![]() |
Менинг фикримча уяли телефонга мунособат соддарок булиши керак.
Усмир кулида телефон бор-йук лигида эмас балки тарбиясида. Яхши тарбия бериш усмир ота-онасиниг бурчи. Бундан ташкари афсуски бизнинг жамиятимизда "телефондан фойдаланиш тарбияси" деган тушунчани узи йук. Балки шундан бошлаш керакдир? Келтирилган мисолларнинг купи ёмон тарбия берилган усмирлардан келиб чикади. Телефоннинг узи бунга таълукли эмас. |
Цитата:
|
ихтисослаштирилган мактаб-интернатларда тахсил олувчи яъни факат дам олиш кунларигина уйига борадиган укувчиларга уяли телефон керак. Ота-онасини согинади, керакли пайтда маслахат сурайди. Айникса, мактаб-интернатнинг харбий ва ички ишлар олийгохларига тайёрланаётган битирувчиларига зарур! Сабаби-ки, улар кириш имтихонларига хужжатларини деярли ярим йил аввалдан тайёрлашади. Бу ишни купрок ота-оналар кумагида килишади. Шундай пайтларда мобил алокага катта эхтиёж сезилади.
|
Кутарилган мавзу керакли ва долзарб. менинг фикрим, бу хар бир ота онанинг уз фарзандига булган муносабатига боглик. шу хам эсдан чикарманги ки, боланинг кулидаги телефон, фарзандингизни куринмас текширув остига олганингизни билдиради.
хохлаган вактингизда унинг кунгирокларини текширишингиз мумкин бу бир, ва ким балан мулокот килетганини биласиз бу икки. агар фарзандингиз енингиздаги мактабга борса яхши, агар узокка борсачи, иккинчи сменада укисачи, иккита ёки учта траспортда уйга кайтсачи? фарзандларимиз 15 ёшдан коллежларга чикиб кетаяти, улар хам узок ва якинга боришади. бир таёкнинг икки учи бор, буни хам эсдан чикармайлик ва форзандларимиз билан доимий мулокотга имконимиз бор экан, шундай имкондан унумли фойдаланишимиз керак. |
Men o'zim ham uyali telefondan foydalanaman. Lekin afsuski, o'g'irlatib, ota-onam cho'ntaklariga "yaxshigina" zarar keltirishimga to'g'ri keldi. Bu mening ehtiyotsizligim bo'lish bilan bir qatorda , telefonning salbiy tomoni ham deb hisobladim. Lekin, o'sha telefonsiz o'tkazgan bir haftam davomida telefonning naqadar kerak ekaniga amin bo'ldim.
|
Fikrimcha, maktab o'quvchisiga uyali aloqa vositasining umuman keragi yo'q. Buning asosiy sabablari:
- o'quvchining o'qishga bo'lgan e'tiborini pasaytiradi, va natijada bolaning bilim darajasini pasaytiradi; - bolada moddiylikdan ruxlanish (kibr)ning shakllanishiga olib keladi... Bu esa, sinfdagi boshqa, telefon ishlatmaydigan bolalarga psihologik jihatdan ta'sir qiladi. Natija esa aniq - o'smir depressiya holatini keltirib chiqaradi; - ba'zilarning aytishi bo'yicha, telefon - bolani nazorat qilishning eng yahshi vositasi bo'lar ekan... Bu qanchalik tog'ri fikr bilmadim-ku, lekin 15 yil oldin o'qiganimizda, hech bir o'quvchining qo'lida telefoni yo'q bo'lsa ham, o'qish darajasi, hozirgiga nisbatan ancha yuqori edi. xulosa: bolani nazorat qilishda telefondan emas, boshqa tarbiya metodlaridan foydalanish kerak; - Telefon - bu vaqtni behuda ketkazilishiga sabab bo'luvchi vositaga aylanib bormoqda, aksariyat maktab o'quvchilari uchun. Ota-onalar o'quvchiga telefon olib bergandan ko'ra, uni optimal vaqt boshqaruvini (time management) ta'minlab berishlari kerak. - o'quvchi muomala madaniyatini yetarlicha bilmasligi; - ota-onaning cho'ntagiga oshiqcha xarajat; (muqobil hol: telefondan ko'ra, o'uvchiga zarur bir nechta kitob sotib olishi mumkin.); - o'quvchilar orasida har-xil (yosga to'g'ri kelmaydigan) video, audio yoki text file larni tarqalishiga sabab bo'ladi... Bu esa, yosh niholning tarbiyasiga sezilarli ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi)... P.S. bunday sabablarni yana o'nlab keltirishim mumkin...lekin, asosiylari sifatida mana shularni yozib qoldirmoqdaman. yuqoridagi fikrlarim bo'yicha, har qanday e'tirozga javob berishga tayyorman |
Цитата:
Shunday tartibi Rossiyada va Hindiston bir nechta tumanlarida tashkil etilgan. Natijada bilimlar darajasi yuqoriga edi. Hozir bolalar dars davomida boshqa maktablarda o'qigan o'quvchilarga qo'ng'iroq qilyaptilar, hamda musiqa, videokliplar, o'yinlar ishga tushiryaptilar. Qarshi uchun Yana bir sabab - eski davrlarda biz telefonsiz maktabga kelgandik.Hech nima bulgan yoq,yashaymiz. Yana albatta qimmatli telefon - boshqa odamlardan jinoyat harakatlari bajarishga imkoniyat. PS. Agar adabiyot hatolar qilsam - kechiring. |
Цитата:
Мактаб укувчилари хакида гапирсак, уларнинг хам телефон ишлатишга хакки бор. Аммо дарс пайтида эмас. Ёки бошқаларни ғурурига тегмаслик шарти билан (Бу масалани ота-оналар назорат килиши керак.) |
Цитата:
Aynan Siz aytgan o'sha haqni ota-onalar cheklab qo'yishlari kerak... Aks holda, maktab o'quvchilari kelajagi achinarli holga kelib qoladi... Bu masalani davlat darajasiga kotarish kerak deb o'ylayman... Umuman olganda esa, nafaqat telefonni, balki maktab formalarini joriy qilish masalasiga katta e'tibor qaratish kerak... |
O'zimiz ham xali talabamiz.Shu bilan birga darslarda uyali aloqa vositalarini o'quvchilarga ijobiy tomonlaridan ko'ra salbiy tomonlarini ko'proq ko'ramiz. Sabab shu:Bir ovozdan bu narsa o'quvchini darsdan chalg'itadi. Zerikkan o'quvchi esa doim telefonini titkilash bilan ovora bo'ladi, bu narsa esa o'quvchini darsga bo'lgan qiziqishini susaytiradi. Sinfni saviyasi esa yanada pasayadi.Ayrim hollar bundan mustasno. Ya'ni zarur hollarda undan foydalanish kerak. Yuqoridagi postlardagi kabi avvalo "Uyali aloqadan foyalanish odobini" to'liq egallagandan so'ng.
|
Текущее время: 16:12. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»