![]() |
Цитата:
Intiq bo`lib yo`l qarayman, Kipriklarim xo`l qarayman, Qayta-qayta mo`l qarayman, Kelarmilar? Biz tamonga yo`l uzoqmi, Cho`nqir ko`pmidi tuzoqmi? Tushdan keyin yo kechroqmi, Kelarmilar? Цитата:
Yolg`on - shirin, yolg`on...rost. Foydani ichga solib, Gunohni bo`yningga os! Nima bo`lsa u shohid , Korib-bilib turadi. Shubhangiz bormi yohud, Kulgan oxir kuladi. (C) |
Yana bo'lmadi. Siz she'rni shunday misralar bilan tugatingki, bir xil harf bilan tugasin. Mas'udbekka atalgan she'r "n"da, Gulchehra opaning she'rlari "i"da tugabdi
|
Men ham shunday qilmoqchi edim... sal vaqt masalasi qiynadi. Bir qoshiq qonimdan kecharsiz:)
|
Цитата:
Tosh ko‘ksingdan mehr axtarib. Muruvvat xam tutilsa darig‘, Seni jondan suyganim nechuk? Ayro tushsa taqdirda yo‘llar. N.U (mana men tuzatib quydim, :) davom ettiramiz, R harfi bilan :-)) |
[QUOTE=Pfefferminze;..Ayro tushsa taqdirda yo‘llar.
(mana men tuzatib quydim, :) davom ettiramiz, R harfi bilan :-))QUOTE] Ташаккур, Сизга Раънохон! Дўстларни вазиятдан қутқардингиз. Аммо шу "Р" ҳарфига андак мушкул бўлади-да, байт топиш..барибир ҳам излаган имкон топади, деганларидек, излаб-излаб мана топганим: ..Рашкингизни тарозига қўйиб келинг, Ўзга гулга ёқиш учун урунмайман. Вафо деган либосингиз кийиб келинг, Ўзингиздан бошқасига кўринмайман. Соя каби бу ғамларнинг ўтмас тиши, Бор умидни армонларга боғлаб қўйманг. Ўзи, бизни бахтли қилиш-ҲАҚнинг иши, Янглишиб ҳам ўзгасига йиғлаб қўйМАНГ :187: Беҳзод Фазлиддин |
Gul bilan tikanning birligi go`zal,
Bul qaro ko`zlarning sirligi go`zal, Go`zaldir tog`larning boshida oqlik, Insonning dillari nurligi go`zal. (C) |
Лайлинг бўлолмасман, сен эса Мажнун,
Ишқ дарди кимларни этмаган жунун. Бахт сўзи рўёдир, шунчаки афсун, Хижроннинг йўллари узундан-узун.. |
Naqadar beg'ubor, poksan bolalik
Ham sho'xsan, umrning kurtagisan sen Doim o'yin ila qaynoq bolalik Buvimning so'ylagan ertagisan sen. Tushimda ko'rganim o'sha arg'imchoq Meni eltib qo'ydi, go'zal olamga. Uyqudan turdimu, yurakdan shu choq Beg'ubor kulgungni oldim qalamga. Оффтоп: Faqat kulmang she'rimga o'quvchiligimda yozilgan. Bola bo'lib bolalikni sog'ingan damlarimda |
Ayriliq oni yaqindir , kema yo`l bonggin chalur,
Vah, meni tashlab firoqqa , yor yiroqqa yo`l olur, Jon ketib jonon bilan sohilda bir jismim qolur, Har qachonkim kemaga ul oy safar rahtin solur, Mavjliq daryo kabi oshufta ko`nglim qo`zg`olur. Navoiy g`zaliga E. Vohidov muhammasidan |
Цитата:
Раҳм-шавқат тиламасман, қайрилмай кетинг, Қайтмагайман энди минг бор тавалло этинг. Вақти келар биз томонда "байрам бўлажак", Зулматларни ёритгувчи офтоб кулажак (Ч.Б) |
Текущее время: 10:42. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»