uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Школы (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=409)
-   -   [Без оффтопа] Устозим, байрам муборак! 1-октябр "Ўқитувчилар ва мураббийлар байрами" (https://uforum.uz/showthread.php?t=18570)

Биллур 17.09.2012 19:01

Устозим, байрам муборак! 1-октябр "Ўқитувчилар ва мураббийлар байрами"
 
Бир соат илм ўрганиш кечаси билан намоз ўқиб чиққандан афзалдир. Бир кун илм ўрганиш уч ой рўза тутгандан яхшироқдир. (Ҳадис)
Устоз - шу илмни Сиз берасиз...
Мен Сизни олдин ҳам билардим, ҳозир эса жуда яхши биламан, бундан кейин унутмайман!
uforum да мендан ақлда бисёр, маънавиятда юқори, фазилатда илгари, кимнидир "Устоз" деган фойдаланувчилари бор. Балки Сиз ҳақингиздаги самимиятни улардан эшитарман...
Яқинлашаётган байрамингиз муборак.

dili 18.09.2012 07:40

Qadim zamonlarda ustoz deb bir kishini tan olishgan bo'lsa, hozirgi zamonda ustozlar ko'p. ustozim deb kimni aytishni ham bilmayman. Chunki ular ko'p: onam savodimni chiqargan, yana maktabdagi muallimlar ko'p harsalarni o'rgatgan. Kompyuterda savodimni chiqargan yigit bolam tengi bo'lsa ham, uni juda hurmat qilaman. Chunki u ham ustozim.
Aziz ustozlar Olloh yuqtiribdiki ustoz degan yuksak nomga ega bo'libsiz. To'lqin domladan boshlab yosh USTOZlargacha, barcha barcha ustozlarni yaqinlashayotgan ustoz va murabbiylar bayrami bilan tabriklayman.

Hero 18.09.2012 08:23

Ustozlar bayram muborak

https://img.uforum.uz/thumbs/pfbozfa3722808.jpg

Colorado 18.09.2012 12:25

Цитата:

Сообщение от dili (Сообщение 799012)
Kompyuterda savodimni chiqargan ..... uni juda hurmat qilaman. Chunki u ham ustozim.

Оффтоп:
устоингиз расм жойлашда саводингизни чала чиқарганга ўхшайди :)

Hamidbey 18.09.2012 20:01

Цитата:

Сообщение от Colorado (Сообщение 799138)
Цитата:

Сообщение от dili (Сообщение 799012)
Kompyuterda savodimni chiqargan ..... uni juda hurmat qilaman. Chunki u ham ustozim.

Оффтоп:
устоингиз расм жойлашда саводингизни чала чиқарганга ўхшайди :)

Chala chiqargan bo'sa ham o'rgatgan rasm joylashni shuni o'rgatganga va o'rganganiga qoyil.Ko'pchilik o'qituvchilar shuni ham bilishmaydi va hohlashmaydi. Ustozlar bayraminggiz muborak :clapping:

Tulqin Eshbekov 20.09.2012 01:59

Цитата:

Сообщение от dili (Сообщение 799012)
To'lqin domladan boshlab

Мендан ёши улуғроқ устозлар ҳам кўп! Масалан, азиз устозимиз филология фанлари доктори Хуршид Дўстмуҳаммад, Халқ таълими аълочиси Умида Абдуазимова ва бошқалар.
Эътиборингиз учун алоҳида ташаккур, синглим!

Dilya Hasanova 20.09.2012 09:15

[MOD]Mavzu "Без оффтопа"ga o'zgartirildi. Iltimos maktabdagi va dars faoliyatidagi muammolarni boshqa mavzuda muhokama qilinglar. O'zi muallim va ustozlarning bitta yorug' bayrami bor, shu mavzuniyam ularni haqorat qilish maydoniga aylantirmanglar. Bundan keyingi offtopning barchasiga jarima beriladi. [/MOD]
[MOD]Ўқитувчиларни ушбу мавзуда муҳокама қилишингиз мумкин.[/MOD]

dili 25.09.2012 18:42

Негадир байрам табриклари камайиб қолди.
Институтда ўқиган вақтимда Волжская Елена Александровна деган домламиз бўларди. Буюк одамларнинг камчиликларини гапиришса (талабаларнинг севимли машғулоти), сиз аввал улардек буюк ишлар қилинг, кейин уларнинг ғийбатини қиласиз дердилар. Шундай устозларим бўлгани менинг омадим ва бахтим деб ўйлайман. Ота-онамдан кейин энг улуғ инсонлар бу устозларим.

otabek0505 25.09.2012 23:50

Цитата:

Сообщение от Dilya Hasanova (Сообщение 800191)
shu mavzuniyam ularni haqorat qilish maydoniga aylantirmanglar.

Ustozni haqorat qilish? Brrrr, hattoki bunday so`z kishining qahrini keltiradi.

Цитата:

Сообщение от dili (Сообщение 803113)
Негадир байрам табриклари камайиб қолди.

Hozir ustozlarimiz band!!! Bir vaqtning o`zida ham shogirdlarini o`qitayapti (maktab o`quvchilarini paxtaga chiqarishni ta'qiqlash RIVOJLANISH tomonga tashlangan katta qadam deb o`ylayman!), ham aholini paxta dalasida paxta terishga tashviqot qilayapti (bunga ham hech qanday e'tirozim yo`q, agar ularning ustidagi "qamchi"ni juda qattiq chalmayotgan bolsalar, shartli ravishda tashviqotni ham o`qituvchining lavozim majburiyatiga kiradi deyish mumkin), ham paxta dalasida paxta terayapti (!?) (ba'zi mansabdorlar bolalarning paxtani terib olishda asosiy qurol bo`lishiga shunchalik o`rganib qolishibdiki, hozir bolalarning paxta dalasida ekanligiga ishona olishmayapti, alamini ularning ustozlaridan olishayapti)!!! Ularning baribir bu tabriklarni o`qishga vaqtlari yo`q!!!

Ha aytmoqchi, eshitdinglarmi: 1 oktabr - bayram kuniga bag`ishlab sizlarni bilmadimu, biz tomonlarda ustozlarga ajoyib sovg`a tayyorlashibdi. 1 oktabr kuni har bir o`qituvchiga ... 50 kg paxta terish majburiyati yuklanibdi!!! EH, ajoyib sovg`a!!!


Tan olaman - offtop: Paxta yig`im terimiga hech qanday e'tirozim yo`q, paxta bizning asosiy boyligimiz!!! Lekin qachongacha paxtaning (xom ashyoning) ortidan kun ko`ramiz, ko`zni yumib, bugungi nonimizdan tejasak ham, ertamizni, kelajagimizni yaxshilashni o`ylash kerakku!!! Bu boradagi davlatimiz siyosati ham xuddi shunday bo`layapti, lekin buni ba'zi mansabdorlarimiz anglab yetishi qiyin kechayapti!!!

Fayzbek 26.09.2012 15:07

1-октябрь, Устозлар ва мураббийлар куни!
 
Цитата:

Сообщение от Биллур (Сообщение 798885)
Бир соат илм ўрганиш кечаси билан намоз ўқиб чиққандан афзалдир. Бир кун илм ўрганиш уч ой рўза тутгандан яхшироқдир. (Ҳадис)
...
Яқинлашаётган байрамингиз муборак.

Бу ҳадисда нафл намози ва нафл рўза ҳақида гап кетяпди.
Устоз отангдан улуғ дейишади, устозлар байрамингиз муборак!
Бу мавзу ўзи олдиндан мавжуд эди!


Текущее время: 20:10. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»