uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Nigora Umarova 04.04.2008 13:35

Ildiz yer oralab ummonga yetdi,
Maysa o’sa-o’sa osmonga yetdi.
Men senga yetmadim,
Qazoga ko’ndim.

Ildiz to’lg’og’idan tug’ildi nihol,
Maysaning qonidan chashmayi zilol.
Men esa jim ketdim.
Sazoga ko’ndim.

Sen nega ko’nmaysan,
Nega ko’nmaysan.
Maysaning qonida yugurgan sezgi?
Daraxtga dard bergan, baxt bergan.
Mening
Yuragimni itga yedirgan sevgi?!

Zebo Mirzo

Komil Eriev 04.04.2008 14:16

Ismimni hech aytolmasdi, uyalardi,
U jilmaysa, kun chiqqanday tuyulardi.
Ismin aytsam, olamga nur quyilardi,
Endi uni unutayin qanday qilib?

Ko‘zim yumib ochsam agar, sog‘inardim,
Chekib dardlar, yozib xatlar sog‘inardim,
Barmoqlarin o‘pib, battar sog‘inardim,
Endi uni unutayin qanday qilib?

Iqbol Mirzo,
"Dilim xufton" she'ridan

Nigora Umarova 04.04.2008 14:40

Bizni yomon deb o’ylagan, ey yaxshilar,
Kechirsinlar bizni agar kuch topsalar.
Kechirgaymiz gohi bilib, goh bilmasdan
Mahzungina qalbimizga o’q otsalar.

Kechirsinlar tun kechalar xoblarini
Bizga kelgan omadu baxt quvlasalar.
Kechirgaymiz uzun kunlar keng jahonga
Ko’kdan tushgan “baxtimiz”dan so’zlasalar.

Kechirsinlar peshonadan to’kkanimiz
Sho’r ter emas durdonaga aylansalar,
Kechirgaymiz sizdan ketib omonlikda
Yaxshilarga yo’llarimiz boylansalar.

Bizni yomon o’ylagan, ey yaxshilar,
Kechirsinlar o’zlarida kuch topsalar,
Sizning uchun bag’rimizdan joylar berdik,
Kechirgaymiz yana ming bor o’q otsalar.

Sizu bizning yaxshi, yomon amallarga,
Ajr bergay yolg’izgina Yaratganim,
Biz kechirdik qancha bo’lsa g’ayurlarni,
Qolganini o’zing bilgin, Olloh Karim.

Ra'no Yarasheva

Komil Eriev 04.04.2008 17:00

Mol-dunyo hasrati qilmasin afgor,
Mangu yashar kishi qani, qayda bor?
Bir necha nafasing tanda omonat,
Omonatga omonat bo'lmoqlik darkor.

Umar Xayyom

Akhmad Kodirov 04.04.2008 18:14

Tushdi savdoi muhabbat boshima
Or etar mardum kelurg'a boshima
Voh muhabbat ko`yida qon yig'ladim
Yetti iqlim g'arq bo`ldi ko`z yoshima

Boborahim Mashrab

Dilya Hasanova 07.04.2008 09:34

Аё чарх эттинг ортиқ жабр бунёд,
Кўзим ёшлиғ тилимда қолди фарёд,
Хаётим лолазоридин аюрдинг,
Ёқиб жоним кулим кўкка совурдинг.

"Ўтган кунлар" романидаги, Кумушнинг қабридаги битик.

Оффтоп:
Хатоси бўлса узр, ёддан ёздим.

Bahriddin Shayvaliev 07.04.2008 09:40

Garchi shuncha mag`rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak
Shunday ekan manmanlik nechun
Kibru-havo nimaga kerak

Kamtarin bo`l hatto bir qadam
O`tma g`urur ostanasidan
Piyolaning shuning chun inson
O`par doim peshonasidan.

E.Vohidov

Akhmad Kodirov 07.04.2008 12:29

Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilg'ay olmas barchasin ko`zim.
Maqtamasman moziyni biroq,
O'tmishingni o`ylayman bir zum.

Akhmad Kodirov 07.04.2008 12:37

Farishtamsan sen o`zing, ayol


Sen o`zingsan hayo bo`stoni
Mushtdek jussang tebratar dunyo
Bag’ring seni mehr makoni
Qilay ko`zga izing to`tiyo


Xaydlaring uchirar sabo
Unmoq istar qalbingda hilol
Bilgin doim jannatlar aro
Qora tunda nurafshon ayol


Guzal chehrang eritar muzni
Ohing yetar uzoq falakka
Gul jamoling oladi ko`zni
Sadoqatga tengsan malakka


Oshiqlarning sirli ohisan
Muhabbatsan yurakda hamon
Vafo bog’in tanho shohisan
Nigohing–la bosh egar osmon


Seni izlab Majnun sahroni
Aylandi-ku devona bo`lib
Tohir faqat sevib zuhroni
Jonin berdi guldayin so`nib


Sen onasan farzand chirogi
Baxsh etasan unga mehringni
Yorug’ bo`lsa bolang quchog’i
Berding unga borliq sehrini


Madh etmoqqa qalamim ojiz
Tariflashga so`zim ham yetmas
Muqaddassan sen faqat yolg’iz
Bahor hidi seni tark etmas

_________________________
Qarshi "Nuriston" akademik litseyi
Sevinova Dilabza, talaba

Vasliddin Tuychiev 07.04.2008 14:19

Сени севмок гунох булса гар,
Осий булай майли бир умр
Учмокларинг керакмас менга
Ишксиз юрак топганим хузур

Сени севмок гунох булса гар
Дузахларинг ёккин багримда
Совур майли кукка кулимни
Узга кисмат йук такдиримда

Сени севмок гунох булса гар
Гам тош булиб ёгил бошимдан
Билармисан кечалар мохим
Воз кечмам ул куёшимдан

Сени севмок гунох булса гар
Жазолагин одил ва хакли
Мен-ку севиб булсам гунохкор
Сен севмасдан яшайвер бахтли.


Текущее время: 19:19. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»