| Nozima Tashpulatova |
24.11.2007 14:09 |
Kollej bitiruvchisi qayerda ishlashi mumkin?
Keyingi yillarda respublikamizda yuzlab kollej va litseylar qurildi. Ularni esa minglab talabalar bitirib chiqdi. Lekin... ularning hammasi ham hayotda o`zlari istagan o`rinni topa olayotgani yo`q. Kollejni bitirib, qo`lida diplomi bilan ish izlab yurgan yoshlar ham uchraydi. Keling ayni shu muammo va uning sabablari xususida so`z yuritamiz.
O'zA da e'lon qilingan materialdan bir parcha:
...Birgina Qashqadaryo viloyatida 2010 yilga borib kollej va litseylar soni 164 taga etadi.
"Viloyat o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasidan olingan ma`lumotlarga qaraganda, 2003-2004 o`quv yilida o`qishni bitirgan 11008 talabaning 666 nafari oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirgan. 8 ming 976 nafari ish bilan ta`minlangan. 1 ming 366 nafari esa hozircha ish qidirmoqda."
Manba- http://www.uza.uz/uzb/news/?id1=3810
|