Masud Mahsudov |
26.09.2011 07:52 |
Цитата:
Сообщение от ArtStudio
(Сообщение 616063)
Assalomu alaykum. Barcha g'oliblarni tabriklayman.
*********************************************
Hay'at a'zolariga va umuman forumdoshlarga savolim bor edi. Mashhur.Uz - Madaniyat portali sizlarga qay tomonlama yoqmadi, iloji bo'lsa maslahat va tanqidlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
|
"-"
1. Avvalo portal va saytning farqini bilishingiz kerak.
2. Sayt yuqorisidagi aylanib turadigan flesh logotip va chap tomondagi yangiliklarning muntazam "aylanib" turishi odamning ko'zini charchatadi
3. Logotipingiz juda ko'p marta takrorlanayapti, rasmlarning har birida bor - rasmlarni o'zingiz olganmisiz yoki huquqini sotib olganmisiz?
4. Saytingizning ko'rinadigan joyida katta qilib valyuta kurslarini beribsiz, shu kerakmi? Kichikroq qilib bir tomonga qo'ysa bo'ladi-ku. Umuman, valyuta kurslarini sayt tematikasiga nima aloqadorligi bor?
5. http://mashhur.uz/portal-haqida ga kirib ko'ring, sayt ko'rsatkich yozuvlari o'rischa, inglizcha, qolaversa "qidirish" ham o'rischa yozilgan. O'sha yerga borib, masalan "Ulug'bek" so'zini yozib ko'ring-chi, qanday natija berar ekan? Qidirish tuzimi yo'lga qo'yilmagan.
"+"
1. Dizayni o'ziga xos, ranglar yaxshi tanlangan
2. Sayt ma'lumotlarga boy, shu bilan birga grammatik xatolardan xoli.
|