![]() |
Цитата:
|
Цитата:
Bu yil ham shuna bo`larmikan? |
Цитата:
|
Repititorlik turgan bitgani ziyon. Moddiy ta`minlanish darajasi hammada bir xil emas. Lekin o`qishga kirish uchun maktabda olgan bilimni ham etarli deb bo`lmaydi. Bunga sabalar juda ko`p. O`qituvchilarning dars o`tish texnikasi, darsliklar va dars soatlari ham bahstalab. Lekin kirish imtihonlaridagi savolarni ham o`quvchilar darajasida deb bo`lmaydi. ba`zi testlarni o`quvchi u yoqda tursin, domlalarning o`zlari ham echa olishmaydi. DTM nazarimda o`quvchilarning bilmini sinash uchun emas, balki ularni yiqitish uchun atayin qitmir savollar tuzayotganday. Shunday bo`lgach, bechora o`quvchi boshini qaysi devorga ursin, majbur domla topib shug`ullanadi. Tan olish kerak ayrim fanlarni mustaqil o`zlashtirish juda qiyin, ayniqsa bu fan doirasida bilimlaretarlicha bo`lmasa. Olaylik, ingliz tilidan abiturient o`zi mustaqil tayyorlanishi qiyin menimcha. O`qishga kirish kerakmi, demak repititor topish kerak.
|
Yaponiyada bitta bolaga 4 nafar o`qituvchi to`g`ri kelar ekan (adashmasam shuncha edi). Bu yapon ta`lim tizimi yaroqsiz, shu sabab bola repititorga muhtoj degani emas, balki uning fanlarni bir me`yorda to`la o`zlashtirilishi uchun shunday qilinsa kerak. To`g`ri bu o`rinda iqtisodga borib taqaladigan tomonlarni unutmaslik kerak, yapon jamiyati bilan bizning turmush tarzimizni solishtirib bo`lmaydi. Repititorga borishga har kimning ham cho`ntagi ko`taravermaydi. Men bunday holda bolaning o`zi tushunib etishi va tashabbus ko`rsatib mustaqil tayyorlanishini yoqlayman. Qancha qiyin bo`lmasin baribir fanlarni o`zlashtirsa bo`ladi. Takrorlash bilimlar onasi deganidek, takror va takror qaytarish va o`zlashtirish mumkin. Kimki o`z kuchiga ishonmas ekan, unda repititorlarga borsin. Axir bozor iqtisodi, hamma yashash uchun kurashadi. Bu kurashda repititorlarni supurib tashlash adolatli emas.
|
Мени ўзим она тили ва адабиёт фани ўқитувчиси бўлганлигим учун шу мавзуда жавоб қолдиришга аҳд қилдим. Ўқув муассасаларидаги қоғозбозликлар, турли тадбирлар ўқувчини ҳам ўқитувчини ҳам чарчатади. Бунинг устига она тилидан бирорта ҳам қониқарли китобни ҳам учратганимча йўқ. Тест синовларида бундан 10 йиллар олдинги чиққан дарсликлардан ҳам саволлар тушади. Бундан бошқа турли бадиий адабиётлардан ҳам қўшимча саволлар. Фақатгина дарслик китобни ўқиган ўқувчи бу саволларга жавоб топа олмаслиги аниқ. Шундай экан арранг ойлик билан кун кечириб юрган ўқитувчини репититор қилиб олишга тўғри келади. Ўқитувчини репититорлик қилишини айблашнинг ўзи нотўғри! У бечора ҳам нима қилсин? Оилани боқиши керак. У ҳам репититорлик қиламан деб ўлиб ўтиргани йўқ. 10 та абитурентни олиб бир тайёрлаб кўринг, кейин биласиз... Агар шу абитурентлар ўқишга кирса яхши, кирмаса қулоғи тинчимайди. Агар ойлик етиб турганда, бу ишни хоҳласа қиларди, хоҳламаса қилмасди. Репитеторлик қилса ҳам ҳалол пул билан топаяпти...
|
Assalamu alaykum
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Lekin masalaning boshqa tarafi ham bor-ki, aytgani inson uyaladi... Ba'zi muallimlar o'quvchilari undan qo'shimcha dars olishlari uchun, ataylab maktab dasturidagi fanni yahshi o'tmas ekan... bunga nima deysiz?... Kasbga xiyonat emasmi bu? |
Цитата:
Raxmat, shu gapni mendan boshqalar ham aytganiga hursand bo'ldim. Ana shunday kasbga bo'lgan hiyonatlar uchrab turibdiki... Bir kimyo o'qituvchisini bilaman. O'zi bilimi o'ta kuchli, aqlli va hatto kuchli darajada bilim bera oladigan ustoz. Lekin, fanni yaxshi o'tmaslik bilan bir qatorda, yaxshi o'qiydigan o'quvchiga ham yuqori baho qo'ymaydi. Agar uning uyiga repetitorlikka borsangiz, bahoni juda yaxshi qo'yadilar. To'g'ri, o'zidan o'zi emas, ularga so'raydigan mavzularini uylarida aytib qo'yar ekanlar. Sal og'zini ochsa ham "5" baho olib ketverishadi. |
Цитата:
Цитата:
Haqiqatdan ham 10 yil avvalgi grammatika bilan bugungi kun o'zbek tili grammatikasi terminlari jihatdan farq qiladi. Bunga sabab ona tili darsligi shu o'n yil ichida ikki marta o'zgardi. Avvallari Hamidilla Ne'matovning darsligi Mazluma Asqarovaning darsligi o'rniga o'tilgan bo'lsa, yaqin 2-3 yillarda esa Nizomiddin Mahmudovning darsligi asosida dars o'tilmoqda. Test savollari esa maktab darsligi asosida tuziladi. O'quvchi xohlaydimi-yo'qmi o'zi 4-5 yil avval o'qigan darsligidan emas, yangi chiqqan darslikdan test savollariga tayyorlanadi. Цитата:
|
Цитата:
|
| Текущее время: 23:41. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»