uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Кино, видео (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=491)
-   -   [Инфо] "Mahallada duv duv gap" filmidagi ba'zi holatlar o`zbek mentalitetiga to`g`ri kelmaydi (https://uforum.uz/showthread.php?t=12974)

Fayzbek 26.05.2010 15:13

"Mahallada duv duv gap" filmidagi ba'zi holatlar o`zbek mentalitetiga to`g`ri kelmaydi
 
Misol uchun: Umarning otasi (Arslon aka oldiga bo`lg`usi kelini Umida (yengil kavaleriya)ning borishi, qo`lidan ovqatini yulib olishi, BULARNING BARISI UMARNING OTASI EKANLIGINI BILA KO~RA Qilishi; Qaysi o`zbek qizi o`z qaynotasining oldiga borib qo`lidan tovog`ini yulib oladi??? Bundan boshqa yana Azimjonning Moskvada onasidan beruxsat uylanishi.

-Ha chidasang o`lasanmi?

Onasi bechoraning bu xabarni eshitganda qanchalik qiynalishini chi...

Bu filmdagi ba'zi holatlar o'z davridagi goyaviy qarashlar bilan sug'orilganligi...
Bu filmni mahorat bilan tasvirga olinganini tan olgan holda, bu filmni goyaviy asoslarini to'liq qayta ko'rib chiqish kerak deb o'ylayman va fikrlaringizni kutib qolaman.

Nigora Umarova 26.05.2010 15:23

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 403725)
Bu filmdagi ba'zi holatlar o'z davridagi goyaviy qarashlar bilan sug'orilganligi...
Bu filmni mahorat bilan tasvirga olinganini tan olgan holda, bu filmni goyaviy asoslarini to'liq qayta ko'rib chiqish kerak deb o'ylayman va fikrlaringizni kutib qolaman.

Har bir film o'z davrining g'oyaviy qarashlarini, siyosatrini aks etadi. Agar filmni boshidan qarab chiqilsa, uni qaytadan suratga olishga to'g'ri keladi. Natija esa... natija "O'tkan kunlar" filmini ikkinchi bora suratga olagndek bo'lmasmikan?

Bekmirzo 26.05.2010 15:25

"Mahallada duv-duv gap"ni qaytadan suratga olgandan ko'ra, hozirda inkubatordan chiqayotgan o'zbek filmlarini jilovlasa, epaqaga keltirsa, foydasi aaaancha-muncha ahamiyatli bo'lardi...

Nigora Umarova 26.05.2010 15:27

Filmda rejissyor mahorati, aktyorlar mahorati, yozuvchi-ssenarist mahorati uyg'unligi uning barcha g'oyaviy illatlarini yuvib ketadi.

Nigora Umarova 26.05.2010 15:31

Filmdagi ishonish qiyin bo'lgan voqealar: Oyposhshaxon(Maryam Yoqubova)ning devor oralig'iga sig'may qolishi, Arslon aka(Rahim Pirmuhammedov)ning obedlanish jarayoni, to'yda "kelin qochib ketdi" sahnasi, Lutfixonimning "Lift deganlari shu bo'lsa kerak-da" gaplari o'ta bo'rttirish bilan berilgan.

OmoN 26.05.2010 15:35

Лекин юқорида санаб ўтилган камчиликларига қарамай бу фильмни қайта-қайта кўришдан зерикмаймиз...

Nigora Umarova 26.05.2010 15:37

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 403758)
Лекин юқорида санаб ўтилган камчиликларига қарамай бу фильмни қайта-қайта кўришдан зерикмаймиз...

Ayniqsa undagi Manas Leviyev tomonidan bastalangan musiqani tinglash maroqli.

Nigora Umarova 26.05.2010 15:45

[MOD]Mavzuning ochilishiga nima turtki bo'ldi?[/MOD]

Nigora Umarova 26.05.2010 15:49

Agarda g'oyaviy jihatdan qaraydigan bo'lsak, o'sha davrlarda yaratilgan "Xo'ja Nasriddin Buxoroda", "Xo'ja Nasriddinning sarguzashtlari", "Alisher Navoiy", "Sen yetim emassan", "Toshkent - non shahri", "Tohir va Zuhra" filmlaridan ham illat topsak bo'ladi.
O'zi shundoq ham "Mirzo Ulug'bek", "Osiyo ustida bo'ron", "Dorbozlar" filmlari ekran yuzini ko'rmayapti. Osha davrlardagi filmlardagi aktyorlar mahoratiga tan bermay iloj yo'q.
Bu filmlar o'zbek madaniyatining ma'naviy xazinasi hisoblanadi.

Gulhayo Qobilova 26.05.2010 16:22

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 403725)
Bu filmdagi ba'zi holatlar o'z davridagi goyaviy qarashlar bilan sug'orilganligi...

Fikrizga qo'shilaman, bu kino siyosiy maqsadlarni ham o'zida aks ettirgan. Masalan, kino boshida milliy , baland bo'lmagan hovli-uylarni qoralab, yerga urvoradi.Qurilish ishlarini targ'ibot qilishni boshqacha usuli bo'lganmikan bu?

Nigora Umarova 26.05.2010 16:25

Цитата:

Сообщение от Gulhayo Qobilova (Сообщение 403774)
Fikrizga qo'shilaman, bu kino siyosiy maqsadlarni ham o'zida aks ettirgan. Masalan, kino boshida milliy , baland bo'lmagan hovli-uylarni qoralab, yerga urvoradi.Qurilish ishlarini targ'ibot qilishni boshqacha usuli bo'lganmikan bu?

Agar masalani bu tarafdan baholaydigan bo'lsak, u holda Soib Xo'jayev va Baxtiyor Ixtiyorovlar o'ynagan "Yor-yor" filmida ham shunday g'oya bor.

Gulhayo Qobilova 26.05.2010 16:25

Цитата:

Сообщение от OmoN (Сообщение 403758)
Лекин юқорида санаб ўтилган камчиликларига қарамай бу фильмни қайта-қайта кўришдан зерикмаймиз...

To'g'riku-ya, lekin boshidan oxirigacha bir xil qiziqish bilan emas...
Biz yana "Ivan Vasil'yevich kasbini o'zgartiradi" filmini ham qayta-qayta ko'rishdan zerikmaymiz...

Anvar Atakhanov 26.05.2010 16:26

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 403725)
bu filmni goyaviy asoslarini to'liq qayta ko'rib chiqish kerak deb o'ylayman va fikrlaringizni kutib qolaman.

Аввал "Махаллада дув-дув гап"га ухшаган бирорта фильм ишлаб чикишсин, кейин юкорида номи зикр этилган фильм хакида бирор фикр билдирса ярашади. Тушунмадим, нима учун бунака мавзуни очилганини.

Nigora Umarova 26.05.2010 16:33

Цитата:

Сообщение от Gulhayo Qobilova (Сообщение 403776)
To'g'riku-ya, lekin boshidan oxirigacha bir xil qiziqish bilan emas...
Biz yana "Ivan Vasil'yevich kasbini o'zgartiradi" filmini ham qayta-qayta ko'rishdan zerikmaymiz...

"Mahallada duv-duv gap" filmining aynan qaysi lavhasi sizga zerikarli tuyuldi?
"Ivan Vasilyevish o'z kasbini o'zgartiradi" filmiga ham fayzbek taklif etgan jihatdan yondoshdigan bo'lsak, unda ham o'zbek mentalitetiga mos kelmaydigan jihatlarni topish mumkin.

Nigora Umarova 26.05.2010 16:37

Цитата:

Сообщение от 3dman (Сообщение 403777)
Аввал "Махаллада дув-дув гап"га ухшаган бирорта фильм ишлаб чикишсин, кейин юкорида номи зикр этилган фильм хакида бирор фикр билдирса ярашади. Тушунмадим, нима учун бунака мавзуни очилганини.

Фильмдаги воқеалар Ҳамид Олимжон майдонида эски маҳаллалар бузилаётган ва янги кўп қаватли бинолар қурилаётган жойда олинганлиги ҳақида ўқигандим.

Rakhmat26 26.05.2010 16:56

Mahallada duv duv gap filmida shu davrdagi o`zbek mentalitetiga xos qadimiy udumlarimiz, milliyligimizni sindirishga qaratilgan yashirin g`oyalar bor. Misol : Hovlidan dom avfal degan g`oya, yoshlar ota-ona ruxsatisiz turmush qurishi mumkin degan g`oya, ota-onaning orzu umidlarini toptash shaxsiy maqsadlarda (konservatoriya emas konserva zavodida Sayyora) OTA-ONAGA HURMATSIZLIK elementlari bor!

Rakhmat26 26.05.2010 16:58

Bu filmni qayta ko`rib chiqish emas, uni o`ta darajada ideallashtirib yuborish kerak emas.

Обращение к модераторам:
Bu mavzu ochish g`oyasi asli mendan chiqdi.


Оффтоп:
Bekmirzo. Sizning fikringiz???

Rakhmat26 26.05.2010 17:02

Umuman filmlarda sevgi uchun kurash g`oyasiga ehtiyotkorona yondashish zarur. Oldi-qochdi filmlarning ko`pchiligida shu narsa namoyon bo`ladiki "nima qilib bo`lsa ham ikki yosh bir-biriga erishishi lozim'' Ko`pni ko`rgan ota-ona munosabati bir tiyin.

Rakhmat26 26.05.2010 17:09

Sayyoraning otasi qizining konservatoriyadagi yigit bilan uchrasishiga "demokratik" qarashi, go`yoki "qizini tushunishi"...


Umida "Mening ham onam bo`lganida men ham uni hurmat qilardim, lekin sizga o`xshab qo`rqmasdim".... Bu bilan nima demoqchi?

Nigora Umarova 26.05.2010 17:17

Цитата:

Сообщение от Rakhmat26 (Сообщение 403800)

Umida "Mening ham onam bo`lganida men ham uni hurmat qilardim, lekin sizga o`xshab qo`rqmasdim".... Bu bilan nima demoqchi?

Onalar har doim o'z farzandiga sirdosh bo'lib kelishgan. Farzand otasiga aytishga botina olmaydigan narsalarini onasi orqali otasiga bildirgan. Umida Umarga mana shuni bildirgan.

Lutfillo Tursunov 26.05.2010 17:36

Цитата:

Сообщение от Rakhmat26 (Сообщение 403788)
Bu filmni qayta ko`rib chiqish emas, uni o`ta darajada ideallashtirib yuborish kerak emas.

Бу филмни ўта идеаллаштириб юборилгани ҳақида мен бирор асос топа олмадим. Қаердан чиқди бу фикр?

Аслида "Маҳаллада дув-дув гап"ни таҳлил этиш учун алоҳида мавзу очилиши шарт эмасди. Бу ҳақда Kino va tomashabin o'rtasidagi masofa yaqinmi yoki uzoq?! мавзусида фикрлар юритилган. Мунозаралар ўша ерда давом эттирилса ҳам бўларди.

Husen 26.05.2010 17:48

Уйимизнинг тўрида бир гилам илинган. Кўримсизгина, ранггни униққан, бу ҳам етмагандек, бир чети озгина куйган ҳам. Шунга қарамай, қадрлашади - бувимдан қолган! Ўрнига янги шоҳона Эрон гиламларидан оссак уйимизни чиройини очади.
Ҳовлимизда қари тут дарахти бор. Пишиқчилик пайти ҳаммаёқ шира, тутлар тўкилган. Хазонрез кезлар эса сарғайган барглардан ҳовли кунига 2-3 марта тозаланади, ғирт оворагарчилик! Аммо, тутни чопиб, ўрнига фойдалироқ дарахт экишгани йўқ - чунки у бобомдан қолган-да!
Лекин, оиламизда ана шу дарахт ва гиламдан бирон киши нолиганини эслолмайман!
Мумтоз кинематография дурдоналаридан камчилик топиб, нолиётганлар уйларидаги бирон бир кўхна матоҳни (бор бўлса!) кўз олдларига келтирсалар, яхши бўларди!

Nigora Umarova 26.05.2010 17:50

Цитата:

Сообщение от Lutfillo Tursunov (Сообщение 403819)
Аслида "Маҳаллада дув-дув гап"ни таҳлил этиш учун алоҳида мавзу очилиши шарт эмасди. Бу ҳақда Kino va tomashabin o'rtasidagi masofa yaqinmi yoki uzoq?! мавзусида фикрлар юритилган. Мунозаралар ўша ерда давом эттирилса ҳам бўларди.

Бу кетишда ҳар бир фильмни таҳлил этишимиз асосида кинога баҳишланган бўлим ҳам очилса ажаб эмас. :)

Nigora Umarova 26.05.2010 18:00

Цитата:

Сообщение от Husen (Сообщение 403830)
Уйимизнинг тўрида бир гилам илинган. Кўримсизгина, ранггни униққан, бу ҳам етмагандек, бир чети озгина куйган ҳам. Шунга қарамай, қадрлашади - бувимдан қолган! Ўрнига янги шоҳона Эрон гиламларидан оссак уйимизни чиройини очади.

Чети куйган, куя еган, униққан деб ташлаб юборса бўлади, деб ўйлайди четдаги одамлар...
Цитата:

Сообщение от Husen (Сообщение 403830)
Ҳовлимизда қари тут дарахти бор. Пишиқчилик пайти ҳаммаёқ шира, тутлар тўкилган. Хазонрез кезлар эса сарғайган барглардан ҳовли кунига 2-3 марта тозаланади, ғирт оворагарчилик! Аммо, тутни чопиб, ўрнига фойдалироқ дарахт экишгани йўқ - чунки у бобомдан қолган-да!

Кесиб ташланса яхшигина ўтин бўлади дейишади баъзилар...

Цитата:

Сообщение от Husen (Сообщение 403830)
Лекин, оиламизда ана шу дарахт ва гиламдан бирон киши нолиганини эслолмайман!

Чунки бу нарсалар кимгадир матоҳ, кимгадир ғўла бўлиб туюлса-да, оила аъзоларингиз учун қадрли қадрият. Ватанни севиш уйдаги ҳар бир буюмни севишдан бошланади.

Bekmirzo 26.05.2010 18:20

Цитата:

Сообщение от Rakhmat26 (Сообщение 403785)
Mahallada duv duv gap filmida shu davrdagi o`zbek mentalitetiga xos qadimiy udumlarimiz, milliyligimizni sindirishga qaratilgan yashirin g`oyalar bor.

Misol: Hovlidan dom avfal degan g`oya,

Aynan bunday g'oya yo'q. "Sinch yoki paxsa devorli uylar kuchli zilzilaga chidolmadi. Zilziladan omon qolganlar ham ancha eskirib ketgan, ularning o'rnida endi birato'lasiga yangicha, ko'p qavatli uylar qurish kerak", degan tashviqot va buni tomoshabinga yetkazish g'oyasi bor. Ya'ni - shahar ko'rinishi yangilanishga muhtoj. Filmda ko'ringan hovli uylarning birortasi ham binoyidekkina emas, hammasining devori nurab yotibdi...
Toshkent zilzilasidan keyin Toshkentdagi qurilishlar bilan izma-iz butun O'zbekiston bo'ylab shahar joylar va rayonlar markazlarida domlar qurish keng ko'lamda boshlab yuborilgan. Va bu juda to'g'ri ish bo'lgan.

Цитата:

Сообщение от Rakhmat26 (Сообщение 403785)
Misol:... yoshlar ota-ona ruxsatisiz turmush qurishi mumkin degan g`oya,

Bunday g'oya yo'q filmda. Aksincha, har bir yigit va qiz o'zi uchun umr yo'ldoshini o'zi tanlash huquqiga ega, degan g'oya bor. Bu g'oya esa siz aytgan g'oya bilan bir xil emas. Agar siz aytgan g'oya filmda ilgari surilgan bo'lganida, farzandlarining tanlovidan norozi bo'lgan ota-onalar film oxirida ham noroziligicha qolishi kerak edi...

Xullas, tanqidlaringizning ba'zilarida jon bor, ammo, aksariyatida yetarlicha asos yo'q, nazarimda...

Bekmirzo 26.05.2010 18:22

Цитата:

Сообщение от Rakhmat26 (Сообщение 403788)
Bu filmni qayta ko`rib chiqish emas, uni o`ta darajada ideallashtirib yuborish kerak emas.

Demak, sizning gapingizga ko'ra, filmni ideallashtirsa bo'ladi qandaydir darajada, shundaymi? ;)

Anvar Atakhanov 26.05.2010 18:46

Ээээ, нималар деяпсизлар! Ахир бу кинокомедияку! Кинокомедияда уша "енгил кавалерия" марсдан тушган агент булиши хам мумкин, ЦРУ агенти булишиям мумкин. "Менталитетимизга тугри келмайдиган" эмиш. Хозир тилимга зур гап келдию лекин форумда айтолмайман.

Nigora Umarova 26.05.2010 18:49

Цитата:

Сообщение от 3dman (Сообщение 403872)
Ээээ, нималар деяпсизлар! Ахир бу кинокомедияку! Кинокомедияда уша "енгил кавалерия" марсдан тушган агент булиши хам мумкин, ЦРУ агенти булишиям мумкин. "Менталитетимизга тугри келмайдиган" эмиш. Хозир тилимга зур гап келдию лекин форумда айтолмайман.

Битта кўришли "хонтахта" фильмларидан кўра савияси юқори, давр синовларидан ўтган фильм.

Shohruh Rahmat 26.05.2010 19:32

Ассалому алайкум! Хурматли форумдошлар камнамо булганим учун узр. Тугри айтингиз давр синовларидан утган фильм. Кино санъатининг дуру-гавхари хам деса булади. Гоявий масалага келсак-бу уша даврни, керак булса тузумни талаби эди.Буни хеч ким инкор этолмайди, уша даврда кимда-ким филь ишлагандаям, бунга карши боролмасди.

Fayzbek 26.05.2010 19:42

Fikringizga qo'shilaman
 
Цитата:

Сообщение от Gulhayo Qobilova (Сообщение 403774)
Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 403725)
Bu filmdagi ba'zi holatlar o'z davridagi goyaviy qarashlar bilan sug'orilganligi...

Fikrizga qo'shilaman, bu kino siyosiy maqsadlarni ham o'zida aks ettirgan. Masalan, kino boshida milliy , baland bo'lmagan hovli-uylarni qoralab, yerga urvoradi.Qurilish ishlarini targ'ibot qilishni boshqacha usuli bo'lganmikan bu?

Sizni fikringizga qo'shilaman bu fimda O'zbek hovlilaridan "XRUSHYOVKA"larni ustin qo'yish va o'zbek millatini bir muncha kamsitilgan...

Fayzbek 26.05.2010 19:51

Toppa to'gri
 
Цитата:

Сообщение от Shohruh Rahmat (Сообщение 403889)
Тугри айтингиз давр синовларидан утган фильм. Кино санъатининг дуру-гавхари хам деса булади. Гоявий масалага келсак-бу уша даврни, керак булса тузумни талаби эди.Буни хеч ким инкор этолмайди, уша даврда кимда-ким филь ишлагандаям, бунга карши боролмасди.

Balli men bu filmni chiqitga chiqarib tashlash kerak demayapman, faqat biz ko'p martalab tamosha qilgan filmimizni, bazi bir tamonlari haqida so'z yuritishni maqul ko'rdim. menga esa asli "Maftuningman" filmi yoqadi...

Shohruh Rahmat 26.05.2010 19:52

Хурматли Fayzbek ака, айтингчи хозирги пайтда ишланаётган анча-мунча кинолардан "улса улиги" ортик эмасми бу фильмни.

Fayzbek 26.05.2010 19:57

Holisb yondashganingiz uchun rahmat
 
Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 403764)
Agarda g'oyaviy jihatdan qaraydigan bo'lsak, o'sha davrlarda yaratilgan "Xo'ja Nasriddin Buxoroda", "Xo'ja Nasriddinning sarguzashtlari", "Alisher Navoiy", "Sen yetim emassan", "Toshkent - non shahri", "Tohir va Zuhra" filmlaridan ham illat topsak bo'ladi.
O'zi shundoq ham "Mirzo Ulug'bek", "Osiyo ustida bo'ron", "Dorbozlar" filmlari ekran yuzini ko'rmayapti. Osha davrlardagi filmlardagi aktyorlar mahoratiga tan bermay iloj yo'q.
Bu filmlar o'zbek madaniyatining ma'naviy xazinasi hisoblanadi.

Men sizni fikrlaringizni qo'llab quvvatlaymanu lekin, bu filmlar bilan MAhallada duv duv gap filmi orasida
goyaviy tafovutlar bor, masalan filmda uchta toy kuliminatsion nuqta, lekin aktyorlar va rezissyorlar mahorati to'g'ri goyaviy illatlarni qisman yopgan...
Ammo asosan ko'pgina inson ongiga tasir qiluvchi goyalar mavjud.

Fayzbek 26.05.2010 20:03

hammaga rahmat
 
Shoshayotganim uchun hammaning ham fikrlariga javob yoza olmadim, uzr, Hozirgi kundagi filmlar orasida yaxshi filmlar yoq deyotganlarga bazi bir filmlarni atab o'tmoqchi edim; "Chashma", "Yo'l bo'lsin", "Sevginator-2' va boshqa filmlar ko'rsa arzigulik menimcha..., lekin baribir "Mahallada duv duv gap" filmida bizni o'zbek mentaliletiga to'g'ri kelmaydigan elementlar ko'p...
bulerni ertaga batafsil keltirib o'taman.

Fayzbek 26.05.2010 20:08

(mevali darahtga tosh otiladida)
 
Цитата:

Сообщение от Shohruh Rahmat (Сообщение 403898)
Хурматли Fayzbek ака, айтингчи хозирги пайтда ишланаётган анча-мунча кинолардан "улса улиги" ортик эмасми бу фильмни.

Fikringizga qisman qo'shilaman, lekin men nima demoqchiman, filmlarimiz davr ba yillar zarblariga chidaydigan va faqat bir millat emas dunyo halqlarini maftun qiladigan muhabbatni tasvirlashini hohlardim masalan "Tohir va Zuhro" filmidek. Nima dedingiz.

Bekmirzo 26.05.2010 20:35

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 403897)
... menga esa asli "Maftuningman" filmi yoqadi...

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 403902)
... lekin baribir "Mahallada duv duv gap" filmida bizni o'zbek mentaliletiga to'g'ri kelmaydigan elementlar ko'p...
bulerni ertaga batafsil keltirib o'taman.

Hurmatli Fayzbek,

"Mahallada duv-duv gap" filmida bizni o'zbek mentalitetiga to'g'ri kelmaydigan elementlarni sanab o'tganingizdan keyin, sizdan "Maftuningman" filmidagi bizni mentalitetga to'g'ri kelmaydigan elementlarni ham sanab o'tasiz, degan umiddaman. :)

Rakhmat26 26.05.2010 20:49

Ushbu ma`lumotlar orqali MAHALLADA DUV-DUV GAP filmining muxlislari juda ko'pligi aniqlandi. Aktyorlar mahoratiga gap yo`q. G`oya zo`r tanlangan. Film necha yillik sinovlardan muvaffaqiyatli o`tib kelmoqda. Bu yerda gap faqat "hamma joyda ham kamchilik bor", " oyning yuzida ham dog` bor" demoqchimiz. Umuman bu kamchilik ham deb bo`lmaydi. U davrdagi adabiyot, san'at sohasida aynan shu g`oyalarni targ`ib qilish majburiyati qo`yilgan. Filmlar, kitoblar albatta biror bir g`oyani targ`ib qilish uchun yaratiladi ko`pincha.


Ommmaviy ongni boshqarish, yashirin g`oya haqida ma'lumotlar olishni istasangiz "DUX VREMENI" (DAS ZEIGSEIT) hujjatli filmini ko`rishni tavsiya qilaman.

Anvar Atakhanov 26.05.2010 21:10

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 403902)
"Sevginator-2' va boshqa filmlar ko'rsa arzigulik menimcha...

Ман сизга тушунмадим, "Махаллада дув-дув гап" фильмининг баъзи кисмларини менталитетга тугри келмаслигини гапираяпсизу, "Севгинатор-2"ни куришга тавсия килаяпсиз. Мантик кани? Севгини намоён килиш качондан бери узбек менталитетига тугри келадиган булиб колди?

Rakhmat26 26.05.2010 21:31

Fayzbek, siz mavzudan chetlashib ketdingizmi deb o`ylayman. Kalavaning uchini yo`qotib qo`ydik.

Hozirgi qo`ziqorinday paydo bo`layotgan filmlar (menimcha) MAhallada duv-duv gap filmi bilan solishtirishga ARZIMAYDI. Men shaxsan ularni ko`rib o`tirishga vaqtimni qizg`anaman, saviyasi past deb o`ylayman.


To`g`ri yaxshi filmlar(menimcha) ham bor misol uchun VATAN.

Rakhmat26 26.05.2010 21:47

LUTFULLO TURSUNOVNING 21.12.2009 dagi fikrlari

Цитата:

Lutfillo Tursunov: Тўғрироғи, ғоя масаласига кўпроқ эътибор қаратилган. У пайтдаги аксарият киноларнинг ғоясига шахсан мен унчалик қўшилмайман. Уларнинг бир устунлиги бу қаршиликни тўсиб туради - кинога ўта маҳорат билан ёндошилган!
Масалан, "Маҳаллада дув-дув гап" филмини олайлик. Ҳар сафар кўрганимда унда ғалати одатлар илгари сурилганлигига гувоҳ бўламан:
1. Асарнинг асосий ғояларидан бири - Тошкент маҳалларида яшовчи аҳолини кўп қаватли уйларга кўчириш бўлган. Ўзбекларда "отамдан қолган ҳовли" деган тушунча қаттиқ шаклланган ва ҳар ким ҳам ўзи катта бўлган ҳовлисини ташлаб чиқиб кетгиси келмайди. Филмда шундай йўл тутилганки, маҳаллалардаги ҳовлилар абгор (ўша пайти шундай бўлган бўлишиям мумкин, лекин барибир ҳовли-ҳовлида), янги қурилаётган кўп қаватли уйлар эса жуда қулай (ўша давр нуқтаи назаридан шундайдир) қилиб кўрсатилган. Хуллас, бу филм ўша ота ҳовлисини ташлаб чиқиб кетишни истамайдиган оилаларга қаратилган ғоявий қурол вазифасини ўтаган.
2. Йигитнинг (Тўлқин Тожиев яратган образ) қизни отаси билан сохта тўй бўйича келишиб олиши. Яъни қиз қўшниси билан ЗАГСга борадию, у ерда бошқаси билан рўйхатдан ўтади ва қочиб кетади. Қайси ота бўлажак куёвингизман деб олдига келиб, ғалати усулни уқтириб ўтирган боланинг гапига кўнади! Кўндирганидан кейин яна қўл ташашиб қўйишганичи.
3. Келин қочиб кетганидан кейинги келин танлаш маросими. Тўйга меҳмон бўлиб келган қизлар бирданига қатор тортиб тизилиб турармишда, куёв ўзига ёққанини танлаб, шу пайтнинг ўзида тўйни давом эттирворишармиш! Нима келиннинг қариндош уруғи, ота-онаси йўқми? "Ола", "ёппирай" деб тўй қилвориш осон эканда!
4. Ўзбек йигитининг ўз "мегажини" билан Москвада учрашиб, шу ёқнинг ўзида ими-жимида "сурприз" қилиб, уйланиб олиши. Уйига бу ҳақда мақтаниб хат ёзиши. Буям ўша давр нуқтаи назаридан "янгича ҳаёт" усули тарғиботи.
5. Бетга чопар "енгил ковалерия" келин образи. Ўзи яхши кўрган инсонининг отаси эканлигини билса-да, ишда сусткашлик қилгани учун юзига (бўлажак қайнотасининг) аччиқ-аччиқ гапларни шартта-шартта айтиб ташлайверади. Ўзбек қизига унчалик тўғри келмайдиган ҳолат, шундай эмасми?!

Cанаса яна бир нечта мисоллар топилади.
Нима демоқчиман, ўша даврда деярли ҳар бир кино маълум ғоя учун хизмат қилган. Агар у филмлар моҳир актёрларнинг моҳир ижросида ва моҳирона услубда суратга олинмаганида қийматини аллақачон йўқотиб бўлган бўларди.


Текущее время: 04:11. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»