| Utkirbek |
15.08.2008 16:28 |
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova
(Сообщение 116254)
Muhimi , olim bo'lmasin odam bo'lsin. O'rta asrlarda yetishib chiqqan allomalarimiz ham o'z mavqelariga osonlikcha erishganlari yo'q-ku?! Ular ham qiyinchiliklar ko'rishgan. Toshga qanchalik ko'p sayqal berilsa uning qimmati oshganidek, inson hayotda qanchalik ko'p qiyinchilik ko'rsa shunchalik chiniqadi.
|
Makatab o'quvchilarini paxta terimiga borishi, ular uchun umuman qiyinchilikmas. Aksincha maza qilib o'ynab-kulib borib kelishadi. U yoqqa borgandan keyin ezilib ishlaydi deb o'ylaysizmi? Yo'q, dars yo'q, uydagi og'ir mehnat yo'q, ular hech qachon qiynalishmaydi. Demoqchi bo'lganim, ularni darsdan chalg'ishi to'g'risida gapirmoqchi bo'lgandim...
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov
(Сообщение 116286)
Afsus... hayot mazmunini faqatgina pul topishda deb biladiganlar ko'p oramizda... Ayniqsa, o'quvchilarga ham shuni uqtiadiganlar ham... Alloh hammaning omadini bersin...mayli, millioner ham bo'lishsin, lekin, avvalo odam bo'lib qolishi kerak hamma... Men BOY bo'lish haqida emas INSON bo'lishi haqida yozdim... To'g'ri, ikkisining ham bir tanada mujassamligi yahshi narsa, lekin avvalo ikkinchisi har bir kishining hayotdagi o'rnini yahshiroq belgilab beradi...birinchisi emas, afsuski...
O'quvchi o'z nomi bilan o'quvchi... U o'qishi kerak... o'rganishi kerak... Bozorga chiqib pul topishi emas...
Afsus.... Ilm-ziyodan qanchalik yiroqlashib ketayapmiz... :(
|
Hayotni o'zi shunga majbur qilib qo'ymayaptimikan. Hamma ham yaxshi yashash uchun, yaxshi yeyish, yaxshi kiyinish uchun harakat qiladiku. To'g'ri avvalo inson bo'lsin, lekin ota-onasiga, o'zi uchun yordam bo'lishi uchun bozorga chiqsa buning yomon tomoni yo'q, lekin chiqsin faqat dars vaqtida emas. Yuqoridagi postimda ham aynan mana shu fikrimga o'xshash fikrda edim.
Ba'zi joylarda mana shu moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Ilm-ziyodan yiroqlashib boryapti deb o'ylayman.
Цитата:
Сообщение от Vohid Oripov
(Сообщение 116474)
Бу саволга мен куйидагича жавоб бермокчиман. Ота-оналар бола тарбиясидан чалгияпдилар. Энг асосийси шу чунки ота-она бола тарбиясига лоакал бир кун эътибор бермаса ёки биронта харакатини эътиборсиз колдирса тамом. Бола ким кайси томонга етакласа кетаверади. Чунки бола онгида гоявий бушлик булади. Аникрок килиб айтадиган булсак гоявий иммунитет уларда хали шаклланиб улгурмаган. Ким нимани мактаса ишонавериши мумкин. Кимдир унга дарсдан компьютер уйнаш ёки кучада безорилик килиш афзал деб онгини захарласа булгани. Шуниинг учун таълим-тарбия борасида ота-она биринчи уринда деб уйлайман. [/B]
|
Oldingi zamonlarda ota-ona farzandini ustozi oldida, mana bola, go'shti sizniki, suyagi bizniki deb tashlab ketardi. Ustoz ham shunga amal qilib qattiqroq ushlardi, yaxshiroq o'qitardi.
Hozirgi ustozlarimiz ham hamma o'quvchiga birdek mehr berib, o'zini darsiga qiziqtira olsa, hech qaysi o'quvchi o'sha dars paytida boshqa joylarda yurmaydi, qiziqib tinglab o'tiradi. Demakki hamma aybni ota-onaga yuklash ham noo'rin.
|