uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Nigora Umarova 01.04.2008 10:51

Цитата:

Сообщение от Sobir Davlatov (Сообщение 87909)
Bu dunyoda orzu qilish soatlari bor -
Ayniqsa,tunda, yulduzlar ostida,
Yam-yashil sayxonlikda,o'tlar ustida
Hayratni quchoqlab yotganda.

Bu dunyoda azoblanish soatlari bor -
Ayniqsa,tunda, yulduzlar ostida,
Yam-yashil sayxonlikda,o'tlar ustida
Hasratni quchoqlab yotganda.

Bu dunyoda sevish,sevilish soatlari bor -
Ayniqsa,tunda, yulduzlar ostida,
Yam-yashil sayxonlikda,o'tlar ustida
Xayolni quchoqlab yotganda,
Hayotni quchoqlab yotganda,
Ayolni quchoqlab yotganda...

Hurshid Davron

Mushoirani bahru bayt tarzida davom ettiramiz deb kelishib olgandik-ku...:187:

Nigora Umarova 01.04.2008 10:56

Bahru bayt aytish shartiga ko'ra Sizdan oldin she'r aytgan insonning she'ri qaysi harfda tugasa, o'sha harf bilan boshlanuvchi she'rni aytib mushoirani davom ettirishingiz lozim. ;-)

Nigora Umarova 01.04.2008 11:35

Цитата:

Сообщение от Sobir Davlatov (Сообщение 87909)
Bu dunyoda orzu qilish soatlari bor -
Ayniqsa,tunda, yulduzlar ostida,
Yam-yashil sayxonlikda,o'tlar ustida
Hayratni quchoqlab yotganda.

Bu dunyoda azoblanish soatlari bor -
Ayniqsa,tunda, yulduzlar ostida,
Yam-yashil sayxonlikda,o'tlar ustida
Hasratni quchoqlab yotganda.

Bu dunyoda sevish,sevilish soatlari bor -
Ayniqsa,tunda, yulduzlar ostida,
Yam-yashil sayxonlikda,o'tlar ustida
Xayolni quchoqlab yotganda,
Hayotni quchoqlab yotganda,
Ayolni quchoqlab yotganda...

Hurshid Davron

Aqlim tanibmanki, minnatsiz bir baxt,
Minnatsiz umrni qilaman orzu.
Kam-ko’stsiz hayotni etaman deb taxt,
Tanho tashvish cheksang, dilim ezilar.
Yo’q, sira yuk bo’lmay, bo’layin mador,
Toki ravon bo’lsin men-la yo’llaring.
Yiqilsang yiqilgum demasman zinhor,
Turg’izmoqqa cho’zgum nozik qo’llarim,
Yo’q, sira yuk bo’lmay, bo’layin mador
Saida Zunnunova

Abduganiyev Murod 01.04.2008 12:35

Ro’za, namoz qazo qilib, bo’ldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.

Vo darig’o, muhabbatni jomin ichmay,
Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton g’olib, jon berarda shoshtim mano.

Imonima changal urub, qildi g’amnok,
Piri mug’on hozir bo’l, deb sochti taryok,
Shayton la’in mendin qochib ketti bepok,
Bihamdilloh, nuri imon ochtim mano.

Piri mug’on xizmatida yugrub yurdum,
Xizmat qilib, ko’zim yummay hozir turdum,
Madad qildi, Azozilni qavlab surdum,
Ondin so’ngra qanot qoqib uchtim mano.

G’arib, faqir, yetimlarni qilgin shodmon,
Halqalar qilib aziz joning ayla qurbon,

Taom tobsang, joning birla qilgil mehmon,
Haqdin eshtib bu so’zlarni aydim mano.
Ahmad Yassaviy.

Faqat qo'rqib emas, Muxabbatla ibodat qil...

Komila Baxtiyor qizi 01.04.2008 12:37

Oqar daryoga ham kimdir band bergan,
Hayot kimga zahar, kimga qand bergan.
Ey g'ofil, sarkash deb meni kamsitma,
Dushman senga emas menga pand bergan
Abdulla Oripov

Masud Mahsudov 01.04.2008 14:30

Нeчун, жоним, кўзлaрингдa нaм?
Нeчун йиллaр қийнaдинг ўзинг?
Дaрдлaрингни кўрaмиз бaҳaм,
Ҳaқиқaтдaн юммaгин кўзинг.

Қaнчa кутдим гоҳидa чидaб,
Гоҳи сeндaн қилиб aндишa.
Мaжбур бўлдим ўзимни aлдaб,
Яшaб юрдим кулиб ҳaмишa.

Қaлбим-чи, у йиғлaр эди жим,
Қaйғулaрин этмaсди ошкор.
Фaқaт розинг кутди юрaгим,
Қaдaминггa бўлиб интизор.

Кўзлaрингни яширмa мeндaн,
Сўзинг тинглaб, қaрaб тўймaймaн.
Мeникисaн. Энди ҳeч қaчон,
Ҳeч кимсaгa бeриб қўймaймaн.


2006 yil

Komil Eriev 02.04.2008 10:04

Nechun ko‘klam madhi tushmas g‘azaldan,
Shoirlar bahorni kuylar azaldan?

Oshiqlar zangori kenglikka boqib,
Qo‘shiqlar aytadi bag‘rini yoqib.

Tabarruk chollarning chakkasida gul,
Momolar o‘yida bahordir nuqul.

Bir lahza yasharar qarri qo‘rg‘onlar,
Ajib dilbar bo‘lib qolar insonlar.

Ha, bahor misrasi menda ham talay,
Bu holning boisi bordir harqalay.

Azizim, g‘unchaga nazar sol bir on,
Bag‘rida hozircha turfa hol pinhon.

Ranglar yashar unda balki pushti, oq,
Ajab, tikoni ham hozircha yumshoq.

Abdulla Oripov,
"Bahor tilaklari" she'ri

olimbek 02.04.2008 10:28

Қочиш мумкин дарддан, балодан
Қор ёмғирдан. Ножуш ҳаводан.
Балки сукут.Балки садодан,
Мухаббатдан қочиш қийинроқ.

Бахтдан қочиш мумкин, бемалол
Бахтсизликдан? Мумкин Эътимол.
Сен ўзингдан қочарсан яққол,
Муҳаббатдан қочиш қийинроқ.

Бу не тушки сени уйғотган,
Солиб бутун юракка титроқ.
Мумкин қочмоқ ҳатто ҳаётдан,
Муҳаббатдан қочиш қийинроқ.

Nigora Umarova 02.04.2008 11:51

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing qiz.
Qildi qalbimga qasd qayrab,
Qilich qotil qarashing qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab
Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan,
Qarab qo'ygil qiyo qalbimni,
Qizdirsin quyoshing qiz.

Erkin Vohidov

Komil Eriev 02.04.2008 12:24

Zamin aylanadi, chiqadi quyosh
Hargiz kibr bilan ko‘tarmagin bosh.
Oyoq ostingdagi xarsangni tepma,
Balki haykal bo‘lar senga o‘sha tosh.

Abdulla Oripov


Текущее время: 11:37. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»