![]() |
Ўзбекистонда минимал никоҳ ëши кўтарилиши таклиф қилинди
Цитата:
|
Яхши.
Оффтоп: Тарвуздигела катга кучишди ё халиям кучада утиришиптими? |
Bu qonun (yoki taklif) yoq joydan paydo bo'lamagndur, tez ajralishib ketayotgan oylalarni bir nechtasini ko'rdim, mening fikrimcha nikoh yoshini ko'tarilishi yahshi fikr
|
Цитата:
|
Менга қолса, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш йиғинлари, маҳалла қўмиталари қошида доимий фаолият юритадиган комиссия тузиб, ушбу комиссияга маҳаллада ўсиб улғайган (доимий рўйхатдан ўтиб, истиқомат қилаётган) у ёки бу миллатимизга мансуб қиз ёхуд йигит оила қуришга ижтимоий-иқтисодий, маънавий-ахлоқий жиҳатдан тайёр ёки тайёр эмаслиги, бу борада масъулият ҳис этиш-этмаслигини ва энг асосийси бўлажак фарзандларини мустақил равишда маънан ва жисмонан соғлом тарбиялашга қодир ёки қодир эмаслигини атрофлича ўрганиб чиқиш ва шундан сўнггина, унинг қонун ҳужжатларида белгиланган ёшга тўлганини инобатга олган ҳолда, оила қуришга ижозат бериш ёки рад этиш ҳуқуқини ҳавола этган бўлар эдим. Балки сал ошириб юборгандирман-у, шундай қилинса, чиндан ҳам мустаҳкам оила яратилган бўлар эди.
|
Цитата:
|
Цитата:
Undan ko'ra mahalla raislari o'z uchastkasidagi namozhon va ro'molli oilalani hisobotini qilish va har onda "to'g'ri yo'lni ko'rsatish" uchun say'yu harakatini ayashmayapti. Shunchun hapa bo'mis sal emas, yaxshigina yaxshi hayollar og'ushiga berildiz.:) |
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Mana shunaqa e'zgu niyatli takliflar nima sababdan Hukumat erlarini hayoliga kelmaydi? Bu yo shu erlarni ma'naviyati oqsoqligidanmikan yo halq dardi bilan kuyunmasligidanmikan? |
Цитата:
Цитата:
|
Цитата:
Siz fahrlanib aytyotgan Yurt, Vatan, Hukumat degan narsalar aslida nafaqat siznikiligi balki sizdan yoshimiz kichik bo'lsa ham, sizdey idoralarda ishlamasagam, bu Vatan, Yurt,Hukumat manikiyam!!! Shunchun sal asabizni bosvolib, chuqur chuqur napas olib postlarimni o'qing maylimi, a to yo' joydan pashshadan pil yasab yuboryaps. Цитата:
Lekin man urg'u bergan nuqtam shu deputatlarda halq dardi bilan dardlanish, aniqro qilib aytadigan bo'lsam, o'z vazifasini qay darajada ado etayotganligi haqida edi. Shunchun hadeb hom hayollarga o'xshab "hammasi zo'r, hamma supper ishlavotti" dimasdan, bunday tanqidiy yondashuv bilan yondashib ko'rin. A to hadeb o'zizni o'ziz aldayverseyz "hammasi zo'r" deb ertaga ahvolimiz chato bo'ladi. Yetqazaoldimmi zobit janoblariga?! |
Цитата:
ЎЗ ЮТУҚЛАРИМИЗГА МАХЛИЁ БЎЛИШ ДАВРИДАН ЎТДИК. МУАММОЛАРГА ТИК ҚАРАБ, ЕЧИМИНИ КУТТИРМАЙЛИК.... Хурматли Dolimov, орачиликка унча ҳушим йўқ, аммо холисона айтадиган бўлсак, юқоридаги БАРЧА фикрлар юртимизни бадном қилиш эмас, нуфузини кўтаришга қаратилган. Дўст ачитиб гапиради, Камчилигини кўрмаган киши комил бўла олмайди, деган нақллар бежиз эмас. Мавзуга қайтсак. Боринг ана 17 эмас, 18 ёш деб белгиланди. Жамият ҳаётида буг 16 ёшдан турмуш қураётганлар ҳам кам эмас. Айниқса, бизнинг Наманганда. Улар табиийки, ФХДЁдан никоҳни қайд этиш гувоҳномасига эга бўлмайди ва энг ёмони бу ҳол айрим ҳолларда куёв томонга "имтиёз" бўлиб хизмат қилади. Яъни мулкий масалаларда масъулиятнинг йўқлиги. Бир сўз билан айтганда салга ажрашиб кетиши учун тўсқинлик кам. Ҳаётий тажрибадан маълумки, бир неча йил яхши яшаётган эр-хотинлар ҳам айрим ҳолларда, вазиятларда ажрашиш кайфиятига тушиб қолади. Бу кўпчиликда кузатиладиган ҳолат, тўғрироғи ўткинчи ҳолат. Катталарда шундай бўлгач, ёшларни қўяверасиз. Шундай келиб чиққан ҳолда, 18 ёшга кўтариш етарли муаммоларни келтириб чиқаради, деган мулоҳазаларга боряпман. Бошқа савол: бир қиз бўйга етиб, ота-онаси 16 ёшида турмушга бермоқчи бўлса, нимаси ёмон? Яна бир бор таъкидлайман бўйга етиб, турмушга жисмоний, руҳий, маънавий тайёр бўлса? |
O'rtoq Dolimopni lirik chekinishlaridan keyin yana o'z mavzuyimizga qaytamiz.
Nima haqda gaplashyotgan edik, ha "Turmush qurush yoshini ko'tarishlik" haqida. O'zimni shaxsiy fikrim. manam shu minimal stavkani 18 yoshdan deb olinishlikka ijobiy yondashaman. Ko'pchilik hayron bo'lishi mumkun "iy bu dindorlar orasidayam borakanu mamnaqala" deb.:) Besh qo'l baravar bo'lmaganidek, bizayam hammamiz baravar emasmiz. Hullas ijobiy taraflari. Agar maqsadimiz yoshlarni mustahkam oila qurishligi uchun kuyinish bo'lsa, unda tan olish kerakki zamonamiz yoshlarida oila qo'rg'onini qurish uchun yetarli ta'limot va ibratli timsollar yo'q. Bularsiz yaxshi, bahtli oila qurish qiyin masaladir. A bularga ega bo'lishlik uchun hayotiy tajriba kerak bo'ladi. Agar 17 yoshda yoshlar endigina maktabni bitirgan bo'lishsa, jismonan tug'ish yoki tug'diraolish salohiyatiga ega bo'lsa ham, lekin ong tarafdan oilani boshqarish vazifasiga jiddiy yondashaolmaydi... |
Yana bir ijobiy jihati.
"Zamona og'irlashib borayapti" degan gap bekorga emas. Balki har zamonada yashab o'tgan insonlar, o'z zamonasi haqida huddi shu gaplarni aytgan bo'lishliklari mumkin ku, lekin haqiqatni tan olib aytish kerakki, har bir zamonadagi holat har hil bo'ladi. Bunga misol qilib, yurtimizda Er Hotin masalasida ko'plab adabiyotlar chop etgan, seksopatolog do'xtir,rahmatli O'ktam akani bir fikrlarini misol qilmoqchi edim. Ba'zi birlarga ma'lumki (dindorlarga) Rasululloh sav. uylanish chog'iga yetgan lekin uylanishlikka qodir bo'lmagan bir yigitga qilgan tavsiyalari haqida: "Uylanishga qodir bo'lganlar uylansinlar, qodir bo'maganla ro'za tutsinlar" ma'nosidagi hadis keladi. Shu hadisga rahmatli O'ktam aka quyidahi ilmiy yondashuvlarini aytib o'taman: "Rasululloh sav. uylanishga qodir bo'lmaganlarga ro'za tutushlikni buyurganlar. man u zoti muhtaramga qarshilik qilolmaymanu, lekin hozirgi zamonamizda bu chora ob'ektiv chora emasdek tuyulyapti menga. Sababi o'sha davr bilan hozirgi davrni solishtiradigan bo'lsak o'rtada juda katta tafavutni ko'ramiz. O'rta holda yashaydigan bir o'zbek oilasini bolasi, 6 asrdagi yosh yigit bilan ham informatik ham ozuqaviy farq qiladi. Hozirgi zamon yigiti bunaqa osh va norinlardan keyin (quvvat taom misolida) ro'za bilan qoniqmaydigan bo'p qoladi. Bunaqa quvvat taomlari bilan ro'za tutgan yoshlarni bar bir hirsi kamaymaydi, balki vaqtincha tanaffus beriladiyu, keyin yana battar avjiga chiqadi. Informatika tarafidan ham farqi bor. 6 asrdagi insonlar uchun quyoshni chiqishi uyqidan uyg'onish, botishi esa uyqiga ketish o'lchovi bo'p kelgan. Kech tushishi bilan sekin joyiga borib yotgan. Bomdoddan to peshin vaqtigacha qiladigan ishini qilib, yana kun tafti pasaygandan keyin to kech tushgunicha u bu ishini qivogan. (arab yarim oroliga mos iqlim holati) Hozirgi zamon insoni uchun ma'lum ishda ishlasa bomdodda turadiyu, soat kechki 12 da uyquga ketadi. Televizor, radio, telefon, internet orqali shuncha informaciya kiradiki kallasiga, ro'za tutishga na hohishi va na madori qoladi. (Aqli mehnat odamdan juda ko'p kuch talab qilishligi tibbiyot tarafdan isbotlangan)" Shulardan hulosa chiqib rahmatli do'xtir akamiz hozirgi zamon yoshlari uchun ro'za bilan nafsini jilovlash qiyin ekanligini aytib o'tganlar. man nima uchun bu ilmiy yondashuvni misol qildim. Sababi, davrlar orasida ham farqliklar mavjud bo'lganligi uchun diniy fatvolar ham ijtihod yondashuvi ila quvvatlanishligi kerak. |
Zamona og'irligi misolidan aytamanki, hozirgi yoshlarimizga timsol bo'ladigan insonlar juda kam uchraydi hayotda.
Bunga bizning milliy mafkura rivojlanmagani, ota ona bo'lmish timsollarning o'z farzandlarga ibrat bo'laolmasligidandir. Yani ota onasidan ajrashgan,otasi tashab ketgan yoki kimdurlar bilan yurib ketgan, oilada faqat janjaldan boshi chiqmayatgan ota onadan timsol olgan yoshlarning kelajakda qurmoqchi bo'lgan oila qasri qanday bo'lishligini tasavvur qilish qiyin emas.:( |
Цитата:
У сиз айтаётган нарса кинода бўлса, тушунса бўлади. Лекин реал ҳаётда бунақа аталани татбиқ этиш қийин ва ундан фойда йўқ. Масалан, ўша бобою момоларимиз кимгадир турмуш қуришга рухсат/отказ бериш учун етарлича квалификацияга эгами? Психологик ёки яна аллақандай олий маълумоти борми? Албатта йўқ! Шундай экан, ҳаммаси ўз билганича, ўз қаричи билан ўлчаб, қандайдир бир ғўжала заключенияларга келишади. Аниқ бир нормативлар, критерийлар бўлмаганидан кейин шунақа бўлади. Масалан, сиз билан мен идентичный одамлар бўлсагу, мен A жойда яшасам ва сиз Б жойда яшасангиз, биз иккаламиз бир вақтда қанақадир қизларга уйланмоқчилигимизни айтиб ўша маҳалладаги комиссияга мурожаат этсак, менга добро бериб, сизни бемалол забраковать қилиб юборишлари ҳам мумкин қандайдир умумий гапларни айтиб. Масалан, "сал мижғовроқ экансан болам, мени Сотиволди деган ўртоғимни отаси...", шу билан кетди, спракагаям умумий гапларни ёзиб беришади. Бу шунчаки мисол учун. Ўзбекчилик деган нарсалар бор. Бир жойдаги одаммиз, орамиз бузилмасин, деб ҳаммага без отказ добро бериб юбораверишади отахону момохонларимиз. Хўп, Тошкентда нима қиласиз? Рус оилаларига ўзбек отахону-момохонлар экспертлик қиладими? Бошқа-бошқа менталитет, дунёқараш бўлса. Хуллас, отахону момохонларга давлат эксперти ваколатини бериш утопия. Қассоб сўйса ҳам чумчуқ сўйсин! |
Цитата:
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Яқиндагина бир амакимнинг ўғли уйланди бола 19 ёшда қиз 17, уйланиш болани қаттиқ ҳоҳиши орқали бўлган. амаким юриптила на хурсанд бўлишини билми, на хафа бўлишини. Юрмидими ёшлар яна 2-3 камида. |
Цитата:
Mayli qizlarni yoshi haqida ko'p gapiraolmayman, chunki qiz bola aql tushunchasi manga yiroqdir. Lekin o'zimni 17 yoshlik paytimni eslasam, e kimlani yaxshi ko'rib, kimlardan behush bo'maganman. U paytda inson aql bilan emas, boshqa tarafi (extiroslari) bilan fikr qiladi. Bu yoshda o'zini zo'r bazo'r nazorat qiladigan odam, qanday qilib yana bir shaxsni nazorat (uning dardi bilan dardlanish, uning fikr qarashlari bilan o'rtoqlashish) qilaoaldi. i bir yildan keyin yana bir dunyoga kelgan kichkina go'dakka otalik timsoli bo'laoladi.:( Yo' bo'lishi mumkum bir boyvochchani erkatoy 17 yoshli o'g'liga, 17 yoshli qizni olib berishlari. Unaqada bu yosh boyvachcha uylangan emas balki uyiga yana bir 17 yoshli go'dak qizni boqib olgandey bo'ladi. 3 ta bolasi bo'gan bo''sa, to'ydan keyin bollari soni 4 taga chiqadi. Hullas jamiatda juda kam sonli insonlar o'ziga pozvolyat qiladigan ish bu 17 yoshda uylantirish g'yoyasi. |
O`zi yoshni 17 dan emas 19 qizlarga bollarga 20 qilib belgilash kerak.
|
|
Umuman olganda yangi oilalarning tez ajralib ketayotgani, yoki oilaviy kelishmovchiliklar, janjallarga faqatgina nikoh quruvchilarning yoshini aybdor qilish noto'g'ri menimcha. Gap yoshda emas, insonning o'zida-ku... Ayrim o'zini qo'lga olib, hayotini yo'lga qo'ygan, fikrlashi, dunyoqarashi shakllangan, ma'suliyatni chuqur his eta oladigan, endi yigirmaga kirganiga qaramay har jihatdan oila qurishga (ham ma'naviy, ham moddiy) tayyor bo'lgan yigitlarni ham ko'rganman. Va aksincha, yigirma sakkiz, yigirma to'qqizga kirgan bo'lsa ham, yosh bo'ydoq bola "ponyatka"siga ega bo'lgan yigitlarni ko'rmaganmizmi?...
Bundan tashqari, menimcha yosh oila qurish muammosi qizlarni o'n yettida uzatilib, yigitlarni o'n sakkizda uylanayotganida emas menimcha... Qonunda yosh ko'rsatilgan bo'lishiga qaramay farzandlarini to'yini undanda erta qilayotgan ota-onalar asosiy muammo... Ular esa hozirda mavjud yosh chegarasigaki amal qilishmayaptiku, bu yosh chegarasi uzaytirilgani ham ular uchun hech narsani o'zgartirmaydi... Ana shunday ota-onalar bilan kurashish kerak... |
Azizani fikriga qushilaman.Yoshni uzgartirish muammoni hal qiladi deb uylamayman,balki boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.Qonunni buzish hollari keskin kupayishi mumkin,bu esa qizlarni yana huquqlari buzilishiga olib keladi.Va tula balogatga etgan yoshlarni turmush qurishiga tuganoq buladi.
|
Цитата:
|
Video klip haqida...
Qo'shiq matni va musiqasi yaxshi tanlangan. Bu hozirgi kundagi aktual masalalardan biri, lekin clipmaker nima demoqchi? Bu muammoni necha yillardan beri ota-bobomiz etiqod qilib kelgan dini Islom bn bog'lash noto'g'ri. Bu fitna keltirib chiqaradigan mavzu. Butun dunyoda bunday video materiallar va rasmlar keltirib chiqarayotgan muammolar bizga kerakmi? Yoki xalqning ancha qismi musulmonlar bo'lgan bizning davlatimizda o'z xalqimizni shunday deb ko'rsatish shartmikan? Meni o'zim bu vediorolikni ko'rib g'alati bo'lib ketdim. Erta niko'h masalasi yoki erta jinsiy hayot masalasi faqatgina musulmonlar orasidagina emasku...
Bu klipni ko'rgan har bir musulmon klip tayyorlanishida ishtirok etganlarni la'natlasa kerak. |
Цитата:
|
Nikoh yoshi haqida...
O'z R JK da 16 yoshga to'lmaganlarga nisbatan jinsiy yaqinlik qilishga harakat, gayritabiy yo'llar bn jinsiy maylni qondirish va jinsiy aloqa qilinsa qo'lanalidagan jazolar aniq qilib belgilab berilgan. Buning amaliy tadbiqi va profilaktika choralari haqidagi qo'llanmalar har bir profilaktika inspektorlarida bor. Faqat ta'lim muassasalarida, mahallada har kim o'z vazifasini aniq va vijdonan bajarishi kerak (Tushuntirish, tashviqot ishlari, profilaktik tadbirlar va hakozo). 16 yoshdan keyin qonun jinsiy hayotni cheklamaydi, nikohlanish yoshi ko'tarilsa u holda nikohsiz Jinsiy hayot bn yashashlar ko'payadi bu birinchidan. Ikkinchidan bu holatda med ko'rikdanam o'tishmaydi. Uchunchidan ZAGSdan o'tmasa ham yashirincha shariy nikoh o'qish ham ko'payadi. To'rtinchidan Ikki yoshning munosababtlarini qonuniylashtirish yoki bo'lmasa qonuniy tartibda ular rishtasini yoki oilasini himoya qilish imkoniyati yo'qoladi. Beshinchidan qonuniy nikoh bo'lmasdan o'rtada farzand bo'lgan holda ajrashish holati bo'lsa bola qonuniy himoyalanmaydi. Oltinchidan qonuniy holatda jinsiy hayotning boshlanishi bn birga yoki avvalroq yoshlar bir biri bn nikoh orqali o'z vaqtida rishtalarini bog'lasa ajrashish ham birmuncha kamayadi yoki shunday to'g'ridan to'g'ri ayol kishini uyidan haydab yubora olmaydi. Bu esa ayol kishilarni qonuniy himoyalangani bo'ladi.
Bu mening shaxsiy fikrlarim. Yuqorida Nigorahon tarafidan ssilka qilingan Ziyodaning Tubanlik nomli qo'shig'iga ishlangan klipida uchastka noziri qani? Voyaga yetmaganlar masalasi bo'yisha hududiy prokurorlar ma'suldir. U qani? Voyaga yetmaganlar bn ishlashish bo'limi noziri qani? Shunda bizni davlatimizda bu qonuniy organlar uxlab yotishibdimi? Yo ular umuman hech qanday ish olib borishmaydi demoqchimi? |
Цитата:
|
Ҳмм...
Цитата:
|
Цитата:
Барча ота она фарзандларининг барча ишига аралашади. Укишига, юришига, кийинишига. Бола дунёга хеч нимани билмасдан келади, шунинг учун бу табиий. Урганиб олмагунига кадар ургатиш керак. 3 яшар бола хам хамма овкатни егиси келмайди. Бундай холда "уни эркини хурмат килишим керак, зурлаш мумкинмас" деб утирмаймизку. Факат конфет егиси келса хам шурваниям, кашани хам едирамиз. Турмуш куриш овкат танлашдан кура анча мураккаб масала. Кандай килиб шу пайтда билганини кил деб куйиш мумкин. Кейинчалик турмуши бузилса ота-она бари бир жони ачийдику. Ёки "узи танлади, буганича бусин" деган гап билан овуниб утира оладими? |
Цитата:
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Цитата:
|
Оффтоп: Цитата:
|
Клипга
Как земля носить таких людей. :KidRock_06:
|
Как вы думаете от чего это всё произошло?
Цитата:
Прославившаяся за пределами республики исполнением мировых хитов узбекская певица Зиеда попала в ДТП. 23-летняя певица госпитализирована в клинику Республиканского центра экстренной помощи в Ташкенте. Зиеда — единственная узбекская певица-исполнительница песен Русланы и Бритни Спирс. А исполненная ею «Хатуба» входит в мировую коллекцию самых известных восточных мелодий. http://news.mail.ru/inworld/uzbekist...50/?frommail=1 |
O'zi aslida...
Ba'zi ulomalar fikriga ko'ra... Nikohlanish oldida qanchalar suniy to'siqlar ko'paysa zino ko'payadi ekan. Shuning uchun ishlab chiqilgan qonunlar Nikohlanish uchun har tomonlama qulay va to'siqlar (poraxorlik, ta'magirlik singari) yo'q bo'lishi kerak.
|
| Текущее время: 13:10. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»