uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Teatr - ma'naviy tarbiya maskani (https://uforum.uz/showthread.php?t=4784)

Nigora Umarova 17.04.2008 10:19

Teatr - ma'naviy tarbiya maskani
 
Teatrni ham adabiyot kabi jamiyat hayotining ko'zgusi deyishadi. Unda jamiyat hayotidagi tarixiy va bugungi kundagi voqealar yaqqol aks etadi.
Teatrga borib turasizmi? Sizga qaysi ko'rinishdagi spektakllar (drama, komediya, tragediya) yoqadi? Nima uchun teatr ma'naviy tarbiya maskani sanaladi, sizningcha?

Maestro 17.04.2008 16:05

ИМХО, қуйидаги жавоб вариантларини қўшиш мақсадга мувофиқ:
5. Авваллари бориб турардим, ҳозир эса йўқ.
6. Ёқтираман, лекин жуда кам ёки умуман бормайман.
7. Бугунги куннинг театри маънавият ўчоғи эмас.
8. Дидимга ўтириши мумкин бўлган спектакллар кам.
9. Мен истаган жавоб варианти йўқ.

Abduganiyev Murod 17.04.2008 19:06

Teatr haqiqiy madaniyat o'chog'ia. Bu haqida har qanday bahsga tayyorman. Kishi oddiy hayotdan charchaganida. Ma'naviy hordiq olishni xohlaydi. bunin uchun yo'nalish tayyor. Teatr. Teatr - bu kishini ongiga, ma'naviy salohiyatiga, yoshiga, jinsiga, tarbiyasiga bevosita bog'liq.Bu haqida keyinroq. teatrga tushgan kishi. Agar u qiziqsa? Kishini spektakl voqealari bilan birgalikda yashashga, ularni o'ylashga, o'sha davr voqealarini his qilishga. Qahramonlar yig'lasa yig'lashga, kulsa-kulishga majbur qiladi.
uning sirliligi ham mana shunda. men yuksak e'tiqod ila ayta olaman:
Teatr ma'naviy tarbiya maskani

Nigora Umarova 18.04.2008 10:40

Цитата:

Сообщение от Maestro (Сообщение 92416)
ИМХО, қуйидаги жавоб вариантларини қўшиш мақсадга мувофиқ:
7. Бугунги куннинг театри маънавият ўчоғи эмас.
8. Дидимга ўтириши мумкин бўлган спектакллар кам.
9. Мен истаган жавоб варианти йўқ.

Хурматли Маэстро!
Бугунги куннинг театри маънавият учоги эмаслигини спектакллар мисолида фикрингиз билан асослаб берсангиз, илтимос.

Nigora Umarova 18.04.2008 11:04

Хурматли форумдошлар!Сиз учун анкета саволларини куйидагича тузиб чикдик:
1. Сизни кайси санъатнинг тури купрок кизиктиради?

2.Санъат турлари буйича театр санъати нечанчи уринда туради?Биринчи -
Иккинчи -
Учинчи -
Туртинчи -
(Куйидаги уринларга узигизга маъкул булган санъат турларини жойлаштиринг.
Масалан,
1) Адабиёт- суз санъати булгани учун;
2) Хореография;
3) Театр;
4) Рассомлик)


3 Сиз театрга купрок кимлар билан боришга мойилсиз?

4.Сиз сунгги маротаба театрга качон боргансиз?
1) Утган ойда;
2) Икки ой мукаддам;
3) Ярим йил мукаддам;
4) Бир йил мукаддам;
5) Эсимда йук;
6) Театрга боришга вактим йук.

5. Театр санъатининг хозирги холати бугунги кун талабларига жавоб бера оладими?

6. Театр санъатини янада ривожлантириш учун нималар килмок зарур?
7. Сизнингча, театр бугунги кун муаммоларини кайси жанрларда ифодалаши керак?
1) Драма жанри оркали;
2) Комедия жанри оркали;
3) Мелодрама жанри оркали;
4) Трагедия жанри оркали;
5) Опера жанри оркали;
6) Балет жанри оркали;
7) Хамма жанрлар оркали

Sanjarbek Rizoqulov 18.04.2008 12:14

Juda ham dolzarb mavzuni ko`tarib chiqibsiz.
Anketa savolariga kelsak,
1. Adabiyot. Chunki tanlov hamisha har kimning o`zida bo`ladi.
2. Nazarimda, san`at turlarining birini boshqasidan ustun qo`yib bo`lmaydi. Savolni yanada konkretlashtirsangiz. Aytaylik, jamiyat hayotini yoritish, ta`sirchanlik va shunga o`zshash boshqa mezonlar.
3. To`g`risini aytsam, teatrga faqat maktabdan olib borganda boraman. Lekin bitta spektakl bor edi-ku, "Daraxtlar tik turib yig`laydi"midi o`shani qayta qo`ysa jon deb borardim.
4. Eslolmayman, birinchi chorak edi shekilli
5. Teatr bugunning talablariga to`la javob berayapti, lekin haqiqiyn san`at talablariga javob berishi.... Bugun bozor iqtisodi deb haqiqiy sanb`at kushandasiga aylanayotganlar ko`p, shu jumladam teatrda ham. Bu mening fikrim.
6. Buni mutaxassislardan so`rash kerak. Menga qolsa faqat yaxshi asarlar bilan.
7. Mavzuni qaysi janrda yoritib berish dramaturg va rejissiyorning mahoratiga bog`liq. Har bir janrda istalgan mavzuni maromiga etkazish mumkin. Menimcha, bugun komediyaning "bozori chaqqon", lekin bugun "tragikomediyalar" ko`pday hayotda...

Nigora Umarova 18.04.2008 17:26

Цитата:

Сообщение от Sanjarbek Rizoqulov (Сообщение 92715)
Juda ham dolzarb mavzuni ko`tarib chiqibsiz.
Anketa savolariga kelsak,
1. Adabiyot. Chunki tanlov hamisha har kimning o`zida bo`ladi.
2. Nazarimda, san`at turlarining birini boshqasidan ustun qo`yib bo`lmaydi. Savolni yanada konkretlashtirsangiz. Aytaylik, jamiyat hayotini yoritish, ta`sirchanlik va shunga o`zshash boshqa mezonlar.
3. To`g`risini aytsam, teatrga faqat maktabdan olib borganda boraman. Lekin bitta spektakl bor edi-ku, "Daraxtlar tik turib yig`laydi"midi o`shani qayta qo`ysa jon deb borardim.
4. Eslolmayman, birinchi chorak edi shekilli
5. Teatr bugunning talablariga to`la javob berayapti, lekin haqiqiyn san`at talablariga javob berishi.... Bugun bozor iqtisodi deb haqiqiy sanb`at kushandasiga aylanayotganlar ko`p, shu jumladam teatrda ham. Bu mening fikrim.
6. Buni mutaxassislardan so`rash kerak. Menga qolsa faqat yaxshi asarlar bilan.
7. Mavzuni qaysi janrda yoritib berish dramaturg va rejissiyorning mahoratiga bog`liq. Har bir janrda istalgan mavzuni maromiga etkazish mumkin. Menimcha, bugun komediyaning "bozori chaqqon", lekin bugun "tragikomediyalar" ko`pday hayotda...

"Daraxtlar tik turib jon beradi" asari bugungi kunda ham O'zbek Milliy akademik drama teatrida qo'yilmoqda. 15 aprel kuni ushbu spektakl qo'yildi. Spektaklda inson ruhiyatining ayrim qirralari ochib berilgan. "Daraxtlar tik turib jon beradi" asarida bir-biriga nihoyat darajada suyanib qolgan ikki qariya- turmush o'rtog'ilarning bir-birini ardoqlashi, turmush zarbalaridan bir-birini asrashi haqida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Yayra Abdullayeva, Rixsivoy Avazovlar ajoyib psixologik talqin etishgan. Bundan tashqari 30-35 yoshlardagi insonlar rolini Maxmud Ismoilov, Sayyora Yunusova, ikkinchi darajali rollarni Saidkomil Umarov, Gavhar Zokirova, Shuhrat Nuraliyev, Shodiya To'xtayevalar mahorat bilan ijro etishgan.
Achnarli hol shundaki , bugungi kunda oddiy xalqda komediya janriga, dramadan, tragediyadan ko'ra talab ko'proq. Chunki tragediya va dramaning tubida falsafiy ma'no yotadi. Bu bilan men komediya janrini qoralamoqchi emasman. Chunki hayot muammolari kulgi asosida bu janrda ham ko'rsatiladi. Biroq hamma ham bunday deb o'ylayvermaydi.
"Antiqa qudalar", "Bevalar" komediya spektakllarida zal odamga to'lib ketgan bo'lsa, dramatik spektakllarda buning aksini ko'rish mimkin.

Aziza Abdunabiyeva 18.04.2008 17:40

Teatr haqiqatdan ham jamiyat hayotining ko'zgusidir. Unda hamma narsa tabiiy: aktyorlarning ijrosi ham, ovozi ham, iztiroblari ham... Hammasi. Nigora opam qo'ygan savollarga javoblarim:
1. San'at turlari ichidan birini ikkinchisidan ustun qo'yish to'g'ri emas, menimcha. San'atning har bir turi o'ziga yarasha mo'jizasi-yu, sehri bilan san'atni sal bo'lsa-da tushunadigan odamni maftun etadi.
2.San'at turlari bo'yicha teatr nechanchi o'rinda turadi? Mening fikrimcha, san'atning barcha turlari birinchi o'rinda turihga arziydi.(Agar u haqiqatdan ham san'at bo'lsa)
3. Men teatrga ko'proq san'atni tushunadigan odam bilan borishni ma'qul ko'rman. Tushunmay, yoki ko'rishni xohlamay, asl ma'nodan bexabar o'tirib beradigan sherik bilan ko'rgan spektaklimdan asabim buzilib chiqaman. Mening sherigim uxlab o'tirsa ham mayli, har holda bu kulib, menga ma'naviy ozuqa olishda xalaqit berganidan avzalroq.
4. Oxirgi marta teatrga bir hafta muqaddam borgan edim. Cho'lponning hayoti haqidagi "Kunduzsiz kechalar" spektakliga. Judayam ajoyib, ikkinchi marta ko'rishga arziydigan spektakl. Sizga ham maslahat berardim borib ko'rishni.
5. Bu savolga mutaxassislar javob bersa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Tan olishimiz kerak-ki, hozirgi kunda teatrda faqat kulgu-yu, kassa uchun ishlanayotgan teatrlar ko'payib bormoqda. Ammo, bu o'sish haqiqiy sa'viyali spektakllar soni kamayishiga olib kelmayapti, menimcha.
6. Bilmadim, bu borada aql o'rgatishga haqqim bormikin?
7. Aslida hayotiy muammolarni yoritishda teatrning barcha janrlaridan foydalanish mumkin. Lekin, teatrni faqat asl san'atni tushunadiganlar tomosha qilmaydi. Hozircha tomoshabinlar tomosha qilishni xohlaydigan komediya, tragediya, melodrama janrlaridan foydalansa yaxshi bo'ladi.

Nigora Umarova 18.04.2008 18:02

Azizaxon!
Fikringizga qo'shilgan holda, shuni ta'kidlamoqchimanki o'zbek xalqining vatanparvar farzandi "Kunduzsiz kechalar" asari nihoyatda tahsinga sazovor tarzda qo'yilgan san'at asar hisoblanadi. Haqiqiy san'at asarining umri buyuk bo'ladi. Spektakl shoir, dramaturg Usmon Azim qalamiga mansub bo'lib, sahnalashtiruvchi rejissyor Valijon Umarovdir.
Asarni sahnalashtirish jarayonida sahna dekoratsiyasining ham ahamiyati katta deb o'ylayman. Dekoratsiya davr ruhini bera olgan.
"Kunduzsiz kechalar" asarini bir necha marta ko'rgan bo'lsam-da har gal yangi taassurot uyg'onadi odamda...
Cho'lpon rolini Muhammadali Abduqunduzov, Soliha - Cho'lponning rafiqasi rolini Shohida Ismoilova, Oybekni Fathulla Mas'udov, Fayzulla Xo'jayevni Hojiakbar komilov, Fitrat rolini Mahmud Ismoilov, Manqurt rolini Tohir Ismoilov, Galdir obrazini Farhod Abdullayev, Botu obrazini Mehriddin Rahmatovlar mohirona ijro etganliklari sababli spektakl muvaffaqqiyatli chiqqan.
Bundan tashqari teatr asarining muvaffaqqiyati tomoshabinning dunyoqarashi spektaklni qay darajada qabul qilishiga ham bog'liqdir. Sababi birinchi marta spektaklni ko'rish jarayonida qo'l telefonlarining yoqib qo'yilganligi, ayrim tomoshabinlarning spektakl jarayinida gaplashib o'tirishlari odamning g'ashiga kelgandi. Zaldagi bu muhit albatta, ijrochining ijrosiga ham ta'sir qiladi deb o'ylayman.

Aziza Abdunabiyeva 18.04.2008 18:15

Nigora opa!
Darhaqiqat spektaklning muvaffaqiyati unda rollarni ijro etgan aktyorlarning mahoratiga bog'liq. Agar aktyor rolini chin dildan ijro etmasa, asardan qanday chuqur falsafiy ma'no ko'zlangan bo'lsa ham uni tomoshabinga yetkazishda muammolar tug'ilishi mumkin. Ammo, "Kunduzsiz kechalar" da rol ijro etgan har bir aktyor shu darajada berilib o'ynashdi-ki, men ohirgi yarim soat davomida ko'z yoshlarimni to'xtatishning ilojini topa olmadim. Muhamadali Abduqunduzov va Shohista Ismoilovalarning ham yeg'lab yuborganlari ularning obrazlariga qanchalar kirib ketganlarini bidiradi.
Men bu spektaklda nafaqat Cho'lponning hayoti va ijodini, balki o'sha davrdagi ahvol, insonlarning azoblari: o'z qalblari, vijdonlari bilan yashashga bo'lgan kurashlari o'rtasidagi kurashlari, shu bilan birga adabiyotning o'sha davrdagi ahvoli va davr siyosati ham o'ta mohirona tarzda pardalar bilan o'rab ko'rsatilgan.


Текущее время: 15:26. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»