uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Библиотеки (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=412)
-   -   [Новости] Infoteka.uz yangiliklari (https://uforum.uz/showthread.php?t=14407)

Otabek 31.03.2011 19:22

Yahoo “layk”larni o’rganib chiqdi
 
Facebook ijtimoiy tarmog’i tomonidan yo’lga qo’yilgan “like” (inglizchadan “yoqtirish” deb tarjima qilinadi; ushbu xabarda shunchaki “layk” so’zini ishlatishga qaror qildik) funksiyasi va uning keyinchalik boshqa ko’pchilik saytlar tomonidan o’zlashtirilganidan (masalan, LinkedIn yoki МойМирda) xabaringiz bor. Yahoo kompaniyasi foydalanuvchilarning turli saytlardagi yangiliklarni qanchalik “yoqtirganliklari”ni o’rganib chiqdi va The Like Log Study nomli hisobotni e’lon qildi.


Otabek 31.03.2011 19:24

2011 yilning muhim sanalari (Aprel)
 

1 aprel - Xalqaro kulgi kuni.

1 aprel - Butunjahon qushlar kuni.

2 aprel - Xalqaro bolalar kitobi kuni.

3 aprel - Geologlar kuni (har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).


Otabek 31.03.2011 19:26

Hushyor bo’ling – 1 aprel!
 
Hushyor bo’ling – 1 aprel!



1 aprel - hazillar kuni butun dunyoda nishonlanadi va bu kunda nafaqat oddiy kishilar - oila a'zolari, do'stlar va hamkasblar bir-birini laqqa tushirishadi, balki "to'rtinchi hokimiyat" bo'lgan ommaviy axborot vositalari vakillari ham o'zlariga berilgan imkoniyatlarini "siuste'mol" qilib, xalqni aldashga tushadilar. Tarixda shunday qiziqarli holatlardan bir nechasini keltirib o'tamiz:

Hushtak-sabzilar (01.04.02)

2002 yilda Britaniyaning Tesko supermarketlari tarmog'I "Sun" gazetasida bir xabar chop etdi. Unda seleksionerlarning uzoq yillik izlanishlar natijasida yangi sabzi navini yetishtirganlikari e'lon qilingan. Go'yo bu navdagi sabzining ildiz qismida teshikcha bo'lib, qaynayotgan mahal hushtak chalar emish. Ko'pchilik bunga ishonib, magazinlarda hushtak-sabzi izlab qolishgan.


Otabek 11.04.2011 10:37

Olimlik mas‘uliyati to‘g‘risida (I-qism)
 
Olimlik mas‘uliyati to‘g‘risida (I-qism)

http://files.servers.doira.uz/medium...6b11bcf725.jpg

Hamma narsani shon-shuhrat uchun emas, amaliy manfaat uchun o'rgan.

G. LIXTENBERG



Masalaning mohiyati bilimning butunligida emas, aqlning butunligidadir.

DEMOKRIT



Inson uchun bilim orttirishning o'zi kifoya emas, olingan bilimni taraqqiyot yo'lida sarflashni ham bilmoq lozim.

I. GYoTE



Ijtimoiy masalalarga aralashish va ular bilan uzviy aloqada bo'lishgina fanga chinakam foyda keltirishi, uni jamiyat uchun qiziqarli va zaruratli qilishi mumkin.

N. A. DOBROLYuBOV


DAVOMI >>

Otabek 11.04.2011 10:39

Infografika: Facebook geografiyasi
 
Infografika: Facebook geografiyasi


iCrossing marketing tadqiqotlari guruhi Wikipedia aholi statistikasi, Facebook ma'lumotlari va Googlening reklama asboblari yordamida Facebook.Com ijtimoiy tarmog'ining dunyo bo'yicha foydalanishi sur'atini o'rganib chiqdi va olingan natijalarni xaritali infografika shaklida e'lon qildi.

Taqdim etilgan raqamlar quyidagi o'zgaruvchan qiymatlarda aks ettirilgan:

- Mamlakatdagi Facebook foydalanuvchilari soni;

- Foydalanuvhilar orasida ayollar hissasi;

- Foydalanuvhilar orasida erkaklar hissasi;

- Facebookdan foydalanmaydiganlar hissasi;

- Facebookka 'qaramlik' darajasi (0 dan 70 gacha).



Otabek 12.04.2011 09:59


«Поехали!» — shu jumlani bundan roppa-rosa 50 yil muqaddam, 1961 yil 12 aprelda kosmonavt Yuriy Gagarin kosmik kemasining parvozi arafasida xitob qilgan edi. Shu birgina so'z insoniyat tarixida yangi, kosmik asrning o'ziga xos timsoli bo'lib qoldi.

«Поехали!» ommaviy madaniyatga kata ta'sir ko'rsatdi. Masalan, Н. Добронравовning 1971 yilda yozilgan, "Gagarin burji" («Созвездие Гагарина») qo'shiqlar tsikliga kiruvchi "Bilasizmi u qanday yigit edi?" («Знаете, каким он парнем был») qo'shig'ida shunday deyiladi:
Он сказал: «Поехали!»

Он взмахнул рукой.

Словно вдоль по Питерской,

Питерской,

Пронёсся над Землёй…

Jumlaning kelib chiqishi

Parvoz yoki trenajyordagi sinov uchishlari oldidan ustav bo'yicha «Экипаж, взлетаю» deb aytish odat bo'lgan. Ammo, kosmonavtlarning birinchi otryadini tayyorlash bilan shug'ullangan sinovchi-uchuvchi Марк Галлай aynan «Поехали!»ni aytishni ma'qul ko'rar edi. Марк Галлай bu norasmiy va psixologik jihatdan tetiklik bag'ishlovchi bu yangi jumlani kiritgani bejiz emas edi. Gagarin ham ustozidan o'rnak olib, shunday xitob qildi.


Google ham bu kunni unutmadi. Bugun, 12 aprel kuni Google.Com qidiruv mashinasi asosiy sahifasini ochsangiz, unda aks ettirilgan doodle (Google Doodle - dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan baymarar va muhim sanalarga bag'ishlangan 'logo'lar)ga ko'zingiz tushadi.


Otabek 20.04.2011 15:16

Ma‘ruzalarni tinglash san‘ati (I-qism)
 
Ma‘ruzalarni tinglash san‘ati (I-qism)

http://files.servers.doira.uz/medium...be8d4c4c53.jpg

Kechirasiz, domla, eshitmayapmiz. Grezmont barcha ovoz to'lqinlarini to'sib qo'ymoqda!

*Tayyorgarlik ko'rgan aql yaxshiroq eshitadi

*Eslatmalar

*Tinglash qobiliyatini rivojantirish uchun amaliy mashqlar

Sizga bitta savol: Siz yaxshi tinglovchimisiz? O'ylaymanki, hech ikkilanmasdan, "ha" deb javob berasiz. Lekin endi boshqa savol: tasavvur qiling, auditoriyada o'tiribsiz, ma'ruza davom etmoqda va siz darsni "tinglayapsiz". Shu payt domla bir savolni o'rtaga tashladi va darhol o'zingizni tumandan chiqqandek his qildingiz. Nima haqida so'raldi ekan deb, yon-atrofingizga ko'z yugurtirdingiz. Sizda shunaqasi bo'lganmi? Menimcha, bo'lgan va ko'p marotaba. Afsuski, shunchaki eshitish va faol tinglash orasida katta farq bor. Agar yaxshi tinglovchi bo'lib, ko'proq a'lo baholar olaman besangiz, bizni oxirigacha tinglang..

DAVOMI >>

Otabek 20.04.2011 15:18


O’rta asrlarda kitob bosish dastgohining ixtiro qilinishi bilan hozirgi kitob ko’rinishidagi mahsulotlar paydo bo’lgan edi. Shakli bo’yicha bosma kitoblar qo’yozma kitoblarni juda o’xshar edi (juft sahifa, matnning vertikal shaklda joylashuvi va hokazo xususiyatlari bilan). Bu tabiiy holat bo’lib, qanday yangi mahsulot bo’lmasin, o’zidan oldingilarga o’xshashga harakat qiladi (boshqa so’z bilan aytganda, modaga bo’ysunadi).

DAVOMI >>

Otabek 20.04.2011 15:20

Bukrider tanlaymiz: E-Ink yoki TFT?
 
Bukrider tanlaymiz: E-Ink yoki TFT?


www.computerra.ru saytining Mobilis ruknida Marina Rojkova tomonidan e'lon qilingan maqoladagi mushohadalar asosan bitta savol - E-Ink asosidagi bukriderlar yaxshimi yoki TFT-ekranliklarimi? Muallif o'zining obzorida e-ink ishlatilgan modellar, mediariderlar (rangli TFT ektanli) ikki ekranli "kombayn"lar (ham e-ink, ham TFT ekranga ega bo'lgan qurilmalar)ni bir-biriga qiyoslaydi. Ushbu obzorda keltirilgan quyidagi fikrlar alohida e'tiborga loyiq:

DAVOMI >>

Otabek 05.05.2011 16:29

Bookfi – eng sodda elektron kutubxona

http://files.servers.uznet.biz/mediu...6c736334b6.jpg

Bundan bir yil muqaddam Runetda elektron kitoblarni qidirish bo’yicha bir istiqbolli loyiha boshlangan edi. Uning nomi Bookfi bo’lib, avvalboshda bir guruh tashabbuskorlar tomonidan Windows 7 o’rnatilgan noutbuk yordamida tor doiradagi do’stlar uchun ishlab chiqilgan sayt edi.

DAVOMI >>


Текущее время: 07:11. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»