Цитата:
Сообщение от Samariddin
(Сообщение 135296)
Бугунги таълим тизимимизда мактаб,оила ва махалла ўртасидаги муносабатлар жуда мухим ўрин тутади.Хусусий таълим эса моддий манфаатдорликка асосланади. Хусусий таълим олиш имконияти бўлмаган 50 % ўкувчи эса давлат мактабларида иккинчи даражали ўкитувчилар кўлида тахсил олишади в эътибордан бироз четда колишади. Хусусий таълимнинг махалла билан хамкорлиги расмиятчиликка айланади..... Бу ерда узвийлик йўк.
|
Rivojlanayotgan mamlakatimiz uchun bir tizimni yaratishdan ko'ra, bor tizimni takomillashtirish, hech bo'lmasa, 15 yil avvalgi holatiga keltirish maqsadga muvofiqroqdir. Har qanday yirik, davlat miqiyosidagi tizimning yaratilishi mamalakat g'aznasidan juda katta mablag' talab qiladi - bu masalaning iqtsodiy tomoni.
Оффтоп:
P.S. aytishingiz mumkin, xususiy ta'lim, o'z nomi bilan xususiy, unga davlat mablag'i aralashmaydi, deb....lekin adashasiz, har qanday tizim ham shu mamlakat ichida bo'lar ekan, uning qoida va tartiblarini ham davlat belgilab beradi. Uni nazorat qilish, me'yoriy hujjatlar chiqarish va hk. lar mablag'siz bo'lmaydi
Endi masalaning ma'naviy tomoniga o'taylik:
1.
Nigora Umarova aytganlaridek, bu, avvalambor tabaqalanishni keltirib chiqaradi.
2.Bu, tabiiyki, yosh o'sib kelayotgan avlodning, ma'lum darajada ma'nan ezilishi bilan psixologik nomutanosiblikka olib keladi.
3. Xususiy va umumiy ta'lim o'qish yillari miqdorining doim ham bir xil emasligi (oqibatda, maktabni bitirmagan yoshlar xusisiy ta'lim orqali bilim olib, o'rta maktab yo kollej (va hk.)larning bitiruv hujjatini sotib olib, noqonuniy tarzda oliy o'quv yurtlariga hujjat topshirilish holatlariga olib keladi)
4. Xususiy ta'limda aynan bir xil yo'nalishda o'qitilishga katta e'tibor qaratilishi va 2, 3,..., n darajali fanlar degan tushunchaning vujudga kelib qolishi. Vaholangki, har bir o'quvching komil inson bo'lib yetishishida har tomonlama asos bilimlarning berilishi juda muhimdir.
...
Masalaning echimi (taklif): Masalaning yechimi sifatida mavjud umumta'lim tizmining takomilashuviga ko'proq e'tibor berish, buning uchun mablag' ajratish, umumta'lim maktablari o'qituvchilarning maoshlari tizmini qayta ko'rib chiqish, maktab va ota-onaning doimiy aloqada bo'lishini ta'minlash, bolalarda tabaqalanish degan tushunchaning rivojlanmasligini oldini olish, maktabdagi ichki qoidalarni nazorat oldiga olish, umuman olganda maktabga bozor emas, bilim o'chog'i sifatida qaralishini ta'minlash
Qo'shimcha chora-tadbirlar: darsliklarning "rang-barang"ligiga chek qo'yish, maktabda poraxo'rlikni tag-tugi bilan qo'porib tashlash,maktablarda qo'l telefoni ishlatmaslik to'grisida yo'riqnoma ishlab chiqish va uni amalda qo'llash,m uni ota-onalar bilan kelishgan holda qattiq nazorat ostiga olish, maktablarda yagona forma joriy qilish, shuningdek, maktabgacha tarbiya muassasalarining ham faoliyatini tartiblashtirish