uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   Beshigida avliyolar yotgan elim (https://uforum.uz/showthread.php?t=16296)

albatros 08.09.2011 16:09

Beshigida avliyolar yotgan elim
 
Sir emaski bizning bugungi mustaqilligimiz asrlar davomida xalqimizning azaliy orzusini ro'yobidir. Ammo bu ulug' nemat o'z -o'zidan qo'lga kiritilmadi. Bu yo'lda qancha - qancha bobolarimizning zahmatlari yotibdi. Xususan o'tmishga nazar tashlasak ilm fan sohasida ham ular misli ko'rilmagan yutuqlarga erishgan. Bugungi kun yoshlari esa ularning ishlarini davom ettirib o'zlari ham ko'plab yutuqlarga ega bo'lmoqdalar. Ammo shu o'rinda xalqimizning buyuk allomayu-olimlarini qilgan ishlariga, fan yo'lida chekkan mashaqqatlari-yu, yutuqlariga bir nazar tashlasak...
Demak ushbu mavzuda xalqimizning buyuk insonlarini hayoti va ijodiga nazar tashlaymiz.

Kavsar 09.09.2011 00:09

Yaxshi mavzu ochibsiz. Masalan olamga ma'ruf bo'lgan hazrat Bahouddin Naqshband va u kishining asarlari haqida info qo'yib borilishini istardim, birinchi galda.

Hero 09.09.2011 10:22

Alisher Navoiy
(1441-1501)

1. Alisher Navoiyning yoshligi.
Alisher Navoiy 1441- yilning 9-fevralda Amir Temurning o`g`li Shohruh Mirzo shohligi davrida Xurosonning poytaxti hisoblanmish Hirot shahrida tavallud topdi. U G`iyosiddin Kichkina oilasida dunyoga keldi. G`iyosiddin Kichkina otasi temuriylar avlodidan edi. Shuning uchun Alisher Navoiy Husayn Boyqaro bilan emakdosh bo`llgan.Aliser Navoiyning bobosi Amir Temurning farzandi Umarshayx bilan emakdosh bo`lgan ekan. Alisher Navoiyning onasi amirzoda Shaayx Abusaid Changning qizi bo`lgan, lekin uning ismi ma`lum emas. u to`rt yoshga yetganida maktabga boradi. Alisher Navoiy o`z o`qishi va odobi bilan boshqalardan ajralib turar edi. G`iyosiddin Kichkina ham o`z farzandini yaxshi o`qitish uchun va savodxon qilish uchun astoydil harakat qilardi. Buning ustiga ularning uyida ko`pgina qalam axllari to`planishib, she`rlar o`qishar, san`at haqida bahs- munozaralar o`tkazishar edi. U badiiy adabiyotga erta ixlos qo`ygan edi.Alisher Navoiy Sa’diy Sheroziyning <Guliston> va <Bo`ston> kitoblarini, ayniqsa, Farididdin Attorning <Mantiq ut- tayr>(<Qush nutqi>) asarini sevib o`qir va yod olardi. Alisherning katta tog`asi shoir Mir Said Qobuliy, kichik tog`asi shoir va mashshoq Muhammad ali G`aribiy doim u bilan birga edi. Keyinchalik Alisherning bu ikki tog`asi temuriy podshoh Abu Said tomonidan o`ldirilganida shoirimiz juda qayg`uga tushadi. Alisher Navoiy asta- sekinli bilan adabiyot ahliga yoqa boshladi .Chunki o`sha davrning ko`zga ko`ringan shoirlari unga katta e’tibor berishayotgan edi.


2. Alisher Navoiyning yigitlik yillari.
1447-1449 yillarda Alisherning oilasi Iroqning Taft shahrida istiqomat qiladi. Chunki o`sha yillarda Movarounnahrda taxt uchun kurash avjida edi. Shoirimiz Iroqda Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisher Navoiy Ali Yazdiyning maslahat va duolarini olib, 1449-yilda Hirotga qaytishadi. 1457-yilda G`iyosiddin Muhammad podshoh Abulqosim Bobur saroyida xizmat qiladi va u Sabzavor hokimi etib tayinlanadi. Shoirimiz esa Mashhadda o`qishini davom ettiradi. 1457-yilda Abulqosim Bobur o`ladi. So`ngra taxtga Abusaid Mirzo keladi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho`ng`ib ketadi. Alisher esa Mashhadda o`qishini davom ettirdi. U yerda shoirimiz do`stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni aynan o`sha yerda uchratdi. Alisher 1464-yilda Hirotga qaytadi. Abu Said Alisherning ikki tog`asini o`ldirtiradi. Shoirimizning ota mulki musodara qilinadi, hatto yashab turgan uyini ham qoldirmaydi. Alisher shaharda qololmadi. Holbuki shoirning ijodi barq urgan davri edi. U Jomiydek inson bilan til topishib saboqlar oladi, mehrini qozongan edi. <Nuran mahdum> deb e’zozlanadigan mashhur shoir va olim ham siyosatdan o`zini uzoq tutar

Hero 09.09.2011 10:26

Alisher Navoiy
(1441-1501)

1. Alisher Navoiyning yoshligi.
Alisher Navoiy 1441- yilning 9-fevralda Amir Temurning o`g`li Shohruh Mirzo shohligi davrida Xurosonning poytaxti hisoblanmish Hirot shahrida tavallud topdi. U G`iyosiddin Kichkina oilasida dunyoga keldi. G`iyosiddin Kichkina otasi temuriylar avlodidan edi. Shuning uchun Alisher Navoiy Husayn Boyqaro bilan emakdosh bo`llgan.Aliser Navoiyning bobosi Amir Temurning farzandi Umarshayx bilan emakdosh bo`lgan ekan. Alisher Navoiyning onasi amirzoda Shaayx Abusaid Changning qizi bo`lgan, lekin uning ismi ma`lum emas. u to`rt yoshga yetganida maktabga boradi. Alisher Navoiy o`z o`qishi va odobi bilan boshqalardan ajralib turar edi. G`iyosiddin Kichkina ham o`z farzandini yaxshi o`qitish uchun va savodxon qilish uchun astoydil harakat qilardi. Buning ustiga ularning uyida ko`pgina qalam axllari to`planishib, she`rlar o`qishar, san`at haqida bahs- munozaralar o`tkazishar edi. U badiiy adabiyotga erta ixlos qo`ygan edi.Alisher Navoiy Sa’diy Sheroziyning <Guliston> va <Bo`ston> kitoblarini, ayniqsa, Farididdin Attorning <Mantiq ut- tayr>(<Qush nutqi>) asarini sevib o`qir va yod olardi. Alisherning katta tog`asi shoir Mir Said Qobuliy, kichik tog`asi shoir va mashshoq Muhammad ali G`aribiy doim u bilan birga edi. Keyinchalik Alisherning bu ikki tog`asi temuriy podshoh Abu Said tomonidan o`ldirilganida shoirimiz juda qayg`uga tushadi. Alisher Navoiy asta- sekinli bilan adabiyot ahliga yoqa boshladi .Chunki o`sha davrning ko`zga ko`ringan shoirlari unga katta e’tibor berishayotgan edi.

Hero 09.09.2011 10:28

2. Alisher Navoiyning yigitlik yillari.
1447-1449 yillarda Alisherning oilasi Iroqning Taft shahrida istiqomat qiladi. Chunki o`sha yillarda Movarounnahrda taxt uchun kurash avjida edi. Shoirimiz Iroqda Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisher Navoiy Ali Yazdiyning maslahat va duolarini olib, 1449-yilda Hirotga qaytishadi. 1457-yilda G`iyosiddin Muhammad podshoh Abulqosim Bobur saroyida xizmat qiladi va u Sabzavor hokimi etib tayinlanadi. Shoirimiz esa Mashhadda o`qishini davom ettiradi. 1457-yilda Abulqosim Bobur o`ladi. So`ngra taxtga Abusaid Mirzo keladi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho`ng`ib ketadi. Alisher esa Mashhadda o`qishini davom ettirdi. U yerda shoirimiz do`stlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni aynan o`sha yerda uchratdi. Alisher 1464-yilda Hirotga qaytadi. Abu Said Alisherning ikki tog`asini o`ldirtiradi. Shoirimizning ota mulki musodara qilinadi, hatto yashab turgan uyini ham qoldirmaydi. Alisher shaharda qololmadi. Holbuki shoirning ijodi barq urgan davri edi. U Jomiydek inson bilan til topishib saboqlar oladi, mehrini qozongan edi. <Nuran mahdum> deb e’zozlanadigan mashhur shoir va olim ham siyosatdan o`zini uzoq tutar edi. Alisher Paxlavon Muhammad va Sayyid Xasan bilan tanishadi. Alisher bu ikkisi haqida kitob yozadi. U Paxlavon Muhammadni <shamsul millat> (millat quyoshi)deydi. Sayyid Xasan Ardasherni esa <Bu faqir turk va sart orasida ondin tamomroq kishini ko`rmaydurmen>,-deya e`tirof etadi. Alisher shunday deb yozadi: Firdavsiy o`z <Shohnoma> sini 30 yilda yozgan bo`lsa, u o`shanday asarni 30 oyda yozishi mumkin. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan <Xamsa> si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yo`q. Ketaman desang etagingdan ushlaydigan umr yo`ldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan do`sting bo`lmasa

Hero 09.09.2011 10:29

Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning Samarqandga kelish sababini har kim turlicha talqin qiladi. Xondamir, o`qish uchun keldi, deydi. To`g`ri u Samarqandda din xuquqshunosi va faylasuf Fazlulloh Abulays qo`lida o`qidi. Zahiriddin Muhammad Bobur uni Abusaid surgun qildi, deydi. To`gri, Abusaid Alisherga yomon munosabatda edi. Shoir dastlab Samarqandda moddiy qiyinchiliklar ichida yashadi. Keyinroq unga shahar hokimi Ahmad Xojibek rag`bat va homiylik ko`rsatadi. Nima bo`lganida ham, Samarqand uning xayotida o`chmas iz qoldirdi. Nihoyat, Samarqand o`z go`zalligi bilan ham Navoiyni maftun etdi. Shoir uni <firdavsmonand> (jannatsimon)deydi va zavollikka yuz tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465-1466-yillar unin muhlislari she’rlarini to`plab, <Devon> tuzdilar. Bu kitob hozirda <Ilk devon> nomi bilan mashhurdir. 1468-yil oxirida Eronni egallash uchun bo`lgan jangda Abusaid Mirzo xalok bo`ladi. Husayn Boyqaro 1469-yilning boshida Hirotni qo`lga oladi va Samarqandga xat yo`llab, Navoiyni yoniga chaqiradi. Alisher eshitib Hirotga, do`stining oldiga yo`l oladi. Qaytgach shoir do`stining taxtga o`tirganiga atab <Hiloliya> qasidasini yozadi. Alisher Navoiy do`sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishini yangi oy (hilol) ga qiyos qiladi. Husayn Boyqaro uni muhrdor etib tayinlaydi. Alisher Navoiy 1469-1472- yillarda muhrdor lavozimida, 1472-1476- yillarda vazir (amir) bo`lib ishlaydi. Ilm-ma’rifat xomiysi Navoiy maktab va maorif ishlarga har doim katta e’tibor berdi. Mehnatkash xalq bolalarini o`qitish va tarbiyalash uchun va madrasalar tashkil etishni davlat oldidagi bosh masalalardan deb qaradi, ilm ahliga , muallimlarga muhabbat bilan munosabatda bo`lishga urindi va shunday bo`ldi.

Hero 09.09.2011 10:31

3. Alisher Navoiy davlat va jamoat arbobi.

Alisher Navoiy 1487-1488- yillarda Astrobodga hokim bo`ldi. Huayn Boyqaro Alisherni o`ziga yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va va buni nihoyatda qadrlar edi. Navoiy xizmatga ixlos va mehr bilan kirishdi. Abusaid Mirzoning o`g`li Yodgor Muhammad taxt uchun da’vo bilan chiqdi. Ular o`rtasidagi jangda Boyqaro g`alaba qozondi. So`ng 1470- yilda yurt bir muddat Yodgor qo`liga o`tdi. O`sha yilning o`zida Husayn Boyqaro Alisherning maslahatiga kirib, Yodgor Mirzoni Bog`i Zog`onda uxlab yotganida qo`lga oladi. Shundan so`ng yurtda osoyishtalik hukm suradi. U o`zining donishmandligi, tadbirkorligi bilan ko`plab g`alayonlarni oldini oldi, urushlarni yarashga aylantirdi. Uning bu fazilatlari, ayniqsa, vazirlik faoliyatida as qotdi. Alisher Navoiy o`ziningo`zbekcha she’rlariga <Navoiy> va fors-tojik she’rlariga <Foniy> deb nomlaydi. Bizga ma’lumki, Alisher Navoiyni < G`azal mulkining sultoni> deb atashadi. O`sha davrda ko`pgina shoir va olimlar o`zbek tilini ijod uchun noqulay va qo`pol til deb, fors tilida ijod qilishardi. Turkiy tilga mensimay qarash, uni fors tilidan past ko`rish odatga aylangan edi. Buni o`zgartirish uchun turkiy tilni davlat tili darajasiga ko`tarish lozim edi. Milliy g`urur tuyg`usi kuchli bo`lgan Husayn Boyqaro hukmdorli mavqeyidan kelib chiqib, davlat ishlarini turkiy tilda olib boorish haqida farmon chiqardi. Chunki ona tili mavqeini ko`tarish davlatchilik asoslarini mustahkamlash omillaridan biri hisoblanadi. Lekin birgina farmon bilan ish bitmasligi ayon edi. Amalda turkiy til imkoniyatlarini ko`rsatish, isbotlash talab qilinardi. Hal qilib bo`lmaydigan ishning o`zi yo`q deganlaridey, bu ish ham isbotlandi. Isbotlanganda ham, juda zo`r isbotlandi. Ganjaviyning 28 yilda, Dehlaviyning 2 yilda yozgan <Xamsa> asarini Alisher Navoiy turkiy tilda 2 yil ichida yozdi.

Hero 09.09.2011 10:37

4. Alisher Navoiyning <Xamsa> asari haqida.
Xamsa so`zining ma’nosi – beshlik degani. Xamsa bo`lishi uchun 5 ta dostondan iborat bo`lishi kerak: a) birinchi doston pand-nasihat ruhidagi ta’limiy- axloqiy, falsafiy bo`lmog`i lozim; b) ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatlariga bag`ishlanmog`i; d) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog`i; e) to`rtinchi doston shoh Bahrom haqida; f) beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog`i shart. Dehlaviydan qariyb 200 yildan so`ng yana bir buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bu Navoiy edi. Uning <Xamsa>si hech kimnikiga o`xshamas edi. Adibning fikricha, xalqqa uning o`z tilida, unga manzur asar yaratish lozim. Shoir og`ir va mas’uliyatli vazifani muvaffaqiyat bilan ado etdi. U 51 ming misradan ortiq besh dostonni 1483-1485- yillarda yozdi. <Xamsa> ning birinchi dostoni <Hayrat ul-abror> ( Yaxshi kishilarning hayratlanishi) – falsafiy asar. Aruzning sari’ bahrida yozilgan. Hajmi 3988 baytni o`z ichiga olgan 63 bobdan iborat. Bunda insoniylik, rostgo`ylik, to`g`ri so`zlik, axloqiy tarzida yozilgan. Ikkinchi doston <Farhod va Shirin> dostoni. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni <shavq dostoni> deydi. Sababi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va ulug`lanadi. Bu ishq esa insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o`zligini tanitadi, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Uchinchi doston <Layli va Majnun> da majoziy muhabbatning haqiqiy ishqqa eshligi o`zining go`zal badiiy ifodasini topgan. Navoiy bu asarida, ayniqsa, ruhiyat tasviriga alohida e`tabor qaratadi. To`rtinchi doston <Sab’ai Sayyor> ishqiy- sarguzasht qissasi. Bunda Bahrom va Diloromlarning munosabatlari bildirilgan. Bahrom go`r oviga haddan tashqari ruju qo`yganligidan, o`zining sevgan yori Diloromdan ayrilishi haqida. So`nggi doston <Saddi Iskandariy> ( Iskandar devori)
89 bob va 7215 baytdan iborat. Iskandar tarixdan shafqatsiz bo`lsa, adabiyotda u adolatparvar, donishmand inson.

Hero 09.09.2011 10:40

5. Alisher Navoiy haqidagi firlar, unga atab qo`yilgan joylar, u o`ziga yaqin olgan insonlar.
Millatimiz faxri bo`lmish Alisher Navoiy anchagina shoir-u olimlarning tiliga tushgan. Masalan, Abdurahmon Jomiy shunday deb yozadi:
Kechirsinlar forsiy tilda dur terganlar,
Dariy tilda nazm injusin kelturganlar.
Agar ul ham nazmin yozsa dariy tilda,
Qolmas edi so`z aytishga kuch hech elda.
Mavlono Lutfiy Alisherning quyidagi she’riga lol qolib;
Orazin yog`och, ko`zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo`ylakim, paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh.
Sunday deydi: <Valloh, agar muyassar bo`lsa edi, o`zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashtirardim va buni o`zimning katta yutug`im deb hisoblardim>.
Shoh va shoir Z.muhammad Bobur shunday deydi:
“ Tarixda ham hech kim turkiy tilda Navoiychalik <ko`p va xo`p> asarlar yozgan emas”.
Alisher uchun qadrli insonlar: Mavlono Lutfiy, Xorazmiy, Amiriy, Atoiy, Xaydar Xorazmiy, Sakkokiy she’rlari, Abulqosim Firdavsiy, Amir Xusrav Dexlaviy, Farididdin Attor, Jaloloddin Rumiy, Xoji Qirmoniylarning dostonlari, Rudakiy, Umar Xayyom, Sa’diy Sheroziy, Abdurahmon Jomiylarning devonlari.
Shoir haqida Oybekning <Navoiy> romani, <Guli va Navoiy> dostoni, <Alisherning yoshligi> qissasi, Uyg`un va Izzat Sultonning <Alisher Navoiy> dramasi va <Alisher Navoiy> filmi, L. Batning <Hayot bo`stoni> qissasi, Barot Boyqobilovning <Shukuhli karvon> she’riy romanlari ommaga ma`lum.
Alisher Navoiy 15 yoshida o`zining ikki misra she’ri bilan nafaqat, Mavlono Lutfiyning ko`ziga tushdi, balki, butun qalam ahlining nigohiga tushgan edi.

Hero 09.09.2011 10:44

Hozirda Navoiy viloyati, O`zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika Milliy bog`i, O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, Samarqand Davlat universiteti, Respublika opera va balet teatri, Toshkrntdagi temiryo`l bekati, Respublikamizdagi har bir viloyatning ko`cha va mahallalari ham bobomiz nomi bilan yuritiladi. Shoirning 1488-1501- yillardagi asarlari:
N0 Asarning nomi Yili
1. Tarixi muluki Ajam 1488- yil
2. Holati Sayyid Hasan Ardasher 1490- yil
3. Risolai muammo 1491- yil
4. Majolis un- nafois 1491-1493- yillar
5. Xamsat ul- mutahayyirin 1492-1494- yillar
6. Munshaot 1492- yil
7. Mezon ul- avzon 1492- yil
8. Holati Pahlavon Muhammad 1496- yil
9. Nasoim ul- muhabbat 1496- yil
10. Xazoin ul- maoniy devoni 1491-1498- yillar
11. Devoni Foniy 1491-1498- yillar
12. Lison ut- tayr 1498-1499- yillar
13. Muhokamat ul- lug`atayin 1498-1499- yillar
14. Mahbub ul- qulub 1500- yil
Diniy- axloqiy asarlar:
N0 Asarning nomi Yili
1. Nazm ul- javohir 1485- yil
2. Tarixi anbiyo va hukamo 1488- yil
3. Siroj ul- muslimim 1488- yil
4. Arbain 1489- yil

albatros 09.09.2011 11:02

Цитата:

Сообщение от Hero (Сообщение 607129)
Alisher Navoiy
(1441-1501)

1. Alisher Navoiyning yoshligi.
2. Alisher Navoiyning yigitlik yillari.
3. Alisher Navoiy davlat va jamoat arbobi.
4. Alisher Navoiyning <Xamsa> asari haqida.

So'z mulkining sultoni hazrat Mir Alisher NAvoiy haqida juda ham foydali va kerakli ma'lumotlarni yozibsiz. Bu kabi ma'lumotlar barcha -barchamizga shu jumladan oliy o'quv yurtlariga tayyorlanayotgan abituriyentlarimizga ham juda kerak bo'lgan ma'lumotlardir. Bu ma'lumotlaringiz uchun rahmat!

Hero 09.09.2011 11:57

Цитата:

Сообщение от albatros (Сообщение 607163)
Bu ma'lumotlaringiz uchun rahmat!

Raxmat. "AVESTO" haqida ozgina ma'lumot bor edi shuni kirgizsam nima deysiz

Nigora Umarova 09.09.2011 12:07

Цитата:

Сообщение от Hero (Сообщение 607214)
Цитата:

Сообщение от albatros (Сообщение 607163)
Bu ma'lumotlaringiz uchun rahmat!

Raxmat. "AVESTO" haqida ozgina ma'lumot bor edi shuni kirgizsam nima deysiz

Imkoni bo'lsa, buyuk shaxslarimiz haqidagi o'zbek internetida mavjud bo'lmagan ma'lumotlarni joylashtirsangiz. Ma'limotlar ham u yerda, ham bu yerda uchrasa o'z qiymatini yo'qotishi mumkin.
"Avesto" haqida mana bu yerda o'qishingiz mumkin. Saytni yaratish jarayonida o'quvchim onlab ilmiy manbalardan foydalangandi.

OmoN 11.09.2011 02:49

Оффтоп:
Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 607223)
Imkoni bo'lsa, buyuk shaxslarimiz haqidagi o'zbek internetida mavjud bo'lmagan ma'lumotlarni joylashtirsangiz.

Яъни мен ҳақимдаги маълумотларними :)

albatros 12.09.2011 11:49

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 608094)
Оффтоп:
Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 607223)
Imkoni bo'lsa, buyuk shaxslarimiz haqidagi o'zbek internetida mavjud bo'lmagan ma'lumotlarni joylashtirsangiz.

Яъни мен ҳақимдаги маълумотларними :)

Оффтоп:
Siz o'zingizni buyuk shaxsman deb hisoblaysizmi? Xo'sh buyukligingizni nimada ko'rish mumkin?

Hero 12.09.2011 12:26

Цитата:

Сообщение от albatros (Сообщение 608557)
Xo'sh buyukligingizni nimada ko'rish mumkin?

Yahshi fikr ma'nosi zo'r
Оффтоп:
qoyil

OmoN 12.09.2011 12:30

Оффтоп:
Цитата:

Сообщение от albatros (Сообщение 608557)
Siz o'zingizni buyuk shaxsman deb hisoblaysizmi? Xo'sh buyukligingizni nimada ko'rish mumkin?

Масалан Сиздан фарқли ўлароқ мана бу - :) смайлик ва OFFTOP тэгининг маъносини тушунаман.

albatros 12.09.2011 13:30

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 608603)
Оффтоп:
Цитата:

Сообщение от albatros (Сообщение 608557)
Siz o'zingizni buyuk shaxsman deb hisoblaysizmi? Xo'sh buyukligingizni nimada ko'rish mumkin?

Масалан Сиздан фарқли ўлароқ мана бу - :) смайлик ва OFFTOP тэгининг маъносини тушунаман.

Оффтоп:
Ha albatta. Hech kimni aqli yetmaydigan ishlarni bajara olar ekan siz. Sizni buyuklar qatoriga qo'shsa bo'lar ekan. Mavzudan chetga chiqmagan holda ushbu mavzuga oid kerakli ma'lumotlarni kiritsangiz yana bir marotaba sizni buyukligingizga ishonch hosil qilar edik.

albatros 16.09.2011 10:45

Xalqimiz tarixida fan va madaniyat sohasida o'chmas iz qoldirgan insonlar haqida ziyonet portalining arboblar bo'limi orqali ham ko'pgina ma'lumotlarni o'qishingiz mumkin.

Hero 17.09.2011 09:00

Вложений: 1
Цитата:

o'qib chiqing maktab miqiyosida ommalshtirsam bo'ladimi?
Оффтоп:
agar hato bo'lsa yoki biron fikriz bo'lsa ochiq-oydin yozinglar!

OmoN 18.09.2011 02:03

Цитата:

Сообщение от Hero (Сообщение 611753)
agar hato bo'lsa yoki biron fikriz bo'lsa ochiq-oydin yozinglar!

Хўп. Мана:
Жумлалар ғализ тузилган. Мисол:
1) Биринчи бетда
Цитата:

«Халк калбидан жой олган Сиймо»
З.М.Бобурнинг
-нинг қўшимчаси ортиқча.
2) 4-бет:
Цитата:

Чунки у шунча дахшатлардан, шунча кулфату фалокатларни бошдан кечиришга карамай
-дан қўшимчаси ортиқча.
3) 8-бет:
Цитата:

Уз ватанини ташлаб кетгач ва чет элларда яшашга мажбур булган Бобур уз такдиридан нолийди.
Гап "Ўзи ватанини ташлаб кетиб чет элларда яшашга мажбур бўлган Бобур..." шаклида тузилса "чиройлироқ" бўларди.
.........
Мана бу шаклдаги хатолар ҳам учраб туради (4-бетда):
Цитата:

Темурий хукумдорлигининг сунги намаёнларидан бири.
Имло хатоларига келсак - агар MS Word матнни ўзбек тили грамматикаси қоидалари асосида текширганида ҳам матн худди шу расмдагидай қизил чизиқлар билан бўялган бўларди (албатта расмдагичалик кўп эмас лекин деярли ҳар бир қаторда қизил чизиқ бўларди).
https://img.uforum.uz/thumbs/wpmslxs4810306.jpg
ў, қ, ғ, ҳ лар ва "опечатка"ларни бирма-бир санаб чиқиш шарт эмасдир.
ПС: Охиригача ўқимадим. 8-бетгача кўз югуртириб чиқдим холос.

Hero 19.09.2011 08:09

Raxmat Omon aka albatta hatolarim va kamchiliklarimni taxlayman

albatros 14.10.2011 11:23

Abu Ali Ibn Sino va uning asarlari haqida.
 
Jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Abu Ali ibn Sino O’rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan vatandosh allomalarimizdan biri hisoblanadi. U 370 –hijriy yili safar oyining boshida (980 – yil avgust oyining ikkinchi yarmida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga keladi, besh yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt - Buxoroga ko’chib keladi va uni o’qishga beradilar. Ibn Sino avval Qur’on, til va adabiyot darslarini o’qiydi va o’n yoshga yetar –yetmas bu darslarni to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u mantiq, hisob, aljabr, handasa va falakiyot bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan birga Ibn Sino tabiiy fanlarni, xususan sevib o’rgnadi. U o’zining tug’ma iste’dodi va favqulotda mehnatsevarligi tufayli darslarini osonlik bilan o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan narsalarni ham kitobdan mustaqil o’qib o’rganardi.. Ayniqsa tib ilmida u juda tez kamol topa boshlaydi. “Tib ilmi – deb yozadi Ibn Sino o’z tarjimai holida , - qiyin ilmlardan emas, shu sababdan qisqa muddat ichida bu (fanga juda) ilg’orlab ketdim, endi hatto bilimdon tabiblar ham kelib huzurimda tib ilmidan saboq oladigan bo’ldilar. Bemorlarni ham davolab turardim va (shu yo’sinda) orttirgan tajribalarim natijasida muomila eshiklari menga shu qadar (keng) ochilib ketdiki, uni ta’riflab berish qiyin”.
Ibn Sino o’n yeti yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida dong chiqardi. O’sha kezlarda Somoniylar davlatining boshlig’iNuh ibn Mansur kasal bo’lib, saroy tabiblari uni davolashda ojiz edilar. Buxoroga yangi chiqqan yosh tabibning ovozasi saroga ham yetib borogan edi, uni amirni davolashga taklif qiladilar va uning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu kutubxona o’sha vaqtda butun ‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Bir necha yil davomida kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o’z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradiki, u davrda shu qadar bilimga ega bo’lgan boshqa bir kishini toppish mushkul edi.
Ibn Sino o’z davridagi olimlar, jumladan, Abu Rayhon Beruniy bilan bo’lgan ilmiy munozaralari taxminan shu yillardan boshlanadi. U o’zining birinchi yirik asarlarini ham Buxoroda 1000 – 1001 yillarda yozgan.
999-yili Qoraxoniylar Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini yiqitadilar. Bundan tashqari, ayrim feudal hukmronlari orasida o’zaro urushlar hamon tinmay davom etar va bu voqealar Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirishda hech qanday sharoit qoldirmagan edi. Buning ustiga 1002-yili Ibn Sinoning otasi vafot etadi. Oqibatda Ibn Sino Buxoroni tark etib, Xorazm(Urganch)ga ketadi.
Xorazm ham O’rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo’lib,,XI asrning boshlarida u yerda ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. O’sha vaqtda Urganchda ko’pgina zamonasining taniqli olimlari yashar va ijod etar edilar, buyuk Abu Rayhon Beruniy(973-1048) shular jumlasidandir.
O’sha vaqtdagi g’aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998-1030) Xorazm yerlarini o’z davlatiga qo’shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo’lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010-1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xuroson tomon yo’l oladi va KAsbiy dengizining sharqi – janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi. Bu yerda u Abu Ubayd Juzjoniy bilan tanishadi, shundan boshlab u yigit Ibn Sinoga eng yaqin va sodiq shogird bo’lib qoladi hamda ustozining oxirgi nafasigacha undan ajralmaydi.
Ko’p o’tmay Ibn Sino Gurgonda o’zining ilmiy ishlari va abiblik faoliyatini yana boshlab yuboradi. Tabobatga oid mashhur asari “Kitob al-qonun fi-tib” (“Tib qonunlari”)ning birinchi kitobini va ba’zi bir boshqa asarlarini yozishga kirishadi.
1014- yili Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Qazvin shaharlarida turgandan keyin HAmadonga keladi va buvahiylar hukmdori Shams ad-davla (997-1021) xizmatigakiradi- oldin saroy tabibi bo’lib ishlaydi, so’ngra vazirlik mansabiga ko’tariladi. Davlat ishlari bilan band bo’lishiga qaramay ilmiy ishlarni davom ettiradi va qator asarlar yaratadi, o’zining yirik falsafiy qomusi “Kitob ash-shifo”ni shu yerga yozishga kirishadi. Yuqoridagi nomi zikr etilgan Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi bo’lgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va bir necha bor ta’qib ostiga olinib, hatto hibsga yotishlar olimning salomatligiga ta’sir etmay qolmadi. U 28 hijriy yilning ramazon oyida (1037-yilning iyunida) 57 yoshida Hamadonda vafon etdi. Uning qabri hozirgacha saqlanib qolgan.
Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga oid asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo’lsa ham, zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi yo’qolib ketgan va bizgacha 242 tasi yetib kelgan. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tabiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1tasi riyozotga, 1tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan.
Olimning bizgacha yetib kelgan umumiy falsafaga oid eng yirik asari va muhim asari “Kitob ash-shifo” deb atalgan. Uni o’z davrining ilmiy qomusi desa bo’ladi.U 4 qismdan iborat: 1) Mantiq; 2)tabiiy fanlar; 3)riyoziyot; 4) ilohiyot. Bu asarni arabcha matni qsman bir necha marta nashr etilgan bo’lsa ham, u biror tilga hali to’la ravishda tarjima etilmagan, faqat ayrim bo’limlariginaturli g’arb va sharq tillarida chop etilgan.

albatros 14.10.2011 12:15

Abu Ali Ibn Sino va uning asarlari haqida.
 
II

Falsafaga oid ikkinchi asari “Kitob an-najot” (“Najot kitobi”) bo’lib, unda “Kitob ash-shifo”ning mazmuni qisqartirilib bayon etilgan.
Ibn Sinoning eng so’ngi yirik falsafiy asari “Al-ishorat va-t-tanbihot”(“Ishoralar va tanbehlar”) bo’lib, unda olim falsafaning asosiy masalalarini qisqa iboralarda bayon etgan.
Ibn Sinoning eng so’ngi yirik falsafiy asarlaridan eng muhimi “Donishnoma”(“Bilim kitobi”) hisoblanadi. Bu asarning forscha matni va ruscha tarjimasi nashr etilgan.
Ibn Sino bu asarlarida o’zidan oldingi va o’z davridagi tabiiy fanlar va falsafaning yutuqlaridan foydalangan holda shunday bir falsafa yaratdiki, bu falsafani o’rta asr Sharqidagi nazariy bilimlarning eng yuqori cho’qqilaridan biri deb ta’riflash mumkin.
Fanlarni ma’lum bir tartibda turkumlarga ajratish, ya’ni ularni tasniflash tabiatshunoslikning muhim va asosiy masalalaridan biri, uni hal qilish uchun ma’lum bir falsafiy nuqtai nazardan yondoshish talab etiladi. Shuning uchun ham bu masala bilan doimo o’z davrining buyuk mutafakkirlari bosh qotirib kelganlar. Ibn Sino ham bu muhim masala bilan shug’ullanib, ma’lum qoidalarga asoslangan o’ziga xos tasnif tuzgan.
Ibn Sinoning falsafiy ta’limotlari faqat Sharqdagina emas, balki G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ham keng yoyildi va Uyg’onish davrida ilmiy dunyoqarashning vujudga kelishida katta ahamiyatkasb etdi.
Ibn Sinoning tabobat fani sohasidagi xizmatlari ayniqsa buyukdir U o’z asarlarida eng qadimdagi fanlardan biri bo’lgan tibbiyotning o’zidan oldingi ming yillik taraqqiyotiga yakun yasabgina qolmay, uni yangi yuqori bosqichga ko’tardi, hatto bu fanning keyingi asrlarda erishgan bir qancha yutuqlarini oldindan ko’ra bildi.
Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan tibbiy asarlari 30 dan oshadi. SHulardan asosiylari o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.
Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh asari “Kitob al qonun fi-t-tib” (“Tib qonunlari”) kitobi hisoblanadi. O’z davridagi tibbiyot faning mufassal qomusi hisoblanagan bu asarda inson sog’lig’i va kasalliklariga oid bo’lgan barcha masalalar mantiqiy tartibda to’la bayon etilgan. “Qonun” 1012-23 yillar mobaynida yozilgan bo’lib, uning qo’lyozma nusxalari tezlik bilan tarqaladi.
Bu asar ko’p o’tmay Yevropaga ham yetib keladi. XII asrdayoq Kremonalik Gerard(1114-1187) “Qonun”ni arabchadan lotin tiliga tarjima qiladi va shundan keyin Yevropa dorulfununlarida tabobat faniIbn Sino asarlari bo’yicha o’qitila boshlaydi. “Qonun” o’zining asosiy qo’llanma va darslik sifatida qiymatini 500 yilldan ortiq vaqtgacha saqlanib qoldi. Birinchi bor u Uyg’onish davridagi insonparvarlik markazlaridan biri bo’lgan Strasburg shahrida 1473 yili bosilib chiqadi. Umuman “Qonun” 40 martadan ortiq to’la holda nashr etilgan. Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir.
Uning arabcha matni 1593 yiliyoq Rimda nashr etilgan edi. Keyinchalik XIX asrda bir necha bor qaytadan bosildi. “Qonun”ning ayrim qismlari ingliz, nemis va fransuz tillariga ham tarjima qilingan bo’lsada, bu munim asar keying vaqtlargacha hozirgi zamon tillaridan birortasiga to’la holda tarjima qilinmagan edi. Bu qiyin va ma’suliyatli ishni o’zbek sharqshunoslari tabiblar bilan hamkorlikda amalga oshirdilar: “Qonun”ning beshala kitobi o’zbek va rus tillarida 1954-61yillar mobaynida Toshkentda nashr etildi. 1980 yili Ibn Sino tug’ilganiga 1000 yil to’lishi munosabati bilan “Qonun”ning ikkinchi tuzatilgan nashri e’lon qilindi.

Nigora Umarova 14.10.2011 13:18

[MOD]albatros, forumda muhokama uchun mavzular joylashtirib boriladi. Shunday ekan, Sizdan iltimos, yuqoridagi ikki xabaringiz ko'rinishidagi xabarlarni www.fikr.uz saytiga joylashtirsangiz maqsadga muvofiq bo'ladi.[/MOD]

albatros 14.10.2011 21:45

Цитата:

Сообщение от albatros (Сообщение 626367)
Abu Ali Ibn Sino va uning asarlari haqida.

Оффтоп:

Ushbu ma'lumotlarni tayyorlashda Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” (Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.1993-yil.
1-jild. Ubaydulla Karimov. Hamidulla Hikmatullayev) kitobidan foydalanildi.

Fayzbek 11.03.2012 19:25

Beruniy
 
Цитата:

Сообщение от albatros (Сообщение 626337)
Ibn Sino o’z davridagi olimlar, jumladan, Abu Rayhon Beruniy bilan bo’lgan ilmiy munozaralari taxminan shu yillardan boshlanadi. U o’zining birinchi yirik asarlarini ham Buxoroda 1000 – 1001 yillarda yozgan.
999-yili Qoraxoniylar Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini yiqitadilar. Bundan tashqari, ayrim feudal hukmronlari orasida o’zaro urushlar hamon tinmay davom etar va bu voqealar Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirishda hech qanday sharoit qoldirmagan edi. Buning ustiga 1002-yili Ibn Sinoning otasi vafot etadi. Oqibatda Ibn Sino Buxoroni tark etib, Xorazm(Urganch)ga ketadi.
Xorazm ham O’rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo’lib,,XI asrning boshlarida u yerda ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. O’sha vaqtda Urganchda ko’pgina zamonasining taniqli olimlari yashar va ijod etar edilar, buyuk Abu Rayhon Beruniy(973-1048) shular jumlasidandir.
O’sha vaqtdagi g’aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998-1030) Xorazm yerlarini o’z davlatiga qo’shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo’lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010-1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xuroson tomon yo’l oladi va KAsbiy dengizining sharqi – janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi.

Биз арабча манбаларда Абу ал-Райҳон(Кунья:Райҳоннинг отаси) Муҳаммад ибн Аҳмад(Муҳаммад Аҳмад ўғли) ал-Беруний ал-Ҳоразмий (Нисби:Ҳоразмда шаҳар ташқарисида туғилган) кўринишида келадиган қомусий олим номини форсчасига Абу Райҳон Беруний кўринишида таниймиз. Сабаби 70 йил давомида Собиқ Шўро тузуми вақтида Пайғамбаримиз исмларини ва Динни ерга уриш, иложи борича Муҳаммад ва Аҳмад исмларини халқ назаридан йироқлаштиришга ҳаракат қилинди. Бундай ҳолатларни Соҳибқирон Амир Темур, Мирзо Улуғбек, ал-Ҳоразмий сиймоларида ва исмларида ҳам кўриш мумкин. Шу ўринда Ислом Каримовнинг очиқчасига айтган ушбу сўзларини келтириш жуда жоиз деб биламиз:
“Совет давридаги ёзилган тарихни ўқитишга мутлақо қаршиман. Мустамлакачи қачон қарам бўлган халқ ҳақида холис ва адолатли фикр айтган! Улар бор куч-ғайратларини Туркистоннинг ўтмишини камситишга, бизни тарихимиздан жудо қилишга сарфлаганлар”

Олимни ўз номи билан Муҳаммад ал-Беруний ёки Муҳаммад ибн Аҳмад ал-Беруний номи билан аташ вақти келмадимикин?

Бу ҳақида фикрларингизни кутиб қоламан Ҳурмат ва эҳтиром ила Файзбек.

Fayzbek 12.03.2012 13:27

Kunya, ism, nisbi haqida tushunchalar...
 
70 йил давомида қилинган илмий ишлар араб ва форс тилларини мукаммал билмайдиган мутахассислар ва сиёсий ўйинлар сабаб кўпгина ҳатолар мавжуд. Бу ҳатоларни тўғрилаш бизни зиммамизга тушмоқда. Абу ал-Райҳон атамаси китобларда фарзанди исми ёки жой номи дея келтирилади. Араблар Пайғамбаримизни ҳам куньялаб Абу ал-Қосим яъни Қосимни отаси дея аташган.
Муҳаммад ибн Аҳмад асл исми бўлиб топилади. Иккаласи ҳам пайғамбаримиз исмидир.
Ал-Беруний ал-Ҳоразмий нисби бўлиб бу ҳақида ҳар-хил манбаларда турличадир. Бирун - шаҳардан ташқарида маъносини англатади дейилса, Ҳиндостонда ёки эрондаги афсонавий Бируни қишлоғи ҳаттоки Бурунли-бурни катта маъносида деган фикрлар учрайди. Лекин бунга Ибн Сино билан ёзишмалари нуқта қўяди яни унинг Ҳоразмлик эканини тасдиқлайди.

Tulqin Eshbekov 14.03.2012 06:02

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 612089)
шаклида тузилса "чиройлироқ" бўларди.

Мана шундай таҳлилий фикрлар ҳамманинг фикрини бойитади. Хатоларимизни шундай дўстона кўрсатиб боришимиз мақсадга мувофиқдир. :)

Fayzbek 16.03.2012 01:12

Ҳоразмийлар
 
Цитата:

Сообщение от Tulqin Eshbekov (Сообщение 704920)
Мана шундай таҳлилий фикрлар ҳамманинг фикрини бойитади. Хатоларимизни шундай дўстона кўрсатиб боришимиз мақсадга мувофиқдир. :)

Бу гапингизга қўшиламан. Мен юқорида сўз юритаётган мавзуда журналистлар ҳам кенгроқ ОАВ да сўз юритса яхшироқ бўлармиди. Бир куни бир ўқитувчи интерактив метод орқали дарс ўтиш учун талабаларга икки варақли кундалик методи бўйича Хоразмий ижодини ўрганиб келишни топширади. Кейин ўзи Муҳаббатномани ёзган Ҳоразмий бўйича тайёрланади. Ўқувчилар эса кимидир Муҳаммад ибн Мусо Ҳоразмий, қайсиси Комил Ҳоразмий яна бошқалари бошқасин ёзиб келган. Бири ал-Жабр вал муқобалани ёзган деса яна бири бошқасини даво қилади. Ўқитивчи тилшунос эмасми Муҳаббатномани ёзган Ҳоразмийдан бошқа Ҳоразмий йўқ деб ўйлаган экан. Бу бўлган воқеа, шундан кейин ўша ўқтувчи келиб мендан И-нет орқали ҳамма Ҳоразмийлар ҳақида маълумот йиғиб беришни илтимос қилди. Сабаби Собиқ иттифоқ даврида Муҳаммад исмини иложи борича халққа эълон қилинишдан тийилишди. Бу ҳолат А. Темур, Улуғбек, ал Ҳоразмий, ал Беруний сингари олимлар исмларида ҳам мавжуддир.

Tulqin Eshbekov 16.03.2012 02:10

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 705994)
ҳамма Ҳоразмийлар ҳақида маълумот йиғиб беришни илтимос қилди.

Бу илтимос қай тариқа бажо келтирилди? (Узр, мен кўрмай қолгандирман). Маъқул топсангиз, ўша маълумотларни яна ўқувчилар эътиборига ҳавола этсангиз...

Fayzbek 16.03.2012 10:57

Ҳоразмийлар
 
Цитата:

Сообщение от Tulqin Eshbekov (Сообщение 706005)
Бу илтимос қай тариқа бажо келтирилди? (Узр, мен кўрмай қолгандирман). Маъқул топсангиз, ўша маълумотларни яна ўқувчилар эътиборига ҳавола этсангиз...

Масалан:
Абу ал-Ҳаким Муҳаммад ибн Абд ал-Малик ал-Салиҳий ал-Ҳоразмий ал-Катий
Муҳаммад ибн Абд ал-Малик ал-Катий(Муҳаммад Абдулмалик Ўғли Катий) - Ҳоразмда Кат қишлоғида туғилган. Бағдодда яшаб ижод қилган. Мусулмон кимёгари. Машҳур асари: “Айн ал-Санъа ва авн ал-Суньа” бўлиб Санъат ва Ҳунармандчилик ҳақида. Бу китоб темирчилик ва ҳунармандчилик соҳасида ўз даврида асосий қўлланма бўлган.
(Ижодий чўққига 1034 йиллар чиққан)

Tulqin Eshbekov 18.03.2012 06:49

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 706082)
Абу ал-Ҳаким Муҳаммад ибн Абд ал-Малик ал-Салиҳий ал-Ҳоразмий ал-Катий

Исм-шарифларнинг шу тарзда ёзилишига ўзингиз қандай қарайсиз?

Fayzbek 18.03.2012 23:24

Ҳоразмийлар
 
Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Мусо ал-Ҳоразмий (783 – 850йй.) Матеметик олим сифатида танишади. Машҳур асарларидан бири Ал-жабр ва ал муқобала.

Абу Бакр Муҳаммад ал Ҳоразмий (935-1002йй.) Тилшунос олим. X асрлар оҳирида Кўҳна урганчда туғилган. Таълимни Ҳоразмда олади.

Шайх Камолиддин Ҳусайн ал-Хоразмий (Махдумий) XV асрнинг охири ва XVI асрнинг биринчи ярмида Хоразмда яшаган мутасаввиф олим ва иқтидорли шоир. Мир Алишер Навоий асарларида Уни Мавлоно Ҳусайн ал-Хоразмий дея атайди ва унинг устози
Хожа Абул Вафо Хоразмий эканинини айтиб ўтган.

Fayzbek 18.03.2012 23:30

Арабча ёзилган исмлари ҳарфлари ўрнига фақат кирилл ҳарфлари қўйилган.
 
Цитата:

Сообщение от Tulqin Eshbekov (Сообщение 706954)
Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 706082)
Абу ал-Ҳаким Муҳаммад ибн Абд ал-Малик ал-Салиҳий ал-Ҳоразмий ал-Катий

Исм-шарифларнинг шу тарзда ёзилишига ўзингиз қандай қарайсиз?

Абу ал-Ҳаким (Куня) Муҳаммад ибн Абд ал-Малик(исми,отаси исми) ал-Салиҳий ал-Ҳоразмий ал-Катий(Нисби) Тўлиқ келтирилганига сабаб исмлари чалкаштирилмаслиги учун. Менга қолса фақат Муҳаммад ибн Абдулмалик ал-Хоразмий дея аташ ўнғайроқ, ва тўғри бўлади.

Tulqin Eshbekov 19.03.2012 06:09

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 707335)
Менга қолса

Бугунги исми шарифларимизнинг ёзилиши ҳақида ҳам баҳслар бўлганди ва ҳозир ҳам давом этмоқда. Шу масалада фикрингизни билмоқчи эдим...

Fayzbek 19.03.2012 09:32

Матбуот...
 
Цитата:

Сообщение от Tulqin Eshbekov (Сообщение 707399)
Бугунги исми шарифларимизнинг ёзилиши ҳақида ҳам баҳслар бўлганди ва ҳозир ҳам давом этмоқда. Шу масалада фикрингизни билмоқчи эдим...

Масалан: Муҳаммад ал-Берунийни ҳамма Абу Райҳон Беруний(Форсча) ёки Ҳўжа Абу Райҳон(Арабчасига кунялаб) танишади.
Шунингдек Муҳаммад ибн АбдулМалик ал-Хоразмийни эса ал-Катий дея танишади.
Шу исмларни тўлиғича ёки ўзимиз миллийлигимизга мос ҳолатда қайта шакллантириш ва уларнинг асл исмларини ишлатганда кўпчилик ҳайрон қолиб бу ким экан деб ўйламасликлари учун матбуот бу ҳақида маълумотлар бериб туриши керак.

abdurahmonaka 19.03.2012 16:34

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 707448)
ўзимиз миллийлигимизга мос ҳолатда қайта шакллантириш ва уларнинг асл исмларини ишлатганда кўпчилик ҳайрон қолиб бу ким экан деб ўйламасликлари учун матбуот бу ҳақида маълумотлар бериб туриши керак. __________________

Ана шундагина биз Европага хос қўшимчалардан холос бўламиэ

Fayzbek 19.03.2012 18:24

Фикрингиз...
 
Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 707448)
Цитата:

Сообщение от Tulqin Eshbekov (Сообщение 707399)
Бугунги исми шарифларимизнинг ёзилиши ҳақида ҳам баҳслар бўлганди ва ҳозир ҳам давом этмоқда. Шу масалада фикрингизни билмоқчи эдим...

Масалан: Муҳаммад ал-Берунийни ҳамма Абу Райҳон Беруний(Форсча) ёки Ҳўжа Абу Райҳон(Арабчасига кунялаб) танишади.

Абу Райҳон Беруний(форсчасига) бу СССР давридаги шартли номланиш сабаби Тожикистон иттифоқ таркибида эдида. Бируни(Biruni) бўлса Ғарб давлатлари тарафидан қабул қилинган. Биз ўз миллийлигимиздан келиб чиққан ҳолда Муҳаммад ибн Аҳмад ал-Беруний деб аталса фақат Муҳаммад ибн Аҳмад деб аталиши тушинмовчиликлар келтириб чиқади. Бунга фикрингиз қандай?

workerbeeviii 19.03.2012 20:13

Қандай бўлса шундайлигича ёзиш керак. Акс ҳолда бу тушунмовчиликлар келтириб чиқаради.


Текущее время: 16:14. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»