Pfefferminze |
21.07.2011 17:53 |
Assalomu alaykum Izzatilla aka,
hayotning qizig'i insonning chin dildan qilgan niyati amalga oshishida ekan. Gap shundaki men, 2000-2002 yillarda Germaniyada magistraturada o'qib yurgan paytlarimda "Xo'ja" guruhining ashulalari yozilgan kassetalarim bor edi...O'shanda ismingizni bilmas edim...Men, o'sha kassetalarni chet ellik dugonalarimga bergan edim... Ular Parij, Belgiya ko'chalarida mashinda aylanib yurganlarida o'sha kassetalarni baland qilib qo'yishar ekan...Sababini so'rasam, ularga "Xo'ja" guruhing ashulalar judayam yoqqanini aytishgan edi, shunda men ularga sovg'a qilib bergan edim kassetalarni hamda tarjima qilib bergan edim...Keyin ular urganib olishib, kimsan, kimsan deb o'zbek tilida ashula aytishadigan bo'lishgan edi...:-) Men o'shanda ko'nglimdan o'tkazgan edim, eh, Xo'ja guruhini taniganimda, aytib quyar edim, qanchalik chet ellik dugonalarimga bu ashulalar yoqqanini deb...Qarang, niyat xolis ekan o'shanda, mana oradan shuncha yil o'tgan bo'lsa ham nasib qilibdi ekan shu bo'lgan kichkina voqeani aytib berishga...hamda "Xo'ja" guruhining solisti Izzatilla Ibragimov ekanini rostini aytsam shu forumdan bilib oldim...:-)
Fursatdan foydalanib, Sizga, bitta savolim bor edi...Men aslida ijodkor inson emasman, ammo eng tushkun, eng stressli paytlarimda soatlab pianino chalib jahl ustidan kuy bastalashim mumkin, ammo bu uchun men judayam qattiq g'azabda bo'lishim kerak...:-)
Siz, ijodkor sifatida, mana shunday holatga tushganingizda, nima ish qilasiz, ijod qilasizmi yoki?
Javob uchun oldindan rahmat,
hurmat ila
Ra'no
|