uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   OpenSource (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=158)
-   -   YANGILIKLAR TASMASI: OpenSource (https://uforum.uz/showthread.php?t=3180)

Behzod Saidov 14.11.2007 22:07

Eng tezkor superkompyuterlar va Linux
 
2007-yil noyabr oyi uchun dunyoning eng tezkor superkompyuterlari Top500 reytingi elon qilindi.

Statistika tahlilidan superkompyuterlarda qoʻllanilayotgan operatsion tizimlar ichida Linux operatsion tizimi hissasining yana ortganligini kuzarish mumkin. Shu yil iyun oyidagi malumotlarga koʻra uning hissasi 77.80 foizni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda roʻyxatdagi superkomyuterlarning 85.20 foizi Linux operatsion tizmida ishlamoqda. (426 - Linux, 34 - Aralash, 30 - Unix, 6 - Windows, 2 - BSD, 2 - Mac OS).

http://linux.zn.uz/2007/11/14/eng-te...rlar-va-linux/

Behzod Saidov 20.11.2007 21:57

ALT Linux maktab distributivini sinov uchun taqdim qildi
 
ALT Linux kompaniyasi Junior yoʻnalishining maktab talimi uchun moʻljallangan distributivini yakunlamoqda. Hozirda distributivning beta (sinov) versiyasini oʻzida jamlagan CD va DVD disk tasvirlari taqdim qilindi.
Distributivga maktab informatika kursida ishlatish uchun kerakli boʻlgan bir qator dasturlar kiritilgan. Xususan, DVD versiyasida Free Pascal, Lazarus, Gambas va boshqa dasturlarni uchratish mumkin.

CD va DVD disk tasvirlarini quyidagi manzillardan yozib olish mumkin:

ftp://beta.altlinux.ru/junior/junior...t-20071113.iso - oʻrnatish uchun CD
ftp://beta.altlinux.ru/junior/junior...a-20071113.iso - qoʻshimcha CD
ftp://beta.altlinux.ru/junior/junior-dvd4-20071113.iso - oʻrnatish uchun DVD (yuqoridagi ikki CDʻni oʻzida jamlagan).

Manba

22.11.2007 10:27

:

Behzod Saidov ( 54200)
ALT Linux maktab distributivini sinov uchun taqdim qildi

- .
- - ?

Behzod Saidov 22.11.2007 11:41

:

( 54859)
- .

Hozircha yoʻq. Shanba ya yakshanba kunlari internetdan yozib olishga harakat qilaman.

Behzod Saidov 22.11.2007 11:46

KDE 4.0 Release Candidate 1
 
KDE ish stolining yangi versiyasi KDE 4.0 Release Candidate 1 taqdim qilindi.

KDE 4.0-RC1 tarkibiga hali tugatilmagan Plasma paneli qoʻshilgan. KDE 4.0-RC1ni OpenSUSE distributivriga asoslangan LiveCD bilan sinab koʻrishingiz mumkin.

KDE Desktop 4.0 ning toʻliq relizi shu yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.

Yana shuni ham eslatib oʻtish lozim-ki, yaqinda KDE 4 uchun elon qilingan devor qogʻozlari(wallpaper) tanlovi natijalari taqdim qilindi. Tanlovda qatnashgan 2000 dan ortiq rasmlardan 15 tasi KDE 4 uchun tanlab olingan.

Manba

Behzod Saidov 22.11.2007 14:54

Port25 - "Recovering Data from Windows systems by using Linux"
 
Microsoft kompaniyasining OpenSource Laboratoriyasi hisoblanmish Port25 portalida "Recovering Data from Windows systems by using Linux" ("Windows tizimlaridagi ma'lumotlarni Linux yordamida qayta tiklash") sarlavhasi ostida maqola e'lon qilindi.

Behzod Saidov 11.12.2007 13:11

openSUSE 11.0 Alpha 0 taqdim qilindi
 
openSUSE distributivi jamoasi uning openSUSE 11.0 Alpha 0 sinov versiyasini taqdim qildi. Distributivning openSUSE 10.3 taqdimotidan song ikki mingdan ortiq paketlar tekshirib chiqilgan va kopgina asosiy komponentlarga yangiliklar kiritilgan, xususan yangiliklardan quyidagilarni korsatish mumkin: GCC 4.3.0, Linux 2.6.24-rc4, X.Org 7.3, KDE 3.5.8, KDE 4.0 RC1, CUPS 1.3.4, ALSA 1.0.15, GIMP 2.4 va YaST 2.16.
10.3-veriyasiga nisbatan juda ham kop ozgarishlar bolganiga qaramay openSUSE 11.0 Alpha 0 yetarlicha stabil ishlayotgani xabar qilinmoqda.


: 17:47. GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2020, Jelsoft Enterprises Ltd. : zCarot
OOO UZINFOCOM