uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Èæîä õóñóñèäà ñ¢ç (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Ñ¢ç ҳàқèäà ñ¢ç: Óñìîí Àçèì èæîäèãà íàçàð (https://uforum.uz/showthread.php?t=5624)

Nigora Umarova 05.07.2008 06:48

She’riyatimizda paydo bo’layotgan har xil yo’nalishlarga qanday qaraysiz? Umuman she’riyatimiz istiqbolini nimalarda ko’rasiz?

Öèòàòà:

Usmon Azim
Men yo’nalishlarni emas, shoirlarni tan olaman. O’zini payg’ambar deb e’lon qilsa ham, shoir bo’lolmaydiganlar bor. Umuman, yo’nalishlarni reklama qilishda ozgina kamtarlik kerakka o’xshaydi. Ammo “men falonchi yo’nalishning otasiman deyish kimlargadir yoqsa kerak. Buning ustiga, ikkita tanqidchi topib, nog’ora qoqtirsang, butun mahalla eshitadi. Olam guliston! Siz ko’zda tutayotgan yo’nalishdaligi e’lon qilinayotganlar orasida bir-ikki shoir bor. Qolganlari bir burdagina iste’dodini butun bir chalpak qilib, dunyoga ko’z-ko’z qilmoqchi bo’lgan noshud ko’z boylag’ichlardir. Ming harakat qilishmasin, chalpak bir burda ekanligini esi borlar ko’rib turibdi.
Bilasiz, XX asrning boshida rus she’riyatida turli-tuman yo’nalishlar paydo bo’lgan. Deylik, biz Yesenin, Axmatova, Mayakovskiy kabi shoirlarni yaxshi bilamiz. Ammo qachonlardir ularning biri imajinist, yana biri akmeist, boshqa biri futurist deb e’lon qilgan edi. Endi bu gaplarni adabiyot tarixi bilan jiddiy shug’ullangan mutaxassislargina bilishadi. Ko’pchilik uchun esa ular faqat va faqat yaxshi shoirlardir , xolos. She’rxonning xotirasida o’ylab topilgan yo’nalishlar emas, shoirlarning she’rlari qolishi yuqoridagi gapimning isbotidir.
She’riyatimizning istiqboli haqida. Adabiyotimiz og’ir kunlarni boshidan kechirmoqda. Unga ko’mak berish kerak. Yordam bermasak, bozor haqiqiy adabiyotni shunday bir burchakka tiqib qo’yadiki, keyin uni izlasak ham topolmaymiz. Iste’dodlarni yo’qotib qo’ymaslik tizimini qaytadan tiklashimiz kerak. Buning uchun qalam haqi to’lash tizimidan tortib, yozuvchiga, adabiyotga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirish lozim.

Nigora Umarova 05.07.2008 06:49

Asarlaringizda ko’pincha Vatan, Sog’inch … kabi tuyg’ular judayam mahorat bilan, hech kimnikiga o’xshamagan, faqat Usmon Azimgagina xos tarzda tasvirlangan. Mana shularni yozish uchun siz qancha vaqt tayyorlanasiz va qancha vaqtda yozasiz?

Öèòàòà:

Usmon Azim
Yozganlarimdagi Vatan va Sog’inch tuyg’usini to’g’ri fahmlabsiz. Men Vatanni ozod ko’rgik kelgani rost. Bunga umrim guvoh. Uni butunlay shon-shuhrati, yutuqlari, muammolari bilan o’rtanib yaxshi ko’raman. Vatannin mukammal ko’rgim keladi. Vatanning yanada ulkanroq, erkinroq, farovonroq va ozodroq bo’lishini istayman. Xushomad qilish uchungina Vatan so’zini ishlatayotganlardan nafratlanaman. Va anglaymanki, Vatanni faqat va faqat rost so’z qutqazadi. Chunki ã muammolarga royirost qarash imkonini beradi. Albatta, dushmanchiliklarsiz aytilgan samimiy rost so’zni ko’zda tutayotganimni anglab turibsiz. Shuning uchun mukofotlar ilinjida yozilayotgan Vatan haqidagi behayoliklarni hazm qilolmayman… Endi Sog’inch haqida. Aytganimday, dunyo – nomukammal. Ko’ngliga Xudo bir qadar mukammallikni slogan ijodkor, insonlardagi va insonlar yaratgan dunyodagi norasolikni ko’rib, Sog’inchda yashamoqqa majbur. Baxt ham, fojia ham shundaki, ã hamma narsani mukammal ko’rgisi kelaveradi. Do’stlikdan ham, muhabbatdan ham; jamiyat va fuqaro; hokimiyat va shaxs o’rtasidagi munosabatlardan ham; hamkasblarining asarlaridan ham samimiyatni, yetuklikni va ko’ngilni to’ldiradigan kamolotni izlaydi… Bu aslida, tagiga yetib kelsang, ilohiy bir tuyg’udirkim, oqibat Parvardigor sog’inchi darajasida to’lg’onish beradi.
Demak, ko’rib turibsizki, men bu asarlarni yozishni bir umr o’ylayman va qog’ozga tushirganlarim bu o’ylarimning bir qismidir. Yozish jarayonim esa, boshda aytib o’tdim, tez va shiddatli…

Nigora Umarova 05.07.2008 06:50

“Baxshiyona” turkumida ham, she’rlaringizda ham, hattoki, nasriy asarlaringizda ham Alpomish obrazi uchraydi. Mana shu obraz orqali siz nimalarni aytmoqchi bo’lasiz va nimalarni ayta olgansiz?

Öèòàòà:

Usmon Azim
Buning uchun ko’p narsalarni eslashim kerak… Gap bunday. Men Boysunlikman. (Asli “Boysin”; “Boysun” forscha talaffuzidir. Biz negadir “Temur”, “Bobur”, “Boysun” degan so’zlarning forscha shaklini tanlaganmiz va bundan o’zbekning tili ravon aylanmay zahmat chekadi…) Buning ustiga, Qo’ng’irot urug’idanman. Jangu jadalda ko’rgazgan jasoratlari va mardliklari uchun Amir Temur Termiz atrofini Qo’ng’irot urug’iga tortiq qilgan. Bu joylarda o’rnashgan qo’ng’irotlar o’zlariga qarashli manzilning eng chiroyli maskanini “Boysin” deb atashgan . Boysin- qo’ng’irotlarning afsonaviy,, dostonlarda (jumladan, “Alpomish”da ham) kuylanib kelingan, kindik qoni to’kilgan Vatani. Bu so’z “boy” va “sin” qismlaridan iboratkim, “go’zal sinu sumbat”- “chioroyli, manzarali joy” deganidir. Men esimni bilganimdan buyon Alpomish haqida afsonalar eshitib yashadim. Baxshilarning jo’shib aytganini tinglab, yuragim qaynar darajasiga borganlarim yodimda. Bizni maqtab, “Alpomishday yigit bo’ladi” deyishsa, boshimiz osmonga yetgan. 50-yillarda “Alpomish” dostoni quvg’indan chiqib (tavba sho’ro dostonni ham qafasga slogan-a! ) nashr qilingach, bir nusxasi, albatta, bizning uyga ham yetib bordi. Men shu kitobni o’qib savodim chiqdi. Juda ko’p joylarini yoddan bilar edim… Bobomga, qarindoshlarimga qiroat bilan “Alpomish”ni o’qib berish bolaligimdan qolgan eng yaxshi xotiralardan…
Bu boshdan –oyoq ibratdan iborat doston Ezgulik va Yovuzlikning hayot-mamot kurashidan iborat. Mardlik va xiyonat, elu yurti uchun fifokorlik va nonko’rlik, do’stlik va g’animlik, saxovat va baxillik yonma-yon, har lahzada bir-birini rad etib yashaydi. Oqu qora chinakam bir adolatli tiniqlik bilan ajratiladi. Eshitganni yoxid o’qiganni chalg’itmaydi. Umuman, Alpomish“ ulug’ bir hikmatdir. Shoirlarning ilhomi biln to’lg’ongan mana shu hikmat qarshisida doim lol qolganman. Esimizdan chiqib ketayotgan jaydari turkona so’zlar, ohanglar, to’lg’onishlar, hazil-huzullar, bo’zlashlar meni mudom ajabtovur holga- ehtimol, genetik xotira darajasidagi o’rtanmoqqa solgan. Epos- o’zini ideal darajada ko’rgisi kelgan xalqning ijodi bo’lib tuyuladi menga. Men ham xalqimni shunday ko’rishni orzu qilganman. Shu sababdan bo’lsa kerak, har bir o’zbekda “Alpomish” – mardlik, jasorat, fidokorlik bo’lishini istayman. Yozganlarimda ham shunga intilganman. Natijada, bir qadar olifta oroyish berishni rasm qila boshlagan she’riyatimiz Alpomishu Oybarchin nolalarisiz chala bo’lib qolishini anglaganman. “Baxshiyona” menga tog’u dashtlarda sharillatib ot surgan bobolarimdan yodgorlikdir.
Yana bir qadrli joyi dostonning poetik yuksakligidadir. Mana bu satrni o’qing: “Davlat qushi qo’nsa bir chivinning boshiga, Semurg’ qushlar ta’zim qilar qoshida”. Qanday og’izni to’ldirib aytilgan o’zbekona donolik!


Nigora Umarova 05.07.2008 06:52

Sizning nazaringizda fidoyilik nima? Unga qanday ta’rif bera olasiz?


Öèòàòà:

Usmon Azim
Fidoyilik – bu biror g’oya, kasbu kor, mehru muhabbat,, halollik, erku ozodlik –ezgulik yo’lida boru yo’g’ini ayamaslik… Halol odamlar fidoyilik qilayotganligini sezmaydilar ham. Ammo baribir insonga har lahzada ro’baro’ keladigan muammolarni yechish ma’lum zo’riqishni, ehtimol, yo’qotishlarni talab qiladi. Ezgulikka beminnat xizmat qilish- aslida Parvardigor insonni yaratib, uning zimmasiga qo’ygan buyuk himmatdir. Har bir kishi o’zini Inson deb o’ylashi, ichida o’zidan ozmi-ko’pmi rozi bo’lishi- uning Ezgulikka bo’lgan xizmati bilan o’lchanadi. Eng yuksak Adabiyot – insonning ezgulik yo’lidagi fidoyiligining dramasi va fojeasidan iborat. Grek dramaturglarining asarlarini olasizmi, o’zbekning “Alpomish”ini olasizmi yoxud Navoiyning dostonlarinimi – mumtoz adabiyotning eng yorqin namunalari fidokorlikdan bahs etadi. Odamlarga olov ulashgani uchun Zevs tomonidan qoyaga parchinlangan Prometey obrazini eslash kifoya. Insoniyat tarixidagi eng eng fidokor odam deb esa payg’ambarimiz Muhammad SAV ni deb bilaman…
Xullas, fidokor odamlarni yaxshi ko’raman. Fidokorlikning nomi esa ko’p – jasorat, saxiylik, halollik, mudom haq tarafda bo’lish…

Nigora Umarova 05.07.2008 06:53

Hayotda sizni ko’proq nimalar ranjitadi?

Öèòàòà:

Usmon Azim
Zo’ravonlik. Munofiqlik. Yolg’on. Xiyonat. Baxillik. Adabiyot va san’atda esa iste’dodsizlik. Menimcha, hozirgi kunlar iste’dodsizlik g’alaba qilgan damlar. Kinodan tortib teatrgacha iste’dodsizlik barq urib turibdi. Hozirgi yoshlarga shu ma’noda rahmim keladi. Biz talabaligimizda Bondarchukning “Urush va tinchlik”ini tomosha qilgan edik. Bular esa…

Nigora Umarova 05.07.2008 06:59

Nimadan o’kinasiz?

Öèòàòà:

Usmon Azim
Hali-hanuz tiririkchilik uchun yashayotganimdan. Siz bilasiz, Abusaid davrida Navoiy do’stiga she’riy maktub bitgan, sharoit yo’qligidan qanchadan-qancha ijodiy rejalarni amalgam oshirolmagani haqida afsuslanib, arslonday o’kirgan edi. Xudodan yig’lab so’ragan bo’lsa kerak, yillar o’tib, sharoit unga nasib óåâø ìÔ o’zbekni o’zbek qilib turgan asarlar – buyuk ilhomdan to’kilgan durdonalar qog’oz yuzini ko’rdi. Bizni jahon oldida hozirgacha ko’z- ko’z qiladigan Shoir dunyoga keldi. Navoiyga yaratilgan bu sharoitning nomini esa Husayn Boyqaro deydilar… Bu o’ylab ko’riladigan hol…

Nigora Umarova 05.07.2008 07:14

"Shoir xalqning vijdoni" degan gapga qanday qaraysiz?

Öèòàòà:

Usmon Azim
Eng buyuk shoirlarimiz qalamiga mansub toza asarlarni jamlasak, yagona, buyuk shoir paydo bo'ladikim, shubhasiz, xalqning ìøîâùòø èùýäô oladi. "Baxshiyona"da Elbek baxshi aytadi: "Dordan qo'rqib, yolg'on aytib turganim yo'q, shoirlari yolg'on aytsa o'ladi el". Bunday shoir bo'lish hammaga ham nasib etsin. XX asr xalqning yuragi, ruhi o'lib qolmasligi uchun, erku ozodligi esidan chiqib ketmasligi uchun adabiyot ahli ijodi bilan ham, faoliyati bilan ham katta xizmat qildi. aytish mumkinki, hal qiluvchi rol o'ynadi. haqiqiy shoirlar xalqning eng uyg'oq, eng bezovta va eng fidoyi qismidir. ammo bu hol ijodkorga to'xtovsiz bosim o'tkazib turadikim, natijada, ko'plar qismatning bunday ta'qibiga dosh berishga o'zlarida kuch toppa olmaydilar. hayotning nomukammalligi ba'zan juda katta iste'dodlarni ham sindiradi.

Nigora Umarova 05.07.2008 07:27

Insonning hayotida murakkabliklar juda bisyor. Ã har xil holatlarga tushadi. Gohida ko’ngliga quloq tutadi, gohida esa vaziyatga qarab ish tutadi. Siz o’zingizga qarshi brogan, o’zingizni cheklagan paytingiz ham bo’lganmi?

Öèòàòà:

Usmon Azim
Erkim o’zimda bo’lishini xush ko’radigan odamman. O’ylab topilgan ma’nisiz tartibga (deylik ish kuniga) rioya qilish men uchun azobli. Nega endi ishni bajarib bo’lganingdan keyin ham qarg’aday bo’lib, stulda kun bo’yi o’tirishing kerak? Ayniqsa, ijodiy tashkilotlarda… Nochorlikdan (kun ko’rish kerak-da!) o’zimni cheklashga to’g’ri kelgan. Ammo bora-bora baribir ijodiy tartibsizlikka atrofimdagilarni ko’niktirganman.
Odamning o’ziga-o’z I qarshi borishi esa- og’ir yo’qotishdir. Bir tandagi shaxsning bir-biriga dushman ikki odamga bo’linishi shu taxlit yuzaga keladi. Shaxsning yemirilishi boshlanadi. “Shunday demasak bo’lmaydi” deb tirjayib turgani bilan bir chaqalik odamga aylanadi. Ammo ba’zan davru davron ham odamni o’ziga qarshi yurishga majbur qiladi. Qatag’on yillarini ko’z oldingizga keltiring. Ne-ne ulug’ odamlar birovlarga qarshi – tergov tiliga slogan gaplarni tasdiqlagan. Esiz odamlar!... men bu tarzda o’zimga qarshi bormaganman. Ammo o’shalarning kuniga tushganimda, nima qilar edim, deb ko’p o’ylayman. Yaratganning o’zi asrasin deyman va olamdagi insonni xoru zor etayotgan davru davronlar tezroq yakson bo’lishini butun vujudim bilan tilayman.

Nigora Umarova 05.07.2008 07:35

Usmon aka, mazmunli suhbatingiz uchun rahmat!
Qalbingizdagi she'rlaringizdan forumdoshlarimizni bahramand etsangiz...

Öèòàòà:

Usmon Azim

Yo'lbars magar tashlansa- qo'rqma,
Ilon chaqsa olma xavotir.
Bo'ri quvsa tizingni èãëüô-
G'ayri bir hol bo'lmadi sodir.

Muncha yuksak aylagan parvoz
Musichami? Dahshat-ku turqi!
Sen undan qo'rq... Va yana noxos
Irillagan quyondan qo'rqqin.

Nigora Umarova 05.07.2008 07:52

Öèòàòà:

Usmon Azim

Yomonlar zavq ila otqon haqoratlar o'tib ketgay,
Zamonlar qalbima solg'on jarohatlar o'tib ketgay.
Meni tuproqqa teng bilg'on karomatlar o'tib ketgay,
Umr, afsus, o'tib ketgay - haroratlar o'tib ketgay.

Mening ruhim shom ichrakim, saharning ishqida kuygay,
Falakka qalbini aytg'on shaharning ishqida kuygay.
Zavqida haq qushi yong'on shajarning ishqida kuygay-
Bu bog'ning qo'ynida kechgan ne holatlar o'tib ketgay.

Bu dunyoga savolim yo'q, javoblardan to'yib bo'ldim,
Ko'ngildin o'zga haq yo'qdir - tavoblardan to'yib bo'ldim.
Toshlari dastida pinhon itoblardan to'yib bo'ldim-
Umidkim, jonima beqasd sharoratlardan o'tib ketgay.

Hadikvorim, haqiqatning qushi, kel, qo'rqmag'il endi,
Avaylab qo'n bu xun boqqa - bexos qo'n to'kmag'il endi,
Humolig'da olov olg'il, abadg'a cho'kmag'il endi-
G'ofillarg'a faqat aytgil -farog'atlar o'tib ketg'ay.

Odam kechsa bu dunyodin manzurlikda kechib o'tsin,
Dunyoki, tor o'lsa, ko'ngli ma'murlikda kechib o'tsin,
"Analhaq" deb, charx yurg'izib, mansurlikda kechib o'tsin,
Chunki toshqin so'z qolg'aydir- zarofatlar o'tib ketg'ay.

Tavba qildim, payg'ambaru rahmonlikka da'vom yo'qdir,
Ul to'rt do'stning biri bo'lg'on Usmonlikka da'vom yo’qdir.
Biroq to’ydim – dunyo ichra avomlikda da’vom yo’qdir,
Bildim, faqat el qolg’aydir – malomatlar o’tib ketgay.


Òåêóùåå âðåìÿ: 04:10. ×àñîâîé ïîÿñ GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä: zCarot
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»