uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Маърифат (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=603)
-   -   [Лента] Vatandosh.uz saytidagi maqolalarga oid mavzu. (https://uforum.uz/showthread.php?t=16896)

Nigora Umarova 10.12.2011 13:42

Shuningdek, Andijon Davlat universiteti professori Rustambek Shamsutdinnov 1995-yil oktabr-dekabr oylarida Nyu-York(AQSh)da bo'lganida, Shermuhammadbekning o'g'li Davronbek va jiyani Anvarbek tomonidan unga xo'tiralarning bir nusxasi taqdim etiladi. Rustam Shamsutdinnov bu xotiralarni 1997-yili "Fan va turmush" jurnalining 2-sonida(18-20 -betlar) hamda 2006-yili "Tarixning hasratli sahifalari" nomli kitobda e'lon qildiradi.

Nigora Umarova 10.12.2011 14:08

Shermuhammadbek

Ma'nan haqlidurman g'ururlanmoqqa,
Ajdodlarim ruhin xotirlamoqqa.
Sho'rolar yomonlab xaloskorlarni,
Keldilar urunib ishontirmoqqa.

Ona-Turkistonim uzra keng osmon,
Kalxat, quzg'unlarga bo'lganda makon.
Millat faxri bo'lgan ne-ne alp qomat,
Alpomish yigitlar fido etdi jon.

Shularda sher qadam Shermuhammadbek,
Bosqinchilar tomon chiqib bordi tik.
Shunqorlarni chorlab, belini bog'lab,
Hujumga otlandi Manguberdidek.

Elu yurt nomusi sharaf-shonim deb,
Bobom Temur qo'llar, bor imkonim deb.
Dovyurak sarkarda Shermuhammadbek,
Kunu tun jang etdi Turkistonim deb.

Har so'zni fikrlab bir bor kesdi u,
Sho'rolar hiylasin payqab sezdi u.
Vatan ozodligin buyuk baxt bilib,
Kurashda ayovsiz yovni ezdi u.

Xaloskor qo'shinga saylangan sardor,
O'ksik ko'ngillarga bo'ldi madadkor.
Botir o'g'lonlarga yo'lboshlovchi bo'lib,
Ozodlik tug'ini tutdi u shior.

Birdan bir maqsadi birlashmoq edi,
Bir yalov ostida kurashmoq edi.
Ozod Vatan uchun bir tan-jon bo'lib,
To'lqinli daryodek jo'sh urmoq edi.

Bag'rni tirnardi Bekning armoni,
Kundan kunga bo'ldi zulm zamoni.
Badkirdor xoinlar "xizmati" bilan,
Uzaydi g'animning qo'li zaboni.

Shermuhammad chuqur o'ylarga tolib,
Boqdi samolarga nigohin solib.
Noiloj yurtidan ayro ketdi u,
Vatan tuprog'idan bir siqim olib.

Ona-Vatan ramzi qalbga etdi jo,
Yaxshilar hurmatin etdilar bajo.
Izzatda yashadi, ammo yodidan,
O'chmadi Vatandan bo'lgani judo.

Taqdirga tan berib, Turk tomon ketdi,
Adana tuprog'in panohgoh etdi.
Millat qahramoni Shermuhammadbek,
Yetmish yetti yoshda olamdan o'tdi.

Alloh haq! Shukurkim yetmish yil o'tib,
Keldi istiqlolning shukuhi yetib.
Ruhlari shod bo'lsin xaloskorlarni,
Deb, so'zim tugatdim duolar etib.

Alloh rahmat etsin xaloskorlarni...

A'zam Naziriy, 2010-yil

VatandoshCom 15.12.2011 11:40

Bosmachilik harakati va Shermuhammadbek shaxsi haqida yangi faktlar va fikrlar. Bu safar ularni xorijlik mutaxassis, turkiyalik jurnalist Ali Bademchi tilidan eshitasiz.

Xорижлик тадқиқотчилар Шермуҳаммадбек ҳақида (5-мақола)

gofurov 15.12.2011 12:43

Тохир Маликни "Девона" асарида қўрбошилар, уларни ўзаро муносабатларини бадиийлаштирилган холда тасвирланган. Асарда қўрбошиларни ва босмачилик харакатини фақат салбий томонларини очилган деб ўйлайман. Эхтимол асар 1976-1982 йилларда ёзилгани учун босмачилик харакатини салбий томонлари ёзилгандир. Асарда ".....Хозир унча-бунча одамга сўз бермайман, дегувчи Шермухаммад хам милтиқ отишни Холиқбердидан ўрганган. Ўрганиш чоғида милтиқ пилтасидан учқун сачраб, бир кўзни кўр қилиб олиб «Кўршермат» деган номни олволди......." деган жумлалар хам бор эди. Эхтимол бу жумлалар фақатгина асарни ёзилиш жараёнидаги бадиий тўқималардир. .........


Текущее время: 10:11. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»