uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Sulhiya Gaziyeva 23.04.2008 21:17

Orzularim bepoyon
Yolg'iz Allohga ayon
Orzularim ushalsin
Armonlarim qolmasin.

Aziza Abdunabiyeva 24.04.2008 13:01

Nega meni doim azoblarga tashlaysan,
Nega ko'zlarimni qayta-qayta yoshlaysan,
Endi sevinch tuysam, ters aylana boshlaysan,
Javob bergin, menda qasding bormidi, hayot?!

Nigora Umarova 24.04.2008 13:19

...Tunlar, axir, o'ynamoqqa men bilan shatranj,
Parket polga cho'q tusharlar oy nur sepgan choq.
Anqib ketar akats bo'yi, oyna ochiq lang
Va iztirob gung termular, sochlari oppoq.

Boris Pasternak

Sulhiya Gaziyeva 25.04.2008 07:49

Qarindoshlariga oqibat qilmas-
Odamni qarindosh atamoq bo'lmas.
Uzilgan qardoshlik rishtalarini
Bog'lovchi mo'minlar qarindoshdir, bas.

Nigora Umarova 25.04.2008 09:21

Sendanmu chu bezor bo'layin? Yo'q, yo'q, yo'q!
Bir boshqasiga yor bo'layin? Yo'q, yo'q, yo'q!
To bog'i visolingda faqat gul ko'rdim,
Guldin kechibon, xor bo'layin? Yo'q, yo'q, yo'q!

Jaloliddin Rumiy

Aziza Abdunabiyeva 25.04.2008 13:40

Qattiq titroq chulg'aydi meni,
Ko'rgim kelsa seni, sog'insam gar.
Bugun suyib erkalardim, ukajon, seni,
Hayotda ayriliq bo'lasa agar.

Hayotda o'lim bo'lmaganida,
Bugun bo'larmiding aziz suyanchim.
Qalbimni sog'inch o'rtaganida,
Suratingdir yolg'iz yupanchim.

Afsus o'lim bor, ayriliq mavjud,
Shularni deb olamni erta tark etding.
Sen borligingda quvnoq ko'zlarni,
Ukajon, sog'inchdan yeg'latib ketding.

Tun-u kun yodimda-yu, har dam hayolimdasan,
Begunohim, jannatiysan, shundan ko'nglim to'q.
Sog'inch ezsa majruh qalbim, ukajon, netay,
Suratingga termulishdan o'zga choram yo'q...!

Aziza To'lqin qizi

Nigora Umarova 25.04.2008 14:02

Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin,
Ko'nglima har birining dardi balisinmu deyin.

Ko'zi qahrinmu deyin, kipriki zahrinmu deyin,
Bu kudurat ichra ruxsori safosinmu deyin?!

Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qattiq dard aro vaslining davosinmu deyin?!

Zulfi dominmu deyin, la'li kaliminmu deyin,
Birining qaddin, yana birining adosinmu deyin?!

Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko'nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin?!
Jononima har birining javru jafosinmu deyin?!

Ey Navoiy, dema qoshi ko'zining vasfini, ayt
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin?!

Alisher Navoiy

Sanjarbek Rizoqulov 25.04.2008 15:54

Netay, peshonamda shu dard bor bo‘lsa!
Qaniydi bu dardga xaridor bo‘lsa...
Seni tanlarmidim, ixtiyor bo‘lsa!
Holim yomon bo‘ldi seni sog‘inib.

Nigora Umarova 25.04.2008 16:04

Bildim, endi shuncha bergan va'dalar yolg'on ekan,
Ko'nglingizni o'zgalar o'z ko'ngliga olgon ekan.
Men ko'ngil berdim, u ham menga ko'ngil berdi desam,
Ayriliq o'z xanjarini ko'ksimga o'qtalgon ekan.
Yosh ekanman, bilmaganman va'dalarning oxirin,
Bevafolikka kishilar o'rganib qolgon ekan.
O'qibat, mehru muhabbat zarra ta'sir etmadi,
Shum raqiblar yorni beshak yo'ldan ozdirgon ekan...

Cho'lpon

Akhmad Kodirov 25.04.2008 16:05

Nelardandir ko`ngil bo`lib g'ash
ham egilib bu egilmas bosh
Bu holimga berolmay bardosh
Bir mushtipar onam yig'laydi
Qolganlari yolg'on yig'laydi.


Tog'aymurod

Sanjarbek Rizoqulov 25.04.2008 16:15

Ikkimiz uchun ham yolg'iz shu oftob,
Ikkimiz uchun ham yagona zamin.
Men ham sening uchun bitmadim kitob,
Sen ham shuhratimni etmassan ta'min

Nigora Umarova 25.04.2008 16:36

Nafrat o'lkasidan hijrat qilganman,
Ulfat diyoriga maskan qurganman.
Yuzimni o't emas, gulga burganman,
Samoviy zavqlarga to'lib turganman.
Bulbullar sevgini maqtagan damda!

Chechaklar o'sg'usi ko'z yoshlarimdan,
Bo'g'inlar ung'usi o'ylashlarimdan.
Qalblar yumshag'uchi sayrashlarimdan,
Sevgi chamanida yayrashlarimdan.
Jannatlar yaratg'ay tashlangan janda.

Tilingan tillarga qon yug'urg'usi,
Bo'shalgan inlarga jonlar kirg'usi,
Tikanli boqchalar chechak ko'rg'usi,
Haq yo'li, albatta, bir o'tilg'usi
Jandalar tanimga tekkan kunlarda!...

Cho'lpon

Sanjarbek Rizoqulov 26.04.2008 10:19

Alhazar, alhazar ming bor alhazar
Ana yurishibdi kiyganlar zar
Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar
Mehrobingdan chiqqan chayonlarin bor

Aziza Abdunabiyeva 26.04.2008 10:51

Цитата:

Сообщение от Sanjarbek Rizoqulov (Сообщение 94937)
Alhazar, alhazar ming bor alhazar
Ana yurishibdi kiyganlar zar
Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar
Mehrobingdan chiqqan chayonlarin bor



Uzr, Sanjarbek, Muhammad Yusufning ushbu she'ri avval yozilgan edi. Iltimos, yozilgan she'rlarni qayta yozmasangiz.

Sanjarbek Rizoqulov 26.04.2008 11:34

Цитата:

Сообщение от Aziza Abdunabiyeva (Сообщение 94939)
Цитата:

Сообщение от Sanjarbek Rizoqulov (Сообщение 94937)
Alhazar, alhazar ming bor alhazar
Ana yurishibdi kiyganlar zar
Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar
Mehrobingdan chiqqan chayonlarin bor



Uzr, Sanjarbek, Muhammad Yusufning ushbu she'ri avval yozilgan edi. Iltimos, yozilgan she'rlarni qayta yozmasangiz.

Rahmat, ogohlantirish uchun!

Avval hayron qolding, quvonding, kulding,
Jim qotding. Ko’zingga yosh olding birdan.
So’ng begonaday menga termulding,
Yig’i nuqsi urgan nigohing bilan.

Xavotir ichida deding: „Men ketdim...“
To’xtading. Xo’rsinding. Jo’nading shitob.
Kuzgi chorbog‘ aro yo’qolding, yitding,
Atlas liboslarga belangan sarob.

Avval hayron qoldim. Beparvo kuldim.
Jim qotdim. Go’dakday yig’ladim birdan.
So’ngra begonaday ko’kka termuldim –
Men hanuz falakka begonadayman...

Sulhiya Gaziyeva 28.04.2008 10:01

Nafosatni sevar ahli mo'minlar,
Shirindir nazokat bo'g'in asali.
Chiroyli kiyining, odamlar aro
Yuzdagi xol kabi bo'ling go'zali

Masud Mahsudov 28.04.2008 11:04

Ичаман, қуй майдан бўлайин сармаст,
Дардларим тарк этиб ором олайин.
Қалбимда қолмасин заррача араз,
Фақат ўзим билан ёлғиз қолайин.

Ичаман, вужудим ёнмоқда шу дам,
Ўртаниб, танамга сиғмайди руҳим.
Сезмайман ҳеч нарса; юмуқ кўзлар ҳам,
Унутдим ғуссаму, ғамим, андуҳим.

Ичаман тўйгунча, яшаб чарчадим,
Токи шароб сабаб бироз олай тин.
Ажралиб бутунлай барча-барчадан,
Майнинг ишқи билан охир ўлайин.

Ўлсам...безовта ҳам бўлмайман бошқа
Балки ҳеч ким келмас ҳолимни сўраб.
"Яшамаган", - деб ёз қабрим тошига,
Кузатгин “ишқ” деган кафанга ўраб!

2006…

Firdavs

P.S. Sanjarbek Rizoqulov va boshqa foydalanuvchilar... Iltimos, she'rni keltirganda, muallifini ham yozib qo'yishni yoddan chiqarmanglar... Avvaldan rahmat...

Sanjarbek Rizoqulov 28.04.2008 13:50

BEKOR. YOLG'ON!

Bekor. Yolg’on. Botmagan,
Muhabbatning quyoshi.
Tun keldi deb dodlagan,
Bevafolar ko’z yoshi.

Men boraman. Bu jonim,
Senikidir... O’ksima.
Tunda qo’rqma. Oq tongning
Bir parchasi ko’ksimda...

Usmon Azim

Aziza Abdunabiyeva 28.04.2008 13:59

Asl sevgi faqat bitta bo'ladi,
Yoshlik bir marta bo'lgani kabi.
Inson hayotga bir bora kelib,
Faqat bir marta o'lgani kabi.

Aziza To'lqin qizi

Sanjarbek Rizoqulov 28.04.2008 14:58

JONINGIZ QAYDA?
Ishqning osmonida oyga qo’shilib,
Aylangan boshingga bulutlar qaytar.
Mening quchog’imda kuyday eshilib,
Asta shivirlaysan:
- Joningiz qayda?

O’g’irlaysan barcha kalitlarimni,
Sandiqlar ochilar – senga sir aytar.
Izlaysan Qo’ng’irot, Yovmudlarimni,
Horib shivirlaysan:
- Joningiz qayda?

- Shumi? – Qilichimni ko’lga tashlaysan.
- Balki bu? – qo’lingni cho’zasan yoyga.
So’ngra yig’lab-yig’lab so’roq boshlaysan:
- Bir marta ayting-chi,
Joningiz qayda?

O‘zingni qadringni suvga otasan,
Mening izzatimni qotasan loyga.
Bolang o’lgan kabi fig’on tortasan:
- Hamon tirikmisiz –
Joningiz qayda?
Og’ular qo’shasan hamma oshimga,
Har qanday qasoslar tuyilar mayda.
Yalinib turasan yana qoshimda:
- Nega o’lmayapsiz?
Joningiz qayda?

Jonim senda deyman – aylanmas tilim,
Jonim sensan deyman – yuragim to’nar...
Mening omonatim...
Jonim!
Sevgilim!
Endi seni qanday asrasam bo’lar?...

Usmon Azim

Nigora Umarova 28.04.2008 17:55

Rab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo?
Odamlarda na shafqat bor, na mehru vafo.
Yigitlarda odob yo'qdir, qizlar hayosiz,
Xotin zoti kun o'tkazmas bir mojarosiz.
Qo'yib bersa el bir-birin o'yar ko'zini,
Ovboshilar esa faqat o'ylar o'zini...
Dunyo oxir, birodarlar, yo'q endi hayot.
Kuni kecha tamom bo'ldi oxirgi mamont..."
Qadim ajdod o'kinch bilan cho'kib soyaga,
Bu so'zlarni cho'kich bilan yozdi qoyaga.

Erkin Vohidov

Abduganiyev Murod 28.04.2008 18:29

Agar sevgi gunoh bo'lsa
Demak menda gunoh bor
Ul gunohdan xabardor
Faqat bittta guvoh bor
Ul guvohim aytolmas
O'zgaga sirin oshkor
Chunki uning o'zi ham
Xuddi menday gunohkor.
(No name)

Anvar Latipov 29.04.2008 11:19

Rauf Parfi degan bir odam -
Ko'zoynakli, sochi oq darvish.
Og'ir-og'ir bosadi qadam,
Yelkasida uxlab qolgan qish.

Rauf Parfi degan bir osmon -
Og'riq -yulduz charaqlab turar.
Kahkashonmas,dardli bir doston
Ko'kda tig'dek yaraqlab turar.

Rauf Parfi degan bir daryo -
Shovullaydi tinmay hamisha.
Sahrolardan qochib chanqog'in
Qonndiradi tunda binafsha.

Rauf Parfi degan bir daraxt -
Yaproqlari za'far, sarg'argan.
Quyosh esa uning shoxidan
Har kun uchib tushayotgamn barg...

Xurshid Davron

Sanjarbek Rizoqulov 29.04.2008 11:29

Rahmat anchadan beri kutayotgandim "G' harfida tugashini. Axir, bu mening eng sevimli she`rlarimdan biri-da.

Go`daklikdan ma`lum har odam
Bola boshdan degan gap to`g`ri
Maboda men shoir bo`lmasam
Bo`lar edim bezori o`g`ri.

Jikkakina sho`x bola edim
Tengdoshlarim ichra qahramon
Qaytar edim ko`chadan doim
Burnim pachoq. usti-boshim qon

Qo`rqib ketgan onam qoshida
Derdim tutib o`zimni mahkam
Hechqisi yo`q yiqildim toshga
Ertagacha qolmas o`rni ham.

Yillar o`tdi, ketdi bolalik
Nihoya yo`q armonlarimga
Yoshlikdagi jo`shqin olovlik
Ko`chdi she`ru-dostonlarimga

Bolalaigim hamon qolmagan
Hamon baland, o`tli ko`kragim
Bolalikda burnim qonagan
Bugun esa qondir yuragim.

Mendan kulgan to`da qoshida
Tutib deyman o`zimni mahkam
Hechqisi yo`q yiqildim toshga
Ertagacha qolmas o`rni ham

Sergey Esenin
(Yoddan yozdim, xatosi bo`lsa, uzr)

Ra`noxon Xo`jaeva 29.04.2008 12:21


Men sizni o`ylayman shomu saharda,
Ona, sog`insam ham bora olamayman,
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmayman.


Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
O`z do`stim uyiga ko`mildi sevgim,
Kun bo`lib ko`ksimni kuydirdi nafrat.


Boshimdan o`tgani ko`kka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men –zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…


Mana, men ketayapman tosh yo`lda ko`zim,
Qadamim moshinlar yo`rg`asiga mos.
Yig`lasam yupatib o`zimni o`zim,
Pishqirib qo`yaman toychoqlarga xos.


Va sizni o`ylayman shomu saxarda,
Ona, sog`insam ham bora olmasman.
Tunlari charog`on shunday shaharda
Hech kimga ko`nglimni yora olmasman…


Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sog` bo`ling deb,
Sog`ingan o`g`lingiz – Muhammad Yusuf.


MUHAMMAD YUSUF

Akhmad Kodirov 30.04.2008 09:50

Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sorig’, yashil.

Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo’ldi naming rangidin devon qizil, sorig’, yashil.

Alisher Navoiy

Nigora Umarova 30.04.2008 10:08

Lahzaga joyladim million yillarni -
Yuragimga kirdi qo'rqinch vahima:
Tog'lar osmonotar to'lqinlar kabi
Yugurib borishar cheksiz sohilga.

Lahzani milliard yillarga cho'zdim -
Qalbimni qamradi karaxtlik, hayrat:
Tog'lar tizmasida qotdilar to'zg'in -
Horigan to'lqinlar qoldilar yayrab.

Shunday o'yin topdim ermakka bu dam,
Jonimdan o'tkazdi hayot maromi:
Netay, tog'lar mustar turgani - turgan,
Netay, dengizlarning yo'qdir oromi.

Usmon Azim

Akhmad Kodirov 30.04.2008 12:07

Ibrohimning haq qardoshi Hozar o'g'li erdi Lut,
Yorlig' ko'p telim yillar quvonib o'zi birla turdi Lut.
Jabroil keldi yalavochliq tegurdi mavlodin,
Yorlig' eshitib kuch keturdi ev tarkak bordi Lut.
Tab qiling,butg'a tabunmang, bot keeling imong'a teb,
Qirq yil emgab to'ng, arig'siz kofir aro turdi Lut.
Ancha tenglik bo'ynag'uning biri yo'lg'a kirmadi,
Qazg'uluq bo'lub umid kesdi ulardin erdi Lut.
Bir yaratg'an haqg'a yondi yolborib, qildi duo,
Jabroil qanit to'qindi, qirdi Olloh, ko'rdi Lut.

Burhonuddin Rabg'uziy

Nigora Umarova 30.04.2008 12:16

Toki bo'lsin muvozanat unda paydo
Qo'yib chiqdim kitob ichra tumorlarni,
Kim ilohiy nina bilan uni tiksa,
Darddan xalos aylagay u bemorlarni.

Yoxann Volfgang Gyote

Sanjarbek Rizoqulov 30.04.2008 14:14

Iymoni pok, yorug` yuzli yuzga kirib
To`ylar qilib elkasidan tog` tushsin
Har kimning ham so`nggi safar oldidan
O`z bolasi qo`lida tuproq tushsin

Nigora Umarova 30.04.2008 14:54

Nima ham berardim men senga, dunyo
Sening bozorlaring -
Boyvuchcha kelin.
Dunyo bozorlarin odamlari-ho,
Oling, yuragimni sotgani keldim.

Siz - qimmatbahosiz,
Men arzon, arzon.
Sizga balki faqat yuragim arzir.
Sizdan so'ramayman haqiga osmon,
Faqat osmon kabi yuksaling, axir!

Siz mening qo'limga tutasiz xanjar:
- Kes!- deysiz. - Parchala! Tashla qiymalab!
O'rganib qolgansiz nega, odamlar,
Olmoqqa yurakni mayda-maydalab?

Bozorni to'ldirib og'riydi jonim...
Baribir tashakkur,
Baribir rahmat!
Dunyo bozoriga kelgan insonim,
Mening yuragimni ayama faqat.

Yurakni suysalar - topilmas guvoh,
Har kim bu yurakdan
Olar keragin.
men sizni kechirdim...
Sizda ne gunoh?
O'zi ulkan bo'lsa mening yuragim.

Usmon Azim

Sanjarbek Rizoqulov 30.04.2008 16:26

Men sendan sevgin deb qilmayman talab
Majburiy sevgiga menda yo`q xavas
O`zga yor ko`ksiga qo`yganingdA bosh
Menday bir g`aribni eslab qo`ysang bas

Nigora Umarova 30.04.2008 16:40

Sevgimiz o'ldimi?- libosingiz ko'k,
Ko'nglingiz - begulxan, ko'zingiz - becho'g'.
Bizdan borish yo'qdir, sizdan - kelish yo'q -
Kelishsiz dunyoda beg'am azizim,
Nega ko'zlaringiz benam, azizim.


O't yetdi -qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni - bebaxtlarimni -
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim.

Chunki tunga aytar rost "oh"ingiz yo'q,
Falakda kezgani sha'n, rohingiz yoq',
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo'q -
Boqaman: nigohim - gumon, azizim,
Yo'llaring tumandir, tuman, azizim.

Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig'ida yurak uchadir,
So'ngaklar uchadir, suyak uchadir -
Bu to'fon - xazonlig' menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.

Ammo siz sarg'aymang - gulli bog' bo'ling,
Yam- yashil ko'karing, mudom sog' bo'ling,
Bahorning bag'rida beadog' bo'ling -
Axir qarg'aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig'mas azizim.

Usmon Azim

Masud Mahsudov 30.04.2008 16:48

Майли, кулаверинг туйғуларимдан,
Мажнунга чиқаринг номим майлига.
Мен эса ҳеч кимга билдирмай зимдан,
Бош эгиб яшайман қалбим амрига.

Олган нафасимда шукрона айтиб,
Шу оппоқ кун учун ёд этиб Ҳақни.
Ҳар тонг умид ила қайта ва қайта,
Янгидан очаман оппоқ варақни.

Тирикман, илинж-ла яшайвераман,
Баҳор гулларига бўлиб маҳлиё.
Кўрасиз, бу хислар гуллайди чаман,
Туйғулар жўш урар мисоли дарё.

Яратган берган нур – йўлимда маёқ,
Бахш этган ғайрати – ёрқин машъалам.
Кўнглимда имоним тутиб ки байроқ,
Бир зумга бўлса-да тортмайман алам

(Яна ҳайрон бўлманг, бошқалар шеърим
Ғалати чиқди, - деб хандон кулсалар.
Тўгри-да, ишқ нима қаёқдан билсин,
Завқнинг нималигин билмас кимсалар.)

Афсус надоматдан йўқ энди зарра,
Изтироб, ғамларни кўмдим тупроққа.
Дарду азобимнинг устидан чизиб,
Қолган ҳаётимни кўчирдим оққа

Энди ишонч билан, нафосат билан,
Дилимда қуёшдек ҳарорат билан,
Юракда эҳтирос, тароват билан,
Олдинга қадамим ташлайвераман...
Мен барибир шодон яшайвераман.

Майли кулаверинг...


Firdavs... 2008 yil. aprel

Nigora Umarova 30.04.2008 17:03

Nahotki, bir qarash...
Bir beso'z xitob...
Bir to'lqin... umrning oromin buzsa...
Shuncha go'zalmisan,
Shuncha sershitob -
Qayerlardan kelding jonginam g'ussa?

Bilmadim, qay unut bahordan sabo
Had bilmay - yetishdi kuzimga qadar.
Kuz va bahor aro yoz tursa ammo, Ko'rishmoq hijrondir,
Muhabbat - kadar.
Uch oyning ustidan qo'lingni cho'zding,
Uch oyning ustidan o'tdi bir qarash.
Hayotni,
Ehtimol o'limni choz'ding -
Kuzu bahor aro taloshman, talosh.
Bir ishqning yo'lida
Ul erka bahor
Nahotki, kuzaklik qarorin tuzsa?
Mening ko'zlarimda yoshim shashqator...
Sen nega kulasan, gullagan g'ussa?

Usmon Azim

Masud Mahsudov 30.04.2008 17:09

Avval tong o‘z ko‘rkini paysalga solib,
Simirib oldi-ku, tomchi shabnamni.
So‘ngra quyosh ko‘kdan butkul yo‘qolib,
Mavhumlikka botib, tirnar yaramni...

Ko‘zlarim so‘nyotgan yulduz misoli,
Qovjirab bormoqda yurak tomirim
Sarobga aylandi ko‘klam visoli,
Saraton bir joyda qotib qoldi jim...

Sochilgan xayolim to‘plamay turib,
Hushimga kelishlik vaqtin kutmasdan.
Hayotimga kelding chaqmoqdek urib,
Va... ketding birorta so‘zing aytmasdan...

Oxirgi qarashing eslaganda zum,
Umrning taqvimi tinmayin yondi...
Tog‘lardek serviqor yuksalgan qalbim,
Mung‘ayib... mushtumdek tosh bo‘lib qoldi


Firdavs

Nigora Umarova 30.04.2008 17:19

Insoniyat senda aks etar
Qaytarilmagin ruhingda olam.
Vujudingdan tumanni ko'tar,
Tanib olgin o'zingni, odam.

Sendan jam'i yo'llar o'tgandir,
Hamma tugun joningga chalkash.
Tangriga ham bir nur ketgandir -
Ko'ngil kabi nozik, telbavash.

Titranmagin - ichingga tushgin,
Teranliging buncha vahima.
Bir tola nur izidan uchgin -
Teranlikdan kelgan vahima.

Sen yetarsan ko'ngil tubiga,
Unda poklik ziyo taratar.
Ul poklikning har zarrasida
tazarrular seni yaratar.

O'zi tanish fursati - uzoq,
Qanday qiyin yonadi gunoh...
Sen o'zingni taniganing chog',
Jamolini ko'rsatar Olloh...

Usmon Azim

Masud Mahsudov 30.04.2008 17:36

Ҳаққинг бор, Лайлидек ошиқ бўлишга,
Шириндек бўлиш ҳам ўз ихтиёринг.
Яшнаса яшнашга, сўлса сўлишга,
Ўлса ҳам ўлишга,беқарор ёринг!

Мен эса...билмадим, лойиқманмикин
Мажнундек куйгани, ишқингда беун?
Фарҳод ҳам чиқмайди мендан...Гапим чин,
Чунки қалбим қашшоқ, юрагим юпун!


Firdavs

Nigora Umarova 30.04.2008 17:49

Na-da do'zax olovi yamlar,
Na-da eshik ochadi behisht-
Ko'kragingni arosat qamrab,
Qolganida yuraging beish.
To'g'ri shamollarga egilmas,
Teskari ham aylanmaydi bosh.
Yuragingni boshlab tug'ilmas-
Ko'zlaringga yetib kelgan yosh.
Chorbog'larga yiqilar so'lg'in
Shamol- bevaqt qurigan yaproq.
Nimagadir kelmaydi o'lging,
Yashaging ham kelmaydi biroq.
Derazani kelib qucholmas,
Qanotlari singan tovushlar.
She'rlaringda endi sollanmas,
Turnalardek ucholmas ular.
Muvozanat - qiynoqsiz qiynoq,
Muvozanat - eng bebaxt baxtim,
Muvozanat - ey, rangsiz bayroq -
Qachon seni qulaydi taxting?
... Yurak bo'lsa allaqachonlar,
Dovdirabmi, alahlab - behush,
Noma'lum bir eshikni ochar,
Hali bilmas: do'zaxmi, behisht.

Usmon Azim

Masud Mahsudov 30.04.2008 17:55


Тaқдирингдaн бугун кeтaмaн aбaд,
Бошқa йўлгa буткул бўлгум рaвонa.
Юрaк ҳислaригa этмaй итоaт,
Шу кундaн мeн сeнгa тaмом бeгонa.

Ҳa! Сeвaмaн.
Буни этмaймaн инкор,
Бeҳудa эмaсди кўнгил изҳорим.
Шубҳaлaр ҳaммaси, ҳaммaси бeкор,
Сaбaби бу эмaс қaтъий қaрорим.

Бугун тушундим мeн тaқдир ҳaзилин,
Бугун мeнгa aён зим-зиё сирлaр,
Бугун билдим тeнгинг эмaслигимни,
Бугун кўз ёшлaринг қaлбимни тирнaр.

Йўқ!
"Тaқдир" aтaлмиш муҳтaшaм сaрой,
Бизлaр иккимиз чун кўтaрмaгaн қaд.
Бaҳор ҳaм шунчaлaр бeрсa-дa чирой,
Биргa кўролмaйди бизлaрни фaқaт.

Узр сўрaмaймaн кeтиш олдидaн,
Чунки сeвиш, aхир, эмaс-ку гуноҳ,
Бош олиб бу ердaн, сeнинг вaслингдaн,
Қaердaн, билмaймaн, топaмaн пaноҳ?!

Хўп, мaйли, уз энди сeвгинг риштaсин,
"Ўз бaхтинг топгин", -дeб қилaмaн нидо.
Ягонa тилaгим: Қaйғу нeлигин,
Билмaсдaн яшaгин.
Хaйр!
Aлвидо!!!


Firdavs


Текущее время: 07:41. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»