UzBlogger (àâòîëåíòà)
WordPress 2.7ning Beta 3 versiyasi ham e’lon qilindi. Ushbu nashrda asosan WordPress boshqaruv panelining tashqi ko‘rinishiga tegishli yangilanishlar va o‘zgarishlar mavjud. Bundan tashqari menyu va boshqaruv paneli bosh sahifasiga(Dashboard) tegishli tuzatishlar, 2.7dagi yangiliklardan biri bo‘lgan “Quick Press”dagi tuzatishlar va shu kabi boshqa tuzatishlar mavjud. Ushbu nashrdagi to‘liq o‘zgarishlar ro‘yxati bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.
WordPress 2.7 Beta 3 versiyasini ko‘chirib oling. Agar siz hozirda Beta 1 yoki Beta 2 nashridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Moslamalar(Tools) -> Yangilash(Update) menyusi orqali WordPressni yangilab olishingiz mumkin. http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=e9IzN http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=bCZQn http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=ilZmn http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/455128277 Äàëüøå... |
UzBlogger.com 1 yoshga to‘ldi!
http://img.uzblogger.com/1.jpg
Ushbu blogni 1 yildan beri o‘qib, kuzatib yurganingizdan minnatdorman. Kimgadur ushbu blog orqali yordam berishga erishgan bo‘lsam, uchbu blog befoyda ochilmagan deb hisoblashim mumkin. Keyingi safar kengroq doirada nishonlaymiz degan umiddaman. Salomatlik tilab, Avaz Ibragimov http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=6PoBN http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=JyoMn http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=96qRn http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/454204174 Äàëüøå... |
Mozilla Firefox 3.0.4
http://img.uzblogger.com/ff.jpg
Kuni kecha Mozilla Firefox brauzerining navbatdagi — 3.0.4-versiyasi dunyo yuzini ko‘rdi. Ushbu versiyaga tegishli barcha xavfsizlik va boshqa tuzatishlar va o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxatini ushbu sahifa orqali bilib olishingiz mumkin. Agar Firefox brauzerining moslamalari orqali yangilanishlarni avto-tekshirish va ular topilgan taqdirda o‘rnatishni ko‘rsatgan bo‘lsangiz, unda Firefox avtomatik tarzda yangilangan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu yangi versiyani o‘zingiz o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz uni ko‘chirib olishingiz lozim. Firefox 3.0.4ni ushbu sahifa orqali ko‘chirib olishingiz mumkin. http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=pGMzN http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=qYVEn http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=M0XRn http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/454171832 Äàëüøå... |
Trackback & Pingback
Bundan avvalgi postda Behzod Saidov trackback va pingback tushunchalari haqida ma’lumot berishimni so‘ragan edi, marhamat, trackback va pingback haqida qisqacha ma’lumot.
Trackback
Pingback
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=9KrqN http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=T7n1n http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=UYdGn http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/448551326 Äàëüøå... |
WordPress 2.7 Beta 2
WordPress 2.7 Beta 2 ham tayyor. O‘zgarishlar ro‘yxati bilan ushbu sahifa orqali tanishishingiz mumkin.
Agar siz hozirda Beta 1 nashridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, Moslamalar(Tools) → Yangilash(Update) menyusi orqali WordPressni yangilab olishingiz mumkin. http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=E66YN http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=jXban http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=cXoMn http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/445541437 Äàëüøå... |
WordPress 2.6.5
WordPress 2.6.5 1 xavfsizlik xatosini va 3ta boshqa tuzatishlarni o‘z ichiga olgan.
Xavfsizlik xatosi(XSS exploit) Jeremias Reith tomonidan aniqlangan bo‘lib, faqat Apache 2.x versiyasidan foydalanuvchi IP asosidagi virtual serverlarga tegishlidir. Agar faqat ushbu xavfsizlikka tegishli xatolikni tuzatishni hohlasangiz, 2.6.5 nashr tarkibidagi wp-includes/feed.php va wp-includes/version.php fayllarini o‘zini yangilab olishingiz mumkin. Yangilanishlarning to‘liq ro‘yxatini ushbu sahifa orqali ko‘rishingiz mumkin. WordPress 2.6.5ni ko‘chirib olish uchun ushbu sahifaga o‘ting. http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=WJSjN http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=q4AMn http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=OtCnn http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/465870888 Äàëüøå... |
WordPress 2.7 RC 1
WordPress 2.7 RC1, deyarli to‘liq versiya hisoblanib, undan bemalol foydalanish mumkin. Marhamat, o‘rnatib, o‘z fikrlaringizni bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=flpMO http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=T6dMo http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=XM9ho http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/472558822 Äàëüøå... |
WordPress 2.7 RC2
http://img.uzblogger.com/ss-3.png
WordPress 2.7 RC2 e’lon qilindi. Ushbu versiya deyarli to‘liq hisoblanadi. Agar siz WordPress 2.7ning bundan oldingi to‘liq bo‘lmagan versiyalaridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, undagi blogni yangilash bo‘limi (Tools → Import)orqali RC2 versiyasini o‘rnatib olishingiz mumkin. Yoki ushbu bog’ orqali ko‘chirib olishingiz mumkin. http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=hZuIO http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=qtWOo http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=lzWpo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/480288300 Äàëüøå... |
Blogging biznesmi?
http://webmonetizers.com/laptop%20cash.jpgSo‘nggi yillarda internet olamida blog yozish ommalashib borayotgani hech kimga sir emas. Kimdir o‘z kundalik yumushlarini yozadi, kimdir mahsus mavzu bo‘yicha maqolalar chop etib turadi, kimdir esa boshqa manzillardan qiziqarli narsalarni o‘z blogida yig‘adi. Biz uchun bu shunchaki hobbi, bo‘sh vaqtni o‘tkazish yo‘li bo‘lib qolgan. Lekin…
Internet orqali pul ishlab, juda yosh bo‘lishlariga qaramay dunyoning eng boy insonlari qatoriga kirgan ko‘plab yosh tadbirkorlar haqida eshitganmiz. Mark Zuckerberg (Facebook), Chad Hurley (Youtube), Matt Mullenweg (WordPress)… Bu ro‘yxatni yana ko‘p davom ettirishim mumkin. Demak Internetning bizga ochgan ko‘plab imkoniyatlaridan yana biri bu mo‘maygina daromad olish imkoniyati hamdir. Bu imkoniyatlar orasiga esa endi endi rivojlanib, shakllanib kelayotgan Bloggingni ham qo‘shishimiz mumkin. O‘zbekistonda endi endi rivojlanayotgan Internet olamida blogging hali o‘z imkoniyat eshiklarini to‘liq ochgani yo‘q. Bu esa o‘z navbatida Uznetda bu imkoniyatlardan foydalanib qolish uchun hozir ayni vaqti degan xulosaga olib keladi. Ho‘sh, blogging orqali qanday daromad olishi mumkin ekan, ahir biz buni oddiy hobbi, vaqt o‘tkazish usuli deb bilamizku? Bunga javob ommabop blog va yuqori trafik deymiz. Yuqori trafik degani esa reklama beruvchilar uchun potensial mijoz bozoridir. Buning uchun esa albatta biz bloggingga shunchaki hobbi emas, balki biznes imkoniyati deb qarashimiz kerak. Blogda chop etilayotgan maqolalar nafaqat sizga, balki blogingizga tashrif buyuruvchilar uchun ham qiziq va foydali bo‘lishi kerak. Yuqori trafikga erishish bu tez yoki oson bo‘ladigan ish emas albatta. Biz keyingi postlarimizda qanday qilib ommabop blog yozish va trafikni ko‘tarish usullari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Imkonni qo‘ldan boy bermang, hoziroq bir blog oching va kelajakda u sizga daromad olib kelsin http://www.uzblogger.com/wp-includes...icon_smile.gif http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=Sl1LO http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=r94fo http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=nGYOo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/481414727 Äàëüøå... |
WordPress 2.7 e’lon qilindi
O‘zgarishlar juda ham ko‘p. Ularni his qilish uchun darhol 2.7ni ko‘chirib oling.
http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=XfH9O http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=NNU7o http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=JFBZo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/481393949 Äàëüøå... |
WordPress retseptlari
http://www.wprecipes.com/wp-content/...mages/logo.png
WordPressga oid foydali resurslar rukni ostida ushbu blog haqida ma’lumot berib o‘tmoqchiman. WpRecipes.com blogi WordPressga oid turli hil xaklar, modifikatsiyalar va boshqa foydali maslahatlarga bag‘ishlangan blog bo‘lib, deyarli har kuni yangi bir maslahat bilan tanishtiradi. Undagi forumda esa istagan kishi WordPressga oid savollariga javob olishi mumkin. Ushbu blogda chop etilayotgan barcha maslahatlar qachonlardir sizga albatta as qotadi degan umiddaman. Ushbu maslahatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun uning RSS manziliga obuna bo‘lin va kuzatishda davom eting. Yaqin kunlarda ushbu blogda ham WpRecipes.com blogidan ba’zi-bir maslahatlarni o‘zbek tilida chop etishni niyat qilib qo‘yganman. Blogni kuzatib yuring. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=0mAuO http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=Cyb7o http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=bCuNo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/486304776 Äàëüøå... |
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Trafik – blog “obro’yi”
Blog, blogging, blogger, blogosfera… Bu so’zlarni ohirgi paytlar ko’p eshitadigan bo’ldik. Blog nimaligi, “uni nima bilan yeyish mumkin”ligi haqida avval gapirib o’tgan edik. Bugun bloggerlarning ko’plab muammolaridan biri, trafik yig’ish haqida to’xtalib o’tmoqchiman. O’ylaymanki, bilmaganlarga yangilik, bilganlarga takrorlash bo’ladi.
Trafik blogingizning “obro’yi”ni belgilab beruvchi omildir. Ya’ni blogingizga qancha ko’p odam kirsa shuncha trafigingiz yuqori bo’ladi. Bu avvalambor sizning qilgan ishlaringiz bekorga ketmayotganligini ko’rsatsa, yana bir tomondan trafik, reklama beruvchilarning blogingizni baholash mezoni ham hisoblanadi. Trafik ko’tarishning, yoki boshqacha qilib aytganda blogingizni ommabop qilishning aniq bir yo’rig’i, yoki biror bir tez samara beradigan yo’li yo’q. Bu avvalambor sabr, intiluvchanlik” va shijoatga bog’liq. Quyida trafikga ijobiy ta’sir qiladigan ba’zi omillarni keltirib o’taman: 1. Qanday mavzuda yozmoqchisiz? Blogingizni mavzusi eng avval sizga qiziq va siz yaxshi biladigan mavzu bo’lishi kerak. Siz blogingizga mehr bermasangiz boshqalarning mehrini qozonishingiz qiyin va hatto imkonsiz. 2. Mavzu qanchalik ommabop? Siz blogingizni omma uchin mo’ljallagansiz va yozishga qaror qilgan mavzuingiz ommaga qiziq bo’lishi kerak. Juda tor doirada, ozchilikni tashkil qiladigan auditoriyagagina qiziq bo’lgan mavzudagi bloglar katta trafikga ega bo’lishi qiyin. Shuning uchun imkon boricha ommabop mavzuda yozishga harakat qiling 3. Postlaringizda qanday yangilik bor? Internetdagi resurlsar soni cheksiz desak mubolag’a bo’lmaydi. Turli xil mavzularda turli xil forumlar, portallar, bloglar serob. Bu informatsiya ummoni orasida sizning blogingiz o’zining ovoziga ega bo’lishi kerak. 4. Davomiylikni saqlang. Blogingizni doimo yangilab turing. Blogingizdan bir martta foydali ma’lumot olgan odam ertaga yana yangi ma’lumot uchun qaytib keladi, va bu qayta qilingan tashriflarda biror bir yangilik ko’rmasa, albattaki uchinchi yoki to’rtinchi martta yana saytingizga kirishi ehtimoldan xoli. 5. Ijtimoiylashing. Trafik yig’ishning yana bir yo’li boshqa forum, blog va sotsial saytlarda faol qatnashib borish. Katta trafikga ega bo’lgan boshqa bloglrada fikr qoldiring(comment) yoki ommabop forumlarda o’z imzoingizga(signature) blogingiz adresini qo’shib qo’ying, va u forumlarda qanchalik faol qatnashsangiz, shunchalik blogingizga boshqalarning diqqatini tortasiz. Boshqalarning blogida mehmon yozuvchi(guest poster, writer, blogger…) bo’lish ham sizga va blogingizga bo’lgan qiziqishni orttirishi mumkin. Yuqoridagi maslahatlarga amal qiling va saytingizni qanchalik ommalashishini kuzating. Agarda sizda yana qo’shimcha maslahatlar bo’lsa biz bilan baham ko’rishingizni so’rab qolamiz. Biz bilan qoling Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=yc4y1S.O http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=Npa8gw.o http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=VMgyT8.o http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/499259585 Äàëüøå... |
Intervyu: Azizbek SHAVKATOV (blog.shavkatov.com)
UzNet blogosferasi, sekin bo‘lsa da rivojlanib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Biz o‘zimizning bloggerlar orasida tanilgan va muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan bloggerlar bilan intervyular tashkillashtirib Sizlarning e’tiboringizga havola qilamiz. Marhamat bugungi ilk mehmonimiz, ko‘pchilikka tanish bo‘lgan blog.shavkatov.com muallifi Azizbek Shavkatov.
http://img.uzblogger.com/shavkatov.jpg Bizga o’zingiz haqingizda biroz ma’lumot bersangiz.
Ismim Shavkatov Azizbek. Toshkentda tug’ulib o’sganman. Ayni paytda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Univesitetining Xalqaro Huquq fakulteti talabasiman. Bo’sh vaqtimda blog va boshqa loyihalar bilan shug’ullanaman.
O’z blogingizni qachon va qay maqsadda yo’lga qo’ydingiz?
Shavkatov.com bu mening ilk domenimdir. Bu domenga ega bo’lishimdan oldin, shunchaki pochta yurgazish uchun, familyamdan iborat domenim bo’lishini xohlagandim. Domenni sotib olganimdan so’ng esa, unda shaxsiy blogimni ochishga qaror qildim. Avvaliga blogda shaxsiy hayotim, rejalarim haiqda yozib bordim. Keyinchalik web 2.0 bilan qiziqib qoldim va bu blogimning asosiy mavzusiga aylandi.
Siz uchun blog yurgazishning eng qiyin tomoni?
O’quvchini yo’qotmaslik uchun blogni qanday kayfiyatda bo’lishimdan qat’iy nazar yangilab turishim kerakligi. Juda charchagan yoki asabiy bo’lishim mumkin. Lekin blog yangiliklarsiz qolib ketmasligi shart.
Blogingiz orqali qanday daromad ko’rasiz, yoki blog yurgazishga ketadigan chiqimlarni qanday qoplaysiz?
Blog asosan sponsorlar dastagidan, bog’lamalar (ssilkalar) sotish orqali, va reklama maqolalaridan daromat keltiradi. Shuni ta’kidlab o’tishim kerakki, blogdan yaxshigina daromad keladi :=)
Uz.Netning kelajagini qanay tasavvur qilasiz?
Kelajakda har holda bizning internet foydalanuvchilar chet el saytlariga murojaat qilmasdan hamma kerak ma’lumotlarni UzNet tarmog’idan topa olsalar kerak. Shuningdek, bu tarmoqda arzigulik saytlar bo’lsa.
Rejalaringiz?
Ko’pdan beri ustida ishlab kelayotgan bir loyihamni yo’lga qo’yish, hatto hozirdan domen ham olib qo’yganman, yaqinda muddatini uzaytirish uchun pul to’lashim ham kerak :=). Shuningdek blogni tas-ix loyhasiga joylashtirish rejasi ham bor.
Yangi boshlagan blogchilarga qanday maslahatlar bera olasiz?
Eng asosiysi muallifning boshqa joylardan ko’chirmachilik qilish bilan shug’ullanmasdan o’zi yozishidir. Hamma narsa haqida yozavermasdan, blog uchun asosiy bo’lgan bir mazu tanlash kerak. Shuningdek, blogni to’g’ri kelgan vaqtda emas, balki ma’lum bir vaqt oraliqlarida yangilab turish kerak.
Qimmatli daqiqalaringizni ajratib, savollarimizga javob berganingiz uchun rahmat, ishlaringizda omad!
Rahmat, sizning loyihangizga ham omad!
Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=LqdYvq.P http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=JqsKQq.p http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=tT7Vby.p http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/517560994 Äàëüøå... |
WordPress MU 2.7 beta
http://img.uzblogger.com/wpmu-logo.png
WordPress MUning 2.7 beta versiyasi e’lon qilindi. Eslatib o‘taman, WordPress MU bu WordPressning multi blog versiyasi hisoblanadi va wordpress.com, blogger.uz kabi saytlarda foydalaniladi. Ushbu versiya deyarli to‘liq versiya hisoblanadi, lekin beta bo‘lganligi uchun ma’lum xatoliklar yuzaga chiqishi mumkin. To‘liq versiyasi tez orada e’lon qilinadi, lekin hozirgi 2.6.5 to‘liq versiyadan ko‘ra ushbu versiyadan foydalanilgani ma’qul. Ko‘chirib olish: WordPress MU 2.7 beta Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=ryhnuQ.P http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=ScDL5T.p http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=8VITN7.p http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/520572918 Äàëüøå... |
WordPress 2.7.1 Beta 1
http://img.uzblogger.com/wp271beta1.gif
WordPressning 2.7.1 Beta 1 versiyasi e’lon qilindi. Ushbu versiya foydalanuvchilar tomonidan xabardor qilingan xatoliklar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. WordPressning 2.7 versiyasidan 2.7.1 Beta 1 versiyasiga avtomatik tarzda o‘tish uchun(yangilash uchun) wp-includes/version.php faylidagi versiya nomerini 2.7dan 2.7.1ga o‘zgartirish lozim va Tools → Upgrade orqali yangilab olish mumkin. Yoki WordPress 2.7.1 Beta 1 zip faylini ko‘chirib olgan holda yangilashingiz mumkin. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=SoCSTl.Q http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=fgTVlM.q http://feeds.feedburner.com/~f/uzblogger?i=2DYJUY.q http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/531230120 Äàëüøå... |
Muallif gravatarini ko‘rsatish
Maqola muallifining gravatarini maqola sahifasida ko‘rsatish uchun single.php faylining istalgan qismiga quyidagi kodni kiriting:
< ?php $author_email = get_the_author_email(); echo get_avatar($author_email, '96'); ?> (via) Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:
http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/533259524 Äàëüøå... |
WordPress 2.7.1 RC1
http://s.WordPress.org/about/images/...go-hoz-rgb.png
WP-Testers xabarlar ro‘yxatida WordPress 2.7.1 RC1 nashri e’lon qilindi. Avvalgi nashr — WordPress 2.7.1 Beta 1dan so‘ng quyidagi xatoliklarni tuzatilgan:
Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds2.feedburner.com/~f/uzblogger?d=41 http://feeds2.feedburner.com/~f/uzblogger?i=A8nx4d3X http://feeds2.feedburner.com/~f/uzblogger?i=mJ94ZVsj http://feeds2.feedburner.com/~r/uzbl...~4/Hgg__Uo3Ic0 Äàëüøå... |
WordPress 2.7.1
WordPress 2.7.1, birinchi tuzatishlardan tashkil topgan versiya e’lon qilindi. Ushbu versiya jaami 68ta tuzatishni o‘z ichiga olgan.
WordPressni 2.7 versiyasidan 2.7.1 ga yangilash uchun Tools → Upgrade sahifasidan foydalanishingiz yoki WordPress 2.7.1ni to‘la ko‘chirib olgan holda, eski fayllarni yangilab chiqishingiz mumkin. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds2.feedburner.com/~f/uzblogger?d=41 http://feeds2.feedburner.com/~f/uzblogger?i=7OvhC3Kp http://feeds2.feedburner.com/~f/uzblogger?i=uPdyFoG4 http://feeds2.feedburner.com/~r/uzbl...~4/GuOUfqy0xSY Äàëüøå... |
Matt Mullenweg bilan suhbat
http://img.uzblogger.com/matt_mullenweg.jpg
O‘zbekiston haqida eshitganmisiz? Eshitgan bo‘lsangiz, bizning mamlakatimiz va UzNet haqida nimalarni bilasiz? Matt: Yo‘q, eshitmaganman. Qanday omillar o‘zbek blogosferasining rivojlanishi va bloggerlar sonining o‘sishiga tezlashtirishga yordam berishi mumkin? Nima deb o‘ylaysiz? Matt: Mening fikrimcha, eng muhim narsa bu jamoaviy ruhni rivojlantirish, xato va muvaffaqiyatni boshqalar bilan bo‘lishish. Tez muddatda juda ham yirik bo‘lib ketishni o‘ylash kerak emas — har bir jamoa bir vaqtda faqat bir kishini rivojlantiradi. WPMU asosida yaratilayotgan yangi ijtimoy tarmoq qurish dasturi BuddyPress menda juda ham chuqur taassurotlar qoldirdi, uning yaratilish bosqichini boshidan kuzatib yuribman. Bundan tashqari yangi forum dasturi — TalkPress yaratmoqchi ekanligingiz haqida ham eshitgandim. Uning imkoniyatlari, foydalari va uning qachon e’lon qilinishi haqida ma’lumot bera olasizmi? Matt: WordPress.com WordPress dasturi uchun qanday bo‘lsa, TalkPress ham bbPress uchun shunday bo‘ladi. (Ya’ni u yerda istagan kishi o‘zining forumini yaratish imkoniga ega bo‘ladi.) Agar qiziqsangiz bbPressni kuzatib boring. WordPressni yaratish jarayonida nima sizni ilhomlantirgan? Bu jarayonni oxiriga yetkazishga nima yordam bergan? Matt: Men barcha narsadan ilhomlanganman, lekin end asosiysi uning dizaynidan, foydalanishdan va men o‘zim yoqtirgan blog standardlaridan ilhomlanganman. Men o‘zim ham WordPressdan foydalanaman, shuning uchun dastur tayyor bo‘lmasdan va uni qobiliyatli qo‘llarga topshirmasdan turib bu ishni tashlab qo‘ya olmasdim. WordPressning inqilobiy blog dasturi bo‘lishiga qachon tushunib yetgansiz? Uni yaratishdan avvalmi yoki bir necha yuz ming yuklab olinishlardan keyinmi? Matt: Yaratilish jarayonidan 4 yil o‘tgandan so‘ng, balki. WordPressni bu qadar mukammal va kuchli qiluvchi asosiy omillar nima? Matt: Dasturning o‘zagini biz tez, yengil va barcha uchun yaroqli qilishga chin dildan harakat qilamiz. Ko‘pchilik foydalanuvchilarni esa WordPress minglab plaginlar va shablonlari bilan o‘ziga tortadi. Nima deb o‘ylaysiz, yaqin kelajakda WordPressni orqada qoldirib ketadigan, uni yo‘q qilib yuboradigan yangi blog dasturi yaralishi mumkinmi? Matt: Albatta, har paytda har narsa yaralishi mumkin. Lekin WordPress GPLligi uchun uning o‘rniga keladigan dastur WordPressning o‘zagi asosida bo‘ladi. Bilaman, qarta borasida omadsiz ekansiz, lekin qaysi sohada o‘zingizni eng baxtli deb bilasiz? Matt: Sevgida. Dunyo bo‘ylab juda ko‘plab WordCamp tadbiri uyushtirilmoqda va aksariyat hollarda siz ham ularda ishtirok etib turasiz. Agar O‘zbekistonda ham mana shunday WordCamp tadbiri tashkil qilinsa, bu yerga kelib, ko‘rishni hohlarmidingiz? Matt: Balkim. Men oldin uni(O‘zbekistonni) xaritadan topib olishim kerak http://www.uzblogger.com/wp-includes.../icon_wink.gif Men iloji boricha ko‘proq WordCamp tadbirlarida ishtirok etishga harakat qilaman lekin, to‘g’risini aytsam, 20dan ortig‘ida ishtirok etolmayman, aks holda WordPressni rivojlantirish uchun vaqtim qolmaydi. Bizning o‘zbek o‘quvchilarimiz va WordPress foydalanuvchilarimizga tilaklaringiz? Matt: Internet barcha uchun teng imkoniyat yaratib beradi, o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan narsani sizning intilishingizdan bo‘lak hech narsa ta’qiqlay olmaydi. Televizorni o‘chirib qo‘ying. http://www.uzblogger.com/wp-includes...icon_smile.gif Bunday boy ma’lumotlar makonida o‘zingizni doimiy ravishda rivojlantiring. Matt Mullenweg haqida ushbu maqola orqali tanishib olishingiz mumkin. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:
http://feeds2.feedburner.com/~r/uzbl...~4/x5QNoctmgWI Äàëüøå... |
WordPress 2.8 — nimalarni kutish mumkin?
WordPress 2.8 1-aprelda e’lon qilinishi ma’lum bo‘lsa-da, ayni paytda qanday o‘zgartirishlar kiritilganligi va bizni nimalar kutayotganligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.
O‘zgarishlardan biri bu Plaginlar va Shablonlarni tahrirlash qismiga sintakslarni ranglar bilan ajratish(syntax highlighting) hamda teglardan foydalanish haqida ma’lumot olish. http://img.uzblogger.com/coloredsynt...ng-500x111.png http://img.uzblogger.com/functionloo...on-500x189.png http://img.uzblogger.com/functionlookup-300x68.png WordPress 2.8dagi yana bir o‘zgarish bu shablonlarni boshqaruv paneli orqali qidirish va o‘rnatishning mumkinligidir. http://img.uzblogger.com/installthemes-499x331.png Muhim o‘zgarishlardan biri bu MagPie RSSning o‘rniga SimplePie RSSdan foydalanishdir. Plagin mualliflari uchun bu muhim yangilik hisoblanadi. Maqolaning so‘nggida yana shuni aytib o‘tish kerakki, yana bir kichik o‘zgarish bu vidjetlar uchun 1dan 4gacha bo‘lgan ustunlarni tanlash imkoniyati: http://img.uzblogger.com/dashboardwidgets.png Yuqorida WordPressning yangi, 2.8 versiyasiga kutilayotgan o‘zgarishlarga qisman nazar tashladik. Ko‘proq ma’lumot olish uchun ushbu sahifani o‘qib chiqishingiz mumkin. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...?d=yIl2AUoC8zA http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...10:D7DqB2pKExk http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...10:F7zBnMyn0Lo http://feeds2.feedburner.com/~r/uzbl...~4/T5YcEchn5uI Äàëüøå... |
Intervyu: Shuhrat DEHKANOV (http://www.uzbmaster.com/shingil/)
http://img.uzblogger.com/shuhrat_dehkanov.jpg
O‘zbek bloggerlari orasida alohida shuhrat qozongan blogchilardan biri — Shuhrat Dehkanov o‘zining “Shingil” blogi orqali biz bilan komputer olamida uchrab turadigan muammolar yechimi hamda yangiliklar haqidama’lumotlar berib kelmoqda. UzBlogger o‘quvchilariga o‘z tajribasi va maslahatlarini baham ko‘rish maqsadida bizning savollarga javob berdi. Marhamat, Shuhrat Dehkanov (aka. Master) bilan intervyu: Assalomu alaykum! Bizga o’zingiz haqingizda biroz ma’lumot bersangiz. Va alaykum assalam! Ismi sharifim Shuhrat Dehkanov. Yaqindagina Yongnam universitetida (Korea) magistraturani tamomladim, hozirda Samsung Electronics (Korea) kompaniyasida ish boshlash taraddudidaman. O’z blogingizni qachon va qay maqsadda yo’lga qo’ydingiz? SHINGIL — bu blogimning hozirgi nomi, blog 1426 yil 1 Ramazondan buyon (Gregorian taqvimi bo‘yicha 2005 yil 4 Oktabr) dunyo to‘rida faoliyat ko‘rsatadi. Avval boshida o‘z shaxsiy hayotim hamda yon-atrofimda bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida yozardim. Keyinchalik esa o‘ta shaxsiy deb topganim ma’lumotlarni o‘chirib tashlab, asosan komputer olamida uchrab turadigan muammolar yechimi hamda yangiliklar haqida yoza boshladim. Ya’ni shaxsiy hayotimdan ko‘ra shu narsalar haqida yozishim UzNET foydalanuvchilari uchun foydaliroq degan qarorga keldim. Siz uchun blog yuritishning eng qiyin tomoni? Hmm… qiziq savol. Hozirgacha gapirishga arzigulik biror qiyinchilik sezmaganman. E’tibor bergan bo‘lsangiz blogim WordPress sayt yuritish tizimida ishlaydi. Avvalgi yillarda, hali WordPress bugungidek rivoj topmagan paytlarda, tizimning biror yangi versiyasi chiqgudek bo‘lsa, blogni apgreyd qilish biroz noqulayliklar tug‘dirar edi. Hozirda esa, WordPress developerlariga minnatdorchilik bildirgan holda, WordPress boshqaruv panelidan bir tugmani bosish bilan bir necha o‘n soniyalar ichida ish hal bo‘ladi. Blogingiz orqali qanday daromad ko’rasiz, yoki blog yurgazishga ketadigan chiqimlarni qanday qoplaysiz? Hech qanday daromad ko‘rmayman. Bu shunchaki, ingliz tilida aytganda, “hobby”. Keyingi yillarda domen va xosting narxlarining keskin kamayishi natijasida chiqimlar ham yiliga 20 dollardan oshmaydi. Endi bir yilda yigirma dollarni qayerdan topasan deb savol qilmasangiz kerak? http://www.uzblogger.com/wp-includes...icon_smile.gif Uz.Netning kelajagini qanay tasavvur qilasiz? UzNET hali juda yosh deb bilaman, hali xatto umumiy standartlar, qonun-qoidalar mavjud emas. Ammo kelajak oldinda, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng katta aholi nufuziga ega davlat ekanligining o‘zi UzNET yaqin yillarda dunyo to‘rida keng mavqega ega bo‘lishidan dalolat qiladi. Rejalaringiz? Blog yuritishga aloqador aniq-tiniq rejalar tuzganimcha yo‘q. Ammo UzNET foydalanuvchilari uchun o‘zbek tilida yangi turdagi sermazmun materiallar taqdim qilish niyatim bor. Yangi boshlagan blogchilarga qanday maslahatlar bera olasiz? Eng avvalo, bizga o‘xshab u shoxdan-bu shoxga sakrab vaqt o‘tkazmaslik uchun, maqsadlarini aniq qo‘yib olishsin. Blog ochishimdan maqsadim nima, nimalar yozmoqchiman, potensial auditoriyam kimlar bo‘ladi kabi savollarga javob topgan holda ishni boshlashsin. Qolaversa blog yurgazish bo‘yicha maslahatlar beruvchi saytlardan tez-tez foydalanib turishsin. Buning uchun, qarang, xatto chet tillarini bilish ham shart bo‘lmay qoldi. UzBlogger’ni nazarda tutyapman. Qimmatli daqiqalaringizni ajratib, savollarimizga javob berganingiz uchun rahmat, ishlaringizda omad! Sizlarga ham raxmat. Shuhrat aka yaqinda farzandlik bo‘ldilar. Shu munosabat bilan ularni chin dildan tabriklaymiz! Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...?d=yIl2AUoC8zA http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...CY:D7DqB2pKExk http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...CY:F7zBnMyn0Lo http://feeds2.feedburner.com/~r/uzbl...~4/9Q8DnA5uqfA Äàëüøå... |
UZBLOGGER 4.0

“Meta” ma’lumotlar

Favikon

BuddyPress 1.0

WordPress 2.8 Beta 1

WordPress 2.8 Beta 2

Oddiy WordPress Theme Beta 1

WordPress 2.8 RC1

WordPress 2.8
WordPressning orziqib kutilgan 2.8 versiyasi e’lon qilindi.
WordPress 2.8ni ushbu sahifa orqali ko‘chirib olishingiz mumkin yoki Boshqaruv paneli orqali (Tools » Upgrade) yangilab olishingiz mumkin. Shaxsan men bir necha bloglarni yangilashda bir muammoga duch keldim. WordPress boshqaruv paneli orqali yangilamoqchi bo‘lganimda, eng so‘nggi versiyadan foydalanayotganligimni va yangilashga hojat yo‘qligi haqida xabar ko‘rsatildi. Aslida esa, eng so‘nggi versiya — 2.8 edi. Ushbu muammo nima sababdan yuz berganini bilmadim, lekin bu muammoni hal qildim. Bu muammoni hal qilish uchun, yangilash sahifasidagi(Tools » Upgrade) “re-install Automatically”, ya’ni avtomatik tarzda ayni versiyani qaytadan o‘rnatish tugmasini bosamiz. Mavjud versiya yangilangandan so‘ng, 2.8 versiyasi nashr etilganligi va yangilash talab etilishi haqida xabarni o‘qiymiz. Shundan so‘ng, odatdagidek eng so‘nggi versiyaga yangilab olamiz. Albatta bir narsani unutmangki, yuqoridagi muammoni hal qilishdan oldin ma’lumotlar bazasi va WordPress fayllarini kompyuterimizga ko‘chirib qo‘yamiz. Yangilash paytida kutilmagan xatolik yuzaga kelib, ma’lumotlarga putur yetadigan bo‘lsa, oldindan saqlab qo‘yilgan nusxa yordamida yo‘golganlarni qayta tiklash imkoniyat bo‘ladi. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...?d=yIl2AUoC8zA http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...sM:D7DqB2pKExk http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...sM:F7zBnMyn0Lo http://feeds2.feedburner.com/~r/uzbl...~4/JQ32wGW4_aY Äàëüøå... |
Oddiy WordPress Theme Beta 2
Yangi versiyani ushbu sahifa orqali ko‘chirib olishingiz mumkin.
O‘zgarishlar ro‘yxatini o‘qish uchun ushbu sahifaga o‘ting. Foydalanuvchilar tomonidan avval so‘ralgan tuzatishlar, o‘zgarishlar qisman amalga oshirildi. keyingi nashrda til faylini to‘liq amalga oshirish rejalashtirilgan. Yana qanday o‘zgarishlarni yoki qo‘shimchalarni hohlaysiz? Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...?d=yIl2AUoC8zA http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...iI:D7DqB2pKExk http://feeds2.feedburner.com/~ff/uzb...iI:F7zBnMyn0Lo http://feeds2.feedburner.com/~r/uzbl...~4/FZ7BuGlgtM4 Äàëüøå... |
WordPress 2.8.1
WordPress 2.8.1 e’lon qilindi.
O‘zgarishlar ro‘yxati, ko‘chirib olish sahifasi. Tegishli maqolalar mavjud emas. http://feeds.feedburner.com/~ff/uzblogger?d=yIl2AUoC8zA http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...ps:D7DqB2pKExk http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...ps:F7zBnMyn0Lo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/O0vy0vUP3yg Äàëüøå... |
WordPress 2.8.2
Hozirgina WordPressning 2.8.2 versiyasi e’lon qilindi.
Ushbu versiya XSS xavfsizlik xatosini tuzatadi, shuning uchun bu juda muhim. Darhol blogingizni yangilashni unutmang. Yangi versiyani ko‘chirib olishingiz yoki Boshqaruv paneli orqali avtomatik tarzda yangilab olishingiz mumkin. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:http://feeds.feedburner.com/~ff/uzblogger?d=yIl2AUoC8zA http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...C4:D7DqB2pKExk http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...C4:F7zBnMyn0Lo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/ewtLdBcDY-g Äàëüøå... |
Mutaxassis bo‘lishda blogning*o‘rni.
Blog yuritishdan maqsad hammada xar hil bo‘lishi mumkin. Kimdur blog yuritishdan zavq olsa, yana kimdur vaqtini bekorchi narsalarga sarf qilmasdan, blog o‘quvchilariga foydasi tegishi uchun yuritadi. Lekin blog yuritishdan nima foyda? To‘g’ri, hamfikrlar topish mumkin, do‘stlar orttirish mumkin, lekin blog yuritish yana qanday yordam berishi mumkin?
Ushbu savolga blog yuritish ma’lum bir sohada mutaxassis bo‘lib yetishishga yordam beradi deb javob olsangiz hayron bo‘lishingiz turgan gap. Qanday qilib deysizmi? Juda ham oson. Blog yuritish uchun biron-bir sohada mutaxassis bo‘lishingiz shart emas. Lekin, blog yuritish natijasida siz mutaxassis bo‘lib yetishishingiz mumkin. Masalan, o‘zingiz yaxshi tushunmaydiga sohani oling — futbolga tushunmasangiz futbol, Linux OT haqida bilmasangiz Linux va hokazo. Endi ushbu mavzu haqida blog yuritasiz. Blog yuritish uchun sizga mavzu kerak, lekin siz bu sohani tushunmasangiz, nima haqida yozasiz? Javobi oddiy — o‘rgangan narsangiz haqida yozasiz. Yangi narsa haqida o‘rganishning eng yaxshi yo‘li bu o‘sha mavzuda izlanish. Buning uchun tanlagan mavzuingiz haqida eng mashhur 3-4ta vebsaytni topasiz, masalan qidiruv tizimi yordamida. Ushbu sohada chop etiladigan 1-2ta gazeta va jurnallarni o‘qishni boshlaysiz. O‘sha saytlarda sharh qoldirishga harakat qiling, muhokamada qatnashishni boshlang. Mana shu qadam sohani o‘rganishdagi ilk qadamingiz hisoblanadi. Blog yuritar ekansiz, o‘zingiz tushunmagan joylarini ham chop etishdan uyalmang. Chunki sizning blogingizni o‘quvchilari sizga tushuntirib berishi yoki siz bilan birgalikda o‘rganishi, izlanishi mumkin. Shuning uchun blog o‘quvchilarini muhokamaga chorlang, ular bilan suhbatlashing. Qisqa muddatdan so‘ng, tanlagan sohangizda mutaxassis bo‘lib yetishishingiz mumkin. Hech bo‘lmaganda ushbu sohaning pirlari bilan bemalol tortishadigan bo‘lasiz. Oddiy blog yuritish orqali mana shunday imkoniyatlar yuzaga kelishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? http://feeds.feedburner.com/~ff/uzblogger?d=yIl2AUoC8zA http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...-8:D7DqB2pKExk http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...-8:F7zBnMyn0Lo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/QsdnRZ-omck Äàëüøå... |
Blog yuritish*odati.
Inson ulg‘aygan sari turli hil odatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Hammamiz ham uyg‘ongandan so‘ng va uyquga yotishdan avval tishlarimizni yuvishni odat qilib olganmiz, taom iste’mol qilishdan avval qo‘llarmizni yuvishni odat qilib olganmiz va hokazo.
Inson ma’lum bir sohaga kirib kelishi bilan, o‘sha sohaga oid hilma-hil yangi odatlarni ham o‘zlashtira boshlaydi. Bloggingda ham bu narsa mustasno emas. Blog yuritishni boshlagan odam ham bu narsani odat sifatida o‘zlashtirib oladi. Blog yuritish bu boshida bir mashg‘ulot sifatida qaraladigan narsa. Blog yuritishni kimdur bekorchilikdan qilsa, yana kimdur ma’lum bir natijani o‘ylab qiladi. Lekin muvaffaqiyatli blog yuritish uchun, blog o‘quvchilarini ko‘paytirish uchun, bu sohada nom chiqarish uchun blog yuritish ham bir odat bo‘lib qolishi kerak. Blog yuritish aslida ham oson, ham murakkab narsa. Osonligi shundaki, hechkim sizni majburlamaydi. Blog mavzusi, yozish uslubi, foydalaniladigan materiallar va hokazolarning barchasini faqat o‘zingiz hal qilasiz. Boshlovchi bloggerlar uchun murakkab tomoni shundaki, ma’lum bir muddatdan keyin ular blog yuritishni to‘xtatib qo‘yishadi. Xar doim ham foydali va qiziqarli mavzuda maqola chop etish oson ish emas, to‘g’ri. Lekin, bu narsani odat qilib olgan odam hech qachon bunday muammoga duch kelmaydi. Blog yuritishni odat qilib olish bu ertalabdan kechgacha blogda maqola chop etish degani emas. Xar bir blogger o‘zi qandaydir reja asosida blog yuritishi kerak. Aytaylik, 1 haftada minimum 3ta maqola chop etishni odat qilib oling. 1 oy davomida rejani bajarishga harakat qiling. 1 oydan so‘ng o‘z-o‘zidan bu narsa odatga aylanib qolganini sezmay qolasiz. To‘g’ri, ko‘nikish degan narsa bor va bu narsa hammada ham bir xil bo‘lmasligi mumkin. Agar 1-oy buning uddasidan chiqaolmasangiz, aslo tashvishlanmang, keyingi oyda ham harakat qiling. Hech qachon qo‘l siltamang. Blog yozishdan to‘xtadingiz degani, blog o‘quvchilarini yo‘qotishni boshlaganingiz degandir, buni hech qachon unutmang. http://feeds.feedburner.com/~ff/uzblogger?d=yIl2AUoC8zA http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...Ew:D7DqB2pKExk http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...Ew:F7zBnMyn0Lo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/0xOQe6cnZy0 Äàëüøå... |
“Blog yuritishdan charchadim!” — Blog yuritishni tashlash vaqti*keldimi?
http://img.uzblogger.com/blog.jpg
Hamma bloggerlar bir kun kelib albatta mashhur blogger bo‘lib yetishishadi yoki ularning blogi albatta minglab o‘quvchilarni o‘ziga jalb qila oladi degan qonun-qoida mavjud emas. Faqatgina hohish va ishonch bilan harakat qilgan, mehnat qilgan bloggergina bunday martabaga erishishi mumkin va bu hammaning qo‘lidan keladigan narsa. Lekin kimdur ma’lum muddatdan so‘ng blog yuritishni tashlab yuboradi. Ushbu maqolada bunga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni ko‘rib chiqamiz. “Blog yuritish odati” deb nomlangan maqolamni muhokama qilish jarayonida bir qiziq holatga duch keldim. Blog o‘quvchilarmizidan biri “Blog yuritish men uchun emas ekan” degan xulosaga kelibdi. Sababini so‘raganimda blog uchun aniq bir mavzu tanlanmaganligi, blog yuritish odati shakllanmaganligi va blog oq’uvchilarini jalb qilish qobiliyati yetarli emasligini sabab qilib keltirdi. Keling, ushbu sabablarga birma-bir to‘xtalib o‘tamiz va buning oldini olish yo‘llarini o‘ylab ko‘ramiz. Blog mavzusi Blogimning doimiy o‘quvchilari UZBLOGGERda bu mavzuda maqola chop etilganini bilishadi. Maqola “Blogging asoslari: Mavzu tanlash” deb nomlanadi. Bir parchani ushbu muammoga yechim sifatida keltirmoqchiman: Qaysi mavzuni eng yaxshi bilishingiz haqida o‘ylab ko‘ring va shundan kelib chiqqan holda bir xulosaga keling. Juda ham keng mavzu bo‘yicha blog yuritish ham juda mukammal vazifa. Shuning uchun iloji boricha torroq va aniq bir mavzu bo‘yicha blog yuritishga harakat qilib ko‘ring, agar ushbu vazifani uddasidan chiqsangiz, borgan sari mavzu jabhalarini kengaytirib borishingiz mumkin bo‘ladi.To‘laroq ma’lumot uchun ushbu maqolani yana bir-bor boshidan o‘qib chiqishingiz mumkin. Blog yuritish odati Blog yuritish odati shakllanmaganligi bu boshlovchi bloggerlar uchun odatiy holat deyishimiz mumkin. Ushbu muammoni hal qilishning bir yo‘li sifatida ushbu mavzuga doir bir maqolamdan parcha keltirsam: Inson ma’lum bir sohaga kirib kelishi bilan, o‘sha sohaga oid hilma-hil yangi odatlarni ham o‘zlashtira boshlaydi. Bloggingda ham bu narsa mustasno emas. Blog yuritishni boshlagan odam ham bu narsani odat sifatida o‘zlashtirib oladi. Blog yuritish bu boshida bir mashg‘ulot sifatida qaraladigan narsa. Blog yuritishni kimdur bekorchilikdan qilsa, yana kimdur ma’lum bir natijani o‘ylab qiladi. Lekin muvaffaqiyatli blog yuritish uchun, blog o‘quvchilarini ko‘paytirish uchun, bu sohada nom chiqarish uchun blog yuritish ham bir odat bo‘lib qolishi kerak.Yuqoridagi fikrning davomini “Blog yuritish odati” deb nomlangan maqola orqali bilib olishingiz mumkin, ilitmoq, boshidan o‘qib chiqing. Blog o‘quvchilarini jalb qilish Uchinchi sabab qilib ko‘rsatilgan narsa bu blog o‘quvchilarini jalb qilish qobiliyatining yetishmaganligidir. Blog o‘quvchilarini jalb qilish va borgan sari o‘quvchilar sonini ko‘paytirib borish bu albatta juda ham murakkab lekin juda ham qiziq bir jarayon hisoblanadi. Blog o‘quvchilarini hamfikr sifatida qabul qiling, ularning fikrlariga quloq tuting, ular bilan munozaraga kirishing, kezi kelganda salbiy sharhlarni ham qabul qiling. Blog yuritish bu ma’lum bir sohada izlanish, o‘rganish ham demakdir. Ma’lum bir yerda sizga tanbeh berilishi yoki tuzatishlari bu odatiy hol sifatda qabul qilinishi kerak. Blog o‘quvchilarini jalb qilishning yana bir usuli bu o‘z blogingiz mavzusiga tegishli bo‘lgan boshqa bloglarda sifatli maqolalar chop etish, muhokamalarda ishtirok etish. Hamma ham sizning blogingiz haqida ma’lumotga ega emas, shuning uchun boshqa bloglarda o‘zingiz yozgan maqolalar haqida aytib o‘ting. Bu spam degani emas. Albatta muhokama qilinayotgan mavzuga doir bo‘lsin. To‘g’ri kelgan-kelmagan joyda tiqishtirib ketish yaxshi emas. Ushbu qoidalarga amal qilsangiz, blog o‘quvchilaringiz kun sayin ko‘payib boradi. Lekin eng muhim bir qoida bu sifatli, mazmunli va foydali maqola yozish. Kontent bu QIROL. Turli hil usullar orqali, yo‘llar orqali blogingizga kelganlarni ushlab qoluvchi va sodiq o‘quvchilarga aylantiradigan narsa bu sifatli va mazmunli maqola, buni hech qachon unutmang. Agar UZBLOGGERda o‘z maqolangizni chop etmoqchi bo‘lsangiz, sizda bunday imkoniyat bor. Buning uchun ushbu sahifaga marhamat. Ulashish/Saqlash http://feeds.feedburner.com/~ff/uzblogger?d=yIl2AUoC8zA http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...44:D7DqB2pKExk http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...44:F7zBnMyn0Lo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/Kts32JUJlQw Äàëüøå... |
So‘rovnoma*#1

UzNet bloggerlarining boshqa bloggerlardan*ustunligi.
Taniqli bloggerlarning bunday shohsupaga ko‘tarilishlarini kuzatadigan bo‘lsak, deyarli bir hil jarayonni kuzatish mumkin. Boshlovchi blogger ma’lum muddatdan keyin, masalan 3-4oydan so‘ng, mashhur bloggerlardan birining blogida o‘z maqolasi bilan chiqadi va bu orqali o‘z blogiga bir necha ming foydalanuvchilarni olib keladi. Natijada homiylar blogdagi reklama uchun mo‘ljallangan joylarni sotib olishni boshlashadi, boshlovchi blogger butun vaqtini endi bloggingga qaratadi va natijada ham yaxshi mablag’, ham yanada ko‘proq o‘quvchilarga ega bo‘ladi.
O‘ylab ko‘ring, o‘zingiz qiziqqan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlaringizni yozsangizu, buning evaziga pul ham berishsa, qanday mazza. Yaxshigina pul kelib turgandan keyin, bola-chaqa, oila tashvishi degan narsalar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi va bemalol faqat blogging bilan shug‘ullanish mumkin. Shu xorijliklarga juda ham oson-da… Endi keling UzNetdagi holatni ko‘rib chiqamiz. Internet foydalanuvchilarining soni Birinchi o‘rinda Internet foydalanuvchilarining kamsonligi haqida to‘xtalib o‘tishimiz kerak. Internetdan bizda juda ham kamchilik foydalanadi (ko‘plab xorij davlatlarga nisbatan). Shuning uchun ham UzNetdagi birorta blogda minglab, o‘n minglab obunachilar yo‘q. Bloggerlarning soni Bloggerlarning soni ham shunga yarasha. Men kecha chop etgan “Bilishingiz shart bo‘lgan 10 ta o‘zbek bloggerlarining ro‘yxati” deb nomlangan maqolani tayyorlashda bunday qiyin bo‘lishini kutmagandim, to‘g’risi. Ya’ni, bloggerlarni topish uchun 1 kun vaqtim ketdi. Shunda ham maqolaning sarlavhasini o‘zgartirishga to‘g’ri keldi. Birinchi variantida 20ta bloggerlar ro‘yxati edi, afsus faqat 9tagina topildi xolos. Hisobga to‘g’ri bo‘lsin uchun eng oxiriga o‘zimning shaxsiy blogimni ham qo‘shib qo‘yishga majbur bo‘ldim(aslida bunday niyat yo‘q edi). Daromad manbaai Barcha bloggerlar uchun eng asosiy daromad keltiruvchi qurollardan biri sanalmish AdSense reklamari o‘zbek tilidagi kontent uchun mumkin emas, chunki reklama beruvchilar yo‘q. Bundan tashqari, Internet orqali reklama beruvchi kompaniya va firmalar birorta ham blogda reklamalarini berishmagan. Bunga ularda qiziqish yo‘q bo‘lsa kerak. Yuqorida muntazam blogging bilan shug‘ullanishdan voz kechishga olib kelayotgan eng asosiy faktorlarni ko‘rib chiqdik, lekin nima uchun UzNet bloggerlari boshqalardan ustun? Ustunligi shundaki, mana shunday daromadsiz, minglab o‘quvchilarsiz ham blog yuritishda davom etishmoqda. Hech narsadan nolimasdan o‘zlari yoqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanib kelishmoqda, o‘z bilimlarini boshqalar bilan beminnat baham ko‘rib kelishmoqda. Bloggerlarimizga yupanch sifatida shu narsani aytishim mumkinki, bir kun kelib bizning bloglarda ham 10, 100 minglab o‘quvchilar bo‘ladi. Blogdagi reklama uchun mo‘ljallangan joylarni sotib olish uchun oldindan to‘lovlarni qilib kutib o‘tirishadi. Va bu kunlarning kelishiga juda ham oz vaqt qoldi. Lekin, hozirgi kunlarni barchamiz hali so‘ginib yashaymiz. Nimaga deysizmi? Javobini 120,000dan ortiq doimiy o‘quvchilariga ega bo‘lgan, shaxsiy samaradorlik mavzusida blog yurituvchi mashhur blogger Leo Babautaning “Men qanday qilib 100,000 obunachiga erishdim” deb nomlangan kitobidan bir parcha keltirgan holda javob bersam va maqolaga yakun yasasam: Bunday muvaffaqiyatga erishib, arz qilish yaxshi emas lekin, bu qadar ko‘p o‘quvchiga ega bo‘lishning salbiy tomonlari ham bor. Ulardan biri shuki, men o‘z o‘quvchilarim bilan avvalgidek yaqin bo‘la olmayman. Bir necha yuzlab o‘quvchilarim bo‘lgan paytlarda men ko‘pini tanir edim, hech bo‘lmaganda muhokamada doimiy ishtirok etadiganlarini. O‘zimni ularga juda ham yaqin tutar edim. Hozirgi paytda esa, bu qadar ko‘p sonli o‘quvchilar bilan bunday aloqada bo‘lishning ilojisi yo‘q va juda ham katta yo‘qotishdir. Hozir ham o‘z o‘quvchilarimni yaxshi ko‘raman, lekin avvalgi paytlarni ham so‘ginaman.Ulashish/Saqlash http://feeds.feedburner.com/~ff/uzblogger?d=yIl2AUoC8zA http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...qo:D7DqB2pKExk http://feeds.feedburner.com/~ff/uzbl...qo:F7zBnMyn0Lo http://feeds.feedburner.com/~r/uzblogger/~4/B8l_7ZmbvFc Äàëüøå... |
| Òåêóùåå âðåìÿ: 19:05. ×àñîâîé ïîÿñ GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä:
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»