uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Ижод хусусида сўз (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=463)
-   -   Bahru-bayt (https://uforum.uz/showthread.php?t=4507)

Nigora Umarova 11.11.2008 13:40

Цитата:

Сообщение от Masud Mahsudov (Сообщение 151329)
...Кўзларингни яширма мендан,
Сўзинг тинглаб, қараб тўймайман.
Меникисан. Энди ҳеч қачон,
Ҳеч кимсага бериб қўймайман.

Нечун яна кузим, кулмайсан нечун,
Нечун сен ёзмайсан инжа канотинг,
Яна тортмакдами ушал мудхиш тун,
Уфкда учдими, эй, куёш, отинг.

Очгил кузларингни. Нашъа соч. Борлик
Ок эркин ичрадир. Хар нарса ок. Ок.
Севгилим, бу сенинг кузингга боглик,
Шодлик. Нур тошкини. Бу чаман. Бир бог...

Булар бари сузлар-ку, ахир сузлар.
Кайларга йикилар бир кун, беомон
Кузинг осмонидан учган юлдузлар?!

Кузингнинг каърида юкинар, излар,
Ёруг сохилларни асрдийда жон...
Мангулик осмони-бу теран кузлар.

Рауф Парфи

Masud Mahsudov 12.11.2008 12:04

Rubobiy she'r yozsam...
qaytsam bir nafas...
hamisha musaffo chashmani ko`rsam,
qoraygan cho`qqilar qoriga qarab,
bir nafas xayolchan o`snirga do`nsam.
Voh, o`shal lahzalar...
o`tdimi butkul
gunafsha atirli tansiq tuyg`ular,
sahargi bog`larni uyg`otgan bulbul,
oylarning nurlarin elagan suvlar.
Yashil shajar edim...
Qandoq sog`indim...
ko`zimni yashnatsa rubobiy ranglar.
Qaysi bir dunyoga buncha og`rindim,
dilimni qaritdi besamar janglar.
Men jangchi emasdim,
men shoir edim,
nihoyat shoirdan ko`ra zobitman,
har nafas musulmon millatim dedim.
nafsiga kuyganlar keldi oqibat.
Haromni xush ko`rgan malakfurushlar
zig`irday himmatin qilganda minnat,
yaproqday sarg`ordim buyuk urushda
musulmon yo`q edi,
yo`q edi millat.
Bas, qushlar sayroqi,
yaproqlari mo`l
yashil shajar kabi turay mushakkal,
ilhomim haqida so`ylasinlar xo`b,
zaharli tilimdan to`kilsin shakkar.
Rubobiy sabolar ruhimdan esing,
qaytadan uyg`onsin ilohiy tug`yon.
Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg`on.

Shavkat Rahmon.."Iqror"

olim 12.11.2008 12:23

Цитата:

Сообщение от Masud Mahsudov (Сообщение 152717)
.....
...Voh, yalang shoxlarim qilichday keskir,
bir yaproq qolmaptir shivirlayturg`on.

Shavkat Rahmon.."Iqror"

Namangondin ketar bo'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?
G'ariblik shahrida o'lsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Qani qavmu qarindoshim, bu yo'lda bo'lsa yo'ldoshim,
Ko'zumdin oqizib yoshim, meni yo'qlar kishim bormu?

Muhabbat sharbatin ichtim, qazondek qaynabon toshtim,
Bu foniy dunyodin kechtim, meni yo'qlar kishim bormu?

Tushubdur boshima savdo, ramuzu ishqdin g'avg'o,
O'ziga ayladi shaydo, meni yo'qlar kishim bormu?

Turarga toqatim yo'qtur, yurarga holatim yo'qtur,
Yurakda ishq o'ti cho'qdur, meni yo'qlar kishim bormu?

Qarorim yo'q turay desam, Namangonda yuray desam,
Jahonni sayr etib kezsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Bu miskin zor Mashrabni kishi holini bilmaydur,
Bu yerdin bosh olib ketsam, meni yo'qlar kishim bormu?

Boborahim Mashrab - Meni yo'qlar kishim bormu

Nigora Umarova 12.11.2008 12:44

Ul xasta vujudimni meni o'rtadi butkul,
Ul zulfi parishon,
Ul gul yuzining ishqida men volai bulbul,
Ul g'unchai xandon.
Bir rahm qilib so'rmadi holimni nechuk deb,
Ul orazi gulgun,
Yuz va'da qilib birga vafo qilmadi bir yo'l,
Ul va'dasi yolg'on.

Boborahim Mashrab

Masud Mahsudov 12.11.2008 14:05

Nafis chayqladi bir tup na'matak
Yuksakda, shamolning belanchagida,
Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul,
Viqor-la o'shshaygan qoya labida,
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...

Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil,
Vahshiy toshlarga ham u berar fusun.
So'nmaydi yuzida yorqin tabassum,
Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun
Quyoshga tutadi bir savat oq gul!

Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum...
Nafis chayqaladi bir tup na'matak...
Shamol injularini separ chashmadak,
Boshida bir savat oq yulduz-chechak,
Nozik salomlari naqadar ma'sum.

Tog'lar havosining feruzasidan
Mayin tovlanadi butun niholi,
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi:
Yuksakda raqs etar bir tup na'matak,
Quyoshga bir savat gul tutib xursand!

Oybek..."Na'matak"

Nigora Umarova 12.11.2008 14:19

...Daraxtlar egilgan, bukilgan,
Yer tishlab yotibdir yaproqlar.
Toshlarga, mixlarga chekilgan,
Lochinlar, kaptarlar, chorloqlar.

Quyoshning yog'dusi qoradir,
Quyoshning sochini o'rgaymen.
Nahotki, eng so'nggi choradir,
Adashgan Ruhni men ko'rgaymen.

Rauf Parfi

olim 12.11.2008 14:32

Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!
Nahot, bekor o`tdi
gulday umrimning
ming yilga tatirlik oltin choqlari,
nahot biror ruhni uyg`otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari?!
Nahotki, birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug` dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar?!
Menga minbar emas,
unvonlar emas,
latta chechaklaru
ehsonlar emas,
olov bir sahroni,
yurtim xayoli
nurga gurkiragan sahro bering, bas.
Erku muhabbatning muxtor elchisi —
yotmasman tuproqqa do`nib, tinchlanib,
jasadim tirikdir yorug` dunyoda,
oyning sinig`iday chaqnar sinchlarim.
Agar yetti qavat yerning qa’rida
yotsam-da larzaga solib havoni,
elimning yuragin
topar baribir
jismimni kuydirib uchgan ovozim.

Shavkat Rahmon - Ovozim

Nigora Umarova 12.11.2008 14:48

Ma'yus edi sening ko'zlaring g'oyat,
Go'yo yolg'iz o'rmon barglarin to'kib.
Qora yorqinlikka shivirlar oyat,
Ko'zlaringni tinglayapman entikib.

Ayricha ko'ringay har kasga dunyo,
Borliqning savdoli ishlarin o'ylar.
Parpirab yonardi yulduzlar go'yo,
Ruhning manguligin yondirar ular...

Zanjirmi Sharq qizining qo'llarinda,
Bir kuch topilmasmi, kishan sinmasmi,
Sharq qizi, Sharq qizi, endi kulmasmi?

Malomat tutqunlik mangu o'lmasmi?
Bir sovuq mozormi yo'llarida,
Erkinlikning porloq nuri inmasmi?

Rauf Parfi

Shomurodov Shohruh 13.11.2008 18:39

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 152743)
Ul xasta vujudimni meni o'rtadi butkul,
Bir rahm qilib so'rmadi holimni nechuk deb,
Ul gulgun,

Boborahim Mashrab

Нигора опа, куйидаги мисра охиригача эмасга ухшайди, вазнга тушмаяпти:
Ул гул-гун
Маф-ув-лу фа-ув-лун (vv- -vv)

Nigora Umarova 14.11.2008 09:20

Цитата:

Сообщение от xshom (Сообщение 153268)
Нигора опа, куйидаги мисра охиригача эмасга ухшайди, вазнга тушмаяпти:
Ул гул-гун
Маф-ув-лу фа-ув-лун (vv- -vv)

Юкорида келтириб утилган шеэрнинг жанри мустазод булиб, араб тилида орттирилган деган маънони билдиради. Мустазод- газалга монанд шеър мисраларидан хар бирига яна ярим мисра орттирадиган, хар катори бир ярим газал мисрасига тенг келадиган шеър. Алишер Навоий "Мезон ул-авзон" асарида музтазодни кушик деб атаган ва куйидагича таъриф берган: "Ва яна халк орасида бир суруд бор экандурким, хажази мусаммани ахраби макфуфи махзуф вазнида анга байт боглаб битиб, анинг мисрасидин сунгра хамул бахрнинг икки рукни била адо килиб, суруд нагоматига келтурурлар ермиш ва ани мустазод дерлар эмиш..."Мустазоднинг кофияланиши а-а,б-а, д-а...
Хазажи мусаммани ахраби макфуфи махзуф куйидагича рукнларга ажратилади. Мисраларни рукнга солиб куринг:

Цитата:

Мафъ-у-лу/ ма-фо-ий-лу/ ма-фо-ий-лу/ фа-у-лун
_ _ V / V _ _ _ / V _ _ _/ V _ _
Мафъ-у-лу / ма-фо-ий-лу/ ма-фо-ий-лу / фа-у-лун
_ _ V / V _ _ _ / V _ _ _ / V _ _


Ва яна "Нима учун мафъулу рукнида -лу хижосини чузикда белгиладингиз?" деган савол тугилиши табиий. Сабаби Мумтоз адабиётдаги барча шеърлар араб алифбосига асосланган эски узбек алифбосида битилган. Маълумингизким, вов харфи чузик у товушини ифодаласа, уст белгиси замма(дамма) киска "у" товушини ифодалаган. Бундан келиб чикадики, маъфулудаги "у" даммада белгиланган


Текущее время: 20:26. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»