![]() |
O'qituvchilarni qiynayotgan muammo - Qog'ozbozlik!
"Bugungi kunda murabbiylik qilib, “ustoz” degan sharafli nomni o’z ustilarida ko’tarib yurgan muallimlarni ko’p tanqid qilamiz. Ularning kamchiliklari, kasblariga vijdonan yondashmayotganlari haqida ko’p gapiramiz. Lekin, besh qo’l hech qachon barobar bo’lmagan. Bugun ham serg’ayrat, mohir murabbiylar, o’zlarini tarbiya-yu bilim berishga baxshida qilgan o’qituvchilar ko’p. Lekin , keyingi yillarda yaxshi muallimlar ham yayrab ishlayolmayaptilar. Chunki, maktablarda bilim berish, bola tarbiyasi emas, birinchi o’rinda qo’g’ozbozlik turadi. Bechora o’qituvchilarning bolalar bilan sinfdan tashqari turli mashg’ulotlar olib borish u yoqda tursin, hattoki ertangi darsiga yaxshilab tayyorlanib olishiga imkoni yo’q. Sababi, qo’liyam, hayoliyam doim band – bir arava qog’oz to’ldirishi kerak!
Maktablarga kelgan tekshiruvchilar kamdan-kam darslarni tekshiradi. O’zlariyam (balki ulargayam qiyindir) botmon-botmon qog’oz to’ldirib ketishadi. O’qituvchilar o’lardek ishlasa-yu, qog’ozga tushirmagan bo’lsa, tamom, ishlagani yolg’on! O’n kishi guvohlikka o’tsa ham befoyda, tekshiruvchilar faqat qog’ozga ishonadi! Qarabsizki, eng namunali o’qituvchi ham qog’ozbozlikka o’tishga majbur… Axir tirikchilik kerak, ularning esa bundan boshqa ishlari yo’q. Bu to’g’ri yo’ldan chalg’ishmasmi? Boya ta’kidlaganimdek, o’qituvchilar o’z ustilarida kam ishlashadi deb jar solamiz, ammo, tan olishimiz kerak, bola bilan muallim orasiga qog’ozdan devor urilib ketganini. Shogirdidan tuzukroq hol so’rashga vaqt topish imkonsiz bo’lgan holatda jild-jild kitobni qanday o’qisin? Har bir oilaning o’z maqasadlari, intilish, rejalari bo’ladi. Ha deganda, chaqirilmagan mehmon kelaversa, turmushning tinchi buziladi, ro’zg’or ishdan chiqadi, to’g’rimi? Maktab ham bir oila emasmi? Axir, u - buyuk ijodxona, ertangi kunning egalari tayyorlanadigan muqaddas dargohm-ku? U yerda “ustoz” degan fidoyilar ijod qilmoqda, ularga halaqit bermaslik kerak, menimcha. Siz nima deysiz?" Оффтоп: Qog’ozbozlikni yo’q ko’rgali ko’zim, Qurib ketmaydimi har qanday qog’oz! V.V. Mayakovskiy * * * “Qog’ozbozlikni yo’q ko’rgali ko’zim” Deya o’tdi-ketdi, ko’z yumib shoir. Bugun toqatimda qolmayin to’zim, So’zlarman huddi shu xususga doir. Mening yumush joyim qutlug’ bir dargoh, Kasbim ham hurmatli: ustoz, muallim. Ilmu go’zllikdan aylabon ogoh, Pok dil bolalarga so’ylayman ta’lim. Ishimiz ho’p ajib, serzavq, serzahmat, Ishlagan sari dil ishga oshiqar. Bir yon bolalardan yog’ilar rahmat, Bir yonda shod edi bizdan boshliqlar. Har kuni yangi bir yumushni boshlab, Tashabbus ko’rsatib etdik jonbozlik. Ammo qay kunidir ko’ngilni g’ashlab, Oraga suqildi shum qog’ozbozlik! Ta’blar xiralangan misli oynakday, G’ayratlarga soya tushdi shu lahza. Ishonch, faoliyat, yurak poygakda To’rda qog’ozbozlik, qo’llari paxsa! Ketma-ket keluvchi tekshiruvchidan, Ora kunda olti desam ham ozdir. Har bir muallimning chiqarib misin, Surishtirar turli-tuman qog’ozni. Kitob o’qiingmi, isbotin rostla, Mazmunin g’ing demay qayta ko’chir, yoz! Ko’rgan kinoyingni tushir qo’g’ozga, Yo’qsa, tekshiruvchi also kechirmas. Siyosiy hayotda kunda yuz xabar, Barisin ko’rib chiq, ham ayla ro’yhat. Zo’r olim yozibdi bir yangi asar, O’qib chiqqanim rost, deya ber tilxat!... Allakim boshliqni, boshliq-chi, bizni, Tinmay qistov qilar:bo’ldir, ha bo’ldir! Kelganlar so’ramas ish-pishingizni, Avval bu la’nati qo’gozni to’ldir! Ishlar o’lda-jo’lda, qo’llar qog’ozda, Ko’zlarim darvoza oldida kezar. Pichirlash qayoqda, baland ovozda, Odil tekshiruvchin kutgum intizor! Kelaqol, kutganim, qog’ozdan tezroq Ishchan qo’llarimni aylagin xalos. Axir ishlarim ko’p bundan tig’izroq, Qog’ozlar ichida g’ijimlandim, rost! Jamiki eng muhim vazifalarning, Muhimi emasmi kasbim, yumushim? Axir bu Vatanning zarur odamin, Tayyorlab berishlik, mening-ku ishim! Yurak qilmas ekan urishni kanda, Halol mehnat bilan bergumdir ovoz. Kelajak qurishday yumush turganda, Qurib ketmaydimi har qanday qog’oz!!! Tursunoy Sodiqova |
Цитата:
Постларда хар бир суз текширилгандан кейин форумга жойлаштиринг. [/MOD] |
Когозбозликни камайтириш ва маълумотларни замонавий ахборот технологиялар ёрдамида йигиш, кайта ишлаш, назорат килиш ва саклаш зарур. Кейинги вактда бир ахборотни кайта-кайта бошкармалар талаб килади ва укитувчи вактини бекорчи ишлар билан чалгитишади. Бундай бюрократияга карши курашиш керак ва ахборот технологияларни ривожлантириб, бу муаммони хал килади деб уйлайман.
|
Цитата:
|
Шунча қоғоз кимга керак? Хеч иш қилмай, бироқ "фаолият" кўрсатаётган чаласавод арбобларга. Қачон мана шу арбоббозлик йўқолса, ўшанда бизда таълим сохасида мутахассис ёшлар пайдо бўлади.
|
Yuqorida tilga olingan "qog'ozbozlik aslida o'qtuvchining ish yuklamalari hisoblanadi. Ularni bajarish esa o'qituvchining vazifasi hisoblanadi...:rtfm:
|
Aslini olganda bu qog'ozbozlik o'qituvchini umuman boshqa narsadan chalg'ishiga sabab bo'lolmaydi. Masalan man maktabda ishlagan vaqtimda hamma narsaga ulgurardim. Xox qog'oz bo'lsin, xox o'zimni rejamdagi ishlarim. Nafaqat bularga, balki rejamga kiritmagan ishlarni ham kun davomida bemalol uddalardim. Manimcha bu qog'ozbozlik degan so'z ba'zi dangasa o'qituvchilargagina boshqacha eshitilsa kerak. O'zi aslini olganda mana shu qog'ozlarda ko'rsatilgan ishni bajarish uchun beriladi. lekin bunga hamma joylarda ham amal qilinmaydi. Ko'zbo'yamachilikka qog'ozda bor, amalda yo'q.
Shunaqa o'qituvchilarni bilaman, darsini tuzukqur o'tmaydi, lekin qog'ozda dunyoning ishini dundirib tashlashadi. Aslida bu qog'ozbozlik degan jumla nafaqat maktablarda, boshqa tashkilotlarda ham birdek. Bunga misol qilib nufuzli UNESCO ning PSI tashkilotini ham keltirish mumkin. |
Цитата:
Buning uchun hammangizdan uzr so'rayman. |
Цитата:
|
Цитата:
Оффтоп: Аввало узрку-я, озгина оширвормадингизми?Назаримда сиз умуман когоз ишлатилмайдиган жойда ишлайсиз шекилли-а? |
Цитата:
|
Цитата:
Yana bir narsa, O'zbekiston ta'lim tizimida asosan ayollar ishlashinig sababi, manimcha erkaklardan ko'ra ko'proq ayollar qog'oz ishlarini yaxshiroq, aniqrog'i qunt bilan bajarishlarida bo'lsa kerak deb oy'layman. Chunki erkaklarni hammasida ham bunga toqat yo'q. O'ylashimcha har bir mukammal inson, qaysi joyda ishlashidan qat'iy nazar, hammasiga ulguradi. |
Цитата:
|
Цитата:
Оффтоп: Нима учун узр сурадингиз тушунмадим. Кайси гапим ошиб кетибди? Иложи булса уша гапимни ажратиб курсатиб берсангиз. Ишхонам хакида гапирадиган булсам, биз хам когоз ишлатиб турамиз :) Лекин мактабдагидай когозбозлик максадида эмас. Иш юзасидан деярли хеч кандай когозбозлик йук. Сиз мактабда качон ишлагансиз? Кейинги бир йил ичида когозбозлик кучайиб кетди. Узим укитувчи эмасман. Аввалги постни когозбозликни коралаш максадида эмас, балки укитувчиларни асосий вазифаси билим бериш булишини хохлаганим учун ёзгандим. Когозга хохлаган нарсани ёзиб куйсангиз булаверадику. Тугри конспект ёзиш укитувчиларга ота-боболаридан колган мерос :) Лекин хозир укитувчилар факат конспект ёзишмаяпти. Ундан бошка яна бир кучок когоз тулдиришлари керак. Цитата:
|
Цитата:
|
Саволингизга:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Мукаммал инсон ойлигини хам халол олади. Канийди хакикий ўкитувчилар хам ушбу мавзуда ўзларини фикрларини беришганда. Яъни когоздан дод деган, ёки ишим шуни таказо этарканми, демак мажбурман шуни килишга дейдиганлар. |
Цитата:
Оффтоп: Бу булган вокеа. Аник исботлаб беришни иложи йук. Лекин ошириб юборганимни сиз хам исботлаб беролмасангиз керак. |
Цитата:
Оффтоп: Аввал постни яхшилаб укинг. Мен мактаб ишларидан бошка нарса ёзишади демадим. Конспектдан бошка дедим.Мониторинг деган нарса ёзишади. Яъни хар битта синф учун хар ойдами, чоракдами билмадим 25 та саволдан иборат тест олинади. Когозга 1 устунга укувчиларнинг ФИОси, кейинги 25 та устунга саволларга берилган жавоб. Агар тугри булса 1, нотугри булса 2. Кейин процент ва жами хисобланади. 3 нусхада тайёрланади. Тугри бу нарсани Ms Excel да осонгини килса булади. Лекин компьютер булмасачи??? Компьютер булганда хам, унда директорни угли ишласа. Хар бир принтердан чикариб берилган когоз (масалан журнални устига ёпиштириш учун) 100 ёки 200 сум турса. Укитувчи узи компьютерда ишлашни билмасачи? Билган такдирда хам у качон утириб киритади? Мактабда атиги битта компьютер булса. Унинг хам "эгаси" бор. Аслида уша "эгаси" киритиши керак менимча. Лекин пулини ким тулайди. Ойлик олиши 2-чи масала. Ойлик уша ерда савлат тукиб утиргани учун туланади. Камига уша принтер ва когозлар харажати учун укитувчининг ойлигидан ушлаб колишса (чиким). Бу нарсадан хабарим борлигини сабаби укитувчиларни ишини енгиллаштириш учун шуни программасини килмокчи эдим. Кейин воз кечдим. Кимларгадир пул ишлашга шароит яратиб беришни хохламадим. |
Цитата:
|
Цитата:
|
Оффтоп: Цитата:
Тошкентда билмадим-ку лекин бизни районда мактабни ремонти, курилиши хам укитувчилар буйнида. Эски мактабимизда синф хонаси камлик килиб 2 кушимча хона куришганди. Укитувчилар узлари гишт куйиб узлари куришди. 3 йил олдин янги мактаб курилди. Укитувчилар курилишда усталарга гишт ташиб беришди. Коровулхонани бутунлай узлари куришди. Кейин РайОНОни бошлиги келиб коровулхонани бузиб бошка томонга куришга буйрук берди(курилган жойи ёкмапти. Дарвозани олдига курилган эди. Хунук турибди деб бурчакка олдирди. Аввалрок каерда юрган экан) Бечора укитувчилар бошкатдан бузиб яна куришди. Хар бир фан укитувчилари уз хоналарини узлари безатишди. Плакатлар, пардалар, гуллар каби нарсаларни уз пулларига сотиб олишди. Плакатларни РайОНОдан. Бошка нарсаларни бозордан. Гинг дейишолмайди. Гинг деса ишдан хайдалади. Агар шундай шароитдаям ишингизни мукаммал бажарсангиз сизга низкий поклон :worship8nz: Терминатор экансиз |
Цитата:
|
Бугунги кунда укитувчилар куп, бирок зиёлилар кам. Сабаби, укитувчилар четдаги ишларга купрок жалб килинишмокда.
|
Цитата:
Оффтоп: 200.000 oladigan o'qituvchilar ham bormi?!:shok: |
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Buni kim inobatga oladi! |
Цитата:
|
Цитата:
Menimcha, o'quvchilarning shanbalikka chiqishi borasida e'tiroz bildirishning xojati yo'q deb oy'layman. Sababi o'tqazilayotgan shanbaliklar o'quvchilarni mexnatga o'rgatish shuningdek jamoat ishlariga befarq bo'lmasliklariga qaratilgandir. Shunday ekan o'quvchilar shaxar obodligiga o'zlarining ozgina bo'lsada qo'shayotgan xissalaridan faxrlanishlari kerak. |
Сизларга футбол сайтларининг бирида келтирилган мақолани 1та бандини ҳавола қилмоқчиманқилинаётган бахс мунозарага тўғри келади деб ўйлайман.
Цитата:
|
Цитата:
O'quvchilar ko'ngil xohishi bilan jamoat ishlarini qilishsa yaxshi bo'lardi. Shundoq ham o'quvchilar har yili bahor kelishi bilan shahar obodonchiligiga o'z hissalarini qo'shishadi. maktabda ishlab yurgan kezlarimda rahbariyat har bir sinfga 20 ta daraxt ko'chati va 40 ta atirgul ko'chati o'tkazish haqida topshiriq berishardi. Qizig'i shundaki, bu tadbir har yili o'tkaziladi. Ko'chatlar suv yo'qligi tufayli qurib qoladi. Ko'chatlarning uvoli kimni tutadi, o'qish o'rniga mehnatga sarflangan vaqtning-chi? Yoki bitmay qolgan qurilishga o'quvchilarni olib borib u yerdagi axlatni o'quvchilar tozalashiga qanday qaraysiz? Oqibatda esao'quvchilarning ko'pchiligi yuqumli kasallikka chalinganini-chi? Garchi ota-onasichalik bo'lmasa-da, biz o'qituvchilarning ham o'quvchilarimizga jonimiz achiydi. O'quvchilik yillarimizda biz ham shunday mehnat ishlariga jalb qilinganmiz, biroq har birimiz ekkan doimiy ravishda ko'chatlarimizni nazorat qilib turardik. Natijada mehnatimiz samaradorligini ham ko'rardik. |
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Цитата:
|
Maktablarda o'qituvchiga qo'yiladigan talablar:
- Davlat Ta'lim Standartlari bo'yicha turli xil dars ishlanmalri, ma'ruza matnlari - Dars bo'yicha ish reja va konspektlar - Sinfxonalariga turli materiallar (plakatlar, devoriy gazeta, turli xil maketlar) - Sinf raxbarligi bo'yicha xujjatlar - Yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriqlar Manimcha shu holos, shu yunalishlarda qog'ozbozlik qilinadi. Bu oddiy o'qituvchiga qiyin bulmasa kerak. |
Оффтоп: Цитата:
1) Махалладаги электр энергиясидан карзи бор хонадонларнинг руйхатини тузиш ва уларга хабар етказиш. 2) Махалладаги газдан карзи бор хонадонларнинг руйхатини тузиш ва уларга хабар етказиш.(агар махалла газлаштирилган булса) 3) Махалладаги ичимлик сувидан карзи бор хонадонларнинг руйхатини тузиш ва уларга хабар етказиш.(агар махаллага ичимлик суви келтирилган булса) 4) Мактаб биноси курилишида иштирок этиш. 5) Мактаб биноси ремонтида иштирок этиш. 6) Мактаб жойлашган худуддаги фермерларга пахта мавсумида укувчилари билан биргаликда "ёрдам" бериш. (ёрдам ихтиёрий берилади) 7) Агар районга биронта каттарок лавозимдаги одам келадиган булса йулларни чиннидай килиб тозалаб, йул четига очилиб турган гулларни экиб чикиш... |
Цитата:
Цитата:
|
Цитата:
8) Ҳар куни эрталаб синфдаги барча ўқувчиларнинг тана ҳароратини ўлчаб ёзиб бориш (энди ўқувчининг соғлиғи ҳақида қайғуришни ҳам ўқитувчига топшириб қўя қолдик). 9) Ҳар куни эрталаб синфлаги ўқувчиларнинг сочларини текшириш (буниси энди ортиқча. ҳеч бўлмаса шу ишни ўқувчининг ота-онаси бажарса яхши бўларди). 10)Маҳаллада яшовчилар рўйхатини тузиш (маҳалла комитети нима иш қилади ҳайронман(!!!)). Яъни уйма-уй юриб ҳар бир хонадонда яшовчиларнинг туғилган йили, қаерда ўқиши, паспорт сериялари ва ҳкз маълумотларни йиғиш (қайси аҳмоқ эшикни тақиллатиб келган нотаниш одамга бу маълумотларни беради билмадим. Бу нарса ўқитувчига бу топшириқни берганларни қизиқтирмайди). Шу ўринда Халқ таълими (вазирлиги, бошқармаси, ...) вакилларига саволим бор: 1) У қачон дарс беради??? 2) Қачон ўқитувчи ўз номига муносиб ҳолда фақат ўқитиш билан машғул бўлади? 3) Қачон ўқитувчини ўз касбига тегишли бўлмаган ишлардан озод қиласизлар? 4) Ўқитувчиларни шунча иш билан "кўмиб" ташлагандан кейин улар "ўқитган" ўқувчилардан нималар кутяпсизлар? Марсга учишними? Ёки оламшумул кашфиётларними? 5)Сизнингча абитуриентлар тайёрлайдиган ўқув марказларининг кундан-кунга кўпайиши мактаблардаги таълим савияси етарли даражада эмаслигини кўрсатмайдими? |
Текущее время: 09:17. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»