![]() |
Hurmatli Hasan G'ulomov va Behzod Sulaymonov!
Bahru bayt qoidasi asosida she'r aytishga kelishib olgandik. Qoidaga rioya qiling. :-) Qoidaga asosan, Sizdan oldingi xabarda qoldirilgan she'r qaysi harfda tugagan bo'lsa, Siz shu harfda boshlanguvchi she'rni yozib qoldirishingiz kerak. Ogohlantirganim uchun uzr so'rayman... |
Necha dedim ul sanamg'a: bormog'in,
Qilmadi ul tark oxir bormog'in. Munchakim xudroyliq ko'rguzdi ul, Aql hayrat qildi, tishlab bormog'in. Alisher Navoiy |
Nuhda kezin Hud yalovoch bo'ldi uch yuz yil kechib,
Yurir erdi ko'p xaloyiqdin,sha'riatdin qochib. Tunla-kunduz Hud tegurdi tengrimizning yorlug'in, "Sakkiz ujmoqqa keeling",teb haqni botildan sijib. Rabqa yozib,yo'ldan ozib,sunmadin ding'a bo'yun, Haqg'a tonib,xalqg'a yonib,butg'a sig'inib,xamr ichib. Burhonuddin Rabg'uziy |
Bog'larga namozgar
Salqini tushdi. Gullar nam bargini Qayirdi asta. Oftob ham suv ichar Tog'lardan pastda, Loladek qip-qizil O't shafaq o'chdi. Usmon Nosir |
Ishongin sen mening muhabbatimga
Mening muhabbatim buyukdan buyuk Bovar et va lekin ushbu gapimga Dilimda nafrat ham buyukdan buyuk |
Extirosga limmo-lim qalbim To’lib bo’lgan orzu muhabbat Beixtiyor pichirlar qalbim Yolg’iz seni sevaman faqat Yuragimdan otilgan nido Orzularim bo’y cho’zdi qat-qat Tog’lar berdi shunday aks-sado Yolg’iz seni sevaman faqat... |
Оракшылар
Tууган жерлерин сагынып, Кайгыдан хайкел тагынып, Хал сорасканга жагынып, Кайгыда жур оракшылар. Оскен жерине жете алмай. Жумысты таслап кете алмай, Аскар кумлардан оте алмай, Кайгыда жур оракшылар. Ауылга аман кайткайсыз, Балаларынды кууанткайсыз, Душпанларды мунайткайсыз, Хош, аман бол, оракшылар. Ажинияз шайыр. |
Rishtai jonim sanga bog'liqdur, o'ltur bir zamon,
Kim, erur qo'pmoq hamonu rishtani uzmak hamon. Fahm etar yaxshi yomon vasling manga tegmasnikim, Yaxshilardin yaxshisen sen, men yamonlardin yamon. Vasli no'shi lazzatin so'rdung, javobni ne deyin, Menki hijron neshidin bir lahza topmasmen amon. Ashk uza qolqir zaifu zor jismim ohdin, Tund yel tahrikidin andoqki, bahr uzra samon. Eldin o'lmishmen ramida ani rom aylay debon, Lekin ul yor elga rom, ammo erur mendin ramon. Bu fano dayrida har damkim o'tar, tut mug'tanam, Kim, yana bir damg'acha mumkin emas bo'lmoq zamon. Ey Navoiy, davr agar budur, meni mast etkali Sen to'la quykim, men aning sofu durdin tolg'omon. Alisher Navoiy |
Ne ko'ray to'bini qaddi xushxiroming borida,
Ne qilay sunbulni hatti mushkfoming borida. Kim Xizr suyin og'izlag'ay labingning qoshida, Kim Masih alfozidin degay kaloming borida. Oshiqingni davlatin vasling bila qil muhtaram, Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida. Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani, Bizni ham gohe sog'in shurbi mudoming borida. Ey ko'ngul, gar g'ayr so'zi zahri qotildur, ne g'am, Lablaridin sharbati yuhy-il izoming borida. Tarki nomus aylabon badnom bo'lg'il ishq aro, Kim seni oshiq degay nomusu noming borida. Bobur ul gul ko'yida bulbul kibi topting maqom, Bir navoye rost qil mundoq maqoming borida. Zahiriddin Muhammad Bobur |
Ashraqat min aksi shamsil -ka'si anvorul xudo,
"Yor aksin mayda ko'r" deb, jomdin chiqdi sado. G'ayri naqshidin ko'ngul jomida bo'lsa zangi g'am, Yo'qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g'amzudo. Ey, xush ul maykim, anga zarf o'lsa bir singg'an safol, Jom o'lur getiynamo, Jamshid, ani ichkan gado. Jomi may gar buyladur, ul jom uchun qilmoq bo'lur, Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido. Dayr aro hush ahli rasvo bo'lg'ali, ey mug'bacha, Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido. Toki ul maydin ko'ngul jomida bo'lg'ach jilvagar, Chehrai maqsudi mahv o'lg'ay ham ul dam moado. Vahdate bo'lg'ay muayassar may bila jom ichrakim, Jomi may lafzin degan bir ism ila qilg'ay ado. Sen gumon qilg'andin o'zga jomu may mavjud erur, Bilmayin nafyi etma bu mayxona ahlin, zohido. Tashnalab o'lma Navoiy, chun azal soqiysidin, "Ishrabu, yo ayuhal-atshon" kelur har dam nido. Alisher Navoiy |
1
О, телба юрагим, тентак юрагим, Синфдош гузалга эрмак юрагим. Сен истаб, мен мажбур кирган бу богдан, Насиб этмади гул термак, юрагим. Гул деб топганимиз тиконлар булди, Шеър деб айтганимиз фигонлар булди. Биров далли деди, биров девона, Акли бутлигимиз гумонлар булди. Тилим етган жойга кулим етмади, Дунё етди менга, гулим етмади. О, телбам, тентагим, ошик юрагим, Кутдик, хатто бизга улим етмади. 2 Мен хам йигит дедим, мен хам мард дедим, Юрагим, кузингни дарров арт, дедим. Бизнинг кадримизга етмади бу киз, Шахарга кетамиз, енди хайт, дедим. Хали излаб борар ортимиздан у, Шахарда тентираб овора булсин. Ким кузга иларди, кишлоки кизни, Ундан-да гузаллар борлигин билсин. Кирк ёнда кирк пари икковимизни, Култиклаб юрганин йиглаб кузатсин. Жахлдор отаси уни бизгамас, Узидек тупори эрга узатин. О, хали курасан икковимизни, Изимизни кузга суртади бу киз. Козондаги оши, човгумда чойи, Егани, ичгани булади афсус... 3 Ун йил утди, хали унутмадингми? Бунча щам йиглоки булдинг, юрагим! Унинг ку-у-уп фарзанди, менинг углим бор, Барибир хар сахар уни сурадинг. Тугри, айтганчалик машхур булмадик, Кизлар карамади, хатто кайрилиб. Топган-тутганимиз узимизники, Факат шоир булдик, ундан айрилиб... 4 Бугун у бизларга пешвоз чикади, О, бечора юрак, бардам бул энди. Кузига узингни бахтлидек курсат, Бир кун йигламагин, бир кун кул энди. Узингни шундайин бепарво тутки, "Сиз кимсиз, биз сизни танимадик", де. "Хамма синфдошлар ёдимизда бор, Биз сизни синфдош санамадик", де. Ёзган шеърларимиз сизга эмас, йук, Бошка гузалларга аталган деб айт. Хотирдан чикибсиз, унинг йулига, Улкан муз тоглари кадалган деб айт. Биз ун йил йигладик, у хам бир марта, Йигласа йиглабди, девона булиб, Факат бир кун чида. Кейин майлига, Иккимиз йиглаймиз шахарга келиб. |
Бахт бу - сенсан, бахсизлик - бу мен,
Кетмокдаман, кочокка йуйма. Мен узимни топиб келгунча, Сен узингни йукотиб куйма. Вохид Лукмон |
Azaldan loyimni qorganda Xudo,
Bilardi fe'limdan ne bo'lur paydo. Hukmidan tashqari emas gunohim, Ne uchun mahsharda beradi jazo. |
Olisda oy botmaydi aslo,
Quyosh doim nurin sochadi. Unda hukm surar oliy Baxt, Yomon doim yo'ldan qochadi. Olisda suv oqadi tiniq, Yer yuzida ko'rinmaydi gard. Har insonning yuzida kulgu, Ular uchun bilinmaydi dard. Olisda yosh to'kmaydi ko'zlar, Mehr bilan boqar tabiat. Sevishganlar ulug'lanarlar, Inoqlikda yashar jamiyat. Olisda kun bo'yi bulbullar, Parvarishlab o'tar gullarni. Muhabbatga oshno qalblar, Sehrlaydi mudom dillarni. Olisda men kabi Majnunlar, Gullar tutar Laylilariga. Jonlarini to'kib berarlar, Suyuklisin mayillariga. Olisda gul ulashar bahor, Gul ufori olamni tutar. Umr to'lib borar mazmunga, Qalblar abad yasharib ketar. Olisda yoz qaynoq taftini, Bizlar bilan baham ko'radi. Mo'jaz rangga bo'yab olamni, Go'zallikdan tortiq qiladi. Olisda kuz xazonrezgida, Muhabbatga bo'yaydi bag'rin. Mayin shamol entikib unda, She'rlar aytib erkalar bargin. Olisda qish oppoq qorlarin, Muhabbatga o'rab to'kadi. Sevishganlar baxtli boshiga, Oq niyatli qordan tegadi. Olisda ishq atalgan tuyg'u, Quyosh kabi nurlarin sochar. Ikkimizdek sevishganlarga, Baxtli hayot quchog'in ochar. |
Rizqim tosh bo'lsa ham, halol et - qand qil,
Meni mendan qutqar, O'zingga band qil. Tubanda yuzimni yo'qotayozdim, Meni yuragimdan boshlab baland qil. Behzod Fazliddin |
Hurmatli mushoirada qatnashayotgan forumdoshlar!
Iltimos, she'r muallifini ham yozib qo'yish esdan chiqmasin. Agar she'r o'zingizniki bo'lsa unda o'zingizning nomingizni qo'ying. |
Muhabbatim, ketma....
Muhabbatim, ketma....
Tuni bilan yog'di yomg'ir baxs boylashib ko'z yoshimga, Sel yuvadi g'uborlarim, dard quyilar bardoshimga, Qora tunda qora bulut aylanadi sirdoshimga, Nega senga "ketgin" dedim, sen ham ketding Muhabbatim? Nega bir-bir tashlab ketdi qalbim suygan yaqinlarim? Nega bir bir o'char bo'ldi mehr nomli yolqinlarim? Qayda qoldi dilimdagi quvonchlarim, toshqinlarim? Nechun sendan kechar bo'ldim, sen ham kechding Muhabbatim? Yo bardoshim etmasmidi? Taslimmanmi xijronlarga? Adashdimmi yana qayta mehrim berib insonlarga? Yoki yana aldandimmi taqdir degan dostonlarga? Seni tashlab men ketdimmi yoki senmi Muhabbatim? Seni ko'rmay suygan bo'lsam ko'r qalbimni suyarmiding? Orzularim bilganingda sen ham armon tuyarmiding? Isming aytib jonim bersam zarra bo'lsa kuyarmiding? Ketma desam qabrimda ham qolarmiding Muhabbatim? Yomg'ir yog'ar sel sel bo'lib, savollarga yo'ldosh bo'lib... Chaqmoq kabi portlay deyman, dod solaymi ko'ksim to'lib? Bulut to'sgan hilol kabi ruhim borar asta so'nib, Men ketgandek tashlab seni umrim ketar Muhabbatim... Alisher BEK Hindiston. Yomg'irli qora tun. 20 Mart, 2007 yil. PS: Bahrubaytga so'z topolmadim. Uzr so'rayman. |
Maysaday uyg'ondim tog'lar bag'rida,
Yellar beshigida topdim halovat. Tog'lar asrab keldi qishlar qahridan, Kiyiklar tilidan uchdi salovat. Buloqbola bo'ldim- tiniq nigohi, Diydamdan o'tdilar turfa qadamlar. Gohida yig'latib, kuldirib gohi Ko'zlarimni ochib qo'ydi odamlar... Behzod Fazliddin |
Ruhim koinotni tark etguncha
Jonginam sizni sevaveraman, Men sendan na boylik, na zeru-zevar, Oltin taqinchoqlar qimasman da’vo http://sheriyat.vo.uz portalidan... |
Ошиқсан?
Наҳот тушунасан севги каломин? Қалбинг муҳаббатга бўлмиш ошино? Музлик дунёсини тарк этиб бугун, Сўзлайсан бевафо эканин дунё? Кечирим сўрамам – қалбим покиза, Севганим эмас-ку, ахир гуноҳим. Воз кечиб ишқингдан, меҳрибонгинам, Бошқадан топгумми энди паноҳим? ...Севиш, севилишдан бўлганман маҳрум, Билмам...недан юрак ишққа совуққон? Шеъримда уни мен этиб тараннум, Аслида бегона яшайман, ҳайрон.... ...Ҳаётим бугунин сўзладим, мана, Эртасин қуришини ўйлайман махзун, Ишқнинг китобини очаман яна, Яна мен Фарҳодман...Яна мен Мажнун! 2006, ноябрь... Firdavs |
Nima qilsam, Oyni boshqa yig'latmaysiz,
Nima qilsam, tinch qo'yasiz osmonlarni? Nima qilsam, yulduzlarga tosh otmaysiz, Nima qilsam, o'ldirmaysiz jayronlarni? Birga Haqning ayvoniga boradi, deb, Qaldirg'ochlar qo'llarimdan tutib olgan. Hech bo'lmasa, panoh so'rab beradi, deb, Oyog'imga kiyikchalar yotib olgan. Yomonlarga pastligim yo'q, asli, lekin, Giyohlarning nomlaridan qo'l so'rayman. Hali kechmas, hali yana sevish mumkin, Men gullarning ko'ngli uchun yo'l so'rayman. Nurga qayting - ro'yolarni ketkazasiz, Yeru ko'kning tinchi uchun boshlandi jang. Bu ketishda umringizni yutqazasiz, O'zingizga shafqat qiling - Oyga tegmang. Behzod Fazliddin |
Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas,
Dard istayu daf'ig'a davo qilma havas. Hijronu visol mutlaqo qilma havas, Dildoringdan g'ayri rizo qilma havas. |
Siz mendan hech narsa qilmaysiz talab,
Men sizdan hech narsa so'ray olmayman. Siz ketma, demaysiz, men esa.. yo Rab< Qolgim kelsa hamki, qolmayman. Zotan, siz sevgiga, ishqqa tashnasiz< Zotan, men mehrga muhtojman, zorman, Bilmam: kimga do'stsiz, kimga oshnasiz< Bilmam: kimga yorman, kimga darkorman. Kunora ko'raman, salom berasiz, Hatto jilmayasiz, qilasiz karam. Men sizni sog'ina boshlagan kundan, Buyon siznikiman, sizga man qaram. Bir shu'la ko'raman ko'zlaringizda, "Kim yoqqan olov bu?"- xatarli so'roq. Begona ism yo'q so'zlaringizda, Mening ismimni ham aytmaysiz biroq. Vohid Luqmon |
Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim. Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam, Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim. Bilmadim olam elida yo'qturur mutlaq vafo, Vahki, umri ulcha yo'qtur sog'inib yor istadim. Ulki, topilmas bashar jinsida vah g'aflat ko'rung, Kim pari xaylida men devonai zor istadim Sirri ishqimni ko'ngul ko'z birla fosh etmak ne tong, Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim. Shayx birla xonaqahdin chun yorug'luq topmadim, Dayr piri xizmatig'a ko'yi xammor istadim. Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g'ussadin, O'zni bekaslik balosig'a giriftor istadim. |
Mening ko'ksim sening dardingda dog'dir,
Bu dog' birla menga dunyo firoqdir. Dema joningni takror yoqmagaymen, Dog'im uzra bu dog'im dag'i dog'dir Menu vayrona hijron< baxtli ul kim, Nasibi sen kabi gul birla bog'dir. Firoqdan yig'lagil, ey bulbuli zor, Visol bog'ida aysh surguvchi zog'dir. Bugun gul bazmida kuychi bo'libdur< Qaro qarg'a qo'shig'i "qog'-qog'" dir. Nechun ey xoja< sen axtarmagaysan? Yo'qolmay, har tomondan bir so'roqdir. O'chirma otashin ohingni Jomiy, Qorong'u tunlaringda bir chiroqdir. Abdurahmon Jomiy |
Rayhonni so'ldirmoq gunohi azim,
Ey Sanam, qarshingda aylayin ta'zim, Sen-la nishonlamoq umrbod bazm - Orzumdir, shul yo'lda o'lsam, roziman, Ishq yurtida osiy bo'lsam, roziman. |
Нахот, дийдам шунчалар каттик,
Бешафкатсан, хаёт бешафкат. Хеч кимим йук узимдан ортик, Онам учун тополмайман Вакт. Бехзод Фазлиддин |
Ta'lim oldim boshoqlardan, donlardan ham,
Kulcha yuzlar hamda kulcha nonlardan ham. Men Vatanni o'rgandim har giyohidan, Shomlariyu rayhonlarin siyohidan. Qaldirg'ochlar to'ylarimda xizmat qildi, Kambag'alni suydim boylar izzat qildi. Dilga ko'chdi umriy ranju aziyatlar, O'ychan, keksa toklar qilgan nasihatlar. Men shundayin so'zga to'ldim ichlarimdan, Harf o'rgandim uylaring ham sinchlaringdan, Har qarichi, har g'ubori imlo, yurtim, Har bir toshi, har chinori mullo, yurtim. Bolalikdan bir g'aroyib taxtda bo'ldim, Oy, yulduzlar birlan mudom ahdda bo'ldim. So'qmoqlardan, oq, za'faron dalalardan Men za'faron so'zlar terib katta bo'ldim. Saboq oldim yanchilmagan somonlardan, Umr isi kelib turgan choponlardan. G'arib paxsa devorlardan oldim savod, Bildim nadir nadomatu nadir savob. Xatim chiqdi onam kaftin xatlaridan, Kamol topdim kaftlarining taftlaridan. Mehrlari ko'nglimga ko'zlar bo'ldilar, Vatan yanglig' ulug'vor so'zlar bo'ldilar. Sirojiddin Sayid |
Ruhim qilich bo'lib qolsa-yu,
O'z tanamni chopib tashlasam. Tilka-tilka qilib bag'rimni, Ming bo'lakka bo'lib tashlasam. Yerda yotgan har bir bo'lakdan Sening isming bo'lar namoyon, Tilkalangan majruh yurakdan, Qon o'rnida oqadi isyon. Agar jismim vayron bo'lsa-yu tirik qolsa nogahon ko'zim, Dono tabib ko'zni avaylab, Bir ojizga qo'ysa unga zo'r, Tiriklikka qaytgan ko'zlarim, Yana seni ko'rar Yolg'izim... Halima Ahmedova |
Мeнгa қaнот бeринг, хaлқим дaрдлaрин,
Олиб бориб тaшлaй тоғлaр ортигa. Рутубaт ҳукм этгaн тунлaрнинг бaрин, Йўлaтмaй яшaйин мaрдлaр юртигa. Мeнгa қaнот бeринг. Эркин қуш мисол, Жaннaтдeк боғлaрим кўз-кўз этaйин. Элимгa жилмaйсa кўкдaги ҳилол, Минг йиллик орзулaр рўёси тaйин. Қaнот бeринг, учaй, Ўзбeк ойим ҳaм, Ҳузуригa мeни чорлaр куюниб. Бугунги ўзбeгим қизин тaрбия Этмоқлик истaгин aйтaр суюниб. Бeсaлом, бeсaвод ёшлaргa қaрaб, Мўйсaфид хўрсиниб силкитaр бошин. Ғaмингиз бeрингиз мeнгa отaжон, Дунёлaр кўрмaсин кўзингиз ёшин. Қaнотгa муҳтожмaн, Вaтaним кaби, Aждодлaр руҳлaри бизлaргa ҳaмроҳ. Бизлaрким – улуғлaр нaсл-нaсaби, Букун осмонлaрдaн излaймиз пaноҳ. Firdavs |
Хаёт колмок ё улмок? Шудир масала!
Кайси бири булар бизга муносиб? Шу диолзор фалакнинг тахкирларига Шикоятсиз-шиквасиз чидаб турмокми? Йукса унга рад-бадал бериб кузгалмок, Курол олиб ё енгмок, ё махв булмокми? Улиш... Унутилиш. Масала тамом. Танимизга уралган минг-минг ташвишнинг Занжирин илол-абад узади улим. Зотан дилнинг азамат армони шу-ку! Улмок - гафлат тушида ухламок демак. Тушлар! Кандай тушлар у? Тушлар эмиш-а? Дунё туйгуларидан тикилган либос Гурда ечиб олинган булса, у холда Уликлар уйкусига кирарми тушлар? Мана , хамма сирларнинг хикмати шунда! Мана бизнинг хаётда гамларимизнинг Мухлатин йилдан-йилга чузаётган сир. Йукса шу киборларнинг жахолатига, Хокимларнинг жабрига, сохта кибрига, Шу мунофик мухитнинг айёрлигига, Бировига хасрат хам килолмасликка, Мухаббатнинг хору зор эзилишига, Мардакларнинг кузида хар кандай химмат Анойилик саналиб топталишига, Бутун бир разолатга ким чидарди, ким? Вахоланки, ханжарнинг битта зарбаси Бу мужмал тугунларни ечар куп осон. Улимдан сунг, у ёкда нелар булгуси? У кандай бир диёрки, унга борган куп, Аммо хануз кайтолган бирон йулчи йук? Бу вахима ром этар иродамизни, Номаълум диёрга кочишдан кура - Бизга таниш балога буламиз рози!.. Йукса тирикчиликнинг зири-борида Холсираб йурмокликка ким кунарди, ким? Бас, фикримиз шу тахлит куркоклашади, Ва аклнинг боши берк кучаларида- Сулиб кетар биздаги жасорат гули. Куп умидли, канотли ниятларимиз Хадеб, нукул оркага силтаниб колиб Барбод булаётирлар. Энди бас, етар!.. Вильям Шекспир ("Гамлет" дан) |
Эркак ва аёл ҳақинда хаёл Кўпдир аёллик шаънига Бефарқ боққан аёллар, Оқибатда кўз ёшлари Сойдек оққан аёллар. Гулдай аёлларинг кириб Гўзаллик деган уйга, Гўзал бўлдим деб чиқсалар Тушиб кулгили кўйга. Узун сочлар калта бўлиб, Айланар сап-сариққа, Ярим очиқ кўкрагида Кўзинг тушар «ариқ»қа. Қалин қаро қошлар гўё Игна мисол терилган, Қошлар териб ташлашгамас, Ҳусн учун берилган! Кўз-қовоқлар кўм-кўк, худди Эри уч кун ургандай, Лабга турли бўёқ берган «Ҳалиги»ни сургандай. Гулдай юзга уч-тўрт қават Сунъий сувоқ сувалган, Бўйнида-чи, шода симлар Чувалчангдай чувалган. Бул «ясама қўғирчоқ»қа Қалбинг қандай очасан, Тирноқларин кўргандаёқ Жонинг сақлаб қочасан. Енг, ёқасиз калта кўйлак Худди тарс ёрилгудек, Шуми чирой, бўлсаким ул Тупроққа қорилгудек?! Зиён-заҳмат тегмасин, айт, Аллоҳ берган чиройга, Ахир пардоз бермаслар-ку, Доғли саналган ойга. Бундай «ўздан кетиш»лари Бўлди ўзидан кетсин, Босит билиб берган борки, Чиройга нима етсин! Баъзи хотин хонадонда Эрга ташланар тикка, Хонадонда хўжайиндай Даъво қилар эрликка. Эр додини бериб бу «эр», Бул иши камдай тағин, Кўча-кўйда ҳам «зўр» эрур, Жиловламасдир жағин. Эр ўрнида кўрмай эрни Бигиздай бармоқ санча, Эрни ҳайдаб, боши «очиқ» Юрганлар сони қанча. Қилар иши шаробхўрлик, Тортиб турли тамаки, Тунларда-чи, турли меҳмон, Турли-туман «амаки»... Чала ярим пардоз қилиб, Қўлга қўйиб хинолар, Қилар очиқ-ойдин гуноҳ, Очиқ-ойдин зинолар. Буни гўё гўзал ҳаёт Билиб кайфин суришар, Ё, алҳазар, бу не билсанг, Башаралар буришар. Дегинг келар «Аёл бўлиб Бурчинг билганинг қани?!, Эрга аёл итоати – Бу Ҳаққа бош эггани! Унутмагин аёллигинг Ҳар кеч, ҳар тонг эрталаб, Ҳақ асрасин бўлишингдан Ҳар кун ҳар хил эр талаб!». Ҳар аёлда иффат, иймон Бўлмасин ҳеч мосуво,* Ҳар аёлга инсоф истаб Қўл очиб қилгум дуо... Нима бўлди кўп эрларга, Балки жинлар чалишган?! Назаримда, кийимлари Хотин билан алишган. Бозор, кўча айланарлар Кийиб ич кийимини, Чунки хотин тортиб олган Устга кияр шимини. Шим деб кийган калта шими Аранг ёпар сонини, Балки кўз-кўз қилмоқ бўлар Эркаклик нишонини?! Ахир тўғри киймайсанми, Ота-бобонг не кийган, Алар кофирча кийимдан Ҳар дам ўзларин тийган. Сочлар сал кам белда, тайёр Пилик солиб ўргудай, Чин инсоннинг бу ҳолатни Кўзи йўқдир кўргудай. Ҳужжатида эркак бўлиб, Қулоққа тақса балдоқ, Ўз эркаклик вазифасин Бажараркан ул қандоқ?! Яна қизиқ, қўл-бўйинга Турли тақин тақишлар, Тутиб турли тамакини, Чапиллатар сақичлар. Отилгайдир оғизлардан Ҳар турли шалоқ сўзлар, Бир маъно йўқ жаланглаган Кўзлар фойдани «кўзлар». Бундай ҳол бор барча юртда, Ҳар бир қишлоқ, овулда, Чунки хаёл Ҳақда эмас, Хаёллар бари пулда! Хаёлларда ҳар беҳаё Харом ишни ўйлашлар, Ўйламасдир оиласин, Хаёлида «ўйнаш»лар. Яна не деб таъриф қилай Зотингнинг бундай касин? Таъриф тамом... Тез айт унга, Тезроқ қилсин тавбасин! Гўзал бўлсин ҳар ҳолатинг, Сўзларинг бўлсин болдай, Эркак эркак бўлиб қолсин, Аёл қолсин аёлдай! Сўзларим ноўрин бўлса Мендан қилмагил араз, Истарамки, сендан кетсин Ҳар турли иллат, мараз! Ширин бўлсин сўзинг, бўлсин Қалб гўзал, иймон гўзал, Барча дил бир гўзал бўлса Бўлгайдур ҳар ён гўзал! Гўзал сўзи недур ўзи? – Аввал Ҳаққа ёқишдир, Барча бирдай ул нарсага Ҳавас билан боқишдир! Абдуғофур Собир Мирзо |
Цитата:
Nihoyatda ta'sirlik she'r yozibsiz. Faqat bu bo'limda she'rlarni bahru bayt tarzida aytishni kelishib olgandik. :icon_redface: Balkim, mushoira ishtirokchilari "Dildagi gaplar" deb boshqa sahifa ochsakmikan dardli she'rlarga? Nima deysiz?... :132: |
Цитата:
Тўғри айтасиз... мен эътибор килмапман... :biggrin: "Dildagi gaplar" хакидаги сахифа очишингиз яхши фикр бўлибди... |
Цитата:
|
Цитата:
Дилингга тушди ёгду. Тош, хаво, барг - кенг дунё Чолгу - кулингда чолгу. Когозга тушар шунда Хак сузлар ногох-ногох- Гуё хадис айтмокни Пайгамбар курган раво. Хар сузинг - Хакка чорлаш. Хар бир сузинг- истигфор. Хар сузинг- дилни поклаш- "Дил ба ёру даст ба кор". Чин сузга фано йукдур, Ростлиг ичинда Тангри. Хар бир чин суз ичра, ох, Минглаб куйганнинг багри. Рахмат ёгдирар Оллох, Дилингга тушар ёгду- Дардлардаги жаъми "ох"- Чолгу - юракда чолгу. Ларза тушади жонга, Бир онга йулинг равшан. Сен умрингни бир онга Жо этолмай йиглайсан. Усмон Азим |
Цитата:
Афсуски айрим ҳолларда "берилган қанот" кутилган натижага олиб келмайди. |
ON:
Нега шеър ёзмайин, этмайин ижод?! Нега қалбимдагин сочиб тўкмайин?! Ахир шу ёш юрак этганда фарёд, Сатр келаверар ёзганим сайин. Ижодим – ишончим – сирим ишонган, Ҳаётга умидим, ҳам тожу тахтим. Ёшлик сурурини инъом этолган, Ҳеч қачон тарк этмас ягона бахтим. Ойдин кечаларда дардларга дармон, Қувончга ҳамроздир шодон онларда. Дилимда яширин, ушалмас армон, Унда мужассамдир, этгумдир баён... Шеърим – туйғуларим этган ифода, Шеърим – етолмаган чин муҳаббатим. Шеърим – бу туганмас темир ирода, Шеърим – ўйларимда етган сарҳадим. Цитата:
|
Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib, Tobuting boshida cho’kkanimda tiz, Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib. Shundan beri tikman. Har nega qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga. Birov azasida yig’layman qon-qon, To’yida yayrayman o’xshab ohuga. Lekin qolganimda qalbim-la tanho, Tuyg’ular zoriga solganda quloq. O’zni zaif, chanqoq sezganda goho, Alamdan beraman javobsiz so’roq: Tirik ekan nega tashlab ketmading? Mendan nafisroqning husniga oshiq, Mendan yoniqrog’i tortmadi sani, Edi nigohingga bor jannat ochiq, Seni majnun etib bir yer go’zali, Nega meni tashlab ketavermading? Tirik ayrilishning dog’I og’irmish, Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab! Bu-mudhish egovga berardim turish, Ketsang ham menga jon tuyg’ungdan aynab. Bilardim, qaydadir olasan nafas, Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik. Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas, Bugungi qadaming kechadan yirik. Nega, nega meni tashlab ketmading? Bilaman, rashk meni etardi halok, Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim, Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok, Hayotda men uchun qolarding tirik, Qalaming mujdasin kutardim mushtoq. Ma’yus taqdiringga yashab men sherik, Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq. Nega tirik ekan tashlab ketmading, Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?! Zulfiya |
Gulim, sovuq boqma, qo'rqaman,
Qo'rqaman boz bo'ladi paydo - Olti qit'a, to'rt bahri ulkan, Huvillagan dahshatli fazo... Hayajonu zavqdan begona, Tinch daryoday jim oqdi umrim. U zamonlar sen bir afsona, U payt hali yo'q eding, qumrim. Vahimali, cheki yo'q olam, Bag'rida har sharpadan cho'chib Yashadim men - eng mitti odam, Goh miltirab, gohida o'chib. So'ng sen kelding sevib, o'rtanib, Panohimga, mehrimga mushtoq. Yoningdaman, qo'rqma, sevgilim, Men naqadar qudratliman, boq! Sehrgarman, ko'k shevasida Yulduzlar-la so'ylay olaman. Mast erurman ishq kemasida, To'fonlarda o'ynay olaman. Men saxiyman - kim istasa baxt Ko'ksin nurga to'ldiradurman. Oyni ko'kdan uzib olib dast Peshonangga qo'ndiradurman. Usmon Azim |
Текущее время: 08:57. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»