![]() |
Husen Tangriyev, унакада онг нима эканлиги, у кандай шакилланишини, унга нималар таъсир килишини ва одамнинг кайси ёшидан бошлаб онг шакилланишини бир тавсифлаб берингчи. Факат уз фикрингиз билан эмас, адабиетлардан олинган аник маълумотлар билан.
|
Цитата:
Ongning tabiati - ong odamning borliq haqiqatini aks ettirish formasi tariqasida keladi. Ongning asosiy belgilari, odam ongining psixologik xarakteristikasi, so`z va ma’noning ongni tashkil qiluvchi tushunchalar sifatida kelishi, odam ongining borliqdagi narsa va hodisalarni, ularning eng barqaror muhim belgilari va xususiyatlari ma’lum darajada so`z bilan umumlashtirib ifodalaydi, aks ettiradi. Psixika va ongning paydo bo`lishi taraqqiyoti inson ongining paydo bo`lishining dastlabki shart-sharoitlari, kishilarning birgalikdagi mahsuli- faoliyati, mehnat taqsimoti kishilar o`rtasidagi muloqotning borgan sari faollashib borishi, til asosida turli so`z signallaridan, belgilar tizimidan foydalanish, insonning moddiy va ma’naviy madaniyatini, inson boyliklarini yaratilishi, ijtimoiy tajribani o`zlashtirish, avloddan - avlodga berish, saqlash bilan bog`liq. Ongning paydo bo`lishi taraqqiyotida filogenetik - organizmning oddiy shaklidan tortib murakkab, to hozirgi zamon kishisiga qadar rivojlanish jarayoni juda uzoq tarixiy ijtimoiy, biologik o`zgarishlar yuz bergan davrlar bilan xarakterlanadi. Ontogenetik taraqqiyotda har bir individ hayoti davomida murakkab o`zgarishlar tizimini bosib o`tadi. Murakkab ko`rinishdagi shart-sharoitga moslashish refleks qobiliyatini paydo bo`lishi, taraqqiyotiga olib boradi. Ongning rivojlanishini ta’minlovchi omillar: hozirgi zamon sharoitida yoshlarni har tomonlama kamol topishi, mustaqil fikrlash, atrofidagi o`zgarishlarga ochiq ko`z bilan teran fikr bilan munosabatda bo`lishi mumkin ijtimoiy o`zgarishlarda faol ishtirok etishlari lozim. Buning uchun fon yutuqlarini, umumxalq madaniyatini o`zlashtirilishi, o`z-o`zini boshqarishni yangi vositalaridan foydalanish zarur. Ishlab chiqarish korxonalarini yangi texnologiyalar bilan boyitish, bilimga bo`lgan qiziqishni ortishi kelajakdagi ijtimoiy o`zgarishlar, istiqbollar nazarda tutiladi. Shuningdek odamdagi barcha psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar faqat ong bilan emas balki ongsizlik ong osti holatlarida ham ro`y berishi mumkin. Odam shaxsidagi ongsizlik holatlari kishining o`zi anglamagan holda qiziqishi va ehtiyojlarini bajarishga intilishdir. Bunday xatti-harakatlar turli ixtiyorsiz reaktsiyalarda, xulq atvorda, psixik hodisalarda namoyon bo`ladi. Боладаги рэпни ёд олиш хусуситялари аслида онгсизлик холати эмасмикан... адабиёт: http://www.ziyonet.uz/ru/library/book/4822/libid/70104 |
Цитата:
Цитата:
|
Цитата:
|
Куни кеча телеэкранларда янги рэпперни таништиришди. Бошкалардан фарки шунда-ки, у киз бола !!! Устига устак, узбек кизи...
Рэппер киз "Мен енгилтак эмасман" дея кушик куйлаётган эди... |
REP jahon musiqa olamida eng taraqqiy etgan musiqa yo'nalishi hisoblanadi. Biz zamonga qarab yashaymizmi, demakki mana shunga ko'nikishim shart. Mening fikrimcha bu balog'atga yetmagan bola nega hamma qo'shiqlarni yod olgan, nega mana shu yo'nalishni sevib tinglaydi, sababi oddiy. Zamon taraqqiylashib borayotgan bir paytda yosh bolani chiqib rep yo'nalishida kuylashi ko'p kichkintoylarimizni o'ziga jalb qildi. Bir necha yil oldin ham mana shu yo'nalish bor edi, lekin yosh bolachala kuylashmasdi. Ularga aslini olganda qo'shiqni ma'nosi, so'z jumlalari kerak emas, nafaqat ularga, balki "REPni jinnisi" bo'lib tinglaydiganlarga ham, ularga aytilish usuli, musiqalari yoqadi. Hech eshitganmisiz, yosh bolacha katta qo'shiqchini qo'shig'ini xirgoya qilib yurganini. Ular kattalarni qo'shig'ini eshitib "Qannday qilib eshitishadi shu qo'shiqni-a?" deb qo'yishadi, vaholanki, kattalar ham REPni eshitib "Shuniyam eshitadimi, shuyam qo'shiqmi?" deb qo'yishadi. Xoxlaymizmi yo'qmi yoshlar ham o'z davrida yoshlarga xos yo'nalishda yashashadi, asta-sekin ulg'ayishgach buni hayot o'zi moslashtirib qo'yadi.
Keyin, qo'shiqchimi ung qo'shiqchi sifatida qarash lozim, demoqchi bo'lganim, agar mumtoz qo'shiqchi agar biror jinoiy ish qilsa, ya'ni qotillik qilsa, demakki unga ham, mumtoz yo'nalishiga ham nafrat ko'zi bilan qaraladimi?:shok: |
Цитата:
Тасаввур қилинг, қассоб одам кутилмаганда қотилликка қўл урса, "мол сўявериб дийдаси қотган-да" дейишлари мумкин... Банк ходими кутилмаганда порахўрликда айбланса, "Пулни ичида юрган одам бир хаёли кетгандир-да" дейишлари мумкин. Бунақа мисоллар кўп. Лекин, қўшиқчи - санъатнинг одами, инсонларга гўзаллик улашувчи касб ходимлари томонидан жиноят содир этилса ҳамма шокка тушади. Улар бировнинг қўшиғини ўғирласа, рақиби билан "навбат талашса" эҳтимол парво қилмасмиз. Лекин, гап қотиллик ҳақида кетмоқда. |
нимага сизларга ёшларни РЭП эшитгани ёқмаяпти??? Ёки бу ерда бир биримиза билан гаплашиб бирон нимани хал қиламан деб ўйлавоссилами??? Хато, катта хато. Хамма замонанинг хам ўзига яраша янгиликлари булади (санъат йўналишида) Шундай экан хозир РЭП қўшиқларини авжига чиққан махали. Бундан 30 йил олдин 70-80 йилларда "Ялла" гурухи "Бакабакабанг дор уйнанг" деб қўшиқ этиб чиққанида ёки Рустам Ғоипов ўз қўшиқларини айтганида уларни хам қўшиқлари каршиликларга учраган. Ленкин хозирги кунда уларни севиб эшитишади. Шундай экан РЭП хам хозирча янгилик бўлгани учун севиб эшитишвотти кейинчалик оддий йўналишлар қаторидан ўрин эгаллайди. Айтишадику "Хўразқанд чэт элники деса - ётиб олиб ялашади" :)
|
Цитата:
|
Assalomu alaykum!
G'arb repchilarini mukkasidan ketib eshitishayotganligi, ko'rayotganligi sababli ularga taqlid, havas qilishayotgan yoshlar ham kam emas, sababi g'arb repchilari hohlaysizmi yo'qmi kliplarida o'z madaiyatlarini ham aks ettirishadi, shu tarzda davom etaversa yoshlarimiz ertangi kun ularning madaniyatlariga qaysidir ma'noda, qaysidir jihatdan, balki qaram bo'lib qolishi mumkinligi haqida ham o'ylab ko'rish kerak?!. Bu mening fikrim, xolos. |
| Текущее время: 18:46. Часовой пояс GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2026, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод:
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»