uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   ZiyoNET (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=372)
-   -   Зиёли инсон ким? (https://uforum.uz/showthread.php?t=13877)

Tulqin Eshbekov 03.10.2010 04:12

Цитата:

Сообщение от 3dman (Сообщение 457359)
хафа булиш йук

Бир-бирини хафа қилишга чиранганлар қолар уятга, хафагазак кўнгилларга малҳам топганлар етар ниятга!

Tulqin Eshbekov 03.10.2010 04:26

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 457293)
Buni o'zingiz yozgansiz...

Сизни ҳам бир укамиз "зиёли" деб атабди. Афсуски, кимлигингизни билмаганим ва зиёлига хос иш қилмаётганингиз учун унинг фикрига қўшила олмайман. Нечта газета-журналда қайта-қайта ёритилган ўша ҳикояни ўқиб чиқмасдан муаллифни ҳақорат қилганингиз тўғрими? Шунча нашрларда ёритилиб, минглаб мухлисларда қизиқиш уйғотган ўша ҳикояни афсуски муҳтарама модераторимиз тўхтатиб қўйганди. Ҳали ҳам ижозат берсалар, форумимиз ўқувчилари эътиборига ҳавола қилишим мумкин.

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 457323)
tubanlikka etaklayapti

Ўша тубанлик ботқоғига ўзингизни ўзингиз борган сари чуқурроқ ботираётганингиз таассуфлидир.

Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 457293)
Maynavozchilikka aylanib bormoqda...

Қанийди, бу гулшанни майнавозчиликка айлантирмасангиз!

Husniddin 03.10.2010 15:33

Цитата:

Сообщение от Abdulaziz Muhammad (Сообщение 457566)
Цитата:

Сообщение от Fayzbek (Сообщение 457264)
Цитата:

Сообщение от Abdulaziz Muhammad (Сообщение 457259)

Mening fikrimcha 'Ziyo' arab tilida yorug'lik ma'nosida keladi. Ziyoli (turkiylashgan ko'rinish) so'zi- 'yorug'', biror insonga ishlatganimizda 'yorug' inson', 'haqiqatni tushunib yetgan inson', 'siymosi ko'z o'ngimizdan o'chmaydigan inson' va 'e'zozga sozovor inson' larga ishlatamiz mumkin, menimcha. Ziyoli inson deb Islom dinida Alloh (SWT) tomonidan insoniyatga berilgan haqiqatni tushunib yetgan, ma'rifatga erishgan insonlarga ishlatiladi menimcha. Odatda bu so'z yoshi kattalarga ishlatiladi.

Nur (луч) so'zi Ziyo (свет) so'zidan farq qiladi deb o'ylayman. Quyosh Ziyo manbai, Nurni esa Oy ham taratadi deyish mumkin. Ya'ni quyosh yorug'lik manbai bo'lsa, oy yorug'lik manbai emas balki quyosh taratgan yoruqlik nurlarini aks etib turuvchi Yerning yo'ldoshidir.

Demak haqni tanish va ining ilmiga amal qilish, insonlarni zalolatdan chiqarish, ya'ni Alloh uchun bir yomonlikdan qaytish va qaytarish, savob ishlarni har kuni qilish, bu qo'lingdan kelmasa gunoh ishlardan o'zingni tiya bilish, ziyolilikni oddiy tushunchasi...

Salom Fayzbek! Menimcha, fikrlaringiz tomon qidirayotganga, bir tomonga og'ayotganga o'hshaydi. Sir bo'lmasa ayting, ilmiy ishingizning mavzusi nima?

Alloh uchun deb aytish menimcha noto'g'ri, u zot as-Samaddir. Alloh buyurgan farzlar insoniyatning umumiy manfaati uchun deb tushunaman.
Savob ishlarni dilish qo'ldan kelmasa gunoh ishlardan o'zini tiya bilish, ziyolilikni oddiy tushunchasini bermaydi meni fikrimcha. Ziyoli insonning fazilatlariga avvalam bor iymon va ihson, sabr, shukronalik, doimo bilishga va o'rganishga bo'lgan hohish va harakatni keltirishimiz mumkin.

Kavsar 04.10.2010 00:33

ziyoga undovchi bir savol ekan
 
Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 456369)
Зиёли инсон ким? (яъни зиёли инсон деб кимни айта оламиз... у қандай бўлади ва уни қандай таниб оламиз...)

Dastlab 3dman tomonidan aytilgan : "Ziyo -nur" deb boshlanuvchi va Nigora opaga tegishli post "ilmu-amal" haqidagi fikrlarni qo'llab-quvvatlayman.

Ziyoli inson haqidagi oddiy tasavvurimni bayon etsam:

Nazarimda ziyo so'zi albatta nur bilan bog'liq bo'lsa kerak. Insonlarga nisbatan ham agar ularda irfoniy bir nurni ko'ra olsak, demak u ziyoli deb o'ylayman.

Diplomli yoki diplomsiz bo'lish, ziyoli insonni belgilab berolmaydi menimcha. Chunki bu juda ham yuzaki va nisbiy qarash bo'lib qoladi. Lekin biz kundalik turmushda o'qimishli kishilarga nisbatan u ziyoli oila, bu oddiy oila deb ajratamiz. Vaholanki, haqiqiy ziyolilik boshqa xil sifatlarda ko'rinsa kerak.

Ziyoli insonning sifatlari nimalarda ko'rinadi?

Zohiriy xulqlarini belgilovchi sifatlari:

1. Hamisha ochiq yuzli, kishilar ko'rganda beixtiyor qalbi yumshaydi.. (lekin bu soxta tabassum qilib turish degani emas. Ular tabiiy ravishda yuzlarida hamisha tabassum ila xoksor turadilar.)

2. Shirinso'z, shirinsuxanli. (Ular behuda va bemaza gaplardan o'zlarini tiyadilar, hayo qiladilar. Ular har qanday bemaza so'zlarga nisbatan ham shirin so'zlik ila javob beruvchi yoki sukut saqlovchidirlar.)

3. Og'ir-vazmin. (ya'ni yengil yelpi harakatda bo'lmaydilar. Mulohaza ila, shoshilmay, tafakkur ila fikr yuritadilar, harakat qiladilar. Suhbatda ham, amalda ham hamisha me'yorni ushlaydilar)

4. Pok nigohli. (ya'ni nigohlarini hamisha pok tutadilar. Ular nigohlaridan faqatgina qalbga ziyo olib kiruvchi narsalarga, kishilarga nisbatan foydalanib, turli yomonliklardan asraydilar)

5. Xoksor. (Ular hamisha ojizliklarini unutmagan holda, maqtovlardan hayo qiladilar. Ya'ni, maqtovga loyiq Zot - faqat Yaratganning O'zidir. Bandasi esa Uni maqtaguvchidir. Shu sabab bunday kishilar birovdan maqtov eshitganda, yerga kirgudek bo'lib, uyalib ketadilar, Alloh taolodan hayo qiladilar. Ular "men" deb emas, xoksorlik ila "biz" deb so'zlaydilar)

Botiniy hulqlarini anglatuvchi sifatlari:

1. Qalbi toza. (Birov haqida yomon gumonda bo'lmaydilar. Qalbni dunyo havaslaridan pok tutib, Haq yo'liga bog'lay olgan kishilardir)

2. Kechirimli (Ular zinhor gina qilib yurmaydilar. Birovning aybi yo xatosi uchun darrov kechirib yuboradilar (Haq yo'lida). O'zlari esa, qalb bilan hisoblashadilar, ya'ni inson qalbini aziz sanaydilar.)

3. O'zgalarga yaxshilik tilovchi (Ular hamisha insonlarni, hatto dushmanlaridan bo'lsa ham, ularga insof tilab g'oyibona duoi xayr qiladilar)

4. Taqvoli (Ular g'oyibona Rabbidan qo'rqadilar. Harom sanalgan har qanday narsadan parhez qiladilar. Xoh u taom bo'lsin, xoh u so'z, xoh u amal)

5. Shukrli va chiroyli sab etuvchi (Ular yaxshi yoki uning uchun yomon bo'lsin, har bir ne'matni mehr-muhabbat ila qabul qiladilar. Borida ham, yo'g'ida ham shukr qiladilar va sinovlarga chiroyli sabr qilib turadilar)

Albatta, bu yerda sifatlar muxtasar berildi. Nazarimda, shu sifatlar bilan xulqlangan har bir insonda ilohiy bir nur, ziyo bo'ladi. Xuddi parvona o'tga o'zini urgani singari, boshqa ziyo istovchi qalblar, kishilar ham bu kabi ziyoli inson suhbatida, yonida bo'lishni istaydilar. Chunki undan ilm, ziyo, fayz oladilar. Bu kabi ziyoli insonning foydasi diplom olgani bilan, tuzukroq muomala qilishni bilmaydigan ba'zi bir o'qimishlilardan ko'ra ko'proq tegadi deb o'ylayman.

Demak, nazarimda ziyolilik faqat dunyoviy ilm olish bilan emas, Haq ma'rifatini dilga jo etish va unga amal qilish, bu ilmdan boshqalarni ham bahramand etish bilan belgilanadi.

Masud Mahsudov 04.10.2010 00:40

Цитата:

Сообщение от Kavsar (Сообщение 457816)

Оффтоп:
Judayam chiroyli, atroflicha va ajoyib javob bo'libdi... Rahmat

Kavsar 04.10.2010 01:14

tuzatish
 
Цитата:

Сообщение от Kavsar (Сообщение 457816)
sab etuvchi

xato ketgan so'z uchun ming bor uzr so'ragan holda uni tuzatib qo'ysam:

"sabr etuvchi"

AbuMuslim 05.10.2010 22:49

Цитата:

Сообщение от Kavsar (Сообщение 457816)
Demak, nazarimda ziyolilik faqat dunyoviy ilm olish bilan emas, Haq ma'rifatini dilga jo etish va unga amal qilish, bu ilmdan boshqalarni ham bahramand etish bilan belgilanadi.

Шу сифатларга эга зиёли инсонларни биласизми?

Pfefferminze 05.10.2010 23:26

Kavsar, Siz, komil insonning sifatlarini belgilab beribsiz, ammo ziyoli insonning sifatlarini emas, chunki komillik ziyodan ustunroq turadi. Ziyoli degani ilm egallagan inson degani, lekin inson ilm egallab hali komilikka yetmagan bo'lishi mumkin...Inson bu sifatlarga mukammal bekamu-ko'st erishmog'i uchun bir umr taqvo-ibodatda, halol yashab, xoki-sor umr kechirib o'tishi kerak....
Ziyo-bilish,o'rganish, o'rgangan degani... komillik-mukammalikka yetishish degani, erishish...bilganini, tatbiq eta olgan degani...

Tarix bizga komil inson deb avliyolarni misol taqirasida keltiradi...Ziyoli inson deb, o'qimishli, dunyo va diniy bilimlarni egallagan shaxsga nisbatan aytiladi..

Mening qisqacha fikrim shu....

Kavsar 05.10.2010 23:29

Цитата:

Сообщение от AbuMuslim (Сообщение 459083)
Цитата:

Сообщение от Kavsar (Сообщение 457816)
Demak, nazarimda ziyolilik faqat dunyoviy ilm olish bilan emas, Haq ma'rifatini dilga jo etish va unga amal qilish, bu ilmdan boshqalarni ham bahramand etish bilan belgilanadi.

Шу сифатларга эга зиёли инсонларни биласизми?

Bittalari bu mening eng hurmat qiladigan ustozim Abdumurod Tilavov domla bo'lib, u kishida shunday chiroyli fazilatlarni ko'raman. Siz ham tanisangiz kerak. Filolog u kishi. Yana bittalari Abdulla Ulug'ov. Ularning kamtarligi, ochiq yuzli, kechirimli va shirinsuxanligi, xulqu odoblari o'xshab ketadi shu sifatlarga. Ularning o'qigan leksiyalariga nisbatan bilgan ilmlariga amal qila olishlari va xalqqa yaxshilik tilab doimo insonlarga yordamlashib yurishlari meni qoyil qoldiradi.. To'g'risini aytsam, shunday ustozlarimni ko'rib shu xulosalarga kelgandim. Albatta, jamoli kasbiyga (domla Hindustoniy) ega bo'lish har kimning o'z qo'lida. (Ziyouz.com saytidagi audio maqolalarda eshitgandim)

Kavsar 05.10.2010 23:37

Цитата:

Сообщение от Pfefferminze (Сообщение 459128)
Kavsar, Siz, komil insonning sifatlarini belgilab beribsiz, ammo ziyoli insonning sifatlarini emas, chunki komillik ziyodan ustunroq turadi. Ziyoli degani ilm egallagan inson degani, lekin inson ilm egallab hali komilikka yetmagan bo'lishi mumkin...Inson bu sifatlarga mukammal bekamu-ko'st erishmog'i uchun bir umr taqvo-ibodatda, halol yashab, xoki-sor umr kechirib o'tishi kerak....
Ziyo-bilish,o'rganish, o'rgangan degani... komillik-mukammalikka yetishish degani, erishish...bilganini, tatbiq eta olgan degani...

Tarix bizga komil inson deb avliyolarni misol taqirasida keltiradi...Ziyoli inson deb, o'qimishli, dunyo va diniy bilimlarni egallagan shaxsga nisbatan aytiladi..

Mening qisqacha fikrim shu....

Hurmatli Pfefferminze, yana sizning ishtirok etib turganingizdan judayam xursand bo'ldim. Albatta fikringizni hurmat qilaman. Nima deb o'ylaysiz, insonni komil deb bilamizmi? Agar shunday bo'lsa, ziyo deganlari shu komil insonda bo'lmaydimi? (ojiz fikrim) Shuni nazarda tutgandim, balkim haq gapdadirsiz, inkor etolmayman. Lekin ziyoli kishi deganda ham botinan, ham zohiran nur taratib turuvchi, ya'ni o'zgalarni bu ziyodan bahramand etib turuvchi kishini tushunaman. Chunki, ilm olish mumkin, lekin bu ilmini o'zgalardan qizg'anish ham mumkin. Yoki olingan ilm shunchaki nazariya bo'lib qolib ketishi ham mumkin. Qachonki biz uni amalda qo'llasak, shunda ziyoga erishamiz deb o'ylayman..

Текущее время: 00:11. Часовой пояс GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»