![]() |
Gap haqida gaplar
Qitiqlaydigan gaplar
Har gapga farishta omin deydi... Onamning aytgani O`zbekona har bir gapimiz zamirida olam-olam ma’no mujassam. Ularning ma’nosini qancha teran anglasangiz fikr sandig`ingiz shuncha boyiydi. Har qanday suhbat-u hangomada topib gapirganlar hech qachon yutqazmaydi! Gapidan adashganlargina yutqazishi mumkin! Chunki ular hayotda ham adashishlari hech gapmas. Gapini eplagan tinglashni ham biladi! Ba’zilar qaerda qanday so`zlashni bilmaydi. O`rinsiz aytilgan gap qanaqa oqibatlarga olib kelishi haqida ko`pincha o`ylab ham o`tirmaydi. So`ng, hamma balo tilimdan, degan bilan o`rniga tushadimi? Nechundir oilada ham, jamiyatda ham yoshlarga eplab gapirishni o`rgatish o`rniga unga qarshi kurashamiz. Ota-ona farzandiga “kam gapir” deb tarbiya bersa, maktabda o`qituvchisi jim o`tirishga majbur qiladi. Talabalarga “tilni tiyish”ni eslatib turamiz. Shu zaylda ketaversak, ular gapirish san’atini qachon, kimdan o`rganadi? Faqat jim yurish oqibati nimalarga olib kelishini deyarli o`ylamaymiz... Axir, tili chiqib, ongi shakllanayotgan yoshlarga muomala madaniyatini o`rgatish tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri emasmi? Shayx Sa’diy ta’biri bilan aytganda: “Ikki hol aqlsizlik: gap kelganda gapirmay, Zarur chog`da jim turmay, bo`lib ketish so`zamol”. (Davomi bor) :187: |
Qitiqlaydigan gaplar
Ulug` shoir Alisher Navoiyning “Izzat tilay desang, kam de” degan shoh satrlari mudom e’zozlanadi! Izzatini bilganlar bu o`gitga rioya qiladilar. Hamma shu falsafaga itoat etgan taqdirda, nimaga erishamiz, deguvchilar ham yo`q emas. Ular, izzat-hurmat deganlari yaxshi bo`lardi-yu biroq, nimanidir boy berib qo`ymaymizmi, deya iddao ham qilishadi. Ularga javoban bir “o`zlashgan” maqol: tilni tiygan boy bo`ladi! Yoshlikdan yaxshi gapga o`rganmaganlar hayotda yomon gaplar girdobida qolib ketishi hech gapmas. Demak, yoshlarga chiroyli gapirishni o`rgatsak maqsadga muvofiq bo`lardi! Ish bilguncha gap bil, degan iddaoni kim qanday tushunadi, bilmadimu, biroq, dunyoviy tillarni puxta o`rganganlar hech qachon yutqazmaydi. (Davomi bor) |
Qitiqlaydigan gaplar
Shu o`rinda gap atalmish buyuk ma’naviy ne’matning yaralishi, ibtidosi-yu intihosiga nazar tashlaylik. Bilamizki, dunyo asli so`zdan yaralgan. Ollohning “Bo`l!” degan kalomidan olam, yana “Bo`l!” deganida dunyo, so`ng tog`lar, daryolar, jonzotlar, Odamato yaralgani qadimiy kitoblarda yozib qo`yilgan. Hozir ham biror odam gap-so`zsiz tug`ilmaydi. Ya’ni, bo`lg`usi ota-onalar ahdu-paymon qiladilar, nikoh o`qitadilar. To`ydagi tilaklar, o`lanlar... Bular har bir tug`ilajak inson hayotining ibtidosidagi buyuk gaplar! Bo`lmag`ur gaplar bilan tug`ilganlar ham yo`q emas. Ular “turli mish-mish bilan dunyoga kelgan”i mashhur she’rda yozilgan! Bu – g`iybat qilib yurgan nusxalarga berilgan bahodir. (Davomi bor) |
Qitiqlaydigan gaplar
Hamma “inga”lab tug`iladi, pichirlab o`ladi. Inson ko`p ishga ulgurmasa-da umri bo`yi gapiradi va tinglaydi. Bemorga shifokorning dorisidan ko`ra ko`proq gapi malham. Tili shirin xotinning eri hech qachon kasal bo`lmaydi. Tilini tiymagan xotin tul qoladi... Birov topib, birov qopib gapiraveradi. Dunyoda biror ish gap-so`zsiz bitmaydi! Dunyo taraqqiyotida ilg`or fikrlar hosilasi bo`lgan gaplar o`rni alohida! (Davomi bor) |
Цитата:
Shu joyida, ko'p gapirmay, bo'ladigan ishni qil deb aytib o'tish ham kerak,menimcha, fikr tugallangan chiqar edimi?! |
Qitiqlaydigan gaplar
Aqli raso insonlar gap-so`z bo`lishdan qo`rqib yashaydilar... Boshlig`ining bir og`iz gapidan miyasiga qon quyilib ketganlar qancha? Gap bo`lmasa, janjal ham chiqmaydi. Gapsiz na quvonch, na baxtga erishasiz... Dunyodagi eng boy-badavlat odam ham yaxshi gapning gadosidir. Yaxshi gapga ot, it, mushuk va boshqa jonivorlar ham erkalanadi. Har bir insonni so`nggi manzilga kuzatish esa gap-so`zsiz bo`lishi mumkin emas. Rozi-rizolik, vasiyat qilish, aytib yig`lashlar, janazadan tortib, hatto qabristondan qaytishdagi “Yaxshi odam edi” deyishlar, so`ng behisob tilovatlar yurakka taskin beruvchi gaplardir! U dunyoda ham gapdan qutulmas ekanmiz. Munkarnakir bilan savol-javob bo`lar emish... (Davomi bor) |
Цитата:
|
Цитата:
U dunyo deb, islom olamida jannat va do'zax tushuniladi. Jannatda esa o'z navbatida gap bo'lmaydi, u yerda huzur va xalovat bo'ladi, lazzatlanish bo'ladi, Qur'on tilovati bo'ladi...Sizu-biz o'ylaydigan "gap-soz" hammasi bu foniy dunyoda... Do'zaxda esa abadiy azob-uqubat..."gap-soz'"gacha hali bor u yerda... Menimcha, "qitiqlaydigan gaplar" turkumiga u dunyoni kiritmay tursangiz bo'ladi.... |
Qitiqlaydigan gaplar
Savobu gunoh, umr mazmuni asosan gap bilan!.. E’tiqodli kishining ibodati – gap! Ular Ollohning kalomi (gapi!) Gapga qanchalik tashnaligimizni gap degan bazmlardan bilsa bo`ladi. Dilga malham gaplar jozibali she’riy satrlarga aylangach, qo`shiq qilib kuylanadi! Ba’zi vajohatli gaplar jarohatlarga aylanadi… Hayot atalmish mo`’jizaning ibtidosidan intihosigacha gap! Shunday ekan, doimo ma’nili gapirishni o`rgansak nur ustiga a’lo nur bo`larmidi! Gapga bo`lgan ehtiyojimizni qondirish maqsadida mudom televizor, radio (bir nechta kanallari orqali!) gapirib turadi. Kamlik qilsa, xorij radiosiga quloq tutamiz. Bu “ehtiyojimiz”ni bilgan ayrim ichiqoralar shunday paytda ustamonlik bilan axborot xuruji qilib qolishlaridan ham ko`z yuma olmaymiz. (Davomi bor) |
Цитата:
Мана шундай таҳлилий фикрларингизни кутиб қоламан. |
Цитата:
У дунёга равона бўлиб, қабрга кирганда ҳам гапдан қутулмас эканмиз. Мункар ва Накир билан савол-жавоб бўлар эмиш... |
Qitiqlaydigan gaplar
Turkum (Boshi o`tgan sahifalarda) Kutilgan gap bo`lmagach, magnitafon, videoning qulog`ini buraymiz. Undan keyin o`zimizga o`zimiz gapirib o`tiramiz. Ochlikka chidash mumkin, ammo gapsiz yashay olmaymiz. Hamma narsadan nafsimiz qonadi, biroq gapga to`ymaymiz! “To`ydim” deydiganlar ham boshqa gaplarga tashna! Odamzod yaralib, tili chiqqanidan buyon aytilgan gaplarni to`plashning imkoni bo`lganida galaktikamiz torlik qilib qolarmidi?! Buyuk shoir Bedil yozganidek: Bu dunyoda har dam yangilik havas, Eskirib chiqadi har yangi nafas. Shu suhbatdan qiziq dunyo bozori, Aql qulog`in tut, olam gapdir, bas. (Davomi bor) |
Domla!
Mavzu(turkum)ning nomlanishiga boshqacha nom bersangiz bo'lmaydimi? "Qitiqlaydigan gaplar" sal g'alizroq tuyulmoqda. Bundan tashqari "salbiy-trspressiv bo'yoqqa ega so'z birikmasi" bo'lib qolmaganmi& Nomlanishida so'zlar bir-biriga "yopishmagan". Оффтоп: Noto'g'ri talqin qilayotgan bo'lsam ma'zur tutasiz. |
Цитата:
Оффтоп: Domla, yuqorida Sizga aytildi, savol-javob qabrda bo'ladi. Munkar va Nakir savol-javob qilmaydilar. Diniy mavzuda unaqa qo'pol xatolar qilish yaxshi emas... |
Цитата:
Qolaversa, yozayotgan narsalaringizda sira yangilik yo'q..hamma biladigan oddiy gaplar...Yozishingizga qarshi emasman, ammo yozganda, odam o'qiydigan hamda shundan o'ziga bir yangilik deb topadigan fikr bo'lsa, yaxshi bo'lar edi, menimcha. |
Qitiqlaydigan gaplar
Turkum (Boshi o`tgan sahifalarda) Ba’zilar sergap odamni nega yoqtirishmaydi? Chunki uzundan-uzun gapi ado bo`lguncha o`zining ichi gapga to`lib ketadi-da. Biror narsada navbat tegmasa asabiylashamiz-ku, hangoma bobida ham shu-da. Goho ustozini kutayotgan ba’zi talabalar shu qadar chug`urlashadiki, qay biri tinglayotganini anglay olmay, kulging qistaydi. Bu gaplar nechog`li ma’no-mazmun kasb etishi esa ularning salmog`iga bog`liq. Til – dil kaliti, degan gapni izohlashga hojat yo`q. O`ta kamgapni pismiqqa chiqarishadi... Ilondan seskangandek hamma undan o`zini olib qochadi. Indamasdan qo`rq, deganlari shu bo`lsa kerak.Goho gap ko`tara olmay qiynalamiz. Shunda ham ko`p gap ichimizda qolib ketadi... (Davomi bor) |
Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Сизнинг таклифингиз ҳам жуда жўялидир. Келинг, бу борада бир ҳамкорлик қилсак. Масалан: "Ҳазил-ҳузул гаплар", "Дилдаги гаплар", "Турфа гаплар", "Ҳаммага маълум гаплар"... Азиз Нигорахон! Юқоридаги номлардан қай бири маъқул бўлса, (балки, яна бошқачароқ ном таклиф қиларсиз!) туркум номини ўзгартириб қўйишга ёрдам берсангиз мамнун бўлардим. |
Цитата:
Оффтоп: Domla, ba'za narsalar bo'ladiki ular isbot talab qilmaydi... Muqaddas kitolarimizda yozilgan narsani muhokama qilishga haqqimiz ham, huquqimiz ham yo'q... Shundaymi, demak, shunga ishonamiz, imon keltiramiz va shunday qabul qilamiz. Yuqoridagi bema'ni savolingiz esa, bu dunyodan o'tib ketgan odamga berilgandek bo'libdi, sal yozishdan oldin o'ylab yozing. Umuman olganda, odatda, men yozmoqchi bo'lgan narsamni obdon o'rganishga, yaxshilab bilgandan so'ng, o'sha narsa haqida yozishga kirishaman... |
Цитата:
Цитата:
|
ДЎСТЛАРИМГА ТЕГИШЛИ БЎЛМАГАН ГАПЛАР
(Туркумдан ташқари гаплар ёхуд ҳаётий масаллар) Эзгулик тимсоли бўлган Оққуш кўкда парвоз қила бошлагани ҳамоно ўлаксахўр қора қузғун унга чанг солгани қайсидир мультфильмда жуда чиройли тасвирланган. Бу ҳаётий манзара яна кўз олдимда гавдаланиб, шундай бир ҳайқириқ отилиб чиқди: ижод осмонида парвоз қилаётган Оққушга чанг солма эй қузғун!!! |
ДЎСТЛАРИМГА ТЕГИШЛИ БЎЛМАГАН ГАПЛАР
(Туркумдан ташқари гаплар ёхуд ҳаётий масаллар) Яхши гапдан илон ҳам индан чиқар, деган мақол замирида олам-олам маъно мужассам. Баъзи ичиқораларга ҳарқанча яхши гапирманг, бўлмағур тор қобиғидан чиқа олмаётгани афсусланарлидир. Бу “қобиқ”дан чиқишни ҳам истамай сувни лойқалатишга чиранаётгани унинг фожеаси, эҳтимолки, қисматидир… Эзгуликка интилиш қўлингдан келмаса, лоақал тилингни тийиб юрсанг-чи, эй биродар! “Ахборот хуружи” қилишдан муддаоинг недур? Аттанг, аттанг... |
Оффтоп: Омон ака, ҳой Омон ака, бодроқдан борми? |
Цитата:
Гаплар кўпроқ "Қитмир гаплар"га тўғри келади. |
Оффтоп: Цитата:
|
Оффтоп: Цитата:
|
Baraka topgurlar, mavzuni hali "Qitmir gaplar" deb o'zgartirganimiz yo'q hammani popkorn yegisi kelib qoldi. :)
|
Оффтоп: Цитата:
|
Цитата:
|
Цитата:
Устоз Хуршид Дўстмуҳаммад "Нимкоса гаплар" деган номни таклиф қилган. Бу ҳам ёмонмас. Бироқ, гапларимизнинг ҳаммаси "нимкоса"га чиқиб қолмасмикин, деган ўй тинчлик бермади. Яна бир таклиф: "Гап ҳақида гаплар" деб қўйсак қандоқ бўларкан? |
Qitiqlaydigan gaplar
Turkum (Boshi o`tgan sahifalarda) Nursiz joyda yashash mushkul, biroq qorong`ida ham gaplashamiz. Uxlaganda esa uyqusirab gapiramiz. Yurakni ezadigan narsa – sukut, sukunat... Dunyodagi jamiki boyliklar moddiy va ma’naviy ne’matlardan iborat. Ba’zi davlatlar o`zaro oldi-berdi qilmasligi mumkin, ammo ma’qul topsa, ajoyib gap-so`zlarini indamay o`zlashtirib olaveradilar. O`zga tillardan ona tilimizga kirib kelgan so`zlar va o`z navbatida, o`zbek tilidan boshqa tillarga o`zlashgan so`zlarning hisobiga etish mushkul. Zero, turfa tillar ummonidan bahra olgan ona tilimiz jozibasi duru gavharga o`xshaydi. (Davomi bor) |
Цитата:
Самимий танқидий фикрлар билдириб, туркум таҳририга ҳисса қўшганларнинг лаганига гўштни каттароқ ташлатамиз! Бундан ташқари, муаллифнинг алоҳида совғаси бор! Яна бир дунё яхши ниятлар ҳам борки, ҳозирдан айтиб қўйсак кўпчиликнинг ичини қиздириб қўямиз... Булар асло "қуруқ гап" эмас! Эзгу фикрларингизни кутиб, Гапида собит турувчи Дўстингиз! |
Цитата:
|
Цитата:
|
"Гулга гул қўшилса давралар,
Айланар гулларнинг базмига" - деганларидек, яхши гаплар уланиб кетиши қандоқ яхши-я. Фақат, "уланган" жойидан узиб қўйишмаса бўлгани... |
Цитата:
Оффтоп: Mana shu gaplarni o'qib meniyam pop korn yegim kelib ketdi :) OmoN aka, Husen, beringlar mengayaaam :-) Domla, hamma gapimni ichingizga olavermang, asabni asrash kerak, mutaxassislarning aytishlaricha, asab hujayralari tiklanmas emish :dash2: |
Цитата:
Бир шундай мавзу очишганда жумланинг бошидан охиригача бир ҳарфни ишлатиш деган. |
Qitiqlaydigan gaplar
Turkum (Boshi o`tgan sahifalarda) Davlatlar chegarasi har qancha mustahkam bo`lmasin, axborot atalmish gap-so`zlar oqimini hech kim to`xtata olmaydi. Shov-shuv deganlari bir zumda kurrai zaminni aylanib chiqadi. Birov eshitmasin, degan gapni ham “devorning qulog`i” eshitadi. Bu “quloq” internetning beqiyos “tili”ga tutash. Shu o`rinda bir hushyortalab gap: Haqiqat etigini kiygunicha Yolg`on yarim dunyoni aylanishga ulgurar ekan... (Davomi bor) |
Цитата:
|
| Текущее время: 16:46. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»