uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   ICTexpo-2009 natijalari bilan tanishamiz... (https://uforum.uz/showthread.php?t=10425)

Muhayyo Turdialiyeva 25.09.2009 10:03

ICTexpo-2009 natijalari bilan tanishamiz...
 
23 sentyabrdan bugun 25 sentyabrgacha davom etayotgan "ICTexpo-2009"da o'tkazilayotgan qator tadbirlar tafsilotlari tanishamiz, o'rtoqlashamiz...

Muhayyo Turdialiyeva 25.09.2009 10:30

Tadbirning birinchi kuni ertalabki matbuotchilar yig'ini bilan ochildi. BMT Taraqqiyoti dasturi tomonidan ICTexpo-2009 tadbiri ochiq deb e'lon qilinganidan so'ng, tadbir tashkilotchilari tomonidan rejalashtirilgan loyihalar ketma-ketligi amalga oshirila boshlandi...
https://img.uforum.uz/thumbs/3744250.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/3955815.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/3186407.jpg



Muhayyo Turdialiyeva 25.09.2009 10:50

Tadbirning eng asosiy loyihalari deyarli 24 sentyabr kuni bo'lib o'tdi. Har yili an'anaga aylanib qolgan "klaviatura terish" bellashuvi ko'rgazmani ikkinchi kunini ochib berdi. Kunning asosiy tadbiri sifatida ZiyoNET ta'lim tarmog'i tomonidan e'lon qilingan kichik viktorina o'tkazildi. Ushbu jonli viktorinada ko'rgazmaga tashrif buyurgan barcha yoshlar ishtirok etib, tarmoqning maxsus sovg'alariga sazovor bo'ldilar...
https://img.uforum.uz/thumbs/8802565.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/1428752.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/4646029.jpg

Muhayyo Turdialiyeva 25.09.2009 11:07

Viktorinadan so'ng ZiyoNET ta'lim tarmog'i tomonidan ancha vaqtdan beri Toshkent radiosida o'tkazilib kelinayotgan "Radio Viktorina" ning faollari hamda g'oliblarini taqdirlash marosimiga ulanib ketdi. Ushbu radio viktorina ishtirokchilari uchun bu kutilmagan hodisa bo'ldi desam yanglishmayman. Chunki G'oliblardan tashqari faollarga ham tarmoq tomonidan qaratilgan kichik e'tibor katta xursandchiliklarga sabab bo'ldi.
https://img.uforum.uz/thumbs/9755079.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/5784270.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/3998710.jpg

Ibragim Yermatov 25.09.2009 11:08

[CENTER]https://img.uforum.uz/images/7398324.jpg

Бошловчи: Сен id.uz ҳақида қаердан билдинг?
Ўқувчи: Мен id.uz рўйхатидан ўтганман!

Ibragim Yermatov 25.09.2009 11:52

https://img.uforum.uz/images/8610223.jpg

Қандай бахтли лаҳзалааар..!

Muhayyo Turdialiyeva 25.09.2009 11:57

Va albatta an'anaga muvofiq o'tkazilayotgan marosimning asosiy navbatdagi "Sayyora internet marafoni" ikkinchi faslining yakuniy g'oliblari barchaga e'lon qilindi. Shu kunga yetib kelgunlaricha marafon ishtirokchilari qilgan o'z mehnatlari natijalarini, barchaning ko'z o'ngida iftixor va g'urur bilan o'z sovg'alarini birma-bir qabul qilib olishdi. Sovg'alarni O'zbekiston Xalq Yozuvchisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Hudoyberdi To'xtaboyev topshirdilar. Ushbu marafonning to'liq natijalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin...
https://img.uforum.uz/thumbs/6262447.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/8924702.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/4840825.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/5072321.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/8546544.jpghttps://img.uforum.uz/thumbs/2422406.jpg


Текущее время: 09:29. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»