uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Дойра (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=523)
-   -   Uznet.biz - Qiziqishlaring tarmog'i (https://uforum.uz/showthread.php?t=13634)

Gulsum Tillyabayeva 28.10.2011 15:49



Qovoq bir necha ming yildan buyon yetishtirib kelinayotgan sabzavot hisoblanadi. Qovoq o'z tarkibidagi ko'p miqdordagi sellyuloza, suv va biriktiruvchi to'qimalari tufayli ozish uchun yordam beradigan parhezlarda ko'p qo'llaniladi. U ovqat hazm bo'lish jarayonlarini tezlashtiradi, toksinlardan tozalaydi, moddalar almashinuvida ishtirok etadigan ortiqcha mahsulotlarni yo'q qiladi hamda organizmdagi suv balansini tartibga soladi.


Gulsum Tillyabayeva 07.11.2011 19:22

Sayyohlik – iqtisodiy rivojlanishning muhim sohasi

http://uza.uz/ru/images/4565.jpg


“O‘zekspomarkaz”da 2 noyabr kuni “Ipak yo‘lidagi turizm-2011” XVII Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ochildi.

“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi, “TNT Expo” ko‘rgazma kompaniyasi va “Buyuk Ipak yo‘li” reklama agentligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirning ochilishida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning sayyohlik firma va kompaniyalari, mehmonxonalar vakillari, soha mutaxassislari, olim va ekspertlar hamda yurtimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.


Gulsum Tillyabayeva 07.11.2011 19:23

Отабекдан “Бунёдкор” футбол клубига совға

http://files.servers.uznet.biz/mediu...9107264538.jpg


Яқинда Тошкентнинг “Бунёдкор” футбол клуби Ўзбекистон чемпионатининг жорий мавсумдаги чемпионлигини нишонлади.

“Жар” стадионида Фарғонанинг “Нефтчи” жамоасини 1:0 ҳисобида мағлубиятга учратган “Бунёдкор” аъзолари муддатидан аввал Ўзбекистон чемпиони деган шарафли номга сазовор бўлдилар.


Gulsum Tillyabayeva 07.11.2011 19:25

Маданий трансформация ёхуд инсон онгини эгаллаш

http://files.servers.uznet.biz/mediu...7268b0108f.jpg

Бугунги плюрализмга, турфа қарашларга асосланган жамиятда ижтимоий ҳаётда плюралистик ахлоқ нормаларига амал қилиниши табиий ҳол. Ҳар бир жамият, ҳаттоки ҳар бир индивид ўзининг шахсий ҳаётида ўзига хос тарзда шахсий хулқ атвори ва фикрига эга. Лекин бугунги глобаллашув ва маданий трансформация кечаётган жамиятда муайян кучлар томонидан ўз ғояларини етказиш, аниқроқ қилиб айтганда ғояни зўрма зўраки тиқиштиришнинг минг бир усули ўйлаб топилган ва бу кўп ҳолларда яширин кечади. “Инсон руҳияти билан ўйнашиш болалар гугурт ўйнашидан ҳам даҳшатлироқ оқибатларга олиб келиши мумкин. Бинобарин, психотрон қурол атом бомбасидан ҳам кучлироқдир”, деган эди Россия Тиббиёт фанлари академиясининг мухбир-аъзоси В.П.Казначеев.


Gulsum Tillyabayeva 07.11.2011 19:26


Qorxat odati ajdodlarimiz yozuv madaniyatiga erta ko’chganlaridan dalolat beradi. Qorxat o’yini vositasida ular o’zlarining serhimmat, qo’li va ko’ngli ochiq, saxiy, badavlat xalq ekanliklarini namoyish qilishgan. Ayni paytda qorxat yordamida orasidan gap qochgan ayrim qabilalar, urug’lar, oilalar, quad-andalar yana qayta yarashib, do’stlashib olishgan.



Gulsum Tillyabayeva 07.11.2011 19:27



Men kichkina qizaloqligimdan pianino chalishni, u orqali go'zal kuylar ijro etishni orzu qilganman. Shirin orzular ko'kka uchib, boshimdan esa uning ro'yobi yog'ildi! :) Yaxshi niyat baribir bir kun ushalar ekan. Faqat chin dildan istalsa!


Gulsum Tillyabayeva 07.11.2011 19:28

Asalli “Yeyishga ulgurib qol” torti ("медовый")

http://files.servers.uznet.biz/mediu...60d37bfecd.jpg


Internetda ushbu rasmni ko’rganimdan keyin kun bo’yi bu tort miyamda aylanib yurdi, kechga yaqin esa uni tayyorlab ko’rmasam uxlolmasligimni angladim. Tayyorlab yeb ko’rganimda esa uning mazzasini hozir so’z bilan ta’riflash qiyin.

Gulsum Tillyabayeva 07.11.2011 19:30

Qo‘llarni to‘g‘ri yuvamiz!!!

http://files.servers.uznet.biz/mediu...93d1f7dcf1.jpg

Shaxsiy gigiyenaga rioya etish, ayniqsa qo‘llarni tez-tez yuvib turish yuqumli kasalliklar profilaktikasida muhim rol o‘ynashi haqida oldingi postlarimizda ham aytib o‘tgandik. Shu mavzuni rivojlantirgan holda, bugun o‘zining va yaqinlarining salomatligiga


Gulsum Tillyabayeva 08.11.2011 18:14


Rossiya Davlat Yoshlar Kutubxonasi yoki zamonaviy kutubxona qanday bo’lishi kerakligi haqida [foto-sayohat]

http://files.servers.uznet.biz/mediu...b95ff7c054.jpg

Hammamizga ma’lum bo’lgan “Jonli Jurnal”dagi «Оттенки Серого» blogida Rossiya Davlat Yoshlar Kutubxonasi haqida ajoyib bir reportaj berilgan ekan. U rang-barang suratlarga boy bo’lib, kutubxonaning loyihalar bilan ishlash bo’limi mudiri, bir qator bloglar muallifi Anton Purnikning fikr-mulohazalari bilan keltirilgan. Shu blog-postning qisqacha tarjimasini suratlari bilan birga sizning etiboringizga havol qilmoqchimiz.


Gulsum Tillyabayeva 08.11.2011 18:16


Kuz tugamasdanoq kunlar ancha sovudi, bu havoda bemalol qishki kiyimlarni kiysak ham bo'ladi. Har faslda dunyo moda ustalari va mutaxassislari tomonidan qandaydir rang hamda liboslar urfga kiritiladi.


Gulsum Tillyabayeva 08.11.2011 18:18

Рентген аёл

(Табиб Муҳаббат Холматова ҳақида очерк)



Шундай хислатли инсонлар бўладики, уларнинг юзидан ёғилиб турган нур, тилидан томган асал, кўзидан таралган меҳр, ҳатто бармоғи учидан узатилган қувват ҳам дардмандга шифо, ўксик кўнгилга мадор, руҳиятга куч бағишлайди.

Gulsum Tillyabayeva 08.11.2011 18:20


Yigitlar uchun moda, sharflar - 2011

http://files.servers.uznet.biz/mediu...20c199bfba.jpg

Har kuni o'qish, ish va turli yumushlar bilan bo'lib, yangi urf bo'lgan kiyimlar yoxud moda haqidagi so'nggi yangiliklarni bilishga fursat yetmaydi.


Gulsum Tillyabayeva 10.11.2011 15:38

Мансур Ҳалложнинг қатли ҳалолми?

Ушбу мақола сарлавҳасидаги мавзу бир неча асрлардан бери кўп баҳс-мунозараларга сабаб бўлиб келаётган масалалардандир.
Шунингдек, “қатли ҳалолми” деган сўз (ҳалол-ҳаром, жоиз-ножоиз, раво-нораво каби) шаръий ибора бўлгани учун ҳам ҳаммага тушунарли бўлиши учун қўлланмоқда.


Gulsum Tillyabayeva 10.11.2011 15:40

Боясь расплескать в себе музыку...

http://files.servers.uznet.biz/mediu...6940ccb42a.jpg


Только что вернулась с концерта Мюнхенского оркестра Jakobsplatz, который прошёл в Большом зале консерватории Узбекистана.


Gulsum Tillyabayeva 10.11.2011 15:42

Islohotlar samaralari ijtimoiy roliklarda

http://files.servers.uznet.biz/mediu...2264e8f5b3.jpg


Toshkentda Ijtimoiy teleradioroliklar IV milliy festivali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizdagi nodavlat teleradiokanallar jurnalistlari ijtimoiy ahamiyatga rolik mavzulardagi ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.


Gulsum Tillyabayeva 10.11.2011 15:44

Манзура Бекчонова: “Ёниқ сўз” жозибаси

http://files.servers.uznet.biz/mediu...920bc2f29c.jpg


Қозоқбой Йўлдошнинг “Ёниқ сўз” китоби бугунги ўзбек адабиётининг энг долзарб масалалари тадқиқига бағишланган. Муаллифнинг турли йилларда ёзилган мақолаларидан ташкил топган бу тўплам ижодкор шахсиятига эҳтиром ила ёндашуви ҳамда бадиий матн замиридаги эстетик жозибани очишга йўналтирилганлиги билан эътиборни тортади.


Gulsum Tillyabayeva 10.11.2011 15:47

The Metropolitan Museum of Art пополнился книгами из Узбекистана

http://files.servers.uznet.biz/mediu...d983358ac6.jpg

Первого ноября в нью-йоркском Метрополитен-музее состоялось грандиозное открытие комплекса из 15 интереснейших новых галерей, представляющих искусство арабских стран, Турции, Ирана и Центральной Азии, а также Южной Азии нового времени.


Gulsum Tillyabayeva 10.11.2011 15:49


Hurmatli foydalanuvchilar ushbu postimizda aptekalarda uchraydigan sifatsiz dori-darmonlarning ro‘yxatini keltiramiz. Quyidagi dorilarni xarid qilishda albatta o‘ramidagi yozuvlarga e’tibor berishni va ushbu dori vositalarini sotib olmaslikni maslahat beramiz, ular sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin.


Gulsum Tillyabayeva 10.11.2011 15:58

Ko'pchilik bolalar ovqat yeyishdan ko'ra shokolad, shirinliklar yoki keraksiz narsalar bilan qornini to'ydirishni afzal ko'rishadi. Lekin farzandlarimiz o'z vaqtida foydali sabzavotlardan ovqatlanishiga, ularda estetik did shakllanishiga bolalar uchun karving usullari yordamga keladi

Otabek 19.11.2011 19:37


Kompyuterda ishlash davomida ekrandagi ma’lumot tasvirini boshqalar bilan alishish ehtijoyi paydo bo’ladi. Aytaylik, ro’y berayotgan xatoliklar haqidagi xabarni tegishli texnik xizmat xodimlariga uzatish yoki shunchaki do’staringiz bilan foydali ma’lumotlarni almashish maqsadida. Ko’p hollarda buning uchun mana bu qadamlarni bosib o’tishimizga to’g’ri keladi:

1) PrintScreen tugmasini bosish;

2) MS Paint’ni ochib unga tasvirni qo’yish, qirqib olish va saqlash;

3) Tasvirni elektron pochta yoki chat ilovasi tarzida jo’natish.


Gulsum Tillyabayeva 21.11.2011 12:56

Маънавий жавоҳирлар сандиғи


Манбалар хазинаси бўлими томонидан “Маънавий жавоҳирлар сандиғи” деб номланган тадбир ўтказилди. Унда Манбалар хазинасининг очилмаган қирралари ҳақида маълумотлар, билимлари уммон устозларимизнинг ўзига тортар беназир фикрлари, донишмандларнинг ҳикматли “инжу”лари, машҳур хаттот Ҳабибуллоҳ Солиҳ томонидан тайёрланган хаттотлик кўргазмаси, Манбалар хазинасининг “ғазначилар”и томонидан китобларнинг эксклюзив тақдимоти, фаол талабалар иштирокидаги саҳна кўринишлари, шунингдек, викторина саволлари тақдим этилди.


Gulsum Tillyabayeva 21.11.2011 12:57



Hayotimizga telegraf, radio, keyin telefon kirib keldi. Radiotelefon, peydjer, uyali aloqa telefoni… Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib bormoqda. Muhim telefon so’zlashuvlari qisqa >>

Gulsum Tillyabayeva 21.11.2011 12:58

Simobli termometr sinib qolsa nima qilish kerak?
 
Simobli termometr sinib qolsa nima qilish kerak?

http://files.servers.uznet.biz/mediu...da0a462676.jpg

Bugun Rossiyaning 1-kanalidan “Jit zdorovo” ko‘rsatuvini ko‘rib qoldim. Unda singan termometrni qanday qilib utilizatsiya qilish haqidayam berishdi. Uni juda qiziqib ko‘rdim, chunki yaqinda tasodifan uydagi simobli termometrni sindirib qo‘ygandim va siniqlarni qanday qilib tozalab olishni bilmasdan, oddiygina latta bilan artib musorga tashlab yuborgandim. Ammo ko‘rsatuvdan bildimki, juda katta xato qilgan ekanman. >>

Gulsum Tillyabayeva 21.11.2011 13:00

Immunitet – nima u?
 

Bugungi mavzumizni immunitetga bag’ishlashni niyat qildik.

Chiniqishlar va hayot tarzini o’zgartirish bilan bolaning doim sog’lom bo’lishini ta’minlay olmaysiz. Har bir inson bolaligidan tortib, to katta bo’lguniga qadar turli mikroblarga duch keladi. Turli xil yuqumli kasalliklarga qarshilik kuchi paydo bo’lmagunicha – inson, shu qatori bolalar ham kasallikka ro’baro’ kelaveradilar. >>

Gulsum Tillyabayeva 21.11.2011 13:01

Дилфуза Қўзиева: “Учинчи чизиқ”


Цитата:

”Ўзимни йўқотиб, ўзлигим топдим...“

Чорибой олти қиздан кейин тилаб топган ўғлини еру кўкка ишонмасди. Қайга борса, ўғлини ўйлаб, дам ўтмай уйига қайтаверадиган одат чиқарган Чорибой аввалида кўпкаридан ҳам чиқиб кетди. Кейинчалик эса, ўғли атак-чечак юриб, ”атта, атта“ деб тили чиққач, усиз уйдан бир қарич ҳам нарига ҳатламайдиган бўлди. ”Юрасизми болали хотиндай“ деб жаврарди аёли Чорибойга ҳар гал эри уйдан чиқаётиб ўғлини даст кўтариб эгарининг олдига мингаштираётган чоғ.

Gulsum Tillyabayeva 21.11.2011 13:02



Ertalabki nonushtaga issiqgina qatlamalar bilan choy ichishga nima yetsin?... Uni murabbo yo'ki xolvatarga qo'shib yeyilsa mmmm juda mazali bo'ladi. >>

Gulsum Tillyabayeva 21.11.2011 13:03

Gyazo – skrinshot yuborishning eng tezkor usuli

http://files.servers.uznet.biz/mediu...23b64b9c66.jpg


Kompyuterda ishlash davomida ekrandagi ma’lumot tasvirini boshqalar bilan alishish ehtijoyi paydo bo’ladi. Aytaylik, ro’y berayotgan xatoliklar haqidagi xabarni tegishli texnik xizmat xodimlariga uzatish yoki shunchaki do’staringiz bilan foydali ma’lumotlarni >>

Gulsum Tillyabayeva 30.11.2011 16:44

Blogingizga tashriflarni ko’paytirish bo’yicha 50 ta maslahat
 
Boshdanoq aytib qo’yay: bu maslahatlarni men emas, balki wpmu.org sayti mualliflaridan biri bermoqda. Qolaversa, o’z saytining ommabopligini oshirmoqchi bo’lgan har qanday muallif kabi men uchun ham bu ko’rsatmalar ancha ahamiyatli.

Gulsum Tillyabayeva 31.12.2011 12:16

Информационно социальный портал Uznet.biz от всей души поздравляет Всех пользователей Uforuma с Новым Годом!
Пусть будет добрым и удачным этот новый год!
Пусть в каждый дом Счастье он принесет.
Пусть исполнятся все Ваши желанья и сбудутся мечты.
И с любимыми друзьями были рядом Вы
http://a7.sphotos.ak.fbcdn.net/hphot...30273511_n.jpg

Uznet.biz ijtimoiy tarmog'i barcha Uforumdagilarni Yangi Yil bilan tabriklaydi.
Kirib kelayotgan yangi yilda Sizlarga eng ezgu tilaklar, baxt-u saodat, omad, salomatlik va hamisha dasturxoningizda to'kin -sochinlik bo'lishini tilaydi. Bularga erishish uchun Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog’liq va yaxshi kayfiyat hamisha yor bo’lishini tilab qoladi.


Текущее время: 09:37. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»