uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   Yevropa madaniyatining kirib kelishi xavflimi?! (https://uforum.uz/showthread.php?t=11148)

Shomurodov Shohruh 10.12.2009 07:42

Цитата:

Сообщение от Umida Shodiyeva (Сообщение 318801)
Bir latifa bor edi, "Senga nima, menga nima?!"degan. O'sha latifadagilardan bo'libsiz-da. Anavi yerda, bir musulmon birodaringga "yordam kerak", desa, "Menga nima!". Sizga yordam kerakmasmi?, desa "Senga nima?" deb.

Гап хали ёрдам хакида кетаяпти денг. Африкага боринг, канча киши кирилиб кетмокда. А, мусулмон биродаринга денг, Фаластинда хам ахвол чаток.

Цитата:

Сообщение от Umida Shodiyeva (Сообщение 318801)
Yoqmasa qaramaslikka kelsak, biz shu darajada "moda" deb yopishib olganlarimizga kechirasiz-u...qarash tugul ko'z qirini bir tashlab ham bo'lmaydi...

Естественный отбор, танасини очиб юрганлар шамоллаб кирилиб кетади, тугри кийинишни урганмагунча.

Shomurodov Shohruh 10.12.2009 07:45

Цитата:

Сообщение от Комол (Сообщение 318814)
Ўзбекистондан ишлагани борган опа-сингилнинг синглиси ноқонуний бола орттириб кегин у боласини сотиш вақтиди милиция ходимлари томонидан қўлга олинган . руссларда шунақа фикр уйғониши мумкинки ўзбекларни хаммаси шунақа деб . шунинг учун кийим тарбияси , одоб-ахлоқ ва ҳакоза нарсаларга махалла ва катталар этибор бериши керак .

Бу аёл жиноят вактида кулга олинган, кайси миллатда жиноятчилар йук экан? Кийим тарбиясига уша одамга таълукли булганлар гапирса хакли, сиз кучада кета туриб хаммага гап уктириб куринг кани, кейин нима булганини айтасиз.

Umida Shodiyeva 10.12.2009 09:49

Цитата:

Сообщение от xshom (Сообщение 318955)
Гап хали ёрдам хакида кетаяпти денг. Африкага боринг, канча киши кирилиб кетмокда. А, мусулмон биродаринга денг, Фаластинда хам ахвол чаток.

Afrikani qo'ya turing avval, O'zimiznikini eplab olaylik. Yana bir gap, O'zimiznikilarning ahvolini ko'ra turib, uni qandoq chetlab o'tib Falastinga ketib qolayapsiz. Biz yurtdoshlarimiz haqida gaplashaymiz, o'zbeklar, o'zimiznikilar haqida gapirayapmiz.

Muhayyo Turdialiyeva 10.12.2009 10:14

Цитата:

Сообщение от Umida Shodiyeva (Сообщение 319019)
Afrikani qo'ya turing avval, O'zimiznikini eplab olaylik. Yana bir gap, O'zimiznikilarning ahvolini ko'ra turib, uni qandoq chetlab o'tib Falastinga ketib qolayapsiz. Biz yurtdoshlarimiz haqida gaplashaymiz, o'zbeklar, o'zimiznikilar haqida gapirayapmiz.

Bizga nima qilibdi? G'arbning bizga salbiy ta'sirini faqat kiyimlarda aks ettirishimiz noto'g'ri. Hech kimga nima kiyishni o'rgatib bo'lmaydi! Hammaning o'ziga yarasha fikrlash doirasi mavjud. Milliy g'ururni singdirishni kichkina yosh vakillaridan boshlash lozim. Shundagina G'arb madaniyatiga yetaklashib ketavermasdan milliyligimizni dunyoga mag'rur namoyish eta olishadi.

Umida Shodiyeva 10.12.2009 10:25

Цитата:

Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva (Сообщение 319047)
Bizga nima qilibdi?

Bu savolni har bir o'zbek o'ziga bersa,yaxshi bo'lardi...

Цитата:

Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva (Сообщение 319047)
G'arbning bizga salbiy ta'sirini faqat kiyimlarda aks ettirishimiz noto'g'ri.

Aynan shuni, mavzuni boshidan beri tushuntirolmayapman.

Цитата:

Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva (Сообщение 319047)
Hech kimga nima kiyishni o'rgatib bo'lmaydi!

Albatta! Axir, ERKIN SHAXSmiz:-)

Цитата:

Сообщение от Muhayyo Turdialiyeva (Сообщение 319047)
Milliy g'ururni singdirishni kichkina yosh vakillaridan boshlash lozim. Shundagina G'arb madaniyatiga yetaklashib ketavermasdan milliyligimizni dunyoga mag'rur namoyish eta olishadi.

Ayniqsa,bizning yoshdagilardan boshlash kerak, shundaymi?!

Samouchka 10.12.2009 12:03

Оффтоп:
Qanaqadir bir bo'tqa mavzu ekan -- arining uyasiga o'xshaydi, birinchi postning o'zida adashib-chalkashib ketdim. Mavzu 100 sahifa bo'lib ketib, ichi offtopu fludlarga to'lib ketsa hayron bo'lmayman. Xo'sh, G'arb madaniyati nima o'zi? O'zi nimani muhokama qilayapsizlar? Undan ko'ra punktma-punkt mana bu G'arb madaniyati elementlari, siz bularni xavfli deb hisoblaysizmi deb savol qo'yilishi kerak. Birinchi postda tuturuq yo'q, mavzuda esa aniq bir kurs yo'q -- Falastin-Isroil mojarosi, migrant opa-singillar, qandaydir kiyimlar...

Nigora Umarova 10.12.2009 12:09

Цитата:

Сообщение от Samouchka (Сообщение 319165)
Оффтоп:
Qanaqadir bir bo'tqa mavzu ekan ...

Оффтоп:
Samouchka!
O'zingiz bi-iiiii-ir yeng shimarib mavzuni punktlarga ajratib bering-chi... :-)

Samouchka 10.12.2009 12:19

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 319175)
Samouchka!
O'zingiz bi-iiiii-ir yeng shimarib mavzuni punktlarga ajratib bering-chi... :-)

Оффтоп:
Mavzuni boshlagan odamning maqsadi nima, nima haqida so'rayapti, kallasida qanday fikrlar g'ujg'on o'ynayapti, men bilmayman.
G'arb madaniyati degan narsa ham ancha keng tushuncha bo'lsa kerak. Bunday narsalarni punktlarga ajratish uchun bekorchi bo'lish kerak. Keyin men tayyoriga o'rganganman.

Shomurodov Shohruh 10.12.2009 12:40

Цитата:

Сообщение от Umida Shodiyeva (Сообщение 319057)
Ayniqsa,bizning yoshdagilardan boshlash kerak, shundaymi?!

Фикримча агар сизга 4-5 булса, балки вактидир, лекин лицей укувчиси ёшида миллий тушунчанинг асоси шаклланган булиши керак. Ха, хали аник бирор бир нарсадан хабари булмаса хам, ха, хамма фалсафага тушунмаса хам, лекин каттик негиз шаклланган булиши керак. Шундагина балки недоевропеец-недоузбек булишдан сакланиб колар.

Nigora Tursunova 10.12.2009 16:03

Цитата:

Сообщение от Комол (Сообщение 318495)
тўйни катталар қилиди шунинг учун жавобни хам улар беришади .

Ҳар доимгидек ҳамма ўзи оппоқ.


Текущее время: 18:58. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»