![]() |
Televizormi? Dilbuzarmi? Tilbuzarmi?
Hisob - kitoblarga qaraganda bir bola kuniga o`rtacha 3 soatdan televizor ko`rsa, bu ko`rsatkich bir yilda 1100 soat bo`ladi. Demak, 70 yoshga to`lgan insonning 7-10 yil umri televizor oldida o`tib ketadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining katta qismi zo`ravonlik, kuch ishlatish kabi sahnalar tasvirlargan kino va seriallarni sevib tomosha qilishlarini, juda ozchilik bolalarga mo`ljallangan ko`rsatuvlarni ko`rishar ekan. Bizning go`daklik olamidan ilk hayotga boshlagan, dadil qadamlar qo`yishimizga o`z hissasini, katta miqdorda qo`shgan, ammo hozirgi kunimizda ukajon-u, singillarimizga va bizga ikkinchi yoki uchinchi darajada turib qolgan o`zbek xalq ertaklarining hamiyati kamayib ular o`z o`rnini jahon multipikatlarining zamonaviy va noo`rin qo`yilayotgan yuqori msaviyali seriallarga bo`shatib bera olmayaptimikan. Siz bu savolga ijobiy yoki salbiy fikr berishdan avval o`z aqlingiz yordamida bolajonlarga, kichik yoshdagi o`quvchilar va talabalarning kundalik hayotiga aylanib ulgurgan serial va chet el multfilimlarini tahlil qilsak. Undan so`ng esa sizning fikringizni tinglaymiz. Balki siz “nima bolalarga taqiqlash shartmi, axir bugungi kun talabi shu-ku” deyotgandirsiz. Ha albatta zamonaviy bo`lish kun talabi, ammo zamonaviylikni o`zga xalq seriallari qahramonlarini o`zlashtirishlikbilan emas, balki milliylikni saqlab qolgan, an’analarimizdan chetga chiqmagan holda ulrni ozgina zamonaviy ruhda olib borsak ayni muddao bo`lar edi. hech ahamiyat berganmisiz nega singillarimizda “Barchinoy”, “To`maris”, “Kumush” obrazlariga havas qilib, ulardagi yaxshi hislatlarni emas, jonajon kelgindi seriallardagi qandaydir “Kamila”larning xislatini o`zlarida taqlid qilish yo`li bilan o`rganishyapti. (Ha-ya shu o`rinda bir yaqin kishimdan eshitgan voqeani so`zlab bersam. Ularni aytishlariga qaraganda, bir yoshi kichik qizdan isming nima deb so`raganlarida, u qizaloq “Kamila” deya javob beribdi, so`ng u kishi: shoira Komilaxon ismiga havas qilib qo`yishgan ekanda ota-onang”- deb so`zlasalar, qizaloq”yo`q anavi kinodagi Migelning qizi Kamila borku, o`shaning ismiga havas qilib qo`yishgan ekan. Siz ham taniysiz-mi?” deya savolimga, savol bilan javobni hayratomus ravishda qaytardi.)Ukajonlarimiz-chi, “Alpomish”, “Amir Temur”, “Shiroq”lardek emas, koreys qahramonlari, “Jumong”, “Jangbobo”larning hayratra soluvchi harakatlarining, taqlidchisiga aylanib qolishyapti, nega-ki biz ularning murg`ak qalblariga sezilarsiz soya soluvchi bu seriallarni taqiqlolmaymiz. Chunki biz ham shu seriallarning doimiy tomoshabinlariga allaqachon aylanib ulgurganmiz. Nega ukajonlarimiz hayollari “qilich o`ynatish” san’ati, seriallardagi o`sha qahramonlardan olingan ta’surotlar bilan to`lib-toshmoqda, axir shu seriallardan bir necha yuz ming marotaba yuksak saviyali, tarixiy “Alpomish”, “Mirzo Ulug`bek” kabi filmlarimiz ham juda ko`p-ku, lekin, nega ularni xorijiy serialardan ustun qo`yib ko`rayapmiz, yokibizning e’tiborimiz shunchalik alaqnday film-u, “multik”lar bilan to`lib yotibdimikan?! Bu filmlarimiz zarilmi?! Aslida telekanallarda namoyish etilayotgan filmlar, katta yoshdagi bekajonlar-u, opajonlarimiz uchun mo`ljallangan emas-mi?!Ushbu maqolamizga Xulosani aytmadik. Yaxshisi, o`zingiz aniq bir to`xtamga kelganingiz ma’qul. Qolaversa, har bir narsaninmg yaxshi yomon tomoni bo`lganidek, televizordan ham xayrli maqsadlarda foydalanish mumkin.
|
Bu narsa hozirgi kunda hamma davlatda bor muammo. Bunda sabablar juda ko'p. Ko'pini bilamiz, ko'pini tan olgimiz kelmaydi, ko'piga bilmasdan turtki bo'lamiz.
Muammoni hal qilishning yaxshi yo'li - har bir kishi o'zi uchun, oilasi uchun, do'stlari va atrofdagilari uchun harakat qilish lozim. Ya'ni, nima qilmoq kerak? TVda bemaza, keraksiz, vaqtni oluvchi ko'rsatuv, serial va filmlardan iloji boricha sekin-asta voz kecha boshlash kerak. To'g'ri, to'liq ko'rmasin demayman. Ba'zan dam olish maqsadida ko'rish lozim, lekin o'zimizni o'zbek tilidagi kanallarimizda ham ba'zan yaxshi, tarbiyaviy, oila bilan ko'rsa bo'ladigan kinolar, ko'rsatuvlar va seriallar beriladi. Yoshlarimiz, ukalarimiz, farzandlarimizni esa telefizor ko'rishdan ko'ra, foydaliroq ishga vaqtini sarflashimiz kerak. Masalan, sport, tugaraklar. Ko'chada, hovlida, sport maydonchalarida o'ynashlariga ruxsat berish kerak. E'tibor bergan bo'lsalaringiz, keyingi 5-6 yil ichida, yoshlarimiz ko'chada, sport maydonchalarida to'p o'ynashni kamaytirishgan. O'zimni yoshligimni eslasam, faqat ko'chada to'p tepib o'ynardik. Ham sog'lom, ham do'stlarimiz qurshovida bo'lardik. Hozirchi? Yoshlarimiz televizor, kompyuterning oldidan ketmaydi. Kompyuter uyinlari, TVdagi seriallar, multfilmlar, kinolar ularning ongini zaharlamasdan qolmayapti. Bir urishib ko'ring . . . Bilasiz, shunda . . Ehtirom ila, T.Yusupov |
Yaqinda boshqa uyni ijaraga oldim. Uy egasi 2-3 hafta ichida yangi televizor olib kelishga va'da berdi. Chunki televizorsiz uy ekan.
3-4 kun televizorsiz yashadik. Oilam bilan ko`pincha o`zbekchamas ko`rsatuvlarni ko`rardik ilgari. Ishdan kelib televizor oldida o`tirib ovqat yeyishga odatlangandim. Ko`rsatuv ortidan ko`rsatuv, ularning ortidan turli filmlar qo`shilib, ba'zan kechroq yotib, ertalab turolmasdan, ishga kechikkan paytlarim ham ko`p bo`lardi. Undan tashqari oilam bilan birga ko`radiganlarimiz kam edi. Odatda, men ko`rayotgani unga yoqmas, oilamga yoqqani menga yoqmas edi. O`rtaga ba'zan qizcham ham o`ralashib, "multik"larini ko`ramanga tushib qolardi. Televizorsiz o`tayotgan ushbu kunlarimda yuqoridagi tasvirlagan ahvolim o`zgardi. Internet'dan o`zbekcha kinolar olib birga ko`rayapmiz. Yaqinda "Shaytanat"ning 20 seriyasini birga ko`rdik. Qizcham ham ora-sirada 'netdan tushirilgan "qimirlama"-filmlarini (animatsion yoki multiplikatsion filmlar :) ko`rishga ulgurayapti. Sezgan foydalarimni bahamlashmoqchiman: 1. Vaqtimga biroz baraka kirganday bo`ldi. Oilam ham bekorga televizorga qarab o`tirmay boshqa ishlarni qilish uchun imkoniyatga ega bo`ldi. (Oldin "kitob o`qisam, uyqum keladi", deb shikoyat qilardi, endi qo`lida kitob ushlab turganining guvohi bo`layapman. Boshqa nimayam qilsin, bechora) 2. Xorij kinolaridagi va mahalliy reklamalardagi biz, erkaklarni qo`zg`atuvchi, behayo manzalardan qutuldik. Ba'zan, qizchamiz bilan birga o`tirgan paytimizda, odamni "qizartirib" yuboradigan reklamalarni qo`yib yuborishardi. 3. Kabellik kanallarga ketadigan pulimizni tejab qolayapmiz. Bo`lmasa shunga ham to`lashga to`g`ri kelardi. Xullas, oilamning kechagi "uy egasiga olib kel deng, ming`illab tursa yaxshi bo`lardi" degan gapi ijobiy javobsiz qoldi. Biroz umrimizni shu matohsiz o`tkazishga oilamni ham ko`ndirdim. Umid qilamanki, qilgan qarorimizga pushaymon bo`lmaymiz. |
Sizning fikringizni albatta yoqlayman ammo, ba'zi yoshlarimizga ya'ni tenhdoshlarimizga "seriallardan nima olayapsan ?! undan ko'ra ta'siri foydali biror narsa bilan shug'ullan "nima deyishadi bilasizmi? ' ey zamonni ko'rayapsizmi, yoshlarni ishiga aralashgandan ko'ra ishingizni qiling 'deya og'zinigzga urishadi.
|
Bugungi kun seriallariga ijobiy va salbiy fikrlaringiz?
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Сериалда миллийлик бор. Узбекистон халк артисти Пулат Саидкосимовга бундан бир неча йил аввал "Сериалларда роль уйнамаяпсиз.." дейишганида, "Менинг дидимга хос сценарийни учратмаяпман",-деб жавоб берган эканлар. Актёр бу сериалда роль уйнаяптими, демак сериалнинг савияси хам шунга яраша. |
Цитата:
|
Цитата:
Рахматли Машраб Бобоевнинг услуби сезилмокда. Балким бу Санжар Бобоев отасининг услубини яхши эгаллаганини билдирар... |
Хар холда хаёт факат севги-мухаббатдан иборат эмаслигини курсатувчи сериал булибди.
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Оффтоп: Цитата:
Режиссиёр хар бир ролга мос актёр топган. Сериалдаги биронта ролда хам бошка актёрни тасаввур хам килолмадим. |
Цитата:
Lekin , milliy seriallarimizdan ayb,nuqson izlashga yoshlik qilmaymizmi? Nima deysiz? |
Mening fikrimcha biz televizordagi kelgindi serillar haqidagi munosabatga o'z fikrimizni bildirayotgan edik!
Endi esa ,aziz forumdoshlarimiz milliy seriallarimizni o'rtaga olib chiqishibdi! Faqatgina "Tutash taqdirlarni " emas boshqa milliy seriallarimiz hususida ham so'z yuritsak nima deysiz? masalan "Dil payvandi" . |
Nigora opa! "Tutash taqdirlar" seriali xususida faqatgina ijobiy fikrdamisiz yoki...?
|
Телевизорни кўрганда мажбуран кўриш керак эмас. Шунда у дилни ҳам тилни ҳам бузмайди. Мен кўпинча хизмат юзасидан Ўзбекистон телевидениесини мониторинг қилган пайтларимда кўп каналларда ижодкорлик хароратини хис қилмайман, сабаби кўрсатувлар тартибига газетадан кўз югуртурсак деярли барча намойишлар такрор бўлган. Масалан бугунни олсак 23.01.2009 Ўзбекистон телевидениесини олсак
6.00 ва 12.00 Ассалом Ўзбекистон 8.40-18.00 Турмуш чорраҳаларида 11.15-20.05 Тутуш тақдирлар Ҳа яхши Ёлғиз қуш сериали тугаб қолди бўлмасам яна 2 соат ҳам сериал айлантиришига вақт сарф бўлади. Энди ўйлаб кўрсак сериалу кинолар ва яна такрор такрор кўрсатувлар билан Ўзбекистон телевидениеси вақтини ўтказиб юрган экан. Бошқа каналларда ҳам шунга ўхшаш холлар. Спорт каналику фақат Россия канали ва алимсоқдан қолган кинолар такрори. Шу фактларнинг ўзи ҳам дилни бузмайдими. Байрамларда ҳам ўша "Маҳаллада дув-дув гап" яна қандайдир кино ва асабга кўпчилиги тегадиган клиплар. Ҳозирги сериалларга ҳам юқоридаги юртдошларимиз тўхталибдилар. Бу хусусда айтадиган бўлсам миллий серилларимизни кўрсам тўғриси зерикаман унда на сирлилику на ҳаққонийлик бор. Қаҳрамонларнинг айтадиган гапларини томошабин олдиндан билади ва турмушда умуман ишлатилмайдиган баландпарвоз сунъий сўзлашлар. Энди эътибор беринг ҳозирги тадқиқотларим натижаси шуни бермоқдаки, деярли ҳозир ўсмирлар Софтс каналида берилаётган "Папины дочки", "Ранетки" "Рыжая" сериалларга махлиё. Буни сабабларини ушбу сериалларни кўриб хулоса чиқардим. У ерда сераллар сюжетларга бой, ҳақиқатда юз бериши мумкин бўлган воқеалар ва яна хоказо. Бу гапларим билан чет эл каналларини мақтамаяпман. Балки жуда куюнаяпман. Ахир ўша сериалларга маҳлиё ўспирин келажакда қайси бир миллий урф-одатларимизни писанда қилади. Буни сериални суратга олсак бўлди деган қабилида иш тутган режиссёрларимиз кўзларини очиш вақти келди деб ўйлайман. Ахир чет эл фақат сериалини эмас, балки мафкуравий таҳдидини ҳам солади. Оммавий маданият деган бало бутун менталитетни йўқ қилиб юбориш арафасидалигини англайлик. Никохсиз болалар, гиёҳвандлар, фоҳишалилик, миссионерлик бу бизнинг буюк аждодларимиздан қолган урф-одатларми? Кўпинча пул тарафини ўйлаб бемаза кинолар, савияси саёз сериаллар, томашабинни умуман жалб эта олмайдиган кўрсатувлар бўлишини олдини олишни тўхтатилишини талаб қилайлик. Ахир келажакда болаларимиз ким бўлиб етишишини мавхум қолдирмайлик. Огоҳ бўлайлик. |
Цитата:
"Mahallada duv-duv gap" filmi esa qanchadan -qancha yoshi katta -yu kichikning eng sevimli filmi hisoblanadi.u filmdagi har bir sahnaning o'ziga ayarasha qadri bor! Tengdoshlarimizning esa Rossiya kanallarida namoyish etilayotgan seriallarga mahliyo bo'lganlarini inkor etmayman. Lekin ,bunga chek qo'yish va o'zbekligimizdan qochmasdan, o'z hissamizni kino,adabiyot,san'atimizga,samarali taraflama qo'shsakchi imkonimiz yo'qmi? Yoki ishtiyoqimiz,xafsalamiz yo'qmi? |
Цитата:
Menda o'zbek seriallaridan "Ko'ngil ko'chalari"gina yaxshi taassurot qoldirgan. Undan keyin "Domla"ni ishlashdi, biroq moliyaviy sabablar tufayli serialning qolgan qismlarini ishlash ishlari to'xtab qoldi. "Charxpalak"ning birinchi qismi yaxshi ishlangan, qiziqarli hamda mazmunli syujetlarga boy, biroq ikkinchi qismi "Mendan ketguncha, egasiga yetguncha" tarzida ishlangan. Televizor ko'rishga vaqtimni qizg'anaman. Avvallari ishlangan "Navoiy", "Ulug'bek xazinasi", "Yulduzli tunlar", "Abadiyat qonuni", "Girdob", "Ichkuyov", "Kecha va kunduz" seriallarini miriqib ko'raman. Sababi ulardan nimanidir, qandaydir ma'naviy ozuqani olsa bo'ladi. |
Цитата:
Маҳаллада дув-дув гап киносига келсак мен уни танқид тариқасида эмас, балки бошқа киноларни премераси бўлишини тез-тез бўлиб туришини ҳохлардим. Албатта яхшилари. Тўғриси 2 ой олдин "Шабнам" фильмига тушиб вақтимни кетганига жуда ачиндим. Рекламасидан одамни жалб этади. Аммо бунақанги саёз фильм бўлмаса керак. "Миллийлик"ка муккасидан кетиб фильм воқеалар мазмунига умуман эътибор қилинмаган. Фильмдан кейин ўсмир қизларнинг ижобий тааъсуротларини эшитиб, ваҳимага тушиб қолдим. Наҳотки ёшларда фикрлаш доирасини саёзлаш қучоғига режиссёрлар атайин отишмоқда, Чунки улар бир-бири билан келишиб олишгандек шунга ўхшаш фильмлар тўхтовсиз олиб ётишибди. Жуда ачинаман ёш ўсиб келаётган авлодга. |
Цитата:
|
Оффтоп: Афсуски, сериал кўришга сабрим чидамайди-да. Минг яхши сериал бўлсин, сабр қилиб охиригача кўра олмайман. Лекин омма фикрини шакллантирувчи (қай йўналишда бўлса, ўша томонга) энг таъсирчан восита сериал бўлса керак. Бежиз кореслар тинимсиз сериал чиқаришаётгани йўқ. Кечагина халқимиз улар ҳақида ҳеч нарсани билмас эди, ҳозир эса "Жангбобо"ни "Алпомиш"дан яхши биламиз ва яхши кўрамиз... :) |
Цитата:
|
Цитата:
|
Дарвоқе, расман тасдиғини топмаган бўлса-да, бир хабар. Яқин-яқинлардан бошлаб, Ўзбекистон МТРК тасарруфидаги телеканаллардан клиплар бутунлай олиб ташланар эмиш.
|
Оффтоп: Цитата:
Лекин клипларни олиб ташлашса нимани курсатишади??? |
Оффтоп: Цитата:
яхшигина даромад кулиб турувди-я:cray: |
Цитата:
|
Цитата:
Оффтоп: Ҳурматли адибимиз Тоҳир Малик домла билан суҳбатимизни ёдга олсак, улар шундай деган эдилар: Мен умуман ўзбек каналларини кўрмайман, фақат Россиянинг Култура каналини кўраман. Агар мен йўқлигимда оиламдан кимдир ўзбек каналларидаги сериалларни кўриб ўтирган бўлса, хонага кириб келишим билан дарров ўчиради. Мен уйда бўлсам, бундай сериаллар ҳеч қачон телевизоримиз экранидан ўрин эгалламайди.Шабнам ва шунга ухшаш бошқа кинолар фақатгина ўша кино ижодкорларининг бир-бирларини кўкларга кўтариш ва тақдирлаш учунгина яратилаётган кинолар деб ўйлайман. Шабнамни олайлик... Нима бало бўлган ўзбек қизига? Оффтоп: Қўпол қилиб айтганда Шабнам-бу эрсираб қолган қиз роли. Бундан бошқача таъриф беролмайманАслида телевизор кўришга унча кўп вақт ажрата олмайман. Одатда Давр ва Ахборотнинг ўзбекча талқинини кўришгагина вақт ажратаман. Баъзан шунақа сериалларни ҳам кўриб тураман яъни "Туташ тақдирлар" ни. Телевизорга боғланган вақтим бу Россиянинг Футбол, Кинохит, Примьера каналларигина жалб қилади. |
Бизнинг тарихимиз хакида хам "ажойиб" фильмлар ишланган. Фильм кахрамонлари Абдулла Набиев, Майна Хасанова, Эргаш Курбоши, Кур Шермат... Болалигимизда бу киноларни кураётиб бу "босмачи"лар каерга бостириб боришибди деб уйлаб хам курмабмиз.
|
Цитата:
|
Оффтоп: To Olim:Тушунмадим |
Цитата:
|
Оффтоп: olim Нима кераги бор бировларни постини қайтаришни?! |
Цитата:
|
Televizorda ko'rsatilayotgan ,ommabop ko'rsatuvlarga fikrlaringiz?
|
Цитата:
|
Текущее время: 09:38. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»