Eng tezkor superkompyuterlar va Linux
2007-yil noyabr oyi uchun dunyoning eng tezkor superkompyuterlari Top500 reytingi e’lon qilindi.
Statistika tahlilidan superkompyuterlarda qoʻllanilayotgan operatsion tizimlar ichida Linux operatsion tizimi hissasining yana ortganligini kuzarish mumkin. Shu yil iyun oyidagi ma’lumotlarga koʻra uning hissasi 77.80 foizni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda roʻyxatdagi superkomyuterlarning 85.20 foizi Linux operatsion tizmida ishlamoqda. (426 - Linux, 34 - Aralash, 30 - Unix, 6 - Windows, 2 - BSD, 2 - Mac OS). http://linux.zn.uz/2007/11/14/eng-te...rlar-va-linux/ |
ALT Linux maktab distributivini sinov uchun taqdim qildi
ALT Linux kompaniyasi Junior yoʻnalishining maktab ta’limi uchun moʻljallangan distributivini yakunlamoqda. Hozirda distributivning beta (sinov) versiyasini oʻzida jamlagan CD va DVD disk tasvirlari taqdim qilindi.
Distributivga maktab informatika kursida ishlatish uchun kerakli boʻlgan bir qator dasturlar kiritilgan. Xususan, DVD versiyasida Free Pascal, Lazarus, Gambas va boshqa dasturlarni uchratish mumkin. CD va DVD disk tasvirlarini quyidagi manzillardan yozib olish mumkin: ftp://beta.altlinux.ru/junior/junior...t-20071113.iso - oʻrnatish uchun CD ftp://beta.altlinux.ru/junior/junior...a-20071113.iso - qoʻshimcha CD ftp://beta.altlinux.ru/junior/junior-dvd4-20071113.iso - oʻrnatish uchun DVD (yuqoridagi ikki CDʻni oʻzida jamlagan). Manba |
Цитата:
было бы очень интересно узнать - ваши впечатления - что там есть? |
Цитата:
|
KDE 4.0 Release Candidate 1
KDE ish stolining yangi versiyasi KDE 4.0 Release Candidate 1 taqdim qilindi.
KDE 4.0-RC1 tarkibiga hali tugatilmagan Plasma paneli qoʻshilgan. KDE 4.0-RC1ni OpenSUSE distributivriga asoslangan LiveCD bilan sinab koʻrishingiz mumkin. KDE Desktop 4.0 ning toʻliq relizi shu yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan. Yana shuni ham eslatib oʻtish lozim-ki, yaqinda KDE 4 uchun e’lon qilingan devor qogʻozlari(wallpaper) tanlovi natijalari taqdim qilindi. Tanlovda qatnashgan 2000 dan ortiq rasmlardan 15 tasi KDE 4 uchun tanlab olingan. Manba |
Port25 - "Recovering Data from Windows systems by using Linux"
Microsoft kompaniyasining OpenSource Laboratoriyasi hisoblanmish Port25 portalida "Recovering Data from Windows systems by using Linux" ("Windows tizimlaridagi ma'lumotlarni Linux yordamida qayta tiklash") sarlavhasi ostida maqola e'lon qilindi.
|
openSUSE 11.0 Alpha 0 taqdim qilindi
openSUSE distributivi jamoasi uning openSUSE 11.0 Alpha 0 sinov versiyasini taqdim qildi. Distributivning openSUSE 10.3 taqdimotidan so‘ng ikki mingdan ortiq paketlar tekshirib chiqilgan va ko‘pgina asosiy komponentlarga yangiliklar kiritilgan, xususan yangiliklardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: GCC 4.3.0, Linux 2.6.24-rc4, X.Org 7.3, KDE 3.5.8, KDE 4.0 RC1, CUPS 1.3.4, ALSA 1.0.15, GIMP 2.4 va YaST 2.16.
10.3-veriyasiga nisbatan juda ham ko‘p o‘zgarishlar bo‘lganiga qaramay openSUSE 11.0 Alpha 0 yetarlicha stabil ishlayotgani xabar qilinmoqda. |
Текущее время: 18:47. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»