Цитата:
Сообщение от Pfefferminze
(Сообщение 459172)
Sizni bilmadimu, ammo men Ota-Onamni istagini, xohishini bajarib yurgan qizman...Ularni mendan ilitmos qilgan narsalari bor va men ushani bajarishda yuribman...Bu uchun shaxsiy hayotimni, ham moli-jonimni tikkanman... Har qanday ibodatda ustun ularning so'zlari men uchun...men Ota-Ona rizosi uchun yurgan qizman...
|
Postim sizni ranjitishga qaratilmagan edi, ming bor uzr agar tushuntira olmagan bo'lsam. Avvalo shunday ulug' vazifa bilan yurgan ekansiz bu quvonarli hol..
Ko'p ham zohirga yukunmaslik kerak demoqchi bo'lgandim xolos. Kamchilik o'zimizda ham bor. Lekin biz insonlarni qalbini bilmaymiz-da..
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze
(Сообщение 459185)
Audoilavhalarini yaxshi eshitmabsiz unda...bir ikki joylarda, ayollarni qattiq salbiy tanqid qilib ketganlar, ayollar o'rganmaydi, bilishmaydi deb...shu joyiga e'tibor bermabsiz ekan unda...balki, yumshoqroq aytish kerak edi, lekin hamma ayolni ham bitta qozonga solmaydilar-da....Axir, Payg'ambarni ham Ayol dunyoga keltirgan.......
|
To'g'ri topdingiz, men sizchalik u kishining hayotlari haqida batafsil ma'lumotga ega emasman. Shu sabab eshitmagan narsam haqida aytmoqchi emasdim. Mayli, yana bir manbalarni qarab ko'raman, shunda fikringizni yaxshiroq o'ylab ko'rardim. Lekin baribir bu qarashingizga qo'shilgim kelmayapti, uzr.
To'g'ri, biz xohlagan gapimizni aytishimiz mumkin, buni hech kim ta'qiqlamaydi, ammo o'zimizdan ancha ulug' sanalgan zotlar haqida bunday o'ylash, bilmadim.. Ayniqsa ular o'tganidan so'ng, ehtiyot bo'lish kerak yana o'zimizga ziyon etmaylik. Ming qilsa ham ular Haqning do'stlari sanalgan vaqtida. Shu sabab bahs qilmaganimiz ma'qulroq deb o'yladim..
|