![]() |
[QUOTE=Gulchehra Ibragimova;540235]
Цитата:
Потирлаган қуш каби. Биз босиб ўтган йўллар, Муҳаббатнинг мактаби. девана |
... Ишқда тиланчилик одатим эмас,
Номардга ёлвориб нима орттирдим? Мен севар бўлсам гар мардлар кам эмас, Рости мақтовингиз жуда бўрттирдим.. (А.Б) |
Мен ўзим Қатағон, мен ўзим Маҳмуд,
Мен ўзим Машрабман, дарди девона. Оламга сиғмадим, тор менга ҳудуд, Дунёда топилмас мендай парвона. Халлож акам ўтди, устоз Насимий, Физулий боғидан лолалар тердим. Чин ашъор битиш бу Журъат қадимий, Шогирдлик ҳассасин Маҳмудга бердим. |
Цитата:
Мажнуни паришон – ўзимман, ўзим, Саргаштаю ҳайрон – ўзимман, ўзим. Ҳар ҳоли хароб бир мададкори бор, Ул бесару самон – ўзимман, ўзим! Жалолиддин РУМИЙ |
Цитата:
Етаклайди черковга томон. Мен бечора ипдай эшилиб, Дилга мачит излайман ҳамон. Мукка тушиб судраламан жим, Кўз олдимда ҳашамли дацан. Қайда қолдинг бобо мунажжим, Авестодан бўш қолган ҳарам. |
Цитата:
Минг бир дарду ғамдан ғариб урёнман, Жигар-бағри куйгун кабоб бирёнман. Бағрим ёқар алам: кўз мардумидек Кўзим ичрасан - кўролмай гирёнман. Абусаид АБДУЛХАЙР |
SENSIZ
Mana, bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib, Tobuting boshida cho’kkanimda tiz, Farzandlar ko’tardi qo’limdan tutib. Shundan beri tikman. Har nega qalqon, Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga. Birov azasida yig’layman qon-qon, To’yida yayrayman o’xshab ohuga. Lekin qolganimda qalbim-la tanho, Tuyg’ular zoriga solganda quloq. O’zni zaif, chanqoq sezganda goho, Alamdan beraman javobsiz so’roq: Tirik ekan nega tashlab ketmading? Mendan nafisroqning husniga oshiq, Mendan yoniqrog’i tortmadi sani, Edi nigohingga bor jannat ochiq, Seni majnun etib bir yer go’zali, Nega meni tashlab ketavermading? Tirik ayrilishning dog’I og’irmish, Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab! Bu-mudhish egovga berardim turish, Ketsang ham menga jon tuyg’ungdan aynab. Bilardim, qaydadir olasan nafas, Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik. Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas, Bugungi qadaming kechadan yirik. Nega, nega meni tashlab ketmading? Bilaman, rashk meni etardi halok, Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim, Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok, Hayotda men uchun qolarding tirik, Qalaming mujdasin kutardim mushtoq. Ma’yus taqdiringga yashab men sherik, Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq. Nega tirik ekan tashlab ketmading, Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?! Zulfiya |
Hurmatli, Najmeddinov Ahmadjon... Mavzu qoidalariga amal qiling, iltimos... Qo'ygan she'ringiz o'zingizdan avval qo'yilgan she'r oxirgi harfidan boshlanishi kerak...
Ne sirlarning makonidirsiz? Sizda qaysi farishta ko’ngli? Ibolarga yashiringan qiz, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Kuz ta’sirin o’tkazmish yuzga, Tunni tashlab, o’ting kunduzga, Shudring tushmish kiprigingizga, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Og’ridimi ichingiz nogoh? Ma’yuslikka burkangan nigoh, Ne bo’lsayam qilingiz ogoh Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Chehrangizda garchi tabassum, Botingiz yig’larmi sim-sim? Uzoqlarga termulgancha jim, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? O’rin bormi ozgina arzga? Malham aylang yuragi darzga, Qarashingiz beringiz qarzga, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Chashmingizning ikki sohili, Yomg’irlarning bo’lmish doxili. Anduhingiz nedir oxiri? Ko’zlaringiz bunchalar mungli? O’yingizga tushib ketsaydim, O’zim birla mehr eltsaydim Jindek quvonch hadya etsaydim. Ko’zlaringiz bunchalar mungli? Boqishingiz bu qadar g’amgin, Ko’zlaringiz bunchalar mungli? (c) |
Цитата:
Мен улар комига отилган вайрон. Сенинг дардларингни англаган ҳамон, Ўз дардларим мени айлади ҳайрон. Сенинг кўзларингда мунг гапирмоқда, Вужудинг тирнаган ғам гапирмоқда. |
Аёлни сев, аёлга ёлбор,
Минг бир кеча эртакларинг айт. Алпомишлар туғиб беради. Аёлни сев, остонасин ўп, Қаср қурма, кўнглини сўра. Бало келса туриб беради. Аёлни сев, ўламан, дегил, Ишқ яратган парвардигордан- Сенга умр тилаб беради! (Фарида Афрўз) |
Текущее время: 16:18. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»