Samouchka |
02.11.2009 07:17 |
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev
(Сообщение 293729)
Нафақат чекка туманларда, балки пойтахтимизда ҳам хотини туққанидан кейингина ЗАГСга чопган ёшларни учратдим (фарзандига гувоҳнома олиш учун никоҳ гувоҳномаси керак-да!). Худо кўрсатмасин, ЗАГС дан ўтмасдан турибоқ эр-хотин ўртасида низолар чиқиб қолса, уни ҳуқуқий жиҳатдан бартараф этишнинг имкони бўлмай қолади!
|
Bu hali holva. Agar kelin-kuyov FXDYO dan o'tmasdan oila qurishsa va kelin xomilador bo'lib qolsayu, kuyov biron-bir sabab bilan vafot etsa, ana undan keyin tug'ilgan farzand "nikohsiz" hisoblanadimi?
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev
(Сообщение 293729)
Дарвоқе, ЗАГСга борганимда кўпдан қулоққа чалиниб келган бир муаммо билан рўбару келиб қолдим. Чиройликкина, қора қош - қора кўз икки ўзбек қизи (бири самарқандлик, бири наманганлик) никоҳдан ўтиш учун ариза топширгани келишибди.
|
Men shu joyini o'qib qo'rqib kettim. Ikkita qiz birga turmush qurish (o'z jinsidagi bilan turmush qurish) uchun ariza topshirgani kelishibdi deb o'ylabman.
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev
(Сообщение 293729)
Куёвлар ким денг? Ёши қирққа яқинлашиб қолган корейслар! Ўзбекистон фуқароси бўлса ҳам майли, нақд де жо йонгнинг юртидан.
|
Buni nimasi yomon?
Цитата:
Сообщение от Husen Tangriyev
(Сообщение 293729)
Тили, дини, юрти бошқа йигитларни танлаётган қизларда наҳотки зиғирча фаҳм-фаросат бўлмаса?!! Бунақа интеграциялашган ёшлар қачон, қайси даврда шаклланиб улгурди экан-а?
|
Statistika bo'yicha qizlar yigitlardan ko'proq. Tabiiyki erkaklar taqchilligi O'zbekistonda ham yaxshigina seziladi: o'tirib qolayotgan, sovchi kelmayotgan yoki ma'lum bir hududda erkak zotining defitsitidan qattiq aziyat chekayotgan qizlar tiqilib yotibdi. Ularni er bilan ta'minlash masalasi hali davlat siyosati darajasiga chiqqanicha yo'q. Shunday ekan qizlar ham "O'zing uchun o'l yetim!" deb er topish (badavlat bo'lsa nur ustiga a'lo nur!) uchun qo'llaridan kelgan hamma ishni qilib yotishibdi. Hozirgi qizlar sovchi kelsa yoki turmushga chiqsa do'ppisini osmonga otadi. Kitoblardagiga o'xshab "Ota uyimdan ketar ekanman-da" deb yig'i-sig'i qilmaydi. O'zbekistonda er topilmagach Koreyadan topadi-da. Boringki o'zimizda ham er topilsayu, lekin puli ko'proq amerikalik, koreyalik chiqib qolsa, ko'pchilik qizlar jon-jon deb chet el fuqarosiga turmushga chiqib ketadi (ota-onasining qanday xursandligini tasavvur ham qila olmaysiz). Farzandi Amerikada tug'ilsa bir umrlik orzusiga erishadi. Chunki endi u butunlay Amerikada yashaydi-da!
Integratsiyalashuv bunda aybdor emas -- er yetishmayapti, er!
P. S. Qizlarning chet elga turmushga chiqishining siz bilan biz uchun ijobiy tomonlari ham bor -- valyuta keladi, valyuta! So'mning qadrini ushlab turamiz...
|