uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Маърифат (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=603)
-   -   Қизиқарли маърифий мақолалар (https://uforum.uz/showthread.php?t=15726)

bekww 18.08.2011 07:02

Цитата:

Сообщение от Dolimov (Сообщение 596470)
Фараз қилайлик, шундай бўлди ҳам. Тарихий воқеаларнинг кейинги ривожи қандай кечар эди, нима деб ўйлайсиз? Совет ҳокимиятисиз, коммунистик партия раҳнамолигисиз минтақа ривожи, тараққиёти атайин тўхтатилармиди? Ёки аксинча...

Фикримча, таҳминан Совет давридагидай бўларди, негаки империяларнинг сиёсати доим бир хилда бўлиб келган: "разделяй и властвуй", Совет, Англия, Туркия ёки Ҳитой империяси бўладими...

Цитата:

Сообщение от Dolimov (Сообщение 596470)
Ўз фикримни айтадиган бўлсам: биз бари-бир эришган бўлар эдик мустақилликка. Фақат назаримда, ўзбек ўзбекка, қирғиз қирғизга, тожик тожикка бўлиниб, тарқоқ бўлиб кетмасдан, яхшигина, қудратлигина, ҳавас қилса арзигулик давлат бўлиб эришар эдик.

Биринчи марта бу ғояни эшитганимда қойил қолгандим, Президент Назарбоевнинг гапи: улкан ўлка, 80 млндан зиёд аҳоли, нефть-газ, буғдой, паҳта, жамийки бойликлар...

bekww 18.08.2011 07:22

Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 596887)
Йўқ, босиб олмас эди... Афғонистонни босиб ололмаган инглизлар бизларни босиб олмас эди... Туркистоннинг эса Туркия йўлидан бориш эҳтимоли жуда кучли эди...

Афғонистоннинг бугунги кундаги аҳволидан Ўзи сақласин!
Викидан цитата: " Экономика Афганистана

Афганистан — крайне бедная страна, сильно зависящая от иностранной помощи (2,6 млрд долл. в 2009 году, при государственном бюджете 3,3 млрд долл.)."
Туркияга келсак 1923 йилда Россия билан кўп асрлик урушлар натижасида парчаланиб кетди.

Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 596887)
Ҳақиқий маърифатпарвалар йўқ қилинди, ўринларини эса сохта "маърифатчилар" эгаллади...

Кимлар уларни йўқ килган, кимларнинг қўллари билан?

Nigora Umarova 18.08.2011 09:46

Цитата:

Сообщение от bekww (Сообщение 596893)
Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 596887)
Ҳақиқий маърифатпарвалар йўқ қилинди, ўринларини эса сохта "маърифатчилар" эгаллади...

Кимлар уларни йўқ килган, кимларнинг қўллари билан?

"Sopi" o'zimizdan chiqqanidan keyin boltadan o'pkalanmasak ham bo'ladi. ;)

Rahmatli Muhammad Yusuf yozganidek,

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana yurishibdi kiyganlari zar.
Qodiriyni sotib shoir bo'lganlar,
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor....

abdurahmonaka 15.03.2012 07:55

Цитата:

Сообщение от Nigora Umarova (Сообщение 596946)
Rahmatli Muhammad Yusuf yozganidek,

Yana bolsa soz bolardi.

AbuMuslim 16.03.2012 06:50

Цитата:

Сообщение от bekww (Сообщение 596893)
Кимлар уларни йўқ килган, кимларнинг қўллари билан?

Ўзбекистон халқ шоири Сирожиддин Саиднинг мана бу шеъри бор...

Ўзи гулдай ўғлонларин сайлаб бериб,
Рўйхатларга номларин жойлаб бериб,
Чўлпонларин ўзи итдай боғлаб бериб,
Изларидан ўзи гирён юрт эди бу.

Муҳаммад Юсуф шеърини ҳам кўринг...

Қодирийни берган замин,
Қодирийни сотган кун.
Қўлин боғлаб
,
Дилин доғлаб,
Етаклашиб кетган кун,
Воҳ болам! деб айтолмаган.
Дудуғимсан, Ватаним..

Qadriyat 20.04.2012 10:03

Imom al-Buxoriy: hayot yo‘llari

Imom al-Buxoriyning ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh, laqabi ba‘zan imom al-muhaddisiyn (muhaddislarning imomi, peshvosi), ba‘zan amir ul-mu‘miniyn fil-hadis (hadis ilmining amiri, sultoni) va nasabi Muhammad ibn Ibrohiym ibn al-Mug‘iyra ibn Bardazbah ibn Bazazbehdir. So‘nggi ikki ismi ibn Bardazbeh ibn Bazazbeh)dan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning asl nasabi ajamlarga borib taqaladi. Bu fikr talay adabiyotlarda qayd qilingan bo‘lib, ko‘pchilik muhaddislarning ta‘kidlashlaricha, "Bardazbeh" so‘zi arabcha "zori‘" (ziroat, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi kishi) ma‘nosini bildiradi. Mashhur olim imom as-Subkiy o‘zining "Tabaqot ash-shofi‘iyya al-kubro" ("Shofe‘iy ulug‘ tabaqalar") nomli yirik asarida Bardazbehning otasini Bazazbeh deb ko‘rsatgan.Imom al-Buxoriy haqida yozgan ko‘pchilik olimlar esa uning nasabini faqat Bardazbehga bog‘lab tugatganlar. Afsuski tarixchilar Bardazbeh, uning otasi Bazazbeh haqlarida deyarli hech qanaqa ma‘lumot keltirmaganlar. Ba‘zi olimlarning xabarlariga ko‘ra ular ikkovlarining kelib chiqishi ajamdan bo‘lib, ularning dinlariga e‘tiqod qilganlar. Imom al-Buxoriy otasining bobosi al-Mug‘iyra Buxoro hokimi Yaman al-Juafiydan islom dinini qabul qilgan bo‘lib, Buxoroni vatan tutib yashab qolgan. O‘sha paytdagi taomulga ko‘ra, agar biron kishi islom dinini kimdan qabul qilsa, o‘sha kishining qabilasiga mansub hisoblangan. Bu odat qabul qilingan dinga sodiqlikning belgisi bo‘lib, arabcha nisbat ul-vilo’ fil-islom (islom diniga sodiqlik nisbati) deb atalishi odat tusiga kirgan edi. Albatta al-Mug‘iyra ham o‘sha davrda ommaviy tus olgan ushbu urfdan holi bo‘lmaganligidan uning o‘zi ham, undan keyingi tug‘ilgan avlodlari ham, shu jumladan imom al- Buxoriy ham Ju‘afiy deb atala boshladilar. Imom al-Buxoriyning nasli-nasabi haqida tarixchilar keltirgan ma‘lumotlardan yana shuni qayd qilish kerakki, uning bobosi Bardazbehning ismini ba‘zilar aslida al-Ahnaf deb keltirganlar. Ahnaf deb odatda eng aqlli, dono kishilarganisbat berilgan, go‘yoki saxiy, qo‘li ochiq kishilar "Hotamtoy" deb aytilgani singari. Bundan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning bobosining haqiqiy ismi Bardazbeh bo‘lsa-da, u oqil, zukko inson bo‘lganligidan al-Ahnaf laqabi bilan ham atalgan.

Davomi > http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=2&nid=92

Qadriyat 20.04.2012 10:05

Imom al-Buxoriy: ustozlari va shogirdlari
Imom al-Buxoriy o‘z vatanida va xorijiy yurtlarda mingdan ortiq ustoz (shayx, mashoyih)lardan hadis rivoyat qilgani haqida manbalarda aniq ko‘rsatilgan.

Al-Buxoriyga ta‘lim bergan dastlabki ustozlari haqida aniq gapiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda o‘sha davrda Buxoroda ko‘zga ko‘ringan muhaddislardan Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Ibrohim ibn al-Ash‘as va boshqalarni ko‘rsatish lozim. Hadislar bo‘yicha dastlabki saboqni al-Buxoriy mana shu ustozlardan olib, o‘n olti yoshga yetmasdan burun ko‘pdan-ko‘p hadislarni o‘zlashtirib, Abdulloh ibn al-Muborakning kitoblarini yod oldi. Tez fursatda al-Buxoriyning noyob qobiliyati va zukkoligi ko‘pchilik ulamolar tomonidan, shuningdek, al-Buxoriyga ustozlik qilgan yetuk muhaddislar tomonidan ham yuksak baholana boshlandi. Bu hol shu darajaga yetdiki, hatto taniqli olimlar ham al-Buxoriyning o‘z darslariga hozir bo‘lishidan tashvishlanib, uning huzurida biror xato yoki kamchilikka yo‘l qo‘yishlaridan xavotirlanadigan bo‘lib qoldilar. Ular hatto o‘z kitoblaridagi xatolarni tuzatish uchun al-Buxoriyga murojaat qilardilar. Manbalarda keltirilishicha, hadislar talabida al-Buxoriy xorijiy yurtlarga safarga chiqishdan oldin bir voqea sodir bo‘lgan ekan. Shu haqda buxorolik olim Salim ibn Mujohid shunday hikoya qiladi: "Bir kun do‘stim Muhammad ibn Salom al-Poykandiyning uyiga borgan edim, u menga: "biroz oldinroq kelganingda yetmish ming hadisni yod olgan bir yosh bolani ko‘rar eding-da,-dedi. Men shu zahoti orqamga qaytib ko‘chaga chiqdim va o‘sha bolani uchratib: "Yetmish ming hadisni yod bilaman, deydigan bola senmisan,-deb so‘rasam, u ha, undan ham ortiqrog‘ini bilaman",-dedi.

Davomi > http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=2&nid=93

Qadriyat 19.12.2012 11:52

Imom al-Buxoriy: ilmiy-ma‘naviy meroslari

Manbalarda keltirilishicha, imom al-Buxoriy o‘z ijodiy faoliyati davrida yigirmadan ortiq asarlar yaratgan. Allomaning mana shu asarlari xususida qisqacha to‘xtalamiz:

1. Imom al-Buxoriyning shoh asari "Al-Jomi’ as-Sahih" (ishonchli to‘plam") haqida keyinroq batafsil fikr yuritamiz.

2. Al-Adab al-mufrad ("Adab durdonalari"). Imom al-Buxoriyning odob-ahloq xususidagi eng sahih hadislarni o‘zida mujassam etgan ushbu asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. Uning arabcha nashri ikki marta bosilib, 1990 yilda esa, olim Sh.Boboxonov tomonidan asarning o‘zbekcha tarjimasi ham nashr etilgan. Imom al-Buxoriyning bu asarida 1322 hadis va xabarlar 644 bobda ja‘mlangan bo‘lib, u Hindiston, Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Asarning bir qancha qo‘lyozma nusxalari ham saqlangan. Hindistonlik olim as-Sayiyd Fazlulloh al-Jiloniy bu asarning tanqidiy nashrini sharhi bilan birgalikda "Fazlullohisamad fi tavziyhil-Adab al-Mufrad" nomi bilan chop etgan.

Davomi > http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=2&nid=94

Qadriyat 19.12.2012 11:53

Imom al-Buxoriy: Shoh asar - "Al-jome‘ as-sahih"
Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi’ as-sahih" asari islom dini ta‘limotlariga ko‘ra Qur‘oni karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi. Bu asarning to‘lig‘icha "Al-Jomi’ as-sahih al-musnad min hadis Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi" yoki bo‘lmasa tarixchi Badruddin al-Ayniyning yozishicha, "Al-Jomi’ al-musnad as-sahih al-muxtasar min umuri Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi” degan nomlar bilan atalsa-da, hadis ilmida qisqacha "al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonchlito‘plam"), aksar holda esa "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan mashhurdir. Asarning qirqga yaqin qo‘lyozma nusxalari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida va yana bir qancha nusxalari O‘zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanadi.

Davomi > http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=2&nid=95

Qadriyat 03.09.2013 19:27

Al-Hakim at-Termiziy

Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, tarjimai holiga oid ma‘lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning o‘zining qalamiga mansub «Bad‘u sha‘ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.


Текущее время: 14:32. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»