uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Sirim 03.05.2011 17:45

Yo'liqasan yo'llarimda sen
Kelishgandek hamroh bo'lamiz.
Tasodifdan lol bo'lgancha teng,
Kulishamiz zavqqa to'lamiz.
So'z boshlanar obu havodan,
O'qish mehnat tasodifdan ham,
Qaylardandir kelgan navodan,
Xayollarga tolaman bir dam.
...
U.Abduazimova

Оффтоп:
"Repertuarim" "Y" harfiga jindek qashshoqroq ekan :), "Yo", "Yu" kabilarni ham kiritsa bo'laveradimi?

Nigora Umarova 03.05.2011 17:55

Цитата:

Сообщение от Sirim (Сообщение 549868)
Xayollarga tolaman bir dam.
...
U.Abduazimova

Оффтоп:
"Repertuarim" "Y" harfiga jindek qashshoqroq ekan :), "Yo", "Yu" kabilarni ham kiritsa bo'laveradimi?

Оффтоп:
Lotin alifbosida "yo", "yu", "ye" harflari kirill alifbosi kabi ifodalanmaydi. Birgina "Y" bilan ifodalasangiz bo'ladi. :)


Mahbubg'a e'timod qilmoq bo'lmas,
Andin talabi murod qilmoq bo'lmas,
Ko'zung qarosin midod qilmoq bo'lmas,
Gar bo'lsa bitik savod qilmoq bo'lmas.

Alisher Navoiy

Sirim 03.05.2011 18:02

Sevgimiz o'ldimi? - libosingiz ko'k
Ko'nglingiz begulxan, ko'zingiz becho'g'.
Bizdan borish yo'qdir, sizdan kelish yo'q
Kelishsiz dunyoda beg'am, azizim,
Nega ko'zlaringiz benam, azizim.
...
U.Azim

Nigora Umarova 03.05.2011 18:08

Цитата:

Сообщение от Sirim (Сообщение 549885)
Sevgimiz o'ldimi? - libosingiz ko'k...

Оффтоп:
Sevimli she'rlarimdan birini yozibsiz, rahmat.

Цитата:

Сообщение от Sirim (Сообщение 549885)
...Nega ko'zlaringiz benam, azizim.
...
U.Azim

Mahmud, noshukurlik har kimda yomon,
Ayb-aybu, lek yetuk haqimda yomon,
Kiyim eskirgani aybga qo'shilmas,
Ayb shunda-gar bo'lsa kiyimda yomon.

Pahlavon Mahmud

Sirim 03.05.2011 18:28

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 549888)
Sevimli she'rlarimdan birini yozibsiz, rahmat.

Оффтоп:
Qachondan buyon asrab yurgandim, mavridi kelmagandi, sizga nasib qiligan ekan :)

...
Netay, peshonamda shu dard bor bo'lsa
Qaniydi bu dardga xaridor bo'lsa
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo'lsa
Holim yomon bo'ldi seni sog'inib.

I.Mirzo

Nigora Umarova 03.05.2011 18:34

Цитата:

Сообщение от Sirim (Сообщение 549903)
Holim yomon bo'ldi seni sog'inib.

Nomang yetubon topti ko'ngul izzu sharaf,
Har lafzi bo'lub murod durrig'a sadaf,
Har satri alam cherikining daf'i uchun,
Iqbol sipohidin chekibon bir saf.

Alisher Navoiy

Alisher Asror 03.05.2011 21:33

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 549913)
saf.

...Faqat, siz sarg`aymang, gulli bog` bo`ling,
Yam- yashil ko`karing, mudom sog` bo`ling,
Bahorning bag`rida beadog` bo`ling,
Axir,qarg`aganim sizmas , azizim,
Ikki kuz dunyoga sig`mas , azizim.

U. Azim

Bir paytlar sevib o`qib yurar edim bu she`rni...

Gulchehra Ibragimova 04.05.2011 17:04

Цитата:

Сообщение от Alisher Asror (Сообщение 549991)
Ikki kuz dunyoga sig`mas , azizim.


Мен сенга дунёлар бермадим,
Ёрим деб кўксимни кермадим.
Сен учун боғдан гул термадим,
Олавер, ҳаётим-Сеники!

..Осмоним булутли гоҳида,
Лек нур бор кўнглимнинг тоқида.
Кўрайин вужудим соғида,
Олавер, ҳаётим-Сеники!..


Б.Эргашев

Alisher Asror 04.05.2011 17:33

Jarima qilmaslaridan avval iqror bo`lib aytamanki, U. Azim she`rlarida faqat so`zini emas , ammo so`zini ishlatganlar. Endi uni o`rniga ...

...Faqat, yomg`ir yuvar g`uborlarimni,
Alamning zahrini yuvmoqchiday u,
Olamning zahrini yuvmoqchiday u,
Sizningdek ko`nglimni olmoqchiday u,

Sizningdek yelkamdan quymoqdadir suv.
Tunning eng chetida uyqusiz, Sizsiz,
Yuzimni silaydi yomg`ir - odobsiz...

(C)

Nigora Umarova 04.05.2011 17:44

Цитата:

Сообщение от Gulchehra Ibragimova (Сообщение 550336)
..Олавер, ҳаётим-Сеники!..

Цитата:

Сообщение от Alisher Asror (Сообщение 550361)
Jarima qilmaslaridan avval iqror bo`lib aytamanki, U. Azim she`rlarida faqat so`zini emas , ammo so`zini ishlatganlar. Endi uni o`rniga ...

...Faqat, yomg`ir yuvar g`uborlarimni,

(C)

Оффтоп:
Alisher aka, bu qoidabuzarlik ataylab qilinyaptimi? ;)


Текущее время: 13:01. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»