Masud Mahsudov |
04.05.2011 08:15 |
Цитата:
Сообщение от Feruza Husnitdinova
(Сообщение 550035)
Цитата:
Сообщение от Behzod Saidov
(Сообщение 549920)
Бугун дуч келганим мана бу холат ҳақида эса нима дейишга ҳам ҳайронман...
|
Bu erda "uyaltirish" usuli noto'gri ishlatilgan. Bu o'qituvchi savodsiz emas.E'tiborsizlik qilgan. Afsus, bu o'qituvchini forumda boshqa ko'rmasak kerak.
|
Fikrimcha, o'sha xabarni qoldirgan o'qituvchi, haqiqatan ham, o'zbek tili imlosini yaxshi bilmaydi. E'tiborsizlik bilan savodsizlikning o'rtasida juda katta farq bor. O'qituvchi o'quvchilarga, boshqalarga ko'zgu bo'lishi kerak. Ziyoli inson o'z ona tilida shu qadar xatolar bilan yozayotgan bo'lsa, boshqalardan nimani kutish mumkin? Shu darajaga tushub qoldimi savodxonligimiz?
Boshqa soha vakili bo'lganda, bunday e'tiroz bildirmagan bo'lardim, biroq aynan o'qituvchi inson shuncha imlo xatolari bilan yozar ekan, bunga bee'tibor bo'lishimiz umuman notog'ri!
Bu o'qituvchini forumda boshqa ko'rmasligimiz esa, ikkinchi masala. O'z aybini bilib, xatosini tuzatib kelsin, bunaqa kishini asabiga tegadigan xatolar qilgandan ko'ra... Shunday qat'iy choralar ko'rmas ekanmiz, ahvol yanada tubanlashib, yomonlashib boraveradi... Ertaga farzandlarimizga nafaqat o'z tilini, balki o'z sohasini yaxshi bilmaydigan, savodsiz, e'tiborsiz, kishilar ko'payaveradi. Bu esa, ma'rifatning, ziyoning yo'lini to'sib, bizni zulmatga yetaklashdan o'zga narsa emas!
|