uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   526 нимани англатади ёҳуд Авлиё Валентин куни! (https://uforum.uz/showthread.php?t=7766)

sydney 18.02.2009 18:01

Цитата:

Сообщение от Behzod Saidov (Сообщение 182868)
Қисқа қилиб "Валентинхонлик" деса ҳам бўлса керак.

Оффтоп:

"Валижонка" деса хам булади

Husniddin Ato 18.02.2009 18:02

Цитата:

Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva (Сообщение 182971)
Xullas bayramni qancha bu yerda baxslashmaylik bayram endi o'tib ketdi. Shahsan men turmush o'rtog'im bilan bayramni yuqori darajada nishonladim...
To'g'ri gapim biroz g'alatiroqdir ammo bu kunda barcha mehr-muhabbat bilan, hazillashib bo'lsa ham bir-birini eslab tabriklashadi. Bayramni valentin kuni emas shunchaki mehr- muhabbat kuni desak ham bo'ladiku. O'sha kuni menga va qaynonamga olib kelingan gullar oilamizda o'zgacha bir kayfiyatni kashf etdi...

Buning hech ham iloji yo`q.
Sababilari:
Hazrat Boburning tavallud ayyomlari yiliga bir marta keladi. Hech bo`lmasa shu kuni Bobur mirzo hazratni esga olib qo`yaylik, hayolni boshqa tashvishlar bilan chalg`itmasdan. Bu bir.

Mehr-Muhabbat kunini alohida bir kunga belgilab nishonlab bo`lmaydi, bunday bo`ladigan bo`lsa qolgan yilning 364 kunidan mehr-muhabbat arazlab qoladi. Bu ikki.
Ana shunda kuyovto`ra sizga va qaynonangizga faqat maxsus kunlarda emas, balki har kuni ishdan qaytayotganda gul do`koni oldidan o`tayotib "Hali mehr-muhabbat kuniga aaancha boru" degan fikr aslo hayollarini band etmaydi.

Yaratgan barchamizni bir-birimizga hamisha, har soniyada yanada.... , yanda .... mehr-muhabbatli qilaversin.

Husniddin Ato 19.02.2009 12:30

Оффтоп:
Nigora Umarovaning iltimoslariga binoan.


"BIR SAVOL"

Kulaman deymanu, yig`layman nega,
Qalbim darzlariga bormikan chega,
Dardli bir armonga nahot men ega,
Bir savol yodimdan bo`lmas faromush -
"Sevaman" demagan nimaga Kumush?

Hijron oylarini almashib yilga,
Havasga berilmay, qulf urib dilga,
"Chidolmayman" demay, erk bermay tilga,
Oriyatni asrash - bu qanday yumush,
"Sevaman" demagan nimaga Kumush?

Qoloq bo`lganmi yo - chetda yurmagan,
Serial ko`rmagan, "chat"ga kirmagan,
Internet, "sotka"da ko`ngil bermagan,
Kiyib jinsi shim yo "mini", qo`yib "tush" -
"Sevaman" demagan nimaga Kumush?

Shaddod nevaraga yoqarmish biri,
Buni hamma bilar yo`q emish siri,
Ne diyishin bilmas cholga kampiri,
Dunyoning holiga boqaman xomush,
"Sevaman" demagan nimaga Kumush?

"O`tgan kunlar" orga tiklangan bino,
Takror kitob qarab ko`raman kino,
Qancha nazokatu, qancha istig`no,
Qancha odob bilan dilni aylab xush,
"Sevaman" demagan nimaga Kumush?

Bobur Bobomurod

axmedovshuhrat 15.05.2009 08:46

Цитата:

Сообщение от Aziza Abdunabiyeva (Сообщение 178138)
Basharasiga shapaloq tortvorardim yonimda bo'ganda...

Biror bittasini sevsa kerak, televideniyani ham ko'rasatadigan narsasi yo'q shunga aylantirib, o'rgiltirib bugun nima kun ekan deb so'rayverishgan.

axmedovshuhrat 15.05.2009 08:52

Topikni nomini o'zgartirish kerak Nega AVLIYO VALENTIN bo'lar ekan, nima bizga qandaydir avliyolik ko'rsatganmi yoki bizni avliyo ajdodlarimizdanmi, kim o'zi U?!? A?!?
Bu kunni oddiygina sevishganlar kuni deb qo'yilgani ma'qul.

winsoft 14.02.2012 19:55

Цитата:

Сообщение от Tulkin Yusupov (Сообщение 178179)
Нафақат Валентин куни, балки Янги йил, Эски янги йил, Наврўз, Кристмас дэй каби байрамларни ҳам деярли ўзимизники қилиб юборганмизку? Лекин аслида биз учун кераксиз байрамлар булар. Уларнинг тарихи билан қизиққан ёки мусулмонман деган киши бу байрамларни нишонламаслигига аминман. Тўғри, эътирозлар билдирилади, нима биз байрам қилишимиз мумкин эмасми, фақат ғурбатда ётайликми, дейдиганлар бор. Уларга жавобим, Ислом динида ҳар жума ҳамда йилда икки марта бўладиган Ҳайит бу бизнинг ҳақиқий байрамимиз эканлиги таъкидланган. Афсуски, айнан бизнинг байрамимизда айримлар мотам ва ғурбатда ўтқазишади, ўлганларга фотиҳа, маракалар қилишади. Аслида, ўлганларга ҳар куни дуоимизни ўқиб, фотиҳа қилиб қўйиш етарли. Исломда ўзга, ғайридинларнинг ишларини қилган, байрам ва маракаларини қилган кишилар ўша диндан бўлиб қолишлиги таъкидланган.

Илтимос, фикрларимни баҳс қилмангиз! Булар менинг фикрларим ва ким қандай фикрга келиши ўзига ҳавола.

Фикрингизга 100% қўшиламан!

winsoft 15.02.2012 10:06

Цитата:

Сообщение от Husniddin Ato (Сообщение 180300)
14-Fevralga tayyorgarlik:dash2:.

Ачинарли ҳолат:cray:

winsoft 15.02.2012 10:07

Цитата:

Сообщение от T.Yusup0v (Сообщение 182666)
Kim chiqarganakan shu bayramni??? he yo'q,be yo'q,25 mingga tushdim :(

Ким нима деса ўшанга эргашиб кетавериш керак эмасда биродар!!!


Текущее время: 13:40. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»