| Masud Mahsudov |
01.07.2008 10:42 |
Цитата:
Сообщение от Vohid Oripov
(Сообщение 115875)
Тохир Маликнинг "Жиноятнинг узун йули" китобида кузим тушган эди бир суткада 24 соат булса шундан бола 6-7 соатини укишда утказади. Колган вактда уйда аникроги ота-она назоратида булади. Нега энди ота-оналар укитувчилар яхши таълим-тарбия бермайди, карамайди деб нолишади. 17-18 соат ичида фарзандини йулга сола олмаган, китоб укишга ургата олмангандан кейин укитувчи буни уддалаши мумкинми? Укитувчи бу киска вакт ичида таълим берсинми ёки тарбия. Умуман ёшларни китоб укишга кизиктириш таълимгами ёки тарбияга кирадими?
|
ON: Mukoshafat-ul-qulub
Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
OFF: Men esa ta'lim va tarbiyani parrallel olib borish tarafdoriman... O'qituvchi bo'lsangiz, faqat ta'lim bilan cheklanib qolish kerak, degan fikr doimo o'rinli , deya olasizmi?... Yo'q... Fikrimcha, har qanday ta'limning zamirida insoniylikka o'rgatish, vatanparvarlik va hk. larni o'z ichiga olgan TARBIYA yotishi zarur va muhim...Agar shunday bo'lmas ekan, nima keragi bor u ta'limni?... Qanday naf?... To'g'ri, yuqorida aytgan manbada, shunday satrlarni men ham uchratganman...Lekin, bu degani, o'qituvchiga ko'p narsa bog'liq emas, degani emas-ku... Aynan o'qituvchi yosh niholning qalbida o'qishga bo'lgan mehrni uyg'ota olishi kerak... Undashi kerak... Men faqat til-adabiyot o'qituvchisi haqida gap yuritmayapman... Har qanday fan o'qituvchisi ham, o'z faniga sal bo'lsa-da, yaqin bo'lgan badiiy, ilmiy adabiyotlarni tavsiya qilsa bo'ladi-ku?... Yoki, darsning 5 daqiqasini aynan biror asar haqidagi o'quvchilarning fikri bilan bilan tanishsa...
Afsus..ming afsus... Hozirgi yosh avlod kitob o'qimay qo'ydi...O'qishadi, qachonki biror o'quv yurtiga kirish imtihonlarida o'qiladigan asardan savol tushsa... yahshiyam shu kirish imtihonlariga badiiy adabiyotlardan savollar qo'yilgan...Agar bo'lmaganda edi... bilmadim...umuman hech qaysi yosh qo'liga kitob olmay qo'ygan bo'larmidi, vallohu alam...
Biz paytimizda, adabiyot o'qituvchimiz har ta'tilga ketayotganimizda o'qishimiz kerak bo'lgan kitoblar ro'yxatini berardilar... Ta'tildan qaytganimizdan so'ng shu asarlarning qisqacha mazmunini aytib berar edik ularga... O'qish paytlarida esa, sinfdoshlar bilan almashib o'qirdik kitoblarni... shu kitoblar haqida baxslar bo'lardi... Hozirchi, baxs mavzulari faqat telefonlar, qizlar(yigitlar), serial, mashinalar... Afsus... botqoqqa ketayotganimizni o'zimiz bilmayapmi... bilayotgandirmiz... lekin chiqishga harakat qilmayapmiz ham... afsus...:(
|