uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   [Без оффтопа] Шеър азиз олам аро... (https://uforum.uz/showthread.php?t=5503)

albatros 04.09.2011 20:49

1000 - she'r.
 
Ushbu mavzuda navbatdagi kiritilayotgan she'r 1000 raqamdaekan bu she'rni (agar she'r deb bo'lsa) MEHRIDARYO ONALARIMIZGA bag'ishlayman.

Onang qadri.

Hayotlik chog'ida onang qadrin bil,
Duosini olgin, hamda rozi qil.

Ey farzand ko'zingni och, atrofga boq,
Dunyoning mazmunin bir zum fikr qil.
Shon-u shuhrat topib rag'bat olgan choq,
Onalar xizmatin eng ulug' deb bil.

Bir zamonlar sen yig'lab och qolganda,
Keltirardi onang patir non, qaymoq.
Bolang-chun bebaho sovg'a olganda,
Oldingmi onangga birgina paypoq.

Boshingda g'am kelsa qildi iltijo:
"Mushkulin oson et, Yaratgan Egam".
Topganin senga deb etdi muhayyo,
O'zin o'ylamadi, dard yemirsa ham.

To'qqiz oy bag'rida seni ko'tarib
Yana mehnat qildi og'ir oyoqda.
Mayli onangni hech ko'tarmagin sen,
FAQAT TASHLAB KETMA QARIGAN CHOG'DA.

(c)

*
Оффтоп:
Bu yerda 1000 raqamdagi she'r deb ushbu mavzuda berilayotgan javoblar soni nazarda tutilayapdi. Aynan ushbu she'r 1000 javob.

Aliya 04.09.2011 22:13

Sog'inch tutashtirar...

Ko'ksiga cho'g' bosdim armon sevgimning...
Yig'lamay ham qo'ydim endi hajringda...
Lekin...
Sog'inmaslik mumkinmi Seni?!
Qalbim parchalanar...
Sening dardingda...

Bilaman - qaytishing gumondan-gumon,
Sen - shunday mehri muz, sen bir toshbag'ir...
Tushun...
Qalbim Seni so'raydi hamon,
Seni sog'inmaslik mumkinmi axir?!

Ketmading, yo'q... Meni tashlab ro'yoga,
Har on eslayapsan - o'zing ham bilmay...
Yo'limiz ayirgan telba dunyoda
Yashay olarmisan Meni sog'inmay?!

Bilmaysan...
Bahorgi gul kabi umrim,
Sog'inmagan kuning xazon bo'larman...
Sensiz bahorlarga ko'nmaydi ko'nglim,
Meni eslamagan kuning...
O'larman...

Yo'llar o'zga, dema, mana, kelding-ku!
Yana shirin diydor - lahzalar ichra...
Meni eslayapsan - azobli tuyg'u,
Seni eslayapman g'ussalar ichra...

Endi ko'kka uchdi u go'zal hislar...
(Jim qo'yib yubordik qo'llarimizni...)
Agar, muhabbatdan ko'r bo'lsa ko'zlar,
Sog'inch tutashtirar yo'llarimizni...

Aliya 04.09.2011 22:21

*****

Boshimizdan gul sochar osmon...
Taqdirimiz bitilgan zamon,
Xudo Meni yaratgan, ishon -
Senga kerak bo'lganim uchun!

Sinovlarda bardoshing sinmay,
G'iybatlarga e'tibor qilmay,
Asra meni ko'zmunchog'ingday -
Senga kerak bo'lganim uchun!

O'tinganim - yig'lab Xudodan,
Qismatimga kelgan shahzoda,
Yashayapman axir -
Dunyoda
Senga kerak bo'lganim uchun!!!

Aliya 04.09.2011 23:15

Ey, Xudoyim...

Ey, Xudoyim, ayama mendan
Dunyolarning saodatini.
O'zing qalbga solding, o'zing ber -
Orzularning ijobatini.

Taqdirimga muhabbat bitsang,
Izhor etsin sadoqatini.
Gulxanlarga aylantir, hayxot
Ko'ngillarning haroratini.

Shunday ishq ber, toki bu ishqdan
Bahor olsin tarovatini.
Osmon havas qilsin bu qadar
Yuksak ishqning inoyatini.

Ishqqa sajda bilan boshlasin,
Yakunlasin ibodatini.
Muhabbatga etsin armug'on
Hayotining har soatini.

Shunday ishqni ayama mendan...

Gulchehra Ibragimova 05.09.2011 10:25


.. “безор бўлиб кимни кутарсан..”
Азоблади қай дил, қай дилдор?
Аламлардан нечун куярсан,
“Ёрилгин тош, ёрилгин” бир бор?..

Ашъорларинг эгаси кимдир?
Ул битикни кимга битарсан?
Кўнглимдаги алам “сим”-“сим”дир,
Келмас ёрни муштоқ кутарсан?

Қалбингни оч, сирдошинг бўлай,
Дардинг олай елкадош бўлиб.
Суян, майли, дилдошинг бўлай
Кўтарайин мен бардош бўлиб.

Дўстинг учун захар ют, майли,
Ишқ эмасдир ахир гул сайли
Саргардонлар бўлай ё Лайли
Топай Сизга бўлса гар “майли”

..Дил номангни ўқидим такрор,
Азоблабди ёрнинг фироғи.
Ким сенга зор, кимдир сенга зор..
Милт-милт ёнар умид чироғи..

.. “..безор бўлиб кутарсан кимни?!”

(с)

Mahmud Jurat 05.09.2011 17:19

***
Коллайдерда нурлар тўқнашиб
Авестонинг кўзёши бўлди.
Минг йилларча инсон адашиб,
Инсонликка чин етиб келди.

Клон атаб ўзин аксини,
Бомбаларда портлатмади, йўқ,
Эплайолди ёвуз ҳиссини,
Ёвузларни танлаб отар ўқ.

Аммо ҳамон баъзида ожиз,
Кўкка боқиб юлдуз санайди,
Юлдузларни қувиб изма из,
“Ҳаёт борми” мунгли сўрайди.

Ҳали ҳамон сувнинг қаърида,
Ожизлигин тан олади жим.
Алжабрнинг ўлмас хокида,
Бўлса ҳамки у бугун ҳоким.

Яна нени излаб топади,
Яна нелар бўй эгар унга.
Изловчанлик унинг одати,
Сиғинмайди сариқ Қорунга.

Тафаккурда елпиниб олға
Ўзиб кетди ўзидан ўзи.
Тўхтамайин излар қўнолға,
Айтилганмас охирги сўзи.

Қайга шошиб борар одамзод,
Қайда унга сўнгги бир макон.
Тафаккурда у буюк озод,
Ўзи соҳиб, у ўзи ҳоқон.

(С)

Aliya 06.09.2011 00:30

Ko'zlaring so'zlaydi...

O'tmishga qayrilib bir qara,
Bir ojiz zoringman izingda...
Kunlaring tunimdek qop-qora -
So'ragin sog'ingan ko'zingdan:
Sen meni sog'inding...
Men Seni...

Yulduzda yig'lagan ohlarim,
Tuningda tun - g'arib mendan ham...
Yolg'izlik ko'kida moh yarim,
Umidni uzmayin Kundan ham,
Sen Meni sog'inding...
Men Seni...

Hayoling - hayolim o'g'risi,
Ko'zlarim - ko'zingga asira.
Men - ko'ngling osmonin parisi,
Sen - qalbdan öchmas bir xotira...
Sen meni sog'inding...
Men Seni...

Yig'layman...
Ko'z yoshim singari
Ko'nglimga ketasan to'kilib...
Ismim ham kuydirar lablaring,
Ko'zlaring so'zlaydi o'kinib:
Sen Meni sog'inding...
Men Seni...

Aliya 06.09.2011 10:05

Arzimaydi.

Arzimaydi dunyolarning dunyolari ashkingga,
Qayg'ularga izn berma - in qurmasin qalbingda!
Bittagina tabassuming alishmasman hech nega,
Yig'lamagin, erkatoyim!
HAYOT HALI OLDINDA!

Go'zal singlim, yig'lama hech, ko'z yoshingga chidolmay,
Osmonlarning ustunlari yiqilgaydir birma-bir.
Qora tunning hilollari ko'z yoshini tutolmay,
Yulduzlari Zamin sari to'kilgaydir birma-bir...

Yig'lamagin!
Mag'rur boshing osmonlardan baland tut,
Hayotingga quvonch bersin orzuning sho'x navosi.
Sen taqdirdan qayg'u emas, baxtli kunga umid kut,
Ko'z yoshingga arzimaydi dunyolarning g'avg'osi!

Yig'lamagin...
Ko'z yoshingga arzimaydi hech bir so'z...

albatros 07.09.2011 13:34

Sevib sevilmagan qiz.

Sen sevding yuraging otashga berib,
Hayoting bir qismin unga atading.
Eng sara so'zlarni maktubga terib,
Nigohing yo'liga mushtoq qadading.

Bog' aro sayr etib, xayolan go'yo,
Quvlashib chamanzor ichra qocharding.
Agar bu muhabbat bo'lganda ro'yo,
Shubhasiz qalb sirin unga ocharding.

Afsus muhabbating qadrin bilmadi,
Nega g'urur o'tin qo'ydi u baland.
Nechun sevgisini oshkor qilmadi,
Qaysi jonon uning qalbin qildi band.

Yig'lama sevgingga arzimaydi u,
Sen topajak baxting, bo'lgaydir qutlug'.
Faqat yuragingdan o'chmasin tuyg'u,
Deydiku:"Oyning ham o'n beshi yorug' ".

Har yomon qilmishning o'z jazosi bor,
Ezgulik tantana qilgaydir doim.
Muhabbat tuyg'usin aylaganlar xor,
Afsus nadomatla o'tsin iloyim !!!

(c)

Gulchehra Ibragimova 07.09.2011 15:52

Ёрижоним

Сени излаб тоғлар билан хасратлашдим,
Тош-тиконлар тилиб кетди товонимни.
Дардим айтсам тушунмади харсанглари
Шабадалар илиб кетди забонимни..


Суҳбатингга ташнадир қалб, фидо жоним
Қайлардасан, боринг билдир Ёрижоним..

Ғурурларни илиб қўйдим янтоқларга,
Соғинч деган бир неъматдан тўйдим ёрим..
Соғинганни соғинса дил айб эмасдир,
Йўқликлардан Сени топдим, сенсан борим.

Бир илтифот кутмагайман, зорижоним
Қайлардасан, боринг билдир, Ёрижоним..


Айтгил нечун кўзларингда чўғлар сўнгган,
Руҳлар тушкун, қалблар сўник, журъат қани?
Наҳот ишқсиз яшамоққа дил ҳам кўнган,
Ул қалбларга мухрланган суръат қани?

Ўксик дилга таскин бўлмас шараф-шоним,
Қайлардасан, боринг билдир, Ёрижоним..

(с)


Текущее время: 14:21. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»