uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Школы (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=409)
-   -   Мактабларда пул йиғилиши тўғрими? (https://uforum.uz/showthread.php?t=14747)

Ustoz 05.06.2012 16:46

Цитата:

Сообщение от Уктам (Сообщение 747414)
Сиз айтган "комплектования" мактабларга номутахасис ёки нопедагоглар кириб колмаслиги учун утказилади бунинг нимаси ёкмаганлигини тушунмадим? Ёки кучадан кириб келганга дарс берайверайлик-ми?

Yo`q, albatta, ammo bir narsaga ahamiyat bering. Maktab rahbarlariga juda katta mas`uliyat yuklangan, ammo o`zlari biror nimani hal qilish huquqlari yo`q, mana shunaqa ishlarni maktab ma`muriyati yoki malaka oshirish institutlari qilsin-da ta`lim zanjiridagi qolgan hamma ortiqcha halqalarni olib tashlab tejalgan mablag`ni maktablarga ishlatilsin, ozmuncha pul bekorga sarflanyaptimi?

Уктам 05.06.2012 17:27

Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 747621)
ortiqcha halqalarni olib tashlab tejalgan mablag`ni maktablarga ishlatilsin, ozmuncha pul bekorga sarflanyaptimi?

Мен хам ортикча текширув ва талабларга каршиман, аммо мактабларнинг барчаси хеч бир назоратсиз узини-узи бошкаришга тайёр деб айта оласизми?

Ustoz 05.06.2012 22:27

Цитата:

Сообщение от Уктам (Сообщение 747655)
Мен хам ортикча текширув ва талабларга каршиман, аммо мактабларнинг барчаси хеч бир назоратсиз узини-узи бошкаришга тайёр деб айта оласизми?

Kim Sizga hech bir nazoratsiz dedi? Bu gapni men aytmadim, bunaqa niyatim ham yo`q. Ko`proq vakolat berilsin deyapman. Men litseyda ishlaganman, u yerning rahbari ko`p hollarda ko`p narsalarni o`zi hal qilardi, albatta qonundan chiqmagan holda. Men shuni nazarda tutyapman. Hatto nazorat qilinib turganda ham attestalar sotilishi va shunga o`xshagan jinoyatlar qilinib yotibdi-ku. Qilaman degan odam nazoratchini ham sotib olib qilaveradi. Qimmatchilik shundan-da :)

Уктам 06.06.2012 08:42

Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 747819)
Qilaman degan odam nazoratchini ham sotib olib qilaveradi. Qimmatchilik shundan-da

Fikringizga jovob yozishga men ojizlik qilishimni tushundim. Men hoziroq forumdan chiqsam ham bo`larkan-u, lekin hali men o`rganadigan ajoyib bo`limlari bor ekan.

Уктам 06.06.2012 09:12

Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 747819)
Kim Sizga hech bir nazoratsiz dedi? Bu gapni men aytmadim, bunaqa niyatim ham yo`q. Ko`proq vakolat berilsin deyapman.

XTTB larni tugatish fikri birinchi sizdan chiquvdi shekilli, fikringizdan qaygan ko`rinasiz?
Цитата:

Сообщение от Ustoz (Сообщение 747819)
rahbari ko`p hollarda ko`p narsalarni o`zi hal qilardi

Maktablarga moliyaviv ishlarini mustaqil boshqarish huquqi berildi. Shunisini ham uddalay olmay КРУ ga jarima to`lab yurganlari qancha? O`zi hal qila olmasa-da, o`ziga hal qilayotganlari qancha?

Ustoz 06.06.2012 11:44

1996 yildan beri maktabda ishlayman, XTTBning shaxsan menga ta`lim sohasida birorta yordami tekkanini eslolmayman, aksincha. Ancha yil bo`ldi, men yuborgan chorak hisoboti qaytib kelibdi, nimamish: "Ko`rsatkichlari past ekan, o`zgartirib bersin" deyishibdi. "Bu yerdan nimaning hidi kelyapti, mendan nimani talab qilayotganini bular o`zi tushunishyaptimi?" dedim-da hech nimani o`zgartirmadim, hullas, ba`zi gaplar bor-ki ularni hamma biladi ammo hech kim biror nima demaydi, agar gapirsang osmondan tushgan odamga qaraganday "Toiraka, qaysi mamlakatda yashayapsiz?" deyishadi, "Men O`zbekistonda yashayapman, sizlar-chi" deyman :) . Hullas bu gaplardan foyda yo`q.
Ta`minotni davlat qilsin, boshqa narsalarni, albatta o`ziga taalluqli narsalarni maktab ma`muriyatining o`ziga qo`yib bersin-da, haddan oshmagan holda nazorat qilsin. Hozir maktablar terak ekilgan, gul ekilmagan, o`t yulingan va hakazo ahmoqona narsalar bilan tekshirilyapti. Shularga shtat ochib qo`ysin-da, ana keyin bog`bon qanday ishlayapti deb tekshirsin, maktabda terak ekilgan-ekilmaganining o`qituvchiga nima aloqasi bor? Qanchadan-qancha kerakmas tashkilotlaru lavozimlarga pul sarflanyapti, bular esa maktabdagi bog`bon, qorovul, duradgor va shunga o`xshagan kerakli shtatlarni qisqartirib ularning ishini o`qituvchiga yuklab qo`yishyapti va shu bilan o`zligicha pul tejashyapti, axir bularning hammasiga qonun oldida va boshqacha javobgarliklar ham bor-ku.
Domla, men Sizga qattiq botadigan narsa "gapirish"dan yiroqman, negadir mendan hafa bo`libsiz, agar qattiq botgan bo`lsa uzr.

Jabbor 06.06.2012 15:34

Цитата:

Сообщение от Уктам (Сообщение 747414)
нимаси ёкмаганлигини тушунмадим?

Дарс пайтида ўқитувчи дарс ўтиши керак. 10 та ўқитувчи мактабда бўлмаса дарс жараёнига қандай таъсир қилишини тушунсангиз керак.
Цитата:

Сиз айтган "комплектования" мактабларга номутахасис ёки нопедагоглар кириб колмаслиги учун утказилади
Ўқув йили охиридами?

Уктам 06.06.2012 22:51

Цитата:

Сообщение от Jabbor (Сообщение 748199)
10 та ўқитувчи мактабда бўлмаса дарс жараёнига қандай таъсир қилишини тушунсангиз керак.

Aynan sizda 10 ta (nopedagog va nomutahasis) bo`lgan, ularning darsda bo`lgani bilan bo`lmay qolishi o`rtasida nima farq bor?
Цитата:

Сообщение от Jabbor (Сообщение 748199)
Ўқув йили охиридами?

Aynan shu vaqtlarda oliygohlarga talabnomalar yuboriladi. Menimcha ham yana bir-ikki oy kutish kerak edi, keyin yana eski oshna-og`aynilar bilan ishlab yurayverardik-da, shunisi maqul emasmi, nima dedingiz?

Jabbor 07.06.2012 11:42

Цитата:

Сообщение от Уктам (Сообщение 748451)
Aynan sizda 10 ta (nopedagog va nomutahasis) bo`lgan, ularning darsda bo`lgani bilan bo`lmay qolishi o`rtasida nima farq bor?

Хамма мактабни хам ўзингизнинг мактабингизга ўхшатманг домла.
Ўзи директорликка Сизни ким олган. "Комплектования" керак дейсизу, "комплектования"га кимлар боришини билмайсиз. Директор,унинг 3та ўринбосари , касаба қўмитаси раиси, информатика ўқитувчиси, метод бирлашма рахбарлари ва мактаб психологи бориши керак. Агар сиз айтгандек 10 та (nopedagog va nomutahasis) бўлса , бунда хам ХТБ га айб тушади. Чунки рахбарларни улар тайинлашади.
Цитата:

Сообщение от Уктам (Сообщение 748451)
eski oshna-og`aynilar bilan ishlab yurayverardik-da,

Бундан кейин хам ошна-оғайнигарчилик билан ишлаб юраверинг.

Dilya Hasanova 07.06.2012 16:27

[MOD]Илтимос, ўзаро ҳақоратни бас қилинглар![/MOD]


Текущее время: 10:15. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»