandim... Ko'rgazmadan keyin so'yib mayda mayda qilib, hammaga ulashdim, suniy emasligini isbot qilish uchun :D Atrofimizdagi hamma yedi, musul'mane ko'rsatuvini boshlovchisi Dinara Satreddinovayam shu atrofda edi u kishigayam ulashdim :D http://s41.radikal.ru/i092/1006/dc/f1033eb2b4b7.jpg http://s56.radikal.ru/i151/1006/44/a9edfa11919b.jpg Ko'rgazma hususda ma'lumot... http://www.muslimeco.ru/ |
Цитата:
Endi ukajonim, kamtarlik ham evi bilan. Arzimagan bitta dona tarvuzning rasmi bilan biz uforumchilardan qutula olmaysiz. Tayyorlagan rangli mantilaringiz, boshqa sabzavot va mevalarning rasmi qani? Imkoni bo'lsa bizga forum orqali ham dars o'tsangiz. |
Цитата:
Hammasi vaqti soati bilan joy oladi nasib etsa, ammo ba'zi rasmlar eski ijoddan shunchun ma'zur tutasilar, ammo inshaAlloh yangi ijodlar bilan ham bahramand etamiz :D Agar hohlovchilar bo'lsa onlineda ovqat qilish darsligini bu yerda ham yo'lga qo'yishimiz mumkin. Boshqa forumdagi forumdoshlar bilan bir marta o'tkazdik, shu bilan hapsala qilolmadik... Ассорти манты http://s52.radikal.ru/i136/1005/ee/1c9bb97cdf14.jpg http://s40.radikal.ru/i089/1005/3f/0657bedd87dd.jpg http://s46.radikal.ru/i114/1005/5d/e9cc97f7c7da.jpg |
Цитата:
Hatto shunday mohirlar borki, olmani oqqush qilib uchirib yuborishadi. Siz uchun ijod namunalaringiz eski bo'lib tuyulsa, kimlar uchundir bu yangilik hisoblanadi. Xullas, pazandalik san'atingizga oshuftalar ko'p. Оффтоп: Hafsala qilmay qilgan taomingiz shunday bo'lsa, astoyidil hafsala qilganingizda qanday taom tayyorlarkansiz, :) |
Текущее время: 05:56. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»