uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   Iste'dod va "TANKA" (https://uforum.uz/showthread.php?t=8580)

Nigora Umarova 10.12.2009 16:57

Цитата:

Сообщение от Husen Tangriyev (Сообщение 319383)
Айниқса, қорақалпоқлар томонидан ишланган "Танка" фильмидаги танка каби...

Одамга "Танкасан, танкасан" деб уқтираверса "танка"га айланиб қолганлигини сезмай қолади.

AZiza X 10.12.2009 18:35

Бугунги кунда ҳар қандай истеъдодлига "танка" керак! Твда бир неча бор қаҳрамон сифатида ўзимча "танкаси йўқ" истеъдодлиларни олиб чиққанман. Бироқ, уларни топиш учун, ТВ, РВ, газета билан боғлаш учун ҳам кимдир воситачи бўлиши керак-ку! Шу иш билан шуғулланиб, амин бўлдимки, бугун ҳамманинг "танки" бор. Агар истеъдодли танкист бўлса, нима бўпти, эшиклар унга очиқ, бемалол танки билан бостириб кириб, катта давраларни эгалласин. Агар ИСТЕЪДОДИ бўлса!
Масалан, журналистикада истеъдоди бўлмаганларга нон йўқ. Албатта, улар муаллиф матнини ёдлаб бошловчи сифатида эфирга чиқиши мумкин. Бироқ, томошабин кўзини алдаб бўлмайди. Қандай чиққан бўлса, шундай йўқ бўлиб кетади...

Fayzbek 12.12.2009 13:24

Fikrlarim
 
Цитата:

Сообщение от Aziza Abdunabiyeva (Сообщение 199962)
Цитата:

Сообщение от Feruza Xodjayeva (Сообщение 199957)
Aynan ana shunday iste'dodlar chetda qolib ketmasliklari uchun respublikamizning har bir burchagida "Kamolot" YoIH bo'limlari faoliyat ko'rsatmoqda.

Faqatgina Kamolot YoIH emas, yoshlar tashabbuslar markazining feliallari ham bu borada ko'zga ko'rinarli harakatlarni amalga oshirmoqda. Respublika miqyosida o'tkaziladigan "Kelajak ovozi", "Yangi avlod" konkurslari, festivallar va yana boshqa narsalarni alohida ta'kidlab o'tish lozim.

Kamolot YoIH Respublikamizni hamma joyida birdek muaffaqiyatli harakat qilyapti deb o'ylaysizmi. Ko'pchilik qismi Kamolot YOIHarakatsizligi bo'lib yotipti.
Цитата:

Цитата:

Сообщение от Feruza Xodjayeva (Сообщение 199957)
Faqatgina iste'dodlardan salgina harakat va e'tibor talab qilinadi xolos. Buning uchun hech qanaqa "Tanka" ning hojati yo'q,menimcha.

Hojati yo'q demagan bo'lardimu, lekin aytishim mumkinki, yuqorida nazarda tutilayotgan "Tanka"larsiz buni amalga oshirsa bo'ladi.
"Tanka" iborasini bu erda qo'llash o'rinli emas, bu jargon ilmiy tilda: "Ijtimoiy kapital" iborasi mavjud, hozirgi kunda buni jahon tan olmoqda.
Цитата:

Оффтоп:
Lekin o'zimni fikrimda keltirilgan "Kamolot", "Kelajak ovozi"lar tanka vazifasini o'tamaydimi?

Bularni to'g'rirog'i "tranplin" desa bo'ladi. Yani parvozing yuqoriroq va uzoqroq bo'lishi uchun. Bula tuzatishlarimga hafa bo'lmang, sababi siz hali ko'p o'qib bilim olib yurtimiz uchun hizmat qiladigan, iymonli, diyonatli va Alloh maqbul ko'rgan yurt O'zbekistonning buyuk farzandlari bo'lib yetishasiz. Buning uchun bu men bergan ma'lumotlar sizga ozgina bo'lsa ham yordam bersa hursand bo'laman.

albatros 01.06.2011 14:01

Цитата:

Сообщение от Shoista Quchqorova (Сообщение 199630)
Hammaning o'zini qiziqishlari bo'lsa kerak. Hozir ko'pchilik san'at shinavandasi. San'atkorlar ham ko'payib ketdi. Albatta ularning har birini qo'pol qilib aytganda "Tanka":buba: si bor. Lekin iste'dodli yoshlarimiz ham kam emas. Ularning ba'zilari she'r yozadi, ba'zilari Qo'shiq bastalaydi,va kuylaydi, ba'zilari raqsga tushadi. Lekin ular qanday o'z san'atini, iste'dodini namoyon qilsin. Ularga ham "Tanka" kerak-mi? Bunga munosabatingiz qanday?:shok:

Bu fikrlarni o'qib "Zamona zo'rniki, tomosha ko'rniki" iborasi yodimga tushib ketdi. Ammo bu ibora hozirda o'rinlimikin. "Zamon senga boqmasa sen zamonga boq" iborasi ham qaysidir ma'noda yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlagandek bo'ladi.
Ammo ...
Haqiqiy iste'dod egalari ertami kechmi o'z mehnatlarini samarasini ko'radi va munosib taqdirlanishadi (agar ular o'sha "TANKA" menda yo'q deb o'z ishlarini to'xtatib qo'yishmasalar). Zero har qilg'usi ishni Ollohning o'zi bilguchi va munosib taqdirlovchidir.

albatros 04.06.2011 13:11

Цитата:

Сообщение от Shoista Quchqorova (Сообщение 199630)
Hammaning o'zini qiziqishlari bo'lsa kerak. Hozir ko'pchilik san'at shinavandasi. San'atkorlar ham ko'payib ketdi. Albatta ularning har birini qo'pol qilib aytganda "Tanka":buba: si bor. Lekin iste'dodli yoshlarimiz ham kam emas. Ularning ba'zilari she'r yozadi, ba'zilari Qo'shiq bastalaydi,va kuylaydi, ba'zilari raqsga tushadi. Lekin ular qanday o'z san'atini, iste'dodini namoyon qilsin. Ularga ham "Tanka" kerak-mi? Bunga munosabatingiz qanday?:shok:

Tahka so'zining adabiy tildagi ma'nosi "Supper homiy" degani bo'lsa kerak. Oddiy homiylardan farqli o'laroq ularning "tishlari" ko'proq narsaga o'tsa ne ajab. Yana bilmadim...

Javohir Mahmudjonov 13.06.2011 19:27

Hozirgi zamonda "Tanka"ning ham ahamiyati katta bo'lib qolgan. Iste'dodning o'zi bilan butun boshli aravani yurg'azish qiyin, aravaga biror bir "JONZOT"ni qo'shsak, manzilga tez va kuch sarflamasdan yetib olsa bo'ladi. aravani o'zini shuncha yo'lgacha tortib borish hozirda eplash qiyin bo'lgan ish. Ha aytgancha o'zimning blogimda kutaman tashrif buyuring!


Текущее время: 17:50. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»