uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   Jahon xalqlari maqollari (https://uforum.uz/showthread.php?t=14029)

AbdulAziz 18.10.2010 15:16

Jahon xalqlari maqollari
 
• Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa bo'lsin, baribir yaproqlari yana yerga to'kiladi.
• Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.
• Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi.
• Bir onlik g'azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan.
• Tog'larga chiqmagan, uzoqlarni ko'rolmas.
• Biron narsa sotib olsang quloq bilan emas, ko'z bilan ish tut.

Xitoy xalq maqollari

AbdulAziz 18.10.2010 15:17

• Och qolmagan inson nonning qadrini bilmas.
• Jahannamga olib boradigan yo'lda yurish osondir.
• Birovning haqi yeyilsa ham, hazm bo'lmaydi.
• Hamir qilishni hohlamagan besh kun un elarmish.
• Oq soch aqlning emas, qarilikning ishorasidir.

Grek xalq maqollari

AbdulAziz 18.10.2010 15:18

• Fursati kelmaguncha iste'dodlar oz ishga yaraydi.
• Har aqlsizga hayron bo'lish bilan boshqa bir aqlsiz maydonga chiqadi.
• Ideallar yulduzlar kabidir, ularni tutib bo'lmaydi, ammo qorong'i kechalarda yo'limizga ular rahbarlik qiladilar.
• Otalar tabiat yaratgan bankirlardir.
• Toza vijdon kabi yumshoq yostiq yo'qdir.

Fransuz xalq maqollari

AbdulAziz 18.10.2010 15:19

• Og'rigan bosh, yig'lagan ko'z yashirilmas.
• Yig'lasa onam yig'lar, boshqasi yolg'on yig'lar.
• Og'ir qozon kech qaynar.
• Og'riqsiz bosh mozorda bo'ladi.
• Ochiq yaraga qurt tushmas.
• Odam eshagidan, xotin to'shagidan ma'lum.

Turk xalq maqollari

AbdulAziz 18.10.2010 15:21

• Olmos olmos bilan kesiladi.
• Do‘zax ezgu ishlar bilan o‘ralgan.
• Ishtaha ovqat payti keladi.
• Balo – yaxshi o‘qituvchi.
• Falokat kamdan-kam holatda bir o‘zi keladi.
• Moli kam odam kambag‘al emas, ko‘p mol istovchi odam kambag‘al.

Ingliz xalq maqollari

AbdulAziz 18.10.2010 15:22

• Kuchsiz odam – hammaning dushmani.
• Odamning qaeri og‘risa, qo‘lini o‘sha yerga qo‘yadi.
• Kulol ko‘za sopini qaerga xohlasa, o‘sha yerga qo‘yadi.
• Mehmon mehmonni ko‘rolmadi, mezbon ikkalasini.
• Birov uchun harakat qil, o‘zing uchun o‘rgan.
• Kasal bo‘lmagan sog‘likning qadriga yetmaydi.

Abxaz xalq maqollari

Kavsar 18.10.2010 16:09

Öèòàòà:

Ñîîáùåíèå îò AbdulAziz (Ñîîáùåíèå 465750)
• Kuchsiz odam – hammaning dushmani.

Mana shu maqol zo'r ekan. Haqiqatan shunday.

Kavsar 18.10.2010 16:24

yuqoridagi maqolni o'qib
 
Sherga tishi o'tmagan bo'rini talaydi.

(Yangi o'zbek xalq maqoli)

Feruza Xodjayeva 18.10.2010 16:27

Öèòàòà:

Ñîîáùåíèå îò AbdulAziz (Ñîîáùåíèå 465745)
Otalar tabiat yaratgan bankirlardir.

Bir qarashda kulgili, lekin haqqoniy maqol ekan :))

Kavsar 18.10.2010 20:38

* Ko'rmaganning ko'rgani qursin.
* Dunyo kuysa kuysin, devonaning kabobi pishsin.

(O'zbek xalq maqollaridan)


Òåêóùåå âðåìÿ: 03:08. ×àñîâîé ïîÿñ GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä: zCarot
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»